142
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 3-SON, (YOʻITJ)
VIRTUAL TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA TEXNIKA
FANLARINI O‘QITISH SAMARADORLIGI.
Yuldasheva Dilorom Xusniddin qizi
Suvonqulova Mohinur Odiljon qizi
Guliston davlat universiteti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15078173
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:7-mart 2025 yil
Ma’qullandi:18-mart 2025 yil
Nashr qilindi: 24-mart 2025 yil
Jahonda ta’lim sohasida ham inson kapitali vositasida
iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi tarmoq sifatida
ta’lim jarayonini tashkil etilishini takomillashtirishni
taqozo etmoqda. Maqolada virtual texnologiyalar
vositasida texnika fanlarini o‘qitish samaradorligi
haqida so‘z yuritilgan.
KEY WORDS
PISA, TIMSS, PIRLS, Harakatlar
strategiyasi, virtual, kapital, ta’lim
klasterlari.
Kirish.
Dunyo bo‘yicha xalqaro baholash dasturlari (PISA – Programme for International Student
Assessment, TIMSS – Trends in International mathematics and science study, PIRLS –
Progress in International Reading Literacy Study) ni ta’lim tizimiga keng joriy etish sharoitida
ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini klaster modeli vositasida oshirishga jahon
mamlakatlari ta’lim tizimida yangi innovatsion yondashuv sifatida qaralmoqda. Ta’lim
xizmatlarini ko‘rsatuvchi sub’ektlarning muayyan umumiy maqsad atrofida birlashuvi orqali
ularning raqobatbardoshligini oshirish ta’lim klasterining mazmunini belgilaydi va uni ilmiy-
pedagogik muammo sifatida tadqiq qilish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatimizda barkamol yosh avlodni tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda, yoshlarning
zamonaviy ta’lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha izchil ishlar davom
ettirilmoqda, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari va xalqaro standartlar
talablariga javob beradigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda. «Biz O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib
qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erisha
olamiz»[1]
Respublikamizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-
2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha
“Harakatlar strategiyasi”da mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish
maqsadida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarda shu jihat alohida ahamiyat kasb etgan.
Asosiy qism va natiyjalar.
Sohaga oid ilmiy tadqiqotlar natijasida paxta tolasining rangi, uzunligi, pishiqligi va mikroneyr
ko‘rsatkichlari bilan xalqaro standartlarga to‘la javob berishga erishilmoqda, bu esa uning
jahon tola bozorida xaridorligini ta’minlaydigan eng muhim jihatlaridandir. Ammo,
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ushbu tolani o‘zimizda qayta ishlab, tayyor mahsulot shaklida
jahon bozoriga olib chiqsak-chi? Daromad bir necha barobarga oshishi tabiiy. Qolaversa, paxta
143
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 3-SON, (YOʻITJ)
o‘simligidan olinadigan yana yuzlab mahsulotlar ham borki, bularning barchasi iqtisodiy
samarani bir necha barobarga oshiradi.
Paxtani dastlabki qayta ishlash sanoatida keyingi yillarda sohada amalga oshirilgan
modernizatsiya samarasida yutuqlar ko‘lami kengayib bormoqda.
Bu borada ta’lim jarayonida dunyoning ko‘pgina yetakchi ilmiy markazlari va olimlari
tomonidan ta’lim klasterining modellarini yaratish, uning ilmiy-nazariy asoslari va amaliyotga
tatbiq etish mexanizmlarini ishlab chiqish ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Ta’limga klaster yondashuvi muammosi umumiy mohiyatli bo‘lsa-da, uning amaliyotga tatbiq
etilishi har bir fan tarmog‘i va klaster hududining o‘ziga xosligiga mos ravishda alohida
yondashishni taqozo etadi. Chunki ta’lim klasterlarini fanning muayyan tarmog‘i va aniq
geografik hududga muvofiq amalga oshirish uning samaradorligini ta’minlaydi.
Darhaqiqat, har bir mamlakatda amalda bo‘lgan ta’lim siyosati mavjud zamonaviy va
innovatsion talablardan kelib chiqqan holda unga mos keladigan ta’lim klasterlarining ilmiy-
nazariy, metodik asoslari va modellarini ishlab chiqish zaruratini taqozo etmoqda
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14-dekabrdagi “To‘qimachilik va tikuv-
trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5285-sonli farmonida
“paxta xom ashyosini yetishtirishdan boshlab, unga dastlabki ishlov berish, mahsulotni paxta
tozalash korxonalarida keyingi qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor
to‘qimachilik mahsuloti chiqarish bosqichigacha bo‘lgan ishlab chiqarishni integratsiya
qilishni nazarda tutuvchi rivojlanishning klaster modelini amalga oshirish” kabi muhim
vazifalar belgilab berilgan. [3]
Ma’lumki, sanoat tarmoqlarini klasterlash strategiyasini amalga oshirish murakkab jarayon
bo‘lib, klasterlash natijalari uning tarkibida faoliyat yurituvchi korxonalarning o‘zaro
integratsiyasi asosida hamda joriy etilgan innovatsion xizmatlardan umumiy foydalanilishi
asosida tovarlar bozori rivojlanishi, eksport salohiyati kengayishi va innovatsion faoliyatning
rivojlanishiga erishiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-iyundagi 397-son qaroriga asosan paxta–to‘qimachilik
ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan bo‘lib, so‘ngi yillarda
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilish, mahsulotni
qayta ishlash sanoatini rivojlantirish borasida olib borilgan izchil islohotlar natijasida agrar
sohada faoliyat yuritishning yangi tizimi — klaster usuli joriy etildi.
Qisqa davr mobaynida klaster usulida faoliyat yuritish o‘zining ijobiy tomonlarini ko‘rsatdi va
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga resurslarni tejaydigan texnika va texnologiyalarni joriy
etish, qishloq joylarga sanoatni olib kirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish, yuqori qo‘shilgan
qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarish, infratuzilmani rivojlantirish borasida salmoqli
ishlar amalga oshirilgan bo‘lsada, paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish,
ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish va boshqa jihatlari
borasida alohida ilmiy tadqiqotlarda samarali mexanizmlar yaratilmagan.
Zamonaviy texnika yo‘nalishi mutaxassislari sifatli mahsulotni tayyorlash va ishlab
chiqarishda paxtachilik xo‘jaliklari va paxta tozalash sanoatida bajariladigan quyidagi ishlar
mohiyatini chuqur anglashi va amaliy kasbiy tajribalarga ega bo‘lishlari zarurdir:
- xo‘jaliklarda yetishtirilgan chigitli paxta dalalardan yig‘ib-terib olinib, paxta tayyorlash
punktlariga topshiriladi.
144
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 3-SON, (YOʻITJ)
- u yerda chigitli paxta qabul qilingach, tayyorlab va saqlab, uni dastlabki ishlash jarayoniga
beriladi.
Paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi quyidagi asosiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
-
chigitli paxtani quritish;
-
chigitli paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalash;
-
paxtani jinlash - tolani chigitdan ajratish;
-
chigitni linterlash - chigitdan momiq ajratish;
-
tola, momiq va tolali chiqindilarni tozalash va presslash, toy shakliga keltirish;
-
urug‘li chigitlarni tayyorlash.
Ushbu jarayonlarni bajarish uchun paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash punktlari
kerakli texnologik mashina hamda uskunalar, gidropress qurilmasi, transport,
mexanizatsiyalash moslamalari, arra ta’mirlash va energetika bo‘limi bilan jihozlanadi.
Bunday zamonaviy korxonalarda yuqori ta’lim texnologiyalari va texnika fanlarini o‘qitish
bo‘yicha kasbiy tayyorgarlikni paxta - to‘qimachilik klasterlar
i asosida ta’limni tashkil etish
OTM larda amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur jarayonda shu soha bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan xorijiy va O‘zbekiston
olimlarining fanning ayrim sohalarida erishgan yutuqlaridan va ilg‘or korxonalar
tajribalaridan, shuningdek, texnika-texnologiyasidan foydalanilgan.
Mazkur jarayonda texnika fanlarini o‘qitish bo‘yicha kasbiy tayyorgarlik jarayonida takomil
talablar mavjud.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yagona ta’lim siyosatining hududlar kesimidagi ijrosi
oliy ta’lim tizimining innovatsion komponentlarini samarali rivojlantirish va ta’lim xizmatlari
bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlashga ehtiyoj mavjudligini ko‘rsatmoqda. Xususan,
bugungi kunda pedagogik ta’lim tizimida shunday yangi mexanizm yaratilishining hayotiy
zaruratga aylanishi, unda OTM da ta’limni zamonaviy va samarali tashkil etish, raqobat,
integratsiya, uzviylik va uzluksizlikning ta’minlanishi natijasida manfaatlarning qondirilishiga
erishish zaruratini namoyon qilmoqda. Uzluksiz ta’limning jamiyat barqaror rivojlanishidagi
ushbu muhim ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqqan holda zamonaviy talablar, tizimdagi
muammolar hamda ularni hal qilishda fan va ta’lim bo‘g‘inlari o‘rtasidagi tarqoqlik bugungi
kunda, uzluksiz pedagogik ta’limni klaster rivojlanish modeliga o‘tkazish zaruratini belgilaydi.
Klaster – o‘zaro bog‘liq korxonalarni birlashtirishning bir shakli bo‘lib, bu hudud
iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi. Tashkillashtirish shakli
jihatidan, klaster – vertikal ravishda integratsiyalangan tuzilma deyish mumkin. “Paxta -
to‘qimachilik klasteri” – ulkan loyiha iqtisodiy taraqqiyotning shartlaridan biri. U bilan
yaqindan tanishish, mohiyatini chuqurroq anglash nafaqat soha xodimlari, mutaxassislari,
iqtisodchilar uchun, balki keng omma uchun ahamiyatlidir. Taraqqiyot – innovatsiyani talab
etadi.
Klasterlarning shakllanishida davlatning roli muhim o‘rin tutadi. Rivojlangan mamlakatlarda
innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va boshqarishda klasterlardan foydalanish bo‘yicha
ma’lum tajriba to‘plangan.
O‘zbekiston to‘qimachilik va yengil sanoati tizimida klasterlarni shakllantirish masalasi
mamlakat miqyosida emas, balki mintaqalar – viloyatlardagi aniq iqtisodiy – ijtimoiy shart -
145
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 3-SON, (YOʻITJ)
sharoitlar asosida, klaster nazariyasining mohiyatidan kelib chiqqan holda amalga
oshirilayotgani eng oqilona yo‘llardan biridir.
Paxta – to‘qimachilik klasteri nafaqat yengil sanoatni, balki o‘z yo‘lida qishloq xo‘jaligi, oziq –
ovqat sanoati, farmasevtika, qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish kabi o‘nlab tarmoqlarni
ham qamrab oladi.
Paxta xomashyosini ishlab chiqarishning samarali usullarini izlash zarurati yana shu bilan
izoxlanadiki, O‘zbekiston sharoitida yerning mahsuldorligi
imkoniyatlaridan to‘liq
foydalanilmagan.
O‘zbekistonda paxta xomashyosining asosiy iste’molchisi to‘qimachilik sanoati bo‘lib, u
respublikaning sanoat kompleksida muhim o‘rin tutadi. Hech shubhasiz, to‘qimachilikning
rivojlanishi ham paxtachilik sohasinig holatiga bevosita bog‘liq.
Jahon tajribasidan ma’lumki, to‘qimachilik sanoatida vertikal integratsiyalashgan tizim
samarali va raqobatbardosh bo‘la oladi, bu tizim paxta xomashyosini yetishtirish va dastlabki
ishlov berishdan boshlab, to uni paxta zavodlarida keyingi qayta ishlash va tayyor mahsulotga
(ya’ni ip-kalava, trikotaj, gazlama va kiyim- kechakka) aylantirishgacha bo‘lgan jarayonlarni
o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiyotda yangicha, zamonaviy yondashuvlarni joriy etmasdan turib, yuqori qo‘shimcha
qiymatga ega raqobatbardosh mahsulot yaratishni tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1.
25.01.2020 y. http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-
mirziyeevning-oliy-25-01-2020 (Murojaat sanasi: 20.02.2020 y.).
2.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni “Ta’lim to‘g‘risida”O‘RQ 637, 2020 23 sentabr.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14-dekabrdagi “To‘qimachilik va
tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5285-sonli
farmoni.
4.
Porter M. Mejdunarodnaya konkurensiya. - M., Mejdunarodnыe otnosheniya, 1993