Авторы

  • Jasmina Allambergenova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.69307

Аннотация

Ushbu maqolada ko‘krak bezi saratoni, uning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi omillar haqida ma’lumot berilgan.


background image

13

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 2-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

AYOLLARDA KO‘KRAK BEZI SARATONI VA U BILAN

BOG‘LIK MUOMMALAR

Allambergenova Jasmina Ergashevna

Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-son davolash fakulteti

1-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14947570

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:20-fevral 2025 yil

Ma’qullandi: 25-fevral 2025 yil

Nashr qilindi: 27-fevral 2025 yil

Ushbu maqolada ko‘krak bezi saratoni, uning kelib

chiqishiga sabab bo‘luvchi omillar haqida ma’lumot

berilgan.

KEY WORDS

saraton, gormon, esterogen,

radiasiya, raqamli mammografiya,

saraton oldi kasalliklari

Kirish

. Ko‘krak bezi saratoni ayollar orasida uchraydigan eng ko‘p va keng tarqalgan o‘sma

kasalliklari guruhiga kiradi. Ko‘krak bezi saratoni kasalligi bilan kasallanish ko‘proq 50

yoshdan oshgan, genetik kasallikka ega bo‘lgan, ko‘p spirtli ichimlik isteʼmol qiladigan,

farzand ko‘rmagan, yoshi 30 dan oshganda ilk bor ona bo‘lgan, farzandini ko‘krak suti bilan

boqmagan, estrogen gormonal dori vositalarini 1 yildan ko‘p vaqt davomida qabul qilgan,

radiatsiya taʼsiriga uchragan ayollarda uchrashi olimlar tomonidan aniqlangan. Lekin so‘nggi

yillarda kasallik yosharib bormoqda [1]. Atmosferadagi radiasiya, oziq-ovqat mahsulotlarida

kimyoviy vositalarning ko‘pligi, gormonal buzilishlar, irsiy omillar, stresslar onkologik

kasalliklarga sabab bo‘lmoqda. Xususan, oziqovqat mahsulotlari xavfsizligini ta'minlashning

samarali tizimi yaratilmagan deyishga asoslar yetarli. Misol uchun, ularning tarkibida texnik

palьma moyining ishlatilishi qat'iyan taqiqlangan, lekin buni aniqlaydigan mexanizmlar yo‘lga

qo‘yilmagan. Vaholanki, ushbu mahsulot inson organizmi uchun g‘oyat zararli bo‘lib, hayotiy

muhim organlarni ishdan chiqarishi bilan birga onkologik kasalliklarga sabab bo‘ladi [2].

Jahonda sut bezi kasalligining alimentar profilaktikasini maxsuslashtirilgan oziq-ovqat

mahsulotlarini qo‘llash orqali shakllantirishning yuqori samaradorligiga erishish maqsadida

qator ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada ayollarda ko‘krak bezi saratoni

rivojlanishining ijobiy va salbiy omillarini asoslash, kasallikning tibbiy-biologik va ijtimoiy-

gigienik xavf omillarining o‘rnini asoslashdan iborat. Ko‘krak bezi saratonini oldini olish va

davolashda maxsuslashtirilgan mahsulotlarning samaradorligini, ko‘krak saratoniga

chalingan ayollar ovqat rasionini korreksiyalash va yangi davolovchi ovqat mahsulotlarining

foydalanish samaradorligini baholashga qaratilgan sog‘lomlashtiruvchi chora-tadbirlar

kompleksini ishlab chiqish va gigienik me'yorlar yaratish kabilar alohida ahamiyat kasb etadi.

Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, sog‘lom ovqatlanish orqali aholi

orasida kasallanish darajasini kamaytirish va uzoq-umr ko‘rish darajasini oshirish imkonini

beradi. Bugungi kunda mamlakatimizda sog‘lom ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklarni oldini

olish va bartaraf etish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda [3]. Ko‘krak bezi xavfli o‘sma

kasalligi hozirgi kunda dunyo bo‘yicha o‘sma kasallar ichida birinchi o‘rinda turadi. Bu

kasallik bilan bemorlar kechki bosqichda murojat qilib kelayotganliklari onkologiyada eng

katta muammolardan biridir. Ko‘krak bezi xavfli o‘sma kasalligi ertangi bosqichlarda


background image

14

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 2-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

bemorlarda klinik simptomlarsiz kechishi tufayli ayollar kechiktirib murojat qilish holati

kuzatilmoqda.

Xulosa

. Ko‘krak bezi saratoni bilan kasallangan ayollarning ovqatlanishini o‘rganish

orqali zararli mahsulotlar iste'molini kamaytirib, to‘g‘ri, sifatli va foydali mahsulotlar iste’moli

yordamida bemorlarni to‘liq sog‘ayib ketishiga zamin yaratish hamda to‘g‘ri va foydali

ovqatlanish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish orqali ayollarda ko‘krak bezi saratoniga

chalinish xavfini kamaytirish orqali ko‘zlangan maqsadga erishish mumkun.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O.R.Parpieva, E.Muydinova, G.Safarova //Breast canser// ACADEMICIA: An

International Multidisciplinary Research Journal.Vol. 11, Issue 11, November 2021.

482-485 pages

2. Парпиева Одинахон Рахмановна //КЎКРАК БЕЗИ САРАТОНИ ҲАҚИДА

ТУШУНЧА// International Journal of Education, Social Science & Humanities. FARS

Publishers. Volume-11| Issue-3| 2023. 460-468 pages

3. Васильев Д.А., Зайцев А.Н., Берштейн Л.М. Маммографическая плотность

молочных желез и определяющие ее факторы в свете повышенного

онкологического

риска.

Опухоли

женской

репродуктивной

системы

2011;(3):15—22

Библиографические ссылки

O.R.Parpieva, E.Muydinova, G.Safarova //Breast canser// ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal.Vol. 11, Issue 11, November 2021. 482-485 pages

Парпиева Одинахон Рахмановна //КЎКРАК БЕЗИ САРАТОНИ ҲАҚИДА ТУШУНЧА// International Journal of Education, Social Science & Humanities. FARS Publishers. Volume-11| Issue-3| 2023. 460-468 pages

Васильев Д.А., Зайцев А.Н., Берштейн Л.М. Маммографическая плотность молочных желез и определяющие ее факторы в свете повышенного онкологического риска. Опухоли женской репродуктивной системы 2011;(3):15—22