Авторы

  • Mushtariy Axadova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.70057

Аннотация

Ushbu maqola orqali Organizm bilan tashqi muhit o‘rtasida bo'lib turadigan gazlar almashinuvi jarayonida ishtirok etuvchi nafas sistemasi havo o'tkazuvchi a'zolar majmuyi, ya’ni burun bo‘shlig‘i, hiqildoq, traxeya (kekirdak), bronxlar va o'pka bilan bog‘lik jarayonlar haqida ma’lumot berilgan.


background image

23

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 2-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

NAFAS OLISH A'ZOLARI KASALLIKLARI

Axadova Mushtariy Jahongir qizi

Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-son davolash fakulteti

1-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14958546

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:20-fevral 2025 yil

Ma’qullandi: 25-fevral 2025 yil

Nashr qilindi: 28-fevral 2025 yil

Ushbu maqola orqali Organizm bilan tashqi muhit
o‘rtasida

bo'lib

turadigan

gazlar

almashinuvi

jarayonida ishtirok etuvchi nafas sistemasi havo
o'tkazuvchi a'zolar majmuyi, ya’ni burun bo‘shlig‘i,
hiqildoq, traxeya (kekirdak), bronxlar va o'pka bilan
bog‘lik jarayonlar haqida ma’lumot berilgan.

KEY WORDS

burun bushlig‘, Hiqildoq, Kekirdak,

traxeya, bronxlar, o‘pka, nafas
yo‘llari.

Burun ho‘shlig‘i

. Burun bo‘shlig‘ida hid bilish organi joylashgan. Burun bo‘shlig‘ining tog‘ay

va suyakdan tuzilgan to‘sig‘i uni ikkiga bo‘lib turadi. Burun bo‘shlig‘ining to ‘sig‘i va devorlari

ichki tomonidan shilliq parda bilan qoplangan, bu pardaning kiprikchali alohida hujayralari

(hilpillovchi epiteliy hujayralari) bor. Ular nafasga olinadigan havo yo‘nalishiga qarshi

tebranih, undagi chang zarrachalarini shilimshiq bilan birga tashqariga chiqaradi (havoni

tozalab beradi). Burun bo‘shlig‘iga uning yondosh bo‘shliqlari ochiladi. Havo burun

bo‘shlig‘idan o‘tayotganida isiydi, namlanadi, tozalanadi va burun-halqumga, keyin

halqumningog'iz va hiqildoq qismiga tushadi. Og'izdan nafas olinganda ham bu yeiga havo o

tishi mumkin. Biroq bunda havo isimaydi va tozalanmaydi.

Hiqildoq

nafas yo‘lining burun bo‘shlig‘idan keyingi qismi bo‘lib, ovoz paydo qiluvchi apparat

vazifasini bajaradi. Nafas chiqarish vaqtida o‘pkalardan qaytib chiqayotgan havo hiqildoqdagi

tog'aylar orasida tortilgan ovoz boylamlariga urilib tovush chiqaradi.

Kekirdak

(traxeya) — hiqildoqning bevosita davomidir. Bo‘yin sohasida kekirdak ko'krak

bo‘shlig‘iga o‘tib, IV—V ko‘krak umurtqasi damida ikkiga - o ‘ng va chap bronxga bo‘linadi.

Bular o‘pkaga kirib, oldin bo‘lak, keyin segment bronxlariga tarmoqlanadi. Segment hronxlari

yanada maydaroq bronxlarga bolinishda davom etib, o ‘ng va chap o'pkaning bronxial

daraxtini hosil qiladi.

O'pka —

Pulmo (o 'p k alar — pulmones). O‘pkalar—ko‘krak qafasida yurakning ikki yonida

joylashgan juft nafas a'zosi bo‘lib, o‘ng va chap o‘pkalardan iborat. O‘pkalar kesilgan

konusning yarmiga o‘xshaydi. Konusning asosi past tomondan diafragmaga tegib tursa, uchi

birinchi qovurg‘adan 3—4 sm yuqorida yoki o‘mrov suyagidan 2—3 sm yuqoriroqda turadi.

Har qaysi o ‘pkada uchta oldingi, ostki va orqa qirra farq qilinadi.
Nafas olish a'zolari kasalliklarining asosiy alomatlariga nafas qisishi. yo'tal, balg'am ajralishi,

qon tupurish va og'riq kiradi. Nafas qisishi. Dispnoe, nafas chastotasi, ritm va chuqurligining

buzilisht, odatda, havo yetishmasligi bilan o'tadi. O'pkadan bo'ladigan nafasqisishi ko'krak


background image

24

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 2-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

qafasi shikastlanganda, o'pka kuchli zaharlanganda, o'pka yallig'langanda, sil, bronxial astma,

o'pka emfizemasi, nafas yo'llarida havo o'tishi uchun qarshilik paydo bo'lishi, o'pka to'qimasi

elastikligining kamayishi yoki nafas yuzasining qisqarishi, plevra bo'shlig'ida suyuqlik borligi,

plevra pardalarining bir-biri bilan yopishib qolishi, nafas mushaklari parezi, ko'krak qafasi

tog'aylarining suyaklanishi va uning harakatchanligining chagaralanishi oqibatida paydo

bo'lishi mumkin. Bunday hollardao'pkaga yetarli miqdorda havo, demak, kislorod ham

kirmaydi, bu qonda to'la oksidlanmagan oraliq modda almashinuvi mahsulotlarining (sut

kislotasi va boshq.) hamda karhonat angidridning to'planishiga olib keladi. Bu hol nafas

markazini doimo qo'zg'atib turadi va nafas qisishi bilan ifodalanadi. Nafas fazalari (nafas olish

va nafas chiqarish) buzilgan nafas qisishi: a) inspirator nafas qisishi — nafas olishning

qiyinlashuvi — yuqori nafas yo'llarida mexanik to'siq ho'lganda yuzaga keladi. Bunda nafas

sekinlashadi. Agar nafas yo'llari kuchli toraygan bo'lsa, nafas shovqin bilan olinadi, havoni

surishdagidek tovush-stridor paydo bo'ladi.
Nafas olish a’zolari kasalliklarini tekshirishda eng qulay usul ko‘zdan kechirishdir. Ko'zdan

kechirish tashxis qo'yish uchun muhim bir qancha ma'lumotlami qoMga kiritishga imkon

beradi. Chunonchi, bronxial astmada bemor o'rinda o‘tirib, qo'llarini uning chetiga tirab olgan

boMishadi. Labi, yuzi, qoMlarini ko'karib ketgani (sianoz) gazlar almashinuvi buzilganini

ko‘rsatadi. Zotiljamda isitmalab yotgan kasallarning yuzi qizarib tursa, anchadan beri davom

etib kelayotgan kasallikda bemorning rangi oqarib ketgan boMadi. Gerpes toshmasi, ya'ni

uchuq ko'pincha lab yoki burun qanotlarida joylashadi va gripp, pnevmoniya, isitmada

uchraydi. Burun qanotlarining kerilib turishi nafasning qiyinlashib qolganini ko'rsatadi.

Xulosa

.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak ko‘krak qafasining bir maromda harakat qilib turishi odam

nafas olganda o‘pkaga atmosfera havosi kirishini, nafas chiqarganda esa karbonat angidrid

gaziga boy havoning o'pkadan chiqib ketishini ta'minlab beradi. Nafasda ko‘p ishtirok

etadigan muskul-diafragma bo'lib, nafas olganda qisqarib, yassilanadi, ko'krak bo‘shlig‘i

kengayadi, ayni vaqtda ko‘krak qafasi muskullari ham qisqarib, ko'krak bo‘shlig‘ini yanada

kengaytiradi. 0 ‘pka elastik bo‘lganidan ko‘krak bo‘shlig‘i devorlariga ergashib borib, o‘zi ham

kengayadi. Bunda atmosfera havosi o'pkaga kirib, uni to'ldiradi, nafas olish deb shunga

aytiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. V.A. Galkin. Ichki kasalliklar. T., «Meditsina», 1989.

2. O‘.B. Sharopov. Ichki kasalliklar. T., Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti,

3. O. Haydarov, Sh. H. Ermatov. lchki kasalliklar. T ., Abu ali ibn Sino nomidagi tibbiyot

nashriyoti, 2002. 17. 3. B. Cjuojieea. CecTpHHCKoe .aejio b T

Библиографические ссылки

V.A. Galkin. Ichki kasalliklar. T., «Meditsina», 1989.

O‘.B. Sharopov. Ichki kasalliklar. T., Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti,

O. Haydarov, Sh. H. Ermatov. lchki kasalliklar. T ., Abu ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2002. 17. 3. B. Cjuojieea. CecTpHHCKoe .aejio b T