180
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)
IQTISODIYOTDA ISLOM MOLIYASI TUSHUNCHASI.
Mangliyev Ulug‘bek Umidbekovich
Oriental unversiteti magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14919241
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:11-fevral 2025 yil
Ma’qullandi: 12-fevral 2025 yil
Nashr qilindi: 24-fevral 2025 yil
Ushbu maqolada islom moliyasining bugungi
kundagi turli xil fikrlar orqai turlicha talqin
qilinayotgani va undagi ba’zi muomalalarda an’anaviy
moliyadan qanday jihatlardan farqlanishini: ilmiy va
islom olimlarining moliya bo‘yicha farqlab beruvhci
sifatida foydalanish mumkin.
KEY WORDS
Qur’on,
hadis,
moliya,
aldov, bay, narx, ribo, islom
moliyasi,moddiy ta’minot.
Islom iqtisodiy tizimining oʼziga xos jihati shundaki, u insonlarning moddiy ehtiyojlaridan
tashqari maʼnaviy va ijtimoiy ehtiyojlarini ham inobatga oladi va shu sababli erkin bozor
qonunlarini maʼqullagan holda, jamiyat manfaatlarini taʼminlash hamda shu erkin bozorda
yoʼl qoʼyilishi mumkin boʼlgan adolatsizliklarni oldini olish maqsadida muayyan maʼnaviy-
axloqiy chegaralar oʼrnatadi. Shunga koʼra, islom iqtisodiyotining maqsadi maʼnaviy
masʼuliyatga ega bozor iqtisodiyoti tizimini oʼrnatish deyish mumkin. Zero, islom
iqtisodiyotida boyliklarning jamiyat ichida adolatli taqsimlanishi va shu orqali ijtimoiy
barqarorlik taʼminlanishiga alohida eʼtibor qaratiladi. Boyliklarni yaratish va taqsimlashning
eng adolatli usuli esa, bu biznes-sherikchilikdir, chunki bunda, amalga oshirilgan faoliyat
samarasi barcha sheriklar oʼrtasida adolat bilan taqsimlanishi uchun muayyan sharoit
yaratiladi
.
Shunaday sharoitlarni yaratish, sheriklar, sotuvchi va oluvchi oʼrtasida turli xil nizolar
chikmasligi uchun savdo boʼlishidan oldin bir kancha shartlarni bayon kilishgan.
Islom moliyasi ulamolari iqtisodiy moliyaviy muomalalarga oid dalillarni ham oʼrganib
chiqqanlaridan keyin, savdo paytida quyidagi shartlar boʼlishi kerak degan xulosaga kelganlar.
Аyni paytda insonlar orasida tortishuvlarni sababi ham shu qoidalarga amal qilmaslik desak
adashmaymiz.
1. Muomalaga qoʼyilayotgan narsa kelishuv vaqtida mavjud boʼlishi kerak.
Yoʼq narsani muomalaga qoʼyib boʼlmaydi. Masalan, yetilmagan mevani sotib boʼlmaydi.
Chunki, u hali pishadimi, yoʼqmi, maʼlum emas. Shunga oʼxshash onasining qornidagi homilani,
yelindagi sutni ham sotib boʼlmaydi.
1
. Muhammad Taqiy Usmoniy. Islom moliyasiga kirish. Toshkent-2021
181
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)
2. Muomalaga qoʼyilgan narsa muomalaga qoʼyuvchining sharʼiy haqqi boʼlishi kerak. Yaʼni,
muomalaga qoʼyuvchining shaxsiy mulki boʼlib saqlash va manfaatlanish mumkin boʼladigan
narsa boʼlishi kerak. Biror kishi oʼziga mulk boʼlmagan narsani sota olmaydi, hadya qila
olmaydi, ijaraga ham qoʼya olmaydi.
Shuningdek, islom diniga koʼra saqlash va manfaatlanish mumkin boʼlmagan xarom
ichimliklar yoki toʼngʼizga oʼxshash narsalarni muomalaga qoʼyish ham mutlaqo mumkin emas.
3. Muomalaga qoʼyilgan narsani kelishuv vaqtida topshirish imkoni boʼlishi kerak.
Misol uchun, qochib ketgan hayvonni, havodagi qushni yoki suvdagi baliqni muomalaga qoʼyib
boʼlmaydi. Аgar qoʼyilsa, bunday savdo savdo emas deb topiladi.
4. Sotiladigan narsaning narxi ikki tomonga ham maʼqul boʼlishi kerak.
Yaʼni, ikki tomon ham muomalaga qoʼyilayotgan narsani yaxshi bilishi, koʼrgan boʼlishi, zarur
maʼlumotlarga ega boʼlishi kerak. Аgar undoq boʼlmasa, muomala joriy boʼlmaydi. Chunki,
bunday hollarda keyinchalik urush-janjal chiqishi turgan gap.
5. Muomalaga qoʼyilgan narsa pok boʼlishi, iflos yoki islom diniga koʼra xarom kilingan
boʼlmasligi kerak
Yaʼni, shariat yuzasidan foydalanish mumkin boʼlgan narsa boʼlishi kerak. Shariatda xarom
qilingan oʼlimtik, qon, axlat kabi narsalarni sotib boʼlmaydi. Аgar sotiladigan boʼlsa savdo oʼz-
oʼzidan botil boʼladi va oʼz kuchini yoʼqotadi.
Yuqorida keltirib oʼtilgan shartlarga muvofik boʼlmagan xar kanday sadob bitimi va
kelishuvlar islom moliya tizimiga koʼra oldi sotti kilish taьkiklanadi.
Xozirgi kundagi ananaviy moliya tizimidan yana bir farkli jixati islom shartlariga muvofik
ishlovchi banklar yoki shaxobchalar oʼz mulkiga ega boʼlishi va savdo bitimlarini oʼzi tuza
olishi shart kilinadi. Аgar bank savdo bitimi tuza olmay fakat moddiy ta’minot (pul beruvchi)
bilan shugʼullanuvchi xisoblansa bu yukoridagi shartlarga nomuvofik deb belgilanadi va oʼz
oʼzidan islom shartlariga zidligi yuzaga chikadi.
Shunday qilib, islom yoʼl-yoʼriq koʼrsatuvchi tartiblarni taklif etadi va inson hayotining barcha
jabhalari, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (muomala) uchun qoidalar majmuiga
rioya etishga amr qiladi. Islom tamoyillariga muvofiq shakllantirilgan moliyaviy va iqtisodiy
tizim zamonaviy va umumqabul qilingan tizim bilan qanday qilib va qay darajada
uygʼunlashishi mumkin? Mana shunday tizim iqtisodiy resurslarni joylashtirish, taqsimlash va
ayirboshlash masalalari bilan qay tarzda shugʼullanishi mumkin? Uning asosiy qoidalaridan
ayrimlari qay yoʼsinda lozim darajada tahliliy sinchkovlik ila izohlanishi mumkin?
Islom
tamoyillariga asoslangan moliyaviy, ijtimoiy va iqtisodiy tizimni shakllantirish yoki koʼrib
chiqishga jalb etilgan tadqiqotchilar mazkur va boshqa koʼplab masalalarni tadqiq etadilar.
Faqat soʼnggi bir necha oʼn yillikda ushbu moliyaviy va iqtisodiy nizom hamda meʼyorlarni
zamonaviy tahliliy atamalar nuqtai nazaridan izohlash uchun jiddiy saʼy-harakatlar amalga
oshirilganiga qaramay va koʼplab tadqiqotlar chop etilgan boʼlsa-da, baribir «islom moliyasi»
yoki «islom iqtisodiyoti» singari «islom» atamasi qoʼshilgan turli ijtimoiy fanlarga nisbatan
aniq taʼrifni qoʼllash yuzasidan ayrim chalkashliklar saqlanib turibdi. Mana shunday tizimning
turli jabhalarini bir butun sifatida emas, balki alohida koʼrib chiqish tendentsiyasi buning
asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Masalan, «islom moliyasi» atamasi koʼpincha «foizni man
2
Muhammad Taqiy Usmoniy. Islom moliyasiga kirish. Toshkent-2021
182
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)
etuvchi» tizimni taʼriflash uchun ishlatiladi. Lekin mana shunday sodda bayon etish nafaqat
notoʼgʼri, balki qoʼshimcha chalkashliklarning manbasi ham hisoblanadi.
Islom moliya tizimi islom ekotizimining bir qismi bo‘lib, mablag‘lardan foydalanish va
taqsimlash jarayonida
islom huquqi qoidalariga muvofiq iqtisodiy munosabatlarni o‘z
ichiga oladi. Masalan, islomda qarz berish yoki qarz olish evaziga foyda olish man etilgan
va barcha moliyaviy jarayonlar haqiqiy iqtisodiy faoliyatga asoslangan bo‘lishi kerak.
Insonga zarar etkazadigan sohalarni masalan, qimor o‘yinlari, spirtli ichimliklar, tamaki
mahsulotlari va boshqalarni moliyalashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.Deutsche Bank, HSBC, Citi
va MasterCard islomiy moliya mahsulotlarini taklif qiladi
. Nestle, Carrefour, Walmart va
Whole Foods halol chakana mahsulotlarni sotadi. “Nielsen” global tadqiqoti natijalariga
ko‘ra, iste’molchilarning 66 foizi halol mahsulotlar uchun ko‘proq pul to‘lashga tayyor.
Yosh iste’molchilar esa yanada sodiqroq ming yillikning 73 foizi halol mahsulot uchun
ko‘proq pul to‘lashga tayyor. Shunday qilib, global transmilliy korporatsiyalar islom
moliyasiga katta qiziqish bildirmoqda.Islom banklari loyihalarni moliyalashtirishdan foyda
ko‘radi. Omonatchilar faqat dividendlarga e’tibor qaratadigan va o‘z mablag‘lari nimaga
investitsiya qilinishini bilmaydigan an’anaviy banklardan farqli o‘laroq, islom banklarida
omonatchi pul mablag‘larining kelajakdagi harakatini ko‘rishi mumkin, bu yerda mablag‘lar
biznesga investitsiya qilinadi va foyda daromadga ketadi. bank va omonatchilar o‘rtasida
taqsimlanadi Islomiy moliyalashtirish modellari qoidalaridan biri risklarni taqsimlashdir.
Biznesda foyda bo‘lmasa, bank ham, mijoz ham foyda ko‘rmaydi. Ammo foyda bo‘lsa, u
omonatchilar o‘rtasida sarmoyaga mutanosib ravishda taqsimlanadi.Islom moliyasini
tushunish uchun asosiy atamalarIslomiy moliyani oson tushunishga yordam beradigan ba’zi
atamalar: Murobaha tovar narxiga ustama qo‘yilgan yoki qo‘yilmagan halol muddatli
to‘lovdir. Bunda islom banklari mahsulot va xizmatlarni sotib olish, so‘ngra ularni muddatli
to‘lov evaziga sotish bilan shug‘ullanadilar.
ADABIYOTLAR:
1.
Muhammad Taqiy Usmoniy. Islom moliyasiga kirish. Toshkent-2021
2.
Nodirbek Nabijon . Islomda ijara va muzoraba. Toshkent- Mavaraunnahr.2005-y.
3.
https://www.gazeta.uz/oz/2022/10/17/islamic-finance/2.
4.
https://www.bukhari.uz/?p=226783.
5.
https://www.researchgate.net/publication/333698447_A_Contemporary_Review_of_I
slamic_Finance_and_Accounting_Literature
3
https://www.researchgate.net/publication/333698447_A_Contemporary_Review_of_Islamic_
Finance_and_Accounting_Literature