10
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 3-SON,2-QISM (YOʻITJ)
CHIGITNI SAQLASH USULLARI VA MOY OLISH
TEXNOLOGIYASI
АRAXMATULLAYEV RAVSHAN QO‘SHMURODOVICH.
Guliston davlat universiteti
Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
ALIMOVA DIYORA SHERMUHAMMAD QIZI
Guliston davlat universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15104450
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:7-mart 2025 yil
Ma’qullandi:18-mart 2025 yil
Nashr qilindi: 29-mart 2025 yil
Ushbu
maqolada
Qishloq
xo‘jaligida
yetishtirilgan paxta tolalarini saqlash usullari va moy
olish texnologiyalari, paxtachilikda urug‘chilik tizimini
rivojlantirish hamda paxta hosildorligini oshirishning
usullari, yog‘ – moy ishlab chiqarish oziq – ovqat
sanoatining eng salmoqli sohasi bo‘lib, olingan yog‘ni,
sanoat chiqindilarini qayta ishlab turli xil moyli
mahsulotlar (margarin, glitserin, yog‘ kislota, sovun)
ham tayyorlanishi haqida ma‘lumotlar keltirilgan.
KEY WORDS
Paxta, chigit, urug‘, yog‘–
moy,
oziq–ovqat,
sanoat,
margarin, glitserin, yog‘ kislota,
sovun, g‘o‘za, po‘choq.
Kirish.
Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida islohatlar izchil amalga oshirilayotgan bir davrda
Respublikamiz aholisini dehqonchilik mahsulotlari asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga
bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash va shu boradagi zahirani tubdan isloh qilish muhim
masalalardan biri hisob-lanadi. Ushbu masalani amalga oshirishda mahsulotlarni saqlash va
qayta ishlashdek vazifaga alohida e’tibor berilishi talab qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 15 dekabrdagi PQ-391-son
«Paxtachilikda urug‘chilik tizimini rivojlantirish hamda paxta hosildorligini oshirishning
qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra keyingi yillarda qishloq xo‘jaligini
tubdan o‘zgartirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va ularni o‘z vaqtida qayta ishlash
maqsadida bir qator qonunlar va farmoyishlar qabul qilinmoqda va shularga amal qilingan
holda ish yuritilmoqda.
Yog‘ – moy ishlab chiqarish oziq – ovqat sanoatining eng salmoqli sohasi bo‘lib, unda
xom ashyodan yog‘ ishlab chiqarish bilangina cheklanmaydi, balki olingan yog‘ni, sanoat
chiqindilarini qayta ishlab turli xil moyli mahsulotlar (margarin, glitserin, yog‘ kislota, sovun)
ham tayyorlanadi.
Qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan paxtaning 60 foizini chigit tashkil qiladi. Moyli ekinlar
yetishtirish, tashish, saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasini rivojlantirishda
malakaviy kadrlar roli katta.
Oʻzbekistonda dastlabki paxta tozalash korxonasi Toshkentda 1874-yilda qurilgan.
Rossiyada paxta xom ashyosiga boʻlgan talabning ortishi bilan Oʻzbekistonda Paxta tozalash
sanoati tez rivojlantirildi. 1885-yilda 9 ta, 1890-yilda 27 ta, 1914-yilda 208 ta paxta tozalash
zavodi ishladi.
Hozirgi kunda moy ishlab chiqarishda olingan yog‘ tarkibida zararli moddalar borligi
sababli yangi turdagi yog‘ mahsuloti olish dolzarb muammodir. Shuning uchun moyli
ekinlarni yetishtirish agrotexnologiyalarini rivojlantirish saqlash va yangi turdagi
yog‘ mahsulotini olishga qaratilgan ishlar keng miqyosda olib borilmoqda.
11
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 3-SON,2-QISM (YOʻITJ)
Chigitni morfologik tuzilishi.
To‘la shakillangan va yetilgin chigit tuxumsimon yoki
noto‘g‘ri noksimon ko‘rinishda bo‘ladi. Chigit murtakdan va uni o‘rab turgan ikkita qobiqdan
iborat. Ichki pardasimon, tashqi po‘sti yog‘ochlanib, qattiqlashgan bo‘ladi va buni po‘choq deb
ataladi. Chigit po‘chog‘ining sirti tuklar bilan qoplangan. Ba’zi bir tur g‘o‘zalarda faqat uzun
tuklar, boshqa bir turlarida esa ham uzun, ham qisqa tuklar bo‘ladi. Uzun tukli tolalar,
qisqalari esa chigit tuki yoki linter deb ataladi.
Chigitning kimyoviy tarkibi
Paxta zavodlariga keltirilgan chigit ko‘pincha xas-cho‘p,
g‘o‘za barglari, g‘o‘za po‘choq, paxta tolasi va shunga o‘xshash chiqindilar bilan ifloslangan
bo‘ladi. Bularning ko‘pchiligi organik chiqindilar bo‘lgani uchun tarkibida asosan pentizonlar
gruppasiga kiradigan uglevodlar bo‘ladi. Chigit tarkibidagi kimyoviy moddalarga suvning ham
ta’siri katta. Bizga ma’lum bo‘lishicha chigit mag‘zining tarkibidagi oqsilning miqdori 90
foizini, 10 foizini globulin va glyutamin bo‘lib ular aminakislotalarga boy. Masalan: chigitning
globulinni tarkibiga 12,8 foiz organik; 7,9 foizini fenilalanin; 5 foizini lizin; 3,1 foizini triozin;,
3 foizini gistidik va boshqa turli aminakislotalar kiradi. Chigit tarkibidagi azot moddasining oz
yoki ko‘p bo‘lishi kunjaraning og‘irligiga ham ta’sir etadi.
Chigitni saqlash usullari.
Qabul qilingan va quritilgan urug‘lar naviga qarab
omborlarga joylanadi. Yog‘ - moy sanoati uchun tayyorlanadigan xom ashyoning sifati uchun
kurash xom ashyo tayyorlash punktlari va paxta tozalash zavodlaridan boshlanisha kerak.
Xom terilgan paxtaning chigitiga nam ko‘p bo‘lgani uchun bunday chigitni saqlash qiyin
bo‘ladi. Yog‘ xom ashyosi zavodda yaxshi saqlanishi uchun, avvalo u fermer xo‘jaligi dalalarida
optimal muddatda yig‘ib terib olish kerak. Yaxshi yetilgan xom ashyoda ortiqcha nam
bo‘lmaydi. Saqlash davomida urug‘lar turli o‘zgarishlarga uchraydi. Urug‘ga aralashib qolgan
turli mikroorganizimlar mog‘or zamburug‘lari, bakteriyalar yoki turli hashorot, qurt -
qumursqa va shunga o‘xshash tirik organizmlar undagi biokimyoviy reaksiyalarni
jadallashtiradi va urug‘ning temperaturasini oshirib yubordi. Natijada saqlash jarayoni
buziladi, mog‘or bosadi, achchiq ta’mli, badbo‘y hidli bo‘lib qoladi, kislota miqdori oshadi. Ana
shunday holatlar yuz bermasligi uchun xom ashyo saqlashdan oldin tozalash, quritish, so‘ngra
ikkinchi marta tozalash kerak. Usti tukli o‘z-o‘zidan sirpanib tushadigan yog‘li urug‘larni
tamomila ajratguncha mahsus, unga moslashtirib qurilgan omborlardagina saralash mumkin.
Chigitni qayta ishlashda.
Zavodlarda chigitni saqlashdan tashqari qayta ishlash
uchun bir qancha ishlar olib boriladi. Jumladan. Zavodga keltirilgan xom ashyoning namli
laboratoriyada aniqlanadi. Namlik yuqori bo‘lsa quritiladi. Namligi yuqori, tuproq, qum, barg
va boshqa chiqindilar aralashib qolgan xom ashyoni tezda tozalash hamda quritish uchun
yuborish kerak.
Mag‘iz qovuriladigan qasqonli qozon.
Mag‘iz gidrotermik ta’siriga uchragach,
yetiladi. Yetilgan tovar mezga deb ataladi. Bu yetilgan tovar o‘ziga xos bir tuzilishga ega
bo‘ladi. Qozonning eng pastki qismidan chiqayotgan mezga talqonsimon, to‘q sariq rangli,
temperaturasi 108- 110 gradus bo‘lib, namligi 3,3 foizdan oshmasligi kerak.
Mezgani ikki marta presslab yog‘ olinadigan zavodlarda qozonlarning bir qismi
birinchi tovarni, ikkinchi qismi chala siqilgan, seryog‘ kunjaraning unini qovurish uchun
ishlatiladi. Bunday qozonlarga kunjara tolqoni beto‘xtov berib urilishi u issiq suv yoki
bug‘ bilan namlanib turilishi kerak.
Mag‘izni qovurish usullari
. Chigit va boshqa moyli o‘simlik urug‘laridan yog‘ olishda
ularning mag‘izlari albatta qasqonli qozonlarda qovuriladi.Hozirgi vaqtda, yog‘ zavolarida
mag‘izni qovurishning uch xil usulidan keng tarzda foydalaniladi.
Bulardan mag‘izni:
1.yumshoq
2.qattiq
3.quruq xolida qovurishdir.
Paxta yog‘i olish texnologiyasi
. Bunda qozonning yuqorisiga o‘rnatilgan namlovchi
shnekka berilayotgan birinchi, ikkinchi va uchinchi sort chigitdan tayyorlangan
yanchilmaning namligi 8,5-9,5 foiz va to‘rtinchi sortniki 9,5-10,5 foiz bo‘lishi kerak.
12
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 3-SON,2-QISM (YOʻITJ)
Yanchilmaning (talqon maydaligini bilish uchun uni labaratoriyada) teshigining diametri 1
mm bo‘lgan elakdan o‘tkazilib ko‘rish kerak . Agar shunday elakdan birinchi – uchinchi sort
chigitlar yanchilmasi 60 foiz va to‘rtinchi sortini 50 foiz o‘tsa, bunday yanchilma sifatli
hisoblanadi, bargsimon talqonning 0,15-0,25 mm bo‘lishi kerak. Bunday yanchilma namlovchi
– bug‘lovchi shnekda to‘yingan bug‘ va kondensat bilan 70-80
0
gacha qizdiriladi va 11-12,8
foiz gacha namlanadi. Past sortli chigit uchun temperatura 60-70
0
bo‘lishi, namlik 12,0-13,0
foizdan oshmasligi kerak.
Hulosa.
Bugungi kunda yog‘ zavodlarida yog‘ ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo paxta
chigiti hisoblanadi. O‘z o‘rnida chigitdan yog‘ chiqishi turli omillarga bog‘liq bo‘lib asosiy
faktor bu agrotexnik tadbirlarning yaxshi olib borilmasligidir. Sifatli chigit olish uchun g‘o‘zani
yoshligidan to‘g‘ri parvarish qilinsa ko‘zlangan maqsadga erishamiz. Bundan tashqari chigitni
saqlash mobaynida turli zararkunanda hamda zamburug‘ va mikroorganizmlar bilan
ta’sirlanishi o‘z navbatida yog‘ chiqishi va sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Chigitdan moy olish juda murakkab texnologik jarayon bo‘lib o‘ziga xos bosqichlardan
iboratdir: chigitni tozalash, yanchish, jarovniyada qovurish, bug‘ berish va forpressdan
yog‘ ajratib olishdir.
Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki paxta moy tarkibida to‘yingan kislotalardan stearin va
polimitin kislotalari mavjudligi, to‘yinmagan kislotalardan olein, linol va linolin borligi
aniqlangan. Bizga ma’lumki odam organizmiga hayvon yog‘lari qatorida o‘simlik moylari ham
zarurdir. Lekin odam organizmida o‘simlik yog‘idagi bo‘lgan to‘yinmagan yog‘ kislotalarning
parchalanishi qiyin bo‘lib shu yog‘ kislotalar o‘simlik moyi bilangina odam organizmida paydo
bo‘ladi. Shu jumladan paxta moyi tarkibidan gassipol pigmenti aniqlanib u inson organizmiga
zaharli hisoblanadi. Shuning uchun paxta moyini yaxshilab tozalash, rafinatsiya qilish va
dezodoratsiyalash tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1.
Abdullaev N. Sh, Majidov K. X, Abdullaev Z. N. “O‘simlik yog‘lari ishlab
chiqarish texnologiyasi”. Buxoro, 2003 yil.
2.
Beknazarov V. O. “O‘simliklar fiziologiyasi”. Toshkent, 2009 yil.
3.
Bo‘riev X. Ch, Juraev R, Alimov O. “Dala mahsulotlarini saqlash va dastlabki
qayta ishlash texnologiyasi”. Toshkent, 2004 yil.
4.
Yormatova D. “Moyli ekinlar ”. Samarqand “Zarafshon”, 2004 yil.
5.
Oripov R.O , Xalilov N.X . “O‘simlikshunoslik” . 2007 yil.
6.
Qodirov Y.Q. “Yog‘larni qayta ishlash tehnologiyasidan labaratoriya
mashg‘ulotlari”. Toshkent , 2005 yil
7.
Halimova O‘.X. “O‘simlik yog‘lari ishlab chiqarish tehnologiyasi”. Toshkent.:
“O‘qituvchi” , 1982 yil