Авторы

  • Shodiya Dagarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.74256

Аннотация

Mazkur maqolada tarixiy janrni o‘qitishning tasviriy ijodiy qobiliyatni oshirishdagi roli va san’at asarlarining tarixiy mazmunini tushunishda tutgan o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Tarixiy janrning o‘qitilishi, yosh avlodni san’at orqali tarixiy voqealar va qadriyatlar bilan tanishtirishda, shuningdek, ijodiy fikrlashni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Maqolada san’at asarlarining tarixiy konteksti orqali o‘quvchilarda madaniy va tarixiy bilish qobiliyatlarini shakllantirish, tasviriy san’at va tarixni o‘zaro bog‘lash usullari tahlil qilinadi. Bu jarayonning o‘quvchi ijodiy qobiliyatini rivojlantirishdagi o‘rni ham muhokama qilinadi.


background image

26

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 3-SON,2-QISM (YOʻITJ)

TARIXIY JANRNI O‘QITISH TASVIRIY IJODIY

QOBILYATNI OSHIRISHGA VA SAN’AT

ASARLARININGTARIXIY MAZMUNINI TUSHUNISHDGI

AHAMIYATI

Dagarova Shodiya Hayotjon qizi

Navoiy Davlat Universiteti

“Tasviriy san’at” – magistratura

ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15104533

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:7-mart 2025 yil

Ma’qullandi:18-mart 2025 yil

Nashr qilindi: 29-mart 2025 yil

Mazkur maqolada tarixiy janrni o‘qitishning

tasviriy ijodiy qobiliyatni oshirishdagi roli va san’at

asarlarining tarixiy mazmunini tushunishda tutgan

o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Tarixiy janrning o‘qitilishi,

yosh avlodni san’at orqali tarixiy voqealar va

qadriyatlar bilan tanishtirishda, shuningdek, ijodiy

fikrlashni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Maqolada san’at asarlarining tarixiy konteksti orqali

o‘quvchilarda madaniy va tarixiy bilish qobiliyatlarini

shakllantirish, tasviriy san’at va tarixni o‘zaro bog‘lash

usullari tahlil qilinadi. Bu jarayonning o‘quvchi ijodiy

qobiliyatini rivojlantirishdagi o‘rni ham muhokama

qilinadi.

KEY WORDS

tarixiy kechinma, tarixiy

janr, o‘tmishning badiiy tasvirlari,
badiiy adabiyot va tarixiy san’at,
tarixiy dalil, tasviriy san’at
darslarini san’at tarixi bilan
integratsiyalash.

Bugungi kunda yurtimizda tasviriy san’at va uning tarixiy rivoji uchun ko‘plab islohotlar

amalga oshirilmoqda. Maktab o‘quvchilarini barkamol avlod etib tayyorlash borasida sohaga

oid yangi o‘quv rejalar, davlat ta’lim standartlari, milliy dasturlar ishlab chiqilib amaliyotga

tadbiq etilmoqda, bu talablar doirasida yangi avlod darsliklari, o‘quv qo‘llanmalari va metodik

tavsiyalar yaratilmoqda. Chunonchi, tarixiy janr yuzasidan fikrlarimizni bayon qilsak bu –

asosan yurtimizning boshidan o‘tkazgan tarixiy kechinmalari, bugunimizgacha bo‘gan milliy

va ma’naviy rivoji, tasviriy san’at tarixiga doir ko‘plab namunalari bilan uzviy bog‘liqdir desak

xato bo‘lmaydi.

O‘quvchi-yoshlarga tarixiy janrni o‘qitish – tarixiy janrda yaratilgan turfa tasvirlardagi turli

shakllar va yondashuvlar ularda fanga oid qiziqishlarini ortiradi hamda bu janrda yaratilgan

san’at asarlari o‘quvchilarning badiiy qobilyatini kuchaytirishga samarali yordam beradi.

Shuningdek, o‘quvchilarda o‘z tarixini to‘laqonli o‘zlashtirishga va talqin qilishlarida tarixiy

janrning samaradorligi katta ekanligini unitmasligimiz lozim. Maqsad o‘quvchilarga tarixiy

janrda yaratilgan tasviriy san’at asarlarining murakkabligi va tarixiy mazmunini tahlil qilishga

oid ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam berishdan iborat bo‘lishi kerak. Chunonchi,

amaliyotdan ma’lumki, o‘quvchilar ko‘p hollarda tarixiy janrda yaratilgan tasviriy san’at

asarlari bayonotlarini ifodalshda qiyinchiliklarga duch kelishadi. Bu kabi muammolar

bo‘lmasligi uchun mutaxassis pedagoglarimiz san’at tarixiga oid mavzularni o‘qitish

jarayonlarida ilg‘or metodlardan foydalangan holda o‘quvchilarni muntazam rag‘batlantirishi

va fan doirasida amaliy ko‘nikmalarini doimo rivojlantirishi zarur bo‘ladi. Bu yo‘sinda tashkil

etiladigan dars jarayonida qo‘llanilgan ilg‘or usullar va strategiyalar o‘quvchilarning fanga oid

qiziqishlarini va darsning samaradorligini oshirishi, ta’lim natijalariga ijobiy ta’sir

ko‘rsatishini kafolatlaydi.

Sir emaski, XXI asrda tarixiy janrning yangi oqim va yo‘nalishlari ko‘payib an’anaviy janr

toifalariga qarshi kurash olib bormoqda, ya’ni hozirgi milliy va zamonaviy sana’at asarlari


background image

27

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 3-SON,2-QISM (YOʻITJ)

turiga bo‘linadi. G‘arb tarixi san’at ta’limini shakllantirgan amaliy san’at va san’at tarixini

bugungi san’at kontseptiyasiga ta’sirini ta’kidlaydi. O‘tmishning badiiy tasvirlari, masalan

badiiy adabiyot va tarixiy san’at o‘zining jozibador kuchi, insonning o‘ziga xosligini o‘rganish

qobilyati va jamoaviy shakllanishni rivojlantirishda muhim rol uynaydi.

Ma’lumki, tarixiy janr asarlari borasida barcha rassom-pedagoglar alohida e’tirof etgan holda

unning imkoniyatlariga katta baho berib keladilar. Haqiqattan bugungi kunda ham tasviriy

san’at darslarini samaradorligida san’at tarixining o‘rni katta hisoblanadi, tasviriy san’at tarixi

bilan tarixiy janr – ikki xarakterda namoyon bo‘ladi;

– nazariy jihatdan bu tabiatda, jamiyatda umuman moddiy olamda bo‘lgan, bo‘layotgan va

bo‘ladigan voqea va hodisalar o‘quv fani mazmunida ifoda eta oladigan didaktik sharoitiga

aytiladi, ya’ni o‘rganilayotgan tasviriy san’at tarixi nazariy materiallaridan samarali

foydalanib o‘z o‘quv materiallarini ifoda etishdan iboratdir;

– masalan, tasviriy san’at darsida Leanardo Da Venchoning “Mona Liza (Jakonta)” san’at

asarini o‘rganishda, “San’at tarixi” kursidagi “Italiya uyg‘onish davri san’ati” mavzusi

materiallaridan foydalanib yuqoridagi san’at asaridagi syujet va voqaealar haqida ilmiy

ma’lumotlar beriladi va asar tahlili o‘tkaziladi.

Aslida, san’at tarixini o‘rgatish o‘quvchilarni turli usullar orqali san’atni ko‘rish taqqoslash,

tahlil qilish, tushunish va baholashga e’tibor qaratishni o‘z ichiga oladi. Umumiy o‘rta ta’lim

maktab tarix fani o‘qituvchilari bir davrning ruhini, oddiy xalq tarixini va tarixni yozish

jarayonini o‘rgatish uchun tasviriy san’at asarlaridan tarixiy dalil sifatida foydalanadilar.

O‘tmishning badiiy tasvirlari, masalan badiiy adabiyot, esdalik san’ati va tarixiy tasviriy san’at

namunalari o‘zining jozibador kuchi, insonning o‘ziga xosligini o‘rganish qobilyati va jamoaviy

xotirani shakllantirish uchun tarixni o‘qitishga kiritilishi mumkun.

Darhaqiqat, tasviriy va tarixiy san’at janri asarlariningmaktablarimizda yaxshi o‘rgatilmasligi

sabab san’atimizning o‘quvchilar ongiga olib kirishga qiyinchililar tug‘dirmoqda. Hozirgi

kunimizda ko‘plab o‘zbek xonadonlarida tasviriy san’at asarlarini juda kam uchrashi hech

kimga sir emas. Buning asosiy sabablaridan biri sifatida aytishimiz mumkinki bizning

maktablarimizda bu kabi san’at asarlarini yaxshi o‘rgatilmasligidadir.

Umumiy o‘rta ta’lim maktab faoliyatini yanada takomillashtirish va unda berilayotgan bilim,

malaka va ko‘nikmalarning samaradorligini oshirishning asosiy vositasi va sharti sifatida

tasviriy san’at darslarini san’at tarixi bilan integratsiyalash hisoblanadi.

Integratsiyalash hisobiga biz qanday ko‘rsatgichlarga erishish mumkinligini ko‘rib chiqamiz;

– umumiy o‘rta ta’lim maktab faoliyatida olib borilayotgan tasviriy san’at darslarini har bir

mashg‘ulotni maqsadi va vazifasini to‘gri belgilash imkoniyatini beradi;

– har bir mashg‘ulotni zaruriy ko‘rgazma va didaktik materiallar bilan ta’minlaydi;

– rasm chiziladigan natura obekt va kompozitsiya elementlarini ilmiy asosda o‘rganishni

kuzatishni, kuzatilgan narsa va voqaelarni ob’ektiv haqqoniy idrok etishga imkon beradi;

– tarixiy janr ob’ektlarini kuzatish asosida xarakterli va asosiy belgilarni ajratib olishni

o‘rgatadi;

– o‘quvchilarni asarlar mustaqillikga ijodkorlikka o‘rgatadi materialistik dunyoqarashni va

e’tiqodlarni takomillashtiradi;

– ularning bilimlarini sistemalashtiradi, asosli va har tomonlama, izchil, ilmiy, bilim va

malakaga ega bo‘lishini ta’minlaydi.

Shu boisdan, buyuk Chex pedagogi Yа.A. Kamenskiy “dars materiallarini shunday taqlimlamoq

zarurkim, har bir yangi material o‘zidan oldingi materialni davomi bo‘lsin va keying

materialni to‘ldirmog‘i lozim” – deb ta’kidlaydi.

Darhaqiqat, tarixiy san’at janrini o‘qitishda durdona tasviriy sasarlarni tanqidiy o‘rganish

sur’atlar yaratish tarixiy empatiya, tasviriy tasvirlar va san’atni tarixiy dalil sifatida qo‘shish

orqali samarali erishish mumkun.

Tarixiy janrni o‘qitish madaniy va tarixiy sharoitlarni, hamkorlik pedagogikasini va tarixiy

tasvirning rivojlanish xususisyatini hisobga oladigan ko‘p qirrali yondashuvni talab qiladi.


background image

28

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 3-SON,2-QISM (YOʻITJ)

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, tarixiy janrni o‘qitish, tasviriy ijodiy qobiliyatni oshirishda va

tarixiy janrda yaratilgan san’at asarlarining tarixiy mazmunini tushunishda muhim rol

o‘ynaydi. San’at orqali tarixni o‘rganish, o‘quvchilarga nafaqat tarixiy bilimlarni, balki estetik

va ijodiy qobiliyatlarni ham rivojlantirish imkoniyatini yaratadi. Tarixiy janrni o‘rganish

jarayonida o‘quvchilar nafaqat san’atning tarixiy kontekstini tushunadilar, balki o‘zlarining

ijodiy tafakkurini ham rivojlantiradilar. Shunday qilib, san’at va tarix o‘rtasidagi bog‘liqlik,

yosh avlodni o‘qitishda va ularning shaxsiy rivojlanishida katta ahamiyatga ega.

Adabiyotlar:

1. Sulaymonov A., Abdullayev N. Tasviriy san’at. 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik. – T.: G‘afur

G‘ulom nomidagi NMIU, 2014. – 80 b.

2. Hasanov R. Maktabda tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi. – T.: “Fan”, 2004. – 106 b.

3. Шавдиров С. А. Подготовка будущих учителей к исследовательской деятельности

//Педагогическое образование и наука. – 2017. – №. 2. – С. 109-110.

4. Ibraimov X., Shovdirov S. Theoretical Principles of The Formation of Study Competencies

Regarding Art Literacy in Students //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B10. – С.

192-198.

5. Shavdirov S. A. Selection Criteria of Training Methods in Design Fine Arts Lessons //Eastern

European Scientific Journal. – 2017. – №. 1.

6. Шавдиров С. А. Ўқувчиларда тасвирий саводхонликка оид ўқув компетенцияларини

шакллантиришнинг педагогик-психологик жиҳатлари //Современное образование

(Узбекистан). – 2017. – №. 6. – С. 15-21.

7. Shovdirov S. Analyzing the sources and consequences of atmospheric pollution: A case

study of the Navoi region //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2024. – Т. 587. – С.

02016.

8. Shovdirov S. A. TASVIRIY SAN’ATNI O ‘QITISHDA O ‘QUVCHILARNING SOHAGA OID O ‘QUV

KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI //Inter education & global study. –

2024. – №. 1. – С. 8-14.

9. Shavdirov S. Method of organization of classes in higher education institutions using flipped

classroom technology //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing, 2025. – Т. 3268. – №. 1.

10. Шавдиров С. А. ОСОБЕННОСТИ ПОДБОРА ЦВЕТА В ОБУЧЕНИИ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОМУ

И ПРИКЛАДНОМУ ИСКУССТВУ //INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE

PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION. – 2018. – С. 84-85.

11. Shovdirov S. A. TEACHING STUDENTS TO LOGICAL AND ABSTRACT THINKING IN THE

FORMATION OF COMPETENCES ABOUT PICTURE LITERACY //JOURNAL OF ARTS AND

HUMANITIES. – 2023. – Т. 6. – №. 5. – С. 40-44.

12. Sulaymonov A., Shovdirov S. UMUMINSONIY VA MILLIY BADIIY QADRIYATLAR

INTЕGRATSIYASI ASOSIDA TASVIRIY SAN’AT TA’LIMI SIFATINI OSHIRISH //Inter education

& global study. – 2023. – №. 4. – С. 8-11.

13. Baymetov B. B., Shovdirov S. A. Methods of Organizing Practical and Theoretical Classes

for Students in The Process of Teaching Fine Arts //International Journal on Integrated

Education. – 2023. – Т. 4. – №. 3. – С. 60-66.

14. Guljamol M. SEMANTICS OF PATTERNS IN CARVINGS IN TRADITIONAL APPLIED ART

AND THEIR SYMBOLIC AND EXPRESSIVE FEATURES //Journal of Academic Research and

Trends in Educational Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 3. – С. 191-197

15. Xamidova G.X. СHIZMACHILIK FANINI O‘QITISHDA GRAFIK DASTURLARDAN

FOYDALANISH VA METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH //Inter education & global study. –

2024. – №. 1. – С. 34-44.

16. Абдуллаев С. Ф. Восточная миниатюра в системе высшего художественно-

педагогического образования //Москва: СФ Абдуллаев. – 1996.


background image

29

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 3-SON,2-QISM (YOʻITJ)

17. Абдуллаев С. Ф. Формы организации самостоятельного образования студентов

направления изобразительное искусство и инженерная графика //PEDAGOGS jurnali. –

2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 271-273.

18. Абдуллаев С. Ф. Муродова Муясар Хикматовна Методические особенности методов

обучения рисованию по памяти и представлению //Universum: общественные науки. –

2022. – №. 2. – С. 81.

19. Абдуллаев С. Ф., Козимова М. А. ПРОБЛЕМЫ РАЗВИТИЯ КРЕАТИВНОГО

ПОТЕНЦИАЛА

СТУДЕНТОВ

НАПРАВЛЕНИЙ

ДОШКОЛЬНОГО

ОБРАЗОВАНИЯ

СРЕДСТВАМИ НАРОДНО–ПРИКЛАДНОГО ИСКУССТВА //Экономика и социум. – 2023. –

№. 12 (115)-2. – С. 650-656.

20. Shovdirov S. A. TASVIRIY SAN’AT TA’LIMIDA O ‘QUVCHILARNING O ‘QUV

KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK

TALABLARI //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. Special Issue 13. – С. 527-533.

Библиографические ссылки

Sulaymonov A., Abdullayev N. Tasviriy san’at. 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2014. – 80 b.

Hasanov R. Maktabda tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi. – T.: “Fan”, 2004. – 106 b.

Шавдиров С. А. Подготовка будущих учителей к исследовательской деятельности //Педагогическое образование и наука. – 2017. – №. 2. – С. 109-110.

Ibraimov X., Shovdirov S. Theoretical Principles of The Formation of Study Competencies Regarding Art Literacy in Students //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B10. – С. 192-198.

Shavdirov S. A. Selection Criteria of Training Methods in Design Fine Arts Lessons //Eastern European Scientific Journal. – 2017. – №. 1.

Шавдиров С. А. Ўқувчиларда тасвирий саводхонликка оид ўқув компетенцияларини шакллантиришнинг педагогик-психологик жиҳатлари //Современное образование (Узбекистан). – 2017. – №. 6. – С. 15-21.

Shovdirov S. Analyzing the sources and consequences of atmospheric pollution: A case study of the Navoi region //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2024. – Т. 587. – С. 02016.

Shovdirov S. A. TASVIRIY SAN’ATNI O ‘QITISHDA O ‘QUVCHILARNING SOHAGA OID O ‘QUV KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI //Inter education & global study. – 2024. – №. 1. – С. 8-14.

Shavdirov S. Method of organization of classes in higher education institutions using flipped classroom technology //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing, 2025. – Т. 3268. – №. 1.

Шавдиров С. А. ОСОБЕННОСТИ ПОДБОРА ЦВЕТА В ОБУЧЕНИИ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОМУ И ПРИКЛАДНОМУ ИСКУССТВУ //INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION. – 2018. – С. 84-85.

Shovdirov S. A. TEACHING STUDENTS TO LOGICAL AND ABSTRACT THINKING IN THE FORMATION OF COMPETENCES ABOUT PICTURE LITERACY //JOURNAL OF ARTS AND HUMANITIES. – 2023. – Т. 6. – №. 5. – С. 40-44.

Sulaymonov A., Shovdirov S. UMUMINSONIY VA MILLIY BADIIY QADRIYATLAR INTЕGRATSIYASI ASOSIDA TASVIRIY SAN’AT TA’LIMI SIFATINI OSHIRISH //Inter education & global study. – 2023. – №. 4. – С. 8-11.

Baymetov B. B., Shovdirov S. A. Methods of Organizing Practical and Theoretical Classes for Students in The Process of Teaching Fine Arts //International Journal on Integrated Education. – 2023. – Т. 4. – №. 3. – С. 60-66.

Guljamol M. SEMANTICS OF PATTERNS IN CARVINGS IN TRADITIONAL APPLIED ART AND THEIR SYMBOLIC AND EXPRESSIVE FEATURES //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 3. – С. 191-197

Xamidova G.X. СHIZMACHILIK FANINI O‘QITISHDA GRAFIK DASTURLARDAN FOYDALANISH VA METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH //Inter education & global study. – 2024. – №. 1. – С. 34-44.

Абдуллаев С. Ф. Восточная миниатюра в системе высшего художественно-педагогического образования //Москва: СФ Абдуллаев. – 1996.

Абдуллаев С. Ф. Формы организации самостоятельного образования студентов направления изобразительное искусство и инженерная графика //PEDAGOGS jurnali. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 271-273.

Абдуллаев С. Ф. Муродова Муясар Хикматовна Методические особенности методов обучения рисованию по памяти и представлению //Universum: общественные науки. – 2022. – №. 2. – С. 81.

Абдуллаев С. Ф., Козимова М. А. ПРОБЛЕМЫ РАЗВИТИЯ КРЕАТИВНОГО ПОТЕНЦИАЛА СТУДЕНТОВ НАПРАВЛЕНИЙ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ СРЕДСТВАМИ НАРОДНО–ПРИКЛАДНОГО ИСКУССТВА //Экономика и социум. – 2023. – №. 12 (115)-2. – С. 650-656.

Shovdirov S. A. TASVIRIY SAN’AT TA’LIMIDA O ‘QUVCHILARNING O ‘QUV KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK TALABLARI //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. Special Issue 13. – С. 527-533.