8
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 2-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
ZAMONAVIY JANGOVAR HARAKATLARDA SNAYPER O‘Q-
DORILARI TUZILISHINI O‘RGANISH ZARURATI VA
ULARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR.
Salimov Xolmurod Narzimurodovich.
Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti
Qurollanish va otish kafedrasi katta o‘qituvchisi
podpolkovnik
https://doi.org/10.5281/zenodo.14947529
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:20-fevral 2025 yil
Ma’qullandi: 25-fevral 2025 yil
Nashr qilindi: 27-fevral 2025 yil
Mutaxassis-mergan mergan miltig‘idan o‘q
ochish vazifalarini samarali bajarish uchun o‘q
dorilarnining xususiyatlarini va ularni tanlash bo‘yicha
ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim. Taqdim etilayotgan
mazkur maqoladagi tahlillar mutaxassislarni merganlik
bilan otishni bilish bo‘yicha bilimlarini rivojlantiradi.
KEY WORDS
o‘q va o‘q-dori, o‘qning
qobig‘i,
o‘qning
tuzilishi,
boshlang‘ich
tezlik,
ballistika,
harakat samarasi, talofat, tizimli
yuklama, qobiliyati, to‘xtatushvchi
harakat.
Qo‘shinlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, batalyon taktik guruhlari tarkibidagi
snayper guruhlarini o‘q dorilar bilan ta’minlash asosan 7,62 mm LPS o‘q-dorilari bilan amalga
oshiriladi, ular 7,62 mm pulemyot (PKM, PKT) uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birga, ushbu
o‘q-dorilarning xususiyatlari ularni mergan qurollarida ishlatishga yaxshi natija bermaydi,
chunki ular stvol kanalini yemirilishiga va tez ishdan chiqishiga olib keladi, ushbu snayper
quroli (SVD) doimiy shayligida turuvchi brigadalarning mergan bo‘linmalarini
samaradorligini yo‘qqa chiqaradi. Shuningdek, o‘tkazilgan so‘rovnoma va aqliy hujum
natijalariga ko‘ra, ko‘plab harbiy xizmatchilar mergan lavozimlariga birinchi marta yoki
umuman alokadorsiz boshqa mutaxassisliklardan mergan mutaxassislari lavozimlariga
tayinlanganligi va ularning mergan san’atidagi bilimlari va ko‘nikmalari (mergan taktikasi,
jangovar vazifani bajarish tartibi, niqoblanish, aniq otish va hokazolar) yetarli bo‘lmaganligi
sababli mergan bo‘linmalarini janglarda jangovar qo‘llashdagi samaradorligini yuqqa
chiqarildi . Ma’lumki, jangovar qurollning jangovar patronlari o‘qdan, porox zaryadidan,
gilzadan va kapsyuldan (piston)dan iborat. Gilza patronning barcha elementlarini
birlashtirish, obturatsiyani oldini olish va porox zaryadni saqlash uchun mo‘ljallangan.Gilza
uzi dulse, qiyaligi, korpus va pastki tubidan iborat. Pastki tub qismida kapsyul tirkishi va
cheklagichdan iborat xamda sandon va pilik (alanga utish yuli). Sandon, kapsyul tirkishidan
chikib turadi, gilzaning tub qismining yuzasidan tashqi tomonida qilingan. Sandonni ustida
alanglantiruchi tarkib (kapsyul) zarbdorning zarbasi bilan parchalanadi eziladi va alangaga
aylanadi ushbu alanga, alangani o‘tish teshiklari yo‘lidan o‘tib porox zaryadini yondiradi.
Kapsulni uzi qopqoqli-kosacha bo‘lib, uning pastki qismida folgali doirasi bilan qoplangan
alanglantiruvchi tarkibi presslangan, porox zaryadini yoqish uchun mo‘ljallangan. Bu
kuzgatuvchi moddalar tarkibidan bulib, mexanik kuch tasiriga uta sezgir bo‘lgan yordamida
amalga oshiriladi. Kapsul elementlarini yig‘ish uchun xizmat qiladigan qopqoqli-kosacha,
kapsyul tirqishiga jips joylashadi yani kuchlanish bilan o‘rnatiladi, yongan porox gazlari
bosimi kapsyul devorlari va gilzaning tirqish devollari orasidan qaytib ortga chiqmasligi
vazifasini bajaradi.
9
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 2-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
Qopqoqli kosachaning tubi mustaxkam latundan ishlangan, zarbdor, zarba berganda uni ich-
ichigacha teshib utmasligi hamda yongan porox gazlari bosimi qaytib stvol quttisiga
o‘tmasligini ta’minlaydi . Porox zaryadining uzluksiz va sifatli yonishini, alanglantiruvchi
tarkib ta’minlaydi u quyidagilardan iborat simob (16%), kaliy xlorat (55,5 %) va antimoniy
(28,5%). Kapsyullarda, alanglantiruvchi tarkibidagi qo‘zg‘atuvchi modda “shaqildoq simob
Hg(ONC)2” hisoblanadi. Shaqildoq simobning afzalliklari va kamchiliklarini ta’kidlash kerak.
Shunday qilib, afzalliklarga quyidagilar kiradi: uzoq muddatli saqlash paytida ularning
fazilatlarini saqlab qolish, ta’sirning ishonchliligi, oson alanglanilishi, qulayligi va qiyosiy
xavfsizligi. Kamchiliklari: stvol kanaldagi metallining intensiv o‘zaro ta’siri, bu stvol kanalni
korroziyasini kuchaytirishga ta’sir ko‘rsatadi, kapsul qopqog‘ini amalgamatsiya qilish (simob
bilan qoplash), bu uning o‘z-o‘zidan yorilishiga va porox gazlarining ortga qaytishga olib
keladi. Oxirgi kamchilikni bartaraf etish uchun qopqoqning ichki yuzasi laklaniladi.
Komponentlarning to‘liq yonishini ta’minlaydigan, zarba tarkibining yonish haroratini
oshiradigan va poroxning yonishini osonlashtiradigan zarba tarkibidagi oksidlovchi vosita
rangsiz kristall kukun bo‘lgan “kaliy xlorat KClO3” hisoblanadi.
Qora kukun shaklida “Antimoniy Sb2Sb3” zarba tarkibidagi yoqilg‘i hisoblanadi. Laklangan
ishqorlashuvchi-kanifol lak bilan folga doirasi kapsula tarkibini patronlarning chayqalishi
(tashish, yetkazib berish paytida) va namlikning kirib kelishidan himoya qiladi. Kapsul,
kapsula tirqishiga preslanadi, shunda kapsula tarkibini qoplaydigan folga doirasi zo‘riqishsiz
sandon ustida joylashtiriladi. Tutunsiz poroxning yonish tezligi va otish sifati kapsyulni
ishlash sifatiga bog‘liq. Kapsyulning alanglantiruvchi tarkibi ma’lum bir uzunlik, harorat va
ta’sir qilish davomiyligi uchun olov mash’alasini hosil qilishi kerak. Ushbu fazilatlar “olov
kuchi” atamasi bilan nomlangan. Ammo kapsyullar, hatto juda yaxshi sifatda ishlanganlari
ham, zarbdorning yengil zarbasi bilan kerakli olov kuchini bermasligi mumkin. To‘liq
alangalanish uchun zarba energiyasi 0,14 kg/m bo‘lishi kerak. Bunday energiya zamonaviy
snayper qurollarining zarbdor mexanizmlariga ega. Ammo kapsyulning alanglantiruvchi
moddasini to‘liq yoqish uchun zarbdorning shakli va o‘lchamlariga ham bog‘liq. Oddiy zarbdor
va tozalangan zarbali mexanizmining kuchli jangovar prujina bilan kapsula olovining kuchi
doimiy bo‘lib, porox zaryadining barqaror yonishini ta’minlaydi. Zanglagan, ifloslangan,
eskirgan zarbdor mexanizmi bilan otish vaqtida kapsyulga zarba berish energiyasi har xil
bo‘ladi, ifloslanish bilan zarba berish uchun zarbaning chiqishi kichik bo‘ladi, shuning uchun
olovning kuchi har xil bo‘ladi, poroxning yonishi bir xil bo‘lmaydi, har bir o‘q uzishda otish
vaqtida stvol kanalni ichidagi bosim o‘zgaradi (ko‘proqkamroq-ko‘proq) va agar qurol
tozalanmagan bo‘lsa, hayron bo‘lmang o‘qlaringiz to‘satdan “sezilarli” darajada o‘qlarni
og‘ishlarini kuzatasiz u “yuqoriga va pastga” og‘adi.
O‘qni stvol kanalidan uloqtirishda porox zaryadi, gazlarni hosil qilish uchun mo‘ljallangan.
Uloqtiruvchi poroxlar otish paytida energiya manbai bo‘lib, bosimning nisbatan sekin o‘sishi
bilan portlovchi transformatsiyaga ega, bu ularni o‘q va snaryadlarni uloqtirish uchun
ishlatishga imkon beradi. Kesikli stvol kannalaridagi qurollar uchun faqat piroksilin va
nitrogliserin poroxlarga bo‘linadigan tutunsiz poroxlardan foydalaniladi. Piroksilin poroxi
nam piroksilini aralashmasini spitrefirli erituvchida eritib tayyorlanadi. Nitrogliserin poroxi
piroksilin va nitrogliserin aralashmasidan tayyorlanadi. Piroksilin poroxlari asosan o‘qotar
qurollarga o‘q–dorilarda, nitrogliserin poroxlari esa yanada quvvatli qurollarda artilleriya
tizimlari va granatomyotlarda qo‘llaniladi. Shu bilan birga, bunday poroxlarga qo‘shimcha
aralashmalar: stabilizator – poroxni parchalanishdan himoya qilish uchun, flegmatizator –
yonish tezligini sekinlashtirish uchun va grafit – oquvchanligiga erishish va porox
donalarining birbiriga yopishishini yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan[1,2].
Snayper miltiqlari uchun ikki turdagi maxsus o‘q-dorilar maqbuldir. Ulardan biri “snayper”
(“S”) deb nomlanadi. Ushbu o‘q-dorilar alohida nazorat va puxtalik bilan ishlab chiqariladi,
nafaqat o‘qlarning va porox zaryadi og‘irligi bir xiligida bo‘lgan, balki o‘qning geometrik
shakliga juda aniq rioya qilish bilan, gilzani maxsus yumshoq bimetall materiali bilan, tompak
10
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 2-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
qoplamasining qalin qatlami bilan. Ular juda yuqori jangovar aniqlikka va gujgunlikka ega,
ular latun gilzasi bilan bir xil kalibrli maxsus sport patronlarning gujgunligidan va aniqligidan
past emas. Bunday uqlarning o‘qi vazn balansidagi o‘zgarishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun hech
qanaqa rang bilan bo‘yalmagan. Patronlar dushmanning jonli kuchini yo‘q qilish uchun
maxsus mo‘ljallangan. O‘qning bosh qismida bo‘shliq bor va o‘qning bo‘sh-uchi ballistik-
poyanakni vazifasini bajaradi. Undan keyin po‘lat uzagi va undan keyin qo‘rg‘oshin quymasi.
Bunday o‘qning ogirlik markazi biroz orqaga siljigan. Odam badanidagi zich to‘qimalarga
(suyakka) urilganda, bunday o‘q aylanib turib yon tomonga buriladi, so‘ngra bosh (po‘lat) va
ortki (qo‘rg‘oshin) qismlariga bo‘linadi, ular badanni ichida mustaqil va oldindan aytib
bo‘lmaydigan tarzda harakatlanib, dushmanni omon qolish imkoniyatini qoldirmaydi.
Po‘latli uzak tufayli “C” patronlarining o‘qlari oddiy yengil o‘qlariga nisbattan 25-30%
yuqoriroq zirh teshuvchanligi qobiliyatiga qodir. Ushbu turdagi o‘q-dorilarning o‘qlari og‘ir
o‘qning suyrisimon shakliga ega, ammo og‘irligi engil o‘qning og‘irligiga teng (9,9 g), bu yengil
o‘qga og‘ir foydali fazilatlarni berish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Snayper otish uchun
mo‘ljallangan o‘q-dorilarning ikkinchi turi “CН” po‘lat uzakli o‘qga ega, uning boshi kumush
rangga bo‘yalgan. Ular shunday nomlanadi – kumush burunli o‘qlar (o‘qning og‘irligi 9,6 g).
Shu bilan birga, ushbu o‘qning po‘lat uzagi uning ichki hajmining katta qismini egallagan.
O‘qning bosh qismida o‘qning parvozda barqarorligini oshirish uchun qo‘rg‘oshin bilan
to‘ldirilgan.
Bunday o‘q-dorilar yengil zirhli va mustahkamlangan nishonlarga merganlarni jangovar ishini
amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu o‘qlarning ballistic
xususiyatlari va uqlarning gujgunligi «C» patronlari bilan deyarli bir xil. Po‘latli uzakli o‘qlari
suyrisimon shakli og‘ir o‘qning shakliga o‘xshash. Ammo bu o‘qlar bir xil hajmdagi
qo‘rg‘oshindan yengilroq bo‘lgan po‘lat uzakga nisbattan yengil toifasiga kiradi (og‘irligi 9,6 g).
Og‘irligi va ko‘ndalang yuklanilishi bo‘yicha ushbu patronlar yengil bo‘lganligi sababli, og‘ir
o‘qlar bilan bir xil mukammal aerodinamik shaklga ega, shuning uchun ularning 500 m gacha
bo‘lgan traektoriyasi engil o‘qning traektoriyasiga to‘g‘ri keladi va 500 m va undan ko‘p
masofalarda– og‘ir uqni traektoriyasiga uxshash buladi. Dushmanning jonli nishonga ko‘proq
ta’sir qilish uchun “C” o‘qlarining o‘qlari yengillashtiriladi. Yengil o‘qning tezligi og‘ir o‘qka
nisbattan tezroq. Ma’lumki, 700 m/s va undan yuqori tezlikda haratlanuvchi o‘q tirik nishonga
urilgan o‘q gidravlik zarba va u bilan bog‘liq fiziologik shokni keltirib chiqaradi, bu esa
nishonni darhol ishdan chiqaradi.
Snayper o‘qning yengil o‘qining maqsadga muvofiq bunday harakati deyarli 400-500 m gacha
saqlanib qoladi, bu masofadan keyin o‘qning tezligi havo qarshiligi bilan pasayadi, ammo “C”
o‘qining zararli ta’siri bundan umuman kamaymaydi. Bosh qismidagi bunday o‘qning po‘lat
uzagi o‘ng tomoni yuqoriga qarab biroz sezilarli qiyalikka ega. Bu o‘qning bosh qismining bir
tomonida ahamiyatsiz bo‘lsada, massaning ustunligini yaratadi. Aylanayotganda, bu qarshi
og‘irlik tobora ko‘proq o‘qning uchishni yon tomonga siljitadi va u tobora gorizontal ravishda
beqaror holatga keladi. Shuning uchun, nishonga masofa qanchalik uzoq bo‘lsa, unga
yaqinlashganda o‘q shunchalik beqaror bo‘ladi. 400500 m dan ortiq otish masofalarida “C”
patronlarining o‘qi yumshoq to‘qimalarga urilganda ham yon tomonga buriladi va agar u
parchalanmasa, badanni ichida aylanib boshlaydi va vaxshiycha kurinishini qoldiradi. Ijobiy
xususiyat sifatida shuni ta”kidlash mumkinki, “C” patronning o‘qi shamolda juda barkaror
uzini tutadi (“shamolda turadi”) va 200 m masofada parvozda barqaror xolatini saqlab qolish
kafolatlanadi. “C” patronlarida gujgunligi zur deb hisoblanganda ushbu patronlar bilan
jangovar ishlashda jang maydonidagi yuzaga keladigan muvaffaqiyatsizliklarni barchasi
qurolning stvolini sifati pasayganini va otuvchini hatolari bilan izohlash mumkin.
Ushbu maqolaning birinchi hatboshida aytib o‘tilganidek, snayper otish uchun maxsus
mo‘ljallangan o‘q-dorilar bilan har doim ham otishni amalga oshirolmaydi.Ba’zan sizda
mavjud bo‘lgan o‘q-dorilar bilan otishingiz majbur bulasiz.
Ruxlangan yalpi
(отсинкованний-валовий) patronlar, ko‘pincha o‘qni gilzani ichida qiya joylashganligi
11
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 2-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
kuzatiladi yani o‘qning o‘qi o‘qiga to‘g‘ri kelmaydi. Bular “egri” deb ataladigan patronlar bo‘lib,
ularda o‘q o‘qning umumiy o‘qidan bir oz yon tomonga burilgan. Bunday “egri” o‘qni
joylashishi ko‘zga ko‘rinadi. Bundan tashqari, o‘qni gilzada joylashish chuqurligi bo‘yicha
o‘qning bir tekis emasligi ham seziladi: ko‘pincha o‘qlar juda chuqur joylashgan yoki haddan
tashqari chiqib turibti gilzadan. Ushbu o‘qlar stvol kanalidan “qiyshiq” tarzda o‘tadi va
shuning uchun ular o‘qning aniqligini ta’minlamaydilar. Bir xil bo‘lmagan o‘qlar stvol
kanalidan har hil bosim hosil qiladi va vertikal ravishda tarqalishini bildiradi. Vizual
tekshirish orqali bunday patronlar chiqarib tashlanadi va pulemyot hisoblariga (jangovar
transport vositalarining ekipajlariga) beriladi. Albatta, Ruxlangan yalpi (отсинкованный-
валовый) patronlar snayper yoki sport o‘qlariga qaraganda ancha katta tarqalishga ega
bo‘ladi [3].
Gilzalarda hatto mayda chuqurchalar (ezilish) bo‘lgan patronlardan foydalanish ta’qiqlanadi.
Bunday o‘q-dorilar patronnika kirmasligida emas; agar kerak bo‘lsa, ularni u yerga kuch bilan
joylashtirish mumkin. Haqiqat shundaki, katta bosim ostida tekislanadigan ezilish joi
patrondon devoriga katta kuch bilan uriladi va patrondoni elementar ravishda yirtib
tashlashi mumkin. Bunday holatlar bo‘lgan. Zanglagan gilza va zanglagan o‘qlari bo‘lgan
patronlardan foydalanmang, o‘qning zanglagan qobig‘i parchalanishi va deformatsiyalangan
o‘qning bo‘laklari oldindan aytib bo‘lmaydigan yo‘nalishlarda uchib ketishi mumkin.
Zanglagan gilzani elementar ravishda yirtilib ketishi mumkin. Bunday holda, gilzani qoldiqlari
nafaqat kameraga yopishadi, balki unga mahkam payvandlanib ketishi xam mumkin. Shunday
qilib, bu holda, gazlar orqaga qaytganda, zatvor qabul qilgichga payvandlanadi va bundan
tashqari, otuvchini ko‘zga zarar yetkazish xavfi bilan yuzga kuchli gaz zarbasini oladi. E’tibor
bering, patronlarni faqat brezent sumkalarida va maxsus chuntaklarga ega bulgan belbogda,
ammo charmdan emas, chunki teri bilan aloqa qilishdan qoplangan o‘q-dorilarning metallari
yashil qoplama va zang bilan qoplanadi. O‘q – dorilarni moylamang-ular bundan keyin
otishmaydi. Sirt tarangligi kuchi bilan, hatto eng qalin yog ham ertami-kechmi patronni ichiga
kirib, kapsul va porox zaryadlarini o‘rab oladi, shundan keyin ular ishlamaydi. Patronlarni
namlikdan himoya qilish uchun ularni chuchqa yogni ingichka yog ‘ qatlami bilan yog‘lashga
ruxsat beriladi va bunday o‘q-dorilarni birinchi navbatda tezroq ishlatish tavsiya etiladi.
Trassir o‘qlari stvol kanalini buzadi va 200 m (va undan ham kamroq) masofalarda hatto
kaskani ham teshib o‘tmaydi. Ular, qoida tariqasida, o‘ta zarurat yoki nishonni kursatish
uchun ishlatiladi. O‘qlarni kalibrovkadan o‘tkazib diametri bo‘yicha (валовый) patronlarni va
o‘q otish uchun o‘qning gilzaga joylashish chuqurligi bir xil bo‘lgan o‘qlarni tanlang. (валовый)
patronlarni (va hatto mergan uklarini) umumiy og‘irlikda og‘ishlarga ega bo‘lganlarni tarozida
tortish va rad etish tavsiya etiladi, bu esa snayper qurollarining jangovar aniqligini keskin
oshiradi. Har doim yoningizda bir nechta zirhli teshuvchi va trasser patronlarga ega bo‘ling.
Tarix shuni ko‘rsatadiki, jangovar zarurat ularni eng kutilmagan holatlarda qo‘llashni talab
qilishi mumkin.
Shuni esda tutingki, patron muddatidan oldin ishga tushishi mumkin agar uning kapsulasi
gilzani pastki qismidan shishib chiqib turgan bulsa, shuningdek, kapsulda korroziya yoki
yoriqlar bo‘lsa, zarbdorni zarbasini evaziga kapsul teshilishi mumkin. Bunaka patronni
tashlab yuborish kerak chunki siz ushbu patronni kayttatdan bir necha marta tepkini bosib
zarbdorni kapsulga urdirish natijasida portlab ketish ixtimoli mavjud va otuvchiga tan
jaroxatlarini yetkazishdan xolis emas (sikilgan yongan porox gazlari bosimi otuvchini betiga
kattik zarba yetkazilish mumkin).
Ba’zida uzoq muddatli otish deb ataladigan juda xavfli hodisa yuz beradi. Shunday qilib, bir
biriga yopishgan va yumiloklanib kolgan yoki namlangan porox darhol yonmaydi, lekin bir
muncha vaqt o‘tgach. Shuning uchun, otilmay kolgan patron bilan uklanib turgan kurolini
zatvorni darhol ochishga shoshilmang. Otilmay qolgan patron aniqlangandan so‘ng, o‘ngacha
sanash tavsiya etiladi va agar o‘q otilmasa, zatvorni tezda oching va otilmay qolgan patronni
tashqariga chiqarib tashlang [4]. O‘q nishon bilan tuknashgan paytidadagi energiya, ya’ni jonli
12
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 2-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
nishonga nisbattan zarbaning energiya kuchini tavsiflanadi. Shu bilan birga, E o‘qining
energiyasi qurolning ballistik xususiyatlariga bog‘liq va formula bo‘yicha hisoblanadi: Ye =
(г*в2)/С, бу ерда g-o‘qning og‘irligi; v-nishon oldidagi o‘qning tezligi; S-erkin tushish tezligi.
Shuni ta’kidlash kerakki, o‘qning o‘ldirish ta’siriga uning tezligi katta ta’sir ko‘rsatadi. Inson
80% suvdan iborat miltiqning oddiy uchli o‘qi tirik organizmga urilganda gidrodinamik zarba
deb ataladigan ta’sir keltirib chiqaradi, uning bosimi har tomonga tarkalib, o‘q atrofida
umumiy zarba va kuchli halokatga olib keladi. Biroq, gidrodinamik ta’sir o‘qning tezligi
kamida 700 m/s bo‘lgan jonli organizm o‘qqa tutishda namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari,
uldirish harakati bilan birga o‘qning “to‘xtatuvchanlik xususiyati” deb atalaydigan ta’sir xam
mavjud. To‘xtatuvchanlik xususiyati - bu o‘qning eng muhim organlarga kirganda, dushman
tanasining funksiyalarini tezda ishdan chiqarish qobiliyati, shunda u faol qarshilik ko‘rsata
olmaydi. Yaxshi to‘xtatuvchanlik xususiyati bilan tirik jonli nishon darhol zararsizlantirilishi
va xarakatsiz qilinishi kerak. To‘xtatuvchanlik xususiyati yakin jang masofalarida katta
ahamiyatga ega va qurol kalibrining oshishi bilan ortadi.
Odatda o‘rta masofalarda amalga oshiriladigan mergan otish uchun o‘qning to‘xtatuvchanlik
xususiyati unchalik muhim emas [5]. Shunday qilib, maqolada keltirilgan xususiyatlar snayper
otish buyicha mutaxassislarining shtat qurol uchun patronlarni tanlashda bilimlarini
oshirishga imkon beradi va shu bilan xizmat va jangovar faoliyatda ham, jangovar vaziyatda
ham dushmanni yakson kilish buycha muammolarini yanada samarali hal qilishni ta’minlaydi.
Adabiyotlar:
1. Семин М.Н. Снайперская стрельба. М.: ЗАО Издательский дом «Гелеос», 2014. С. 18-27.
2. Потапов А.А. Искусство снайпера. М.: «Фаир-пресс», 2013. – 144 с.
3. Италев И.Г. 1000 вопросов об оружии. М.: ООО «АСТ», 2012. С. 37-39.
4. Федосеев С.Л. Снайперские винтовки. М.: ООО «АСТ», 2014. С. 3-18.
5. Жаринов К.В. Терроризм и террористы. Минск.: «Харвест», 2017. С. 43-51.