98
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 3-SON, (YOʻITJ)
BO`LAJAK TARBIYACHILARNI KOMPLEKS YONDASHUV
ASOSIDA PEDAGOGIK TAYYORGARLIGINI
TAKOMILLASHTIRISH.
TerDPI dotsenti M. Berdiyeva
TerDPI Ta`lim tarbiya nazariyasi va metodikasi
maktabgacha ta`lim yo`nalishi
1 bosqich magistranti Z.Doniyorova
https://do
i.or
g/10.5281/zenodo.15045850
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:7-mart 2025 yil
Ma’qullandi: 8-mart 2025 yil
Nashr qilindi: 18-mart 2025 yil
Maqolada bo'lajak o'qituvchilarning pedagogik
tayyorgarligini
kompleks
yondashuv
asosida
takomillashtirish masalalari ko'rib chiqiladi. Maqolada
maktabgacha ta'lim muassasalarida samarali ishlash
uchun
zarur
bo'lgan
kasbiy
vakolatlarni
rivojlantirishning zamonaviy usullari va strategiyalari
tahlil qilinadi. Nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni
uzviy
bog‘lash,
ta’lim
jarayonida
innovatsion
texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
KEY WORDS
Jamiyatdagi
mavqelari,
kompetensiya
,
metodist-
tarbiyachi,
rag‘batlantirish,
pedagogik mahorati,
ijodiy
qobiliyat
rivojlantirish,
ilg‘or
tajribalarni
ommalashtirish,
kasbiy faoliyatida ijodkorlik va
sog‘lom
raqobat
muhitini
yaratish .
Kompleks (lotincha kompleksus - bogʻlanish, uygʻunlik) – narsalar, hodisalar, belgilar va
boshqalarning majmui. Bu izchillik, yaxlitlik maʼnosini anglatuvchi tushuncha siyosat va
jamiyatda qoʻllanadi va koʻpincha maʼnaviy sohalarda, falsafa va fanda qoʻllanadi (masalan,
kompleks chora-tadbirlar, kompleks tadqiqotlar va boshqalar). Kompleks“ning birinchi
tushunchasi meʼmordir.
Maktabgacha ta’lim yo`nalishi bu-ta’lim sohasining bosh negizi
hisoblanadi.Shuning uchun ham davlat rahbari ta’lim tizimiga katta e’tibor
qaratadi.Ta’limdagi yo`l qo`yilgan kamchilik bu-kelajak avlodga tom ma’noda o`z ta’sirini
ko`rsatmay qolmaydi. Maktabgacha ta’limda pedagoglarning har tomonlama mukammal kadr
bo`lishlari esa ayni damda eng asosiy talab hisoblanadi.
2024-yil 4-oktyabrdagi “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini oshirish to‘g‘risida” PF-
153-sonli prezident farmoni qabul qilindi.Mazkur farmonga ko`ra 2026/2027 o‘quv yilidan:
-bog‘chalar tomonidan Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida bolaning rivojlanish
xaritasini yuritish amaliyoti joriy qilinishi;
-maktabga tayyorlov guruhlarini tamomlagan bolalarga ularning rivojlanish xaritasi asosida
bir yillik maktabga tayyorlovdan o‘tganlik haqida elektron sertifikat berish yo‘lga qo‘yilishi.
2025-yil 1-yanvardan:
-respublikaning barcha tuman (shahar)larida kamida bittadan tayanch maktabgacha ta’lim
tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi;
-barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida malaka oshirishning “Metodik mahorat soati”,
tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa “Metodik mahorat kuni” kabi shakllari
bosqichma-bosqich joriy etilishi;
-trener sifatida faoliyat yuritayotgan direktor o‘rinbosarlariga lavozim maoshining 20 foizi
miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama haq to‘lanishi.
99
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 3-SON, (YOʻITJ)
2025-yil 1-martdan tajriba-sinov tariqasida respublikaning uzoq va chekka hududlarida
joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish
xizmatlari joriy etilishi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari
rahbar va pedagog kadrlarini ham rag‘batlantirishga ruxsat etilishi belgilab
berilgan.Pedagoglar salohiyatini oshirish bo`yicha Maktabgacha ta'lim agentligi tomonidan
pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, xususan, ularning jamiyatdagi mavqelarini
mustahkamlash borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Joriy yilda, 14742 nafar
rahbar va pedagog kadrlarning, shundan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 14 139 nafar,
pedagogika kollejlarining 603 nafar pedagog kadrlarining malakasini oshirish
rejalashtirilgan.Shu bilan birga, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog
kadrlarining
kasbiy
kompetensiyasini
rivojlantirish
hamda
o‘quv
dasturlarini
takomillashtirish orqali ta’lim sifatini ta’minlash jarayonlari samaradorligini oshirish
maqsadida xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 14
mingdan ziyod xodimlarini (40 soatga mo‘ljallangan) qisqa muddatli malaka oshirish
kurslarida o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, Jahon banki bilan hamkorlikda “Bolalarni erta
yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasida jahon banki bilan hamkorlikda xorijiy
mutaxassislarni jalb qilingan holda ishlab chiqilgan 40 soatga mo‘ljallangan muddatli malaka
oshirish bo‘yicha pedagoglarni o‘qitilishi 2023 yil avgust-noyabr oylarida uch bosqichda
o‘qitish orqali 14 ming pedagoglarni malakasini oshirishga erishiladi.
2019-yildan boshlab Maktabgacha ta’lim agentligi tizimidagi yuqori malakali davlat
maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist-tarbiyachilari va tarbiyachilari aniqlash hamda
rag‘batlantirish, ularning pedagogik mahorati va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, ilg‘or
tajribalarni keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatning nufuzini yanada oshirish, kasbiy
faoliyatida ijodkorlik va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida “Yilning eng yaxshi
tarbiyachisi” respublika tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda.
Joriy yilda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik tanlovining birinchi bosqichi
14-19 avgust kunlari tuman/shahar miqyosida o‘tkazilmoqda. Respublika bosqichida har bir
nominatsiya bo‘yicha birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan o‘rta maxsus, kasb-
hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan g‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining
«Maktabgacha ta’lim» yo‘nalishiga o‘qishga kirishda imtiyozga ega bo‘ladi.Shu bilan birga,
maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarning sifatini oshirishga qaratilgan
hududlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlar va pedagogika kollejlari
mutaxassislariga o‘quv-metodik va didaktik materiallardan foydalanish mavzusida amaliy-
seminarlar tashkil etildi. Xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda seminar-treninglar, o‘quv
kurslari muntazam o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, Toshkent shahridagi Puchon
universitetida, YUNISЕF va Jahon banki bilan hamkorlikda seminar-trening o‘tkazildi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ijtimoiy va emotsional ko`nikmalarni, savodxonlik va
sanoq ko`nikmalarini rivojlantirish uchun ijtimoiy-emotsional rivojlanish, savodxonlik, sanoq
ko`nikmalari faoliyat kartochkalari.O`yin orqali ta’lim berish spekti.Erkin o`yin, kattalar
yordamida o`yin (scaffold usulida), kattalar dizayni asos, (o`yin qoidalari va cheklovlari),
bevosita ko`rsatmalar. O`yinga asoslangan pedagogika orqali bolaning o`yin orqali
o`rganishlariga yordam berishda hal qiluvchi rol o`ynaydi.Ular bolalar tajribasini anglash,
rag`batlantirish, yo`naltirish va qo`llab-quvvatlash orqali bunga erishadi.O`yin asosidagi ta’lim
turli yo`nalishlarda amalga oshiriladi, bunda pedagoglar, yordamchilar va boshqalar kattalar
turli darajada ishtirok etishlari mumkin.Tarbiyachi ijodiy o`yin, qoidalari bor o`yin, harakatli
o`yin, tinch o`yin, ta’limiy o`yin, didaktik o`yinlardan mahorat bilan yosh xususiyatiga asosan
qo`llaydi.Pedagogik tayyorgarlikni yanada oshirish ta’lim jarayonida muammoli, izlanishli,
dogmatik, reproduktiv, dasturlashtirilgan ta’lim metodi, dialogli, kompyuterli ta’lim
metodlarini qo`llashda hisoblanadi.
100
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 3-SON, (YOʻITJ)
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:
1.
Google.uz
2.
Lex.uz
3.
XTMFMTTEBga qarashli 13-sonli umumiy o`rta ta'lim maktabining matematika fani
o`qituvchisi Jumaniyozova Manzuraning shaxsiy veb sayti.
4.
Qazaq ensiklopediyasi.
5.
MPE.UZ sayti.
6.
Bolatoy.uz sayti.