Авторы

  • Gulrux Abdiraimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.70050

Аннотация

Ushbu maqolada kognitiv faoliyatni uzviylik va izchillik prinsiplari asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish masalasi koʻrib chiqilgan. Ushbu prinsiplarning ahamiyati, ularni amaliyotda qoʻllash usullari va natijadorlikni oshirish yoʻllari tahlil qilingan. Shuningdek, metodika takomillashtirishda innovasion yondashuvlarning oʻrni va samaradorligi ham muhokama qilingan.


background image

48

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 2-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

KOGNITIV FAOLIYATNI UZVIYLIK VA IZCHILLIK

PRINSIPLARI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH METODIKASINI

TAKOMILLASHTIRISH

Abdiraimova Gulrux

Qarshi davlat univerrsiteti tayanch doktoranti

e-mail: gulruhabdiraimova@gmail.com

https:/

/doi.

org/10.5281/zenodo.14977991

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:20-fevral 2025 yil

Ma’qullandi: 25-fevral 2025 yil

Nashr qilindi: 28-fevral 2025 yil

Ushbu maqolada kognitiv faoliyatni uzviylik va

izchillik prinsiplari asosida rivojlantirish metodikasini

takomillashtirish masalasi koʻrib chiqilgan. Ushbu

prinsiplarning ahamiyati, ularni amaliyotda qoʻllash

usullari va natijadorlikni oshirish yoʻllari tahlil

qilingan. Shuningdek, metodika takomillashtirishda

innovasion yondashuvlarning oʻrni va samaradorligi

ham muhokama qilingan.

KEY WORDS

kognitiv faoliyat, uzviylik,

izchillik, metodika, rivojlantirish,
innovasion yondashuvlar, genetik
omillar, psixologik holat, qaror
qabul qilish, tafakkuri, idroki,
xotirasi, diqqat-e’tibor

Kirish

Hozirgi kunda ta'lim tizimida kognitiv faoliyatni rivojlantirish muhim vazifalardan biri

hisoblanadi. Kognitiv faoliyat inson ongi va aqliy salohiyatini shakllantirish, tahlil qilish,

mantiqiy xulosa chiqarish kabi jarayonlarni oʻz ichiga oladi. Bunday faoliyatni samarali tashkil

etish uchun uzviylik va izchillik prinsiplarini asosiy yoʻnalish sifatida qoʻllash zarur.

Kognitiv faoliyat

– bu insonning bilish jarayonlari orqali axborotni qabul qilishi, uni

qayta ishlashi, eslab qolishi, tushunishi va foydalanishiga asoslangan aqliy jarayondir. Bu

faoliyat insonning tafakkuri, idroki, xotirasi, diqqat-e’tibori, til va qaror qabul qilish

qobiliyatlarini o‘z ichiga oladi. Olimlarning ta’kidlashicha, kognitiv faoliyatning asosiy tarkibiy

qismlari quyidagilardan iborat:

1.

Idrok (Persepsiya) – atrof-muhitdagi narsalar va hodisalarni sezgi organlari

orqali qabul qilish va tushunish jarayoni. Masalan, inson ranglarni ko‘radi, tovushlarni

eshitadi, narsalarga teginib ularning tuzilishini sezadi.

2.

Diqqat (Attention) – muayyan ma’lumot yoki hodisaga qaratilgan ongli yoki

beixtiyor e’tibor. Diqqat konsentratsiyasi yuqori bo‘lsa, inson axborotni tezroq o‘zlashtiradi va

samarali fikrlay oladi.

3.

Xotira (Memory) – oldin qabul qilingan ma’lumotlarni saqlash, eslab qolish va

kerak bo‘lganda esga tushirish qobiliyati. Xotira qisqa muddatli va uzoq muddatli bo‘lishi

mumkin.

4.

Tafakkur (Thinking) – axborotni tahlil qilish, solishtirish, umumlashtirish va

yangi xulosalar chiqarish jarayoni. Tafakkur turli turlarga bo‘linadi, masalan, analitik, ijodiy,

mantiqiy va tanqidiy tafakkur.

5.

Til (Language) – insonning fikrlarini ifodalash va tushunish vositasi. Til muloqot

qilish, bilimlarni yetkazish va o‘zaro hamkorlik qilish imkonini beradi.


background image

49

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 2-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

6.

Qaror qabul qilish (Decision Making) – muammoni tahlil qilish va eng maqbul

variantni tanlash jarayoni. Bunda oldingi tajriba, xotira va mantiqiy tafakkur muhim rol

o‘ynaydi.

Kognitiv faoliyatga ta’sir qiluvchi omillarning ahamiyati shundaki, ular insonning

fikrlash, xotira, diqqat, o‘rganish va qaror qabul qilish qobiliyatlarini shakllantiradi hamda

rivojlantiradi. Quyida asosiy omillarning ahamiyati batafsil bayon etiladi:

1. Biologik omillarning ahamiyati

Yosh

– yosh o‘tishi bilan kognitiv jarayonlar o‘zgaradi. Bolalikda miya o‘ta plastiklikka

ega bo‘lib, tez o‘rganish imkonini beradi, qarilikda esa kognitiv pasayish kuzatilishi mumkin.

Genetika

– irsiy omillar insonning iqtidori va intellektual qobiliyatlarini belgilaydi.

Sog‘liq holati

– yaxshi sog‘liq kognitiv jarayonlarni qo‘llab-quvvatlaydi, surunkali

kasalliklar esa fikrlash va xotirani pasaytirishi mumkin.

Uyqu

– yetarli va sifatli uyqu informatsiyani qayta ishlash, xotira mustahkamlanishi va

diqqatni jamlash uchun zarur.

2. Psixologik omillarning ahamiyati

Motivatsiya

– insonning o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqi kognitiv faoliyat samaradorligini

oshiradi.

Stress va hissiy holat

– ortiqcha stress kognitiv qobiliyatlarni pasaytirishi mumkin,

biroq me’yoriy stress miyani faollashtiradi va diqqatni oshiradi.

Diqqat va konsentratsiya

– yuqori diqqat qobiliyati informatsiyani tez va samarali

o‘zlashtirishga yordam beradi.

3. Ijtimoiy va madaniy omillarning ahamiyati

Ta’lim va bilim darajasi

– sifatli ta’lim kognitiv faoliyatni rivojlantiradi va miyaning

moslashuvchanligini oshiradi.

Ijtimoiy muhit

– inson atrofidagi odamlar bilan muloqotda bo‘lishi kognitiv

rivojlanishga yordam beradi.

Til va madaniyat

– turli tillarda so‘zlashish va madaniy ta’sirlar miyani turli nuqtai

nazarlardan fikrlashga o‘rgatadi.

4. Atrof-muhit va ekologik omillarning ahamiyati

Oziqlanish

– miya faoliyati uchun zarur bo‘lgan vitamin va minerallar kognitiv

salomatlikni ta’minlaydi.

Ekologik sharoit

– toza havo va ekologik muhit miyaga kislorod yetkazib berishni

yaxshilaydi, bu esa fikrlash qobiliyatini oshiradi.

Axborot oqimi

– ortiqcha axborot kognitiv charchashga olib kelishi mumkin, shu sababli

axborotni filtrlash muhim.

5

. Neyrofiziologik va nevrologik omillarning ahamiyati

Miya tuzilishi va neyron faolligi

– kognitiv faoliyat neyronlar o‘rtasidagi aloqalarga

bog‘liq bo‘lib, doimiy o‘rganish va fikrlash bu aloqalarni mustahkamlaydi.

Gormonlar

– dopamin va serotonin diqqat, motivatsiya va baxt hissiga ijobiy ta’sir

qiladi, kortizol esa ortiqcha stressda zarar keltirishi mumkin.

Kognitiv faoliyatga ta’sir qiluvchi omillar insonning hayot sifatini belgilaydi. Ushbu

omillarga e’tibor qaratish orqali diqqat, xotira, kreativlik va muammolarni hal qilish

qobiliyatini oshirish mumkin. To‘g‘ri turmush tarzi, sifatli ta’lim, ijobiy ijtimoiy muhit va

sog‘lom odatlar kognitiv faoliyatni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi

Kognitiv faoliyatni takomillashtirish metodikasi quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi:

1.

Uzviylik prinsipi

– ta'lim jarayonida har bir yangi bilim oldingi bilimlarga

tayangan holda shakllanishi lozim. Bu oʻquvchining fikrlash jarayonida mukammallikni

ta'minlaydi.

Uzviylik prinsipi – bu taraqqiyot jarayonining bosqichma-bosqich va uzluksiz

kechishini ifodalovchi asosiy tamoyillardan biridir. Bu prinsip inson tafakkuri, ta’lim jarayoni,


background image

50

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 2-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

ilmiy taraqqiyot va ijtimoiy rivojlanishda muhim o‘rin tutadi. Uzviylik bir bosqichdan keyingi

bosqichga silliq, izchil va mantiqiy o‘tish jarayonini anglatadi.

Uzviylik prinsipining asosiy mohiyati.

Uzviylik printsipi shuni ta’kidlaydiki, har qanday

rivojlanish yoki o‘rganish jarayoni to‘satdan yoki uzilishlar bilan emas, balki oldingi

bosqichlar negizida, ketma-ketlik asosida amalga oshadi. Bu degani, yangi bilim yoki

ko‘nikmalar oldindan mavjud bo‘lgan bilimlar asosida shakllanadi.

O‘rganilayotgan yangi bilim yoki rivojlanish jarayoni oldindan mavjud bo‘lgan tajriba

va ma’lumotlar asosida quriladi.

Ilm-fan, texnologiya yoki pedagogika sohasida har qanday yangilik oldingi natijalarni inobatga

olgan holda amalga oshiriladi.

Uzviylik prinsipining turli sohalardagi qo‘llanilishi

. Ta’lim jarayonida uzviylik. Ta’lim

tizimida uzviylik – o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv jarayonining ketma-ketligini

ta’minlash orqali bilimlarning mantiqiy o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Masalan,

boshlang‘ich sinflarda oddiy arifmetik amallar o‘rgatilsa, keyingi bosqichlarda algebra va

geometriya kabi murakkab fanlar shunga asoslanadi.

Pedagogik nuqtayi nazardan, bolalarning yosh xususiyatlari va psixologik tayyorgarligi

inobatga olinib, ta’lim bosqichma-bosqich rivojlantiriladi. Ilmiy rivojlanishda uzviylik. Har bir

ilmiy kashfiyot oldingi tadqiqotlar va natijalarga asoslanadi. Masalan: Neyuton mexanikasi

Einshteynning nisbiylik nazariyasi uchun poydevor bo‘ldi. Zamonaviy texnologiyalar va sun’iy

intellekt sohasidagi taraqqiyot ilgari yaratilgan algoritmlar va bilimlar asosida rivojlanmoqda.

Shaxsiy rivojlanishda uzviylik. Inson o‘zining bilim va ko‘nikmalarini asta-sekinlik bilan

oshirib boradi. Biror kasb-hunar o‘rganishda avval asosiy ko‘nikmalar shakllanib, keyinchalik

chuqur malaka rivojlantiriladi. Shaxsiy taraqqiyotda ham maqsad sari intilish bosqichma-

bosqich amalga oshiriladi.

Jamiyat va madaniyatda uzviylik. Madaniyat va ijtimoiy hayotda uzviylik muhim

ahamiyatga ega. Har bir yangi avlod oldingi avlodning tajribasi va merosiga tayanadi. Ijtimoiy

institutlar (oila, ta’lim, davlat boshqaruvi) o‘zaro uzviylikni saqlagan holda rivojlanadi.

Uzviylik prinsipining ahamiyati. Uzviylik prinsipi rivojlanish va taraqqiyot uchun

muhim hisoblanadi. U ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi.

Inson shaxsiy rivojlanishida aniq yo‘nalish va izchillikni ta’minlaydi.

Ilm-fan va texnologik yutuqlarning barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ijtimoiy barqarorlik va madaniy merosning saqlanishiga yordam beradi.

Uzviylik prinsipi har qanday rivojlanish jarayoni uchun zarur. Bu prinsip ta’lim, ilm-fan,

shaxsiy taraqqiyot va jamiyat hayotida mantiqiy va izchil taraqqiyotni ta’minlaydi. Uzviylik

bo‘lmagan taqdirda, rivojlanishda uzilishlar yuzaga kelib, o‘rganish yoki taraqqiyot jarayoni

sustlashib qolishi mumkin. Shu sababli, har qanday sohada uzluksizlik va ketma-ketlik

tamoyiliga amal qilish muhimdir.

2.

Izchillik prinsipi

– ta'lim va kognitiv rivojlanish jarayoni tizimli va davomli

boʻlishi kerak. Bu bilimlarni puxta egallash va ularni amaliyotga tatbiq etish imkonini beradi.

Izchillik prinsipi – bu har qanday jarayon yoki tizimning bosqichma-bosqich, tartibli va

mantiqiy ravishda rivojlanishini ta’minlovchi asosiy tamoyildir. Izchillik har qanday faoliyat

yoki bilim o‘zlashtirish jarayonining tartibga solingan holda amalga oshirilishini ifodalaydi. Bu

prinsip, ayniqsa, ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, shaxsiy rivojlanish va jamiyatning ijtimoiy hayotida

muhim ahamiyat kasb etadi.

Izchillik prinsipining mohiyati har qanday jarayon yoki faoliyatda namoyon bo‘ladi va

mantiqiy tartibda tashkil etilishi kerak. Oldingi bosqichlar asosida rivojlanishi, o‘zaro bog‘liq

bo‘lgan tushuncha va elementlarga asoslangan bo‘lishi, ma’lum bir tizimli tartib bo‘yicha

amalga oshirilishi lozim. Agar izchillik ta’minlanmasa, bilimlarni o‘zlashtirishda chalkashlik,

rivojlanishda notekislik va samaradorlikning pasayishi yuzaga keladi.


background image

51

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 2-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

3.

Innovasion yondashuvlar

– kognitiv faoliyatni rivojlantirishda raqamli

texnologiyalar, masofaviy ta'lim va interaktiv metodlarni qoʻllash orqali samaradorlikni

oshirish.

Tadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdaki, kognitiv faoliyatni takomillashtirishda uzviylik va

izchillik prinsiplariga rioya qilish samaradorlikni oshiradi. Masalan, oʻquvchilarni

tadqiqotchilikka yoʻnaltirish, masala echish koʻnikmalarini shakllantirish va mustaqil

fikrlashga oʻrgatish bunda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, kognitiv faoliyatni rivojlantirishda zamonaviy ta'lim texnologiyalarini tatbiq

etishning ijobiy ta'siri aniqlangan. Masalan, onlayn platformalar orqali bilimni mustaqil

ravishda mustahkamlash imkoniyati yaratiladi, bu esa ta'lim jarayonini yanada uzluksiz

qilishga yordam beradi.

Kognitiv faoliyatni rivojlantirishda uzviylik va izchillik prinsiplariga amal qilish

samaradorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, zamonaviy ta'lim

metodlaridan foydalanish ta'lim jarayonini yanada takomillashtirishga yordam beradi.

Kelgusida ushbu metodika boʻyicha qoʻshimcha tadqiqotlar oʻtkazish va yangi innovasion

yondashuvlarni ishlab chiqish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Vigotskiy L.S. «Mishlenie i rech». – Moskva: Pedagogika, 1982.

2.

Piaje J. «Psixologiya intellekta». – Sankt-Peterburg: Piter, 2003.

3.

Anderson, J. R. «Cognitive Psychology and Its Implications». – New York: Worth

Publishers, 2010.
4.

Vigotskiy L.S. «Problema obucheniya i umstvennogo razvitiya v shkolnom vozraste». –

Moskva: Prosveshenie, 1978.
5.

Bruner Dj. «Psixologiya poznaniya». – Moskva: Trivola, 1997.

Библиографические ссылки

Vigotskiy L.S. «Mishlenie i rech». – Moskva: Pedagogika, 1982.

Piaje J. «Psixologiya intellekta». – Sankt-Peterburg: Piter, 2003.

Anderson, J. R. «Cognitive Psychology and Its Implications». – New York: Worth Publishers, 2010.

Vigotskiy L.S. «Problema obucheniya i umstvennogo razvitiya v shkolnom vozraste». – Moskva: Prosveshenie, 1978.

Bruner Dj. «Psixologiya poznaniya». – Moskva: Trivola, 1997.