Авторы

  • Dilrabo Abduraxmanova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.71122

Аннотация

Ushbu maqolada hayotimdagi eng aziz inson – mehribon onam haqida so‘z boradi. Onam nafaqat oilamiz, balki jamiyat uchun ham o‘zining beqiyos mehnatlari, fidokorligi va mutaxassisligi bilan o‘rnak bo‘lib kelmoqda. U kishining tibbiyot sohasidagi yutuqlari, yuzlab bemorlarga shifo ulashgani, talaygina shifokor va talabalarga ustozlik qilgani, shuningdek, ijtimoiy faoliyati va vatanparvarligi haqida batafsil hikoya qilinadi. Onamning mehnatsevarligi, insoniyatga bo‘lgan mehri va vatanga sadoqati har bir inson uchun ibrat namunasidir.


background image

4

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 3-SON, (YOʻITJ)

EL XIZMATIDAGI -AYOL

Abduraxmanova Dilrabo Baxtiyorovna

Ipoteka-bank OTP group bank xodimi

https:/

/doi.

org/10.5281/zenodo.14993036

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:27-fevral 2025 yil

Ma’qullandi: 28-fevral 2025 yil

Nashr qilindi: 8-mart 2025 yil

Ushbu maqolada hayotimdagi eng aziz inson –

mehribon onam haqida so‘z boradi. Onam nafaqat

oilamiz, balki jamiyat uchun ham o‘zining beqiyos

mehnatlari, fidokorligi va mutaxassisligi bilan o‘rnak

bo‘lib kelmoqda. U kishining tibbiyot sohasidagi

yutuqlari, yuzlab bemorlarga shifo ulashgani,

talaygina shifokor va talabalarga ustozlik qilgani,

shuningdek, ijtimoiy faoliyati va vatanparvarligi

haqida

batafsil

hikoya

qilinadi.

Onamning

mehnatsevarligi, insoniyatga bo‘lgan mehri va vatanga

sadoqati har bir inson uchun ibrat namunasidir.

KEY WORDS

fidokor ayol, ona, tibbiyot,

shifokor, jamiyat, ilm, ta’lim,

insonparvarlik, ijtimoiy faoliyat,

vatanparvarlik,

she’riyat,

mehribonlik

Men bugun sizlarga xayotimning aziz insoni , meni poydevorim mexribon onam to‘g‘risida

yozishni istadim. Xayotda xar bir insonni o‘z kumiri bo‘ladi. Shunday insonlardan men uchun

bu - mening onam! Onam xayotlari davomida nafaqat men uchun balki boshqalar uchun xam

o‘rnak bo‘la oladigan yori uchun oqila rafiqa , farzandalari uchun mexribon ona , ishda esa

malakali mutaxassis , o‘z ishini fidokori - shifokor hamda yon atrofdagilar uchun yaxshi

do‘st deb ayta olaman. To‘g‘ri , xar birimiz onalarimizni ko‘kka ko‘tarib maqtasak shuncha

oz , lekin men o‘z onamlarni nafaqat men uchun balkim boshqalarning xam xayoti go‘zal

bo‘lishida o‘z xissasini qo‘shgan ayolni xayotiy yutuqlari, saboqlari va tajriabalrini sizlar

bilan o‘rtoqlshagim keldi.

Onam - oilamizning fayzu-barokot olib kiradigan, o‘zining oqilaligi , zukkoligi , ziyrakligi ,

shirinsuxanligi bilan oilamizda sog‘lom ma’naviy muhit yarata olgan va farzandlarini

tarbiyalashda ko‘p jon kuydiradigan inson. Onamning ismlarini rahmatli bobomlar Gulira’no

deb qo‘ydilar. Onamning tarbiyalarida Geologg‘olim Shomoshqsud bobo va Zuhra oyimizning

xissalari beqiyos. Ismlari xam jimslariga mos onam o‘z xayotlari davomida nafaqat oilada

balkim jamiyatimizning ayollarining o‘sishida o‘zlaring katta xisslarini qo‘shib kelmoqdalar.

Onamning ilmga chanqoqligi, mexnatsevarligi, barchaga birdek yaxshilik qilib o‘z yordamini

ayamasdan

jon kuydirishi boshqa insonlardan ajratib turadi. Onamdagi bu xislatlar

yoshliklaridan bor edi, sababi yoshlik chog‘laridayoq qunt va matonat bilan bilim sirlarini

o‘rganib ToshMIiga (Xozirgi Tibbiyot Akademiyasi) birinchilar qatorida kirib imtiyozli

diplom bilan tugallaganlar. Toshmi klinikasida davolovchi shifokor bo‘lib ishlash davomida

internatura kursini xam muvaffaqiyatli yakunladilar. 1979-1988 yilllar davomida Onamlarni

Toshkent pediatriya institutiga shifokor-ordinator, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishladilar

va talabalarga terapiya fanidan dars berib kelganlar. Onam o‘sha paytlar nafaqat bemorlrga

o‘z bilimlari bilan shifo berganlar balki , tibbiyot olamiga kirib kelayotgan yosh o‘g‘il-qiz


background image

5

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 3-SON, (YOʻITJ)

talabalarga

tibbiyot bilimlardan saboq berganlar. Xozirda ushbu talabalarimiz yetuk

mutaxassis bo‘lib , davlatimizning tibbiyot soxasida o‘z xissalarini qo‘shib kelmoqdalar

Onam asosiy bilimlarni olishlariga qaramasdan o‘zlarini ustilarida ishlab , yangi zamoniy

bilimlarni olish maqsadida 1988 yilda Terapiya dolzarb masalalari bo‘yicha Toshkent

vrachlar malakasini oshirish instituda , 1994 yilda Moskva shaxridaga malaka oshirish

instiutida ilg‘or shifokorlari tamonidan tashkillashtirilgan ichki kasalliklar propedevtikasi

bo‘yicha malaka oshirishganlar va shifokorlik faoliyatlari davomida Toshkent davlat

malaka oshirish instutlarida 20 da ortiq yo‘nalish bo‘yicha zamonaviy tibbiyot bilimlarni

o‘rganib, yurtmizdagi bemorlarga shifo berib kelmoqdalar.

Xozirgi kunda mana 25 yildirki Onam Toshkent shahridagi “Nuroniylar” ormgohida

Davolash ishlari bo‘yicha Direktor o‘rinbosari sifatida faoliyati yuritib, mamlakatimizda

sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilib, fidokorona va samarali mehnati bilan xalq

salomatligini tiklashga katta hissasini qo‘shib kelayotgan chuqur bilimli, shirin so‘z va

samimiyati bilan

bemorlarga malham

bo‘lib kelayotgan o‘z ishining fidoyisi bo‘lib

hisoblanadi. Xar yili ushbu dargohda 5 yarim mindan ortiq keksalar salomatligini tiklab ,

ko‘plab shifokor va xamshiralarning malaka toifalarini oshirishda o‘z xissalarini qo‘shib

kelmoqdalar. O‘z faoliyatlari davomida ishlarni yuqori saviyada tashkil etuvchi talabchan

va tashkilotchi-rahbar sifatida shakllanganliklari sababli ularni 2009 yil O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Deputat sifatida “Milliy tiklanish”

demokratik partiyasi tomonidan ularning nomzodlari kiritilgan. Onamning nomzodlari

qo‘yilgani biz oilamiz uchun katta baxt edi. Onam bu sohada ham xar bir maxalla a’zolari va

axolilari bilan tanishib, ularning orzu maqsadlari va dardlarini eshitib , ularga xar tamonlama

yordam berishga intilganlar. Shu jarayonda ularning yozgan misralari yodimga tushdi.

Ne ajab go‘zal ellarni kezdim,

Vatanimdek yurtning yo‘qligin sezdim .
Bag‘ringda ulg‘aygan guli a’loman,


background image

6

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 3-SON, (YOʻITJ)

El xizmatiga shaylangan Gulira’noman.

Yana shu o‘rinda onajonimizning o‘z yurtimiz jonojon O‘zbekistonimizni alqab yozgan

misralarini xam bayon etgim keldi:
Erk quyoshi nurlar sochdi, endi ajab davron bo‘lgay,
Dilim ravshan, ko‘ngil yashnab , so‘zlarim ham ravon bo‘lgay.
Ona ortim, aziz xoking to‘tiyodto ko‘zlarimga,
Mustaqillik kelajakka zavol bilmas narvon bo‘lgay.

Onam o‘z kasbini yetuk mutaxasisi bo‘lishi bilan birga, oilamizning baxti,

biz

farzandandlarining rivoji uchun o‘zlaridagi mexnatsevarliklari, bilimga chanqoqlikliklari va

oilaparvarliklari bilan va

Adajonim Ekonomika fanlar nomzodi , Makroiqtisodiyot

Vazirligining bo‘lim boshlig‘i Maxmudov Baxtiyor Mirzaxmedovich bilan birgalikda katta

xissa qo‘shganlar.

Onamlar yoshliklaridan juda xam kitob o‘qishga qiziqqanlar va ko‘plab kitoblar mutoaola

qilganlar.Biz farznadlarga xam xar doim kitob o‘qishimizni , “kitob xayotilarni bamisoli

quyosh kabi yoritib turishligi”ni doim ta’kidlanganlar. Shu sababdan , biz 4 nafar farzandlar

ota-onamizning tavsiyalari asnosida o‘z bilmimiz bilan

Davlatimizning Oliy Ta’lim

dargoxlariga kirib , shu kunda o‘z Davlatimizning ravnaqi yo‘lida

tibbiyot soxasida ,

iqtisodiyot sohalarida ishlab kelmoqdamiz.Onamning adabiyotga qiziqishlari, kitoblarga

bo‘lgan mexrlari o‘zgacha , negaki onamlar tibbiyot soxasida ko‘plab gazeta va jurnallarda

maqolalar va juda go‘zal she’rlar yozadilar. Onamlar ko‘plab maqolalar va sheriy to‘plamlar

yozilgan , ulardan : “Sizni o‘ylasam ”, “Sog‘inch” kabi 4 ta she’riy to‘plamlar , shifokorlik

yo‘nalishlarida “ Uzoq umr ko‘rish sirlari ” to‘plamlari hamda

“Sihat- salomatlik”,

“ Hamshira” “ Saxovat , “”Guliston ” jurnalarida va ko‘plab gazetalarda 80 tan ortiq ilmiy

ommabop , davolashga , kasalliklarni oldini olishga doir maqolalari chop etilgan. Onam juda

serqirra inson bo‘lganliklari sababli , ular O‘zbekiston Televradio kompaniyasida 1990 yildan

buyon

“Assalom O‘zbekiston” va “Salomatlik sirlari”

ko‘rastuvlarida xam o‘zlaring

salomatlik sirlari bo‘yicha xalqimizga o‘z tavsilarini berib kelmoqdalar. Onamdagi shijoat ,


background image

7

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 3-SON, (YOʻITJ)

intiluvchanlik va xar bir insonning qalbiga kirib borishi menga doim xavas va g‘urur

tuyg‘ularini xis qilishimga olib kelgan.

Men jamiyatimizda ular kabi vatanparvar, bilimdon, o‘z ustida ishlaydigan, o‘z ishiga

fidoyi va eng asosiysi o‘zining shirin so‘zi bilan insonlarning dardiga malham bo‘ladigan ayol-

qizlarimiz ko‘p bo‘lishini istardim. Onam 2024 yil 28 mayda O‘zbekiston “VETERAN” jangchi

faxriy va nogironlari Birlashmasi tomonidan sog‘likni saqlash tizimidagi ko‘p yillik samarali

xizmatlari uchun «Gipokrat» Ko‘krak belgisi bilan taqdirlandilar. Onamning barchaga

yaxshilikni ilinishlarini xatto o‘z she’riy misralarida ko‘rsak bo‘ladi va shu misralar bilan

maqolamni tugallashni lozim deb topdim.
Mehrimni sizlarga taratgim kelar,
Yaxshi imkoniyatlar yaratgim kelar ,
G‘amlarni sizlardan aritgim kelar,
Yaxshilik istayman, azizlar, Sizga !

Adabiyotlar:

1.

Karimov I.A. (1997). O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. T.: O‘zbekiston.

2.

Islomova M. (2020). Ayollar jamiyat hayotida. T.: Ma’naviyat.

3.

Jo‘rayev M. (2019). Tibbiyot va jamiyat taraqqiyoti. T.: Fan va texnologiya.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (2021). T.: Adolat.

5.

Saidova G. (2018). Ayol va oilaviy qadriyatlar. T.: Yangi asr avlodi.

Библиографические ссылки

Karimov I.A. (1997). O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. T.: O‘zbekiston.

Islomova M. (2020). Ayollar jamiyat hayotida. T.: Ma’naviyat.

Jo‘rayev M. (2019). Tibbiyot va jamiyat taraqqiyoti. T.: Fan va texnologiya.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (2021). T.: Adolat.

Saidova G. (2018). Ayol va oilaviy qadriyatlar. T.: Yangi asr avlodi.