4
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 3-SON,2-QISM (YOʻITJ)
BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINI LISONIY
TAHLILGA O’RGATISHGA METODIK TAYYORGARLIGINI
OSHRISH USULLARI
Yo’ldashova Dilso’z Umar qizi
Nizomiy nomidagi TDPU
1-bosqich doktoranti
Telefon:+998943622116, dilsuzumarovna@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15104433
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:7-mart 2025 yil
Ma’qullandi:18-mart 2025 yil
Nashr qilindi: 29-mart 2025 yil
Maqolada bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini
lisoniy tahlilga o’rgatish, lisoniy tahlil haqida umumiy
ma’lumot shuningdek lisoniy tahlilning turlari haqida
keng yoritib berilgan. Bundan tashqari , lisoniy tahlilni
o’quvchilarga
qay
tarzga
o’rgatish
haqida
yondashuvlar va tavsiyalar berilgan.
KEY WORDS
lisoniy
tahlil,
fonetik
tahlil,monfologik tahlil, interaktiv
usullar, kontekstual yondashuv,
differensial
yondoshuv,
texnologiyalarni
joriy
etish,
amaliy mashg’ulotlar
«Kelajak yuksak intellektual salohiyat, bilim va kuchga ega bo’lgan yoshlarniki,millatnikidir»,
deb ta’kidlaydi birinchi prezidentimiz I.A. Karimov.
“Mamlakatimiz yoshlarini jahonning taraqqiy etgan davlatlari yoshlari bilan har jabhada
bellasha oladigan, kerak bo’lsa, ulardan o’z ustunligi bilan ajralib turishini ta’minlashning
yagona yo’li ta’lim va tarbiyaga jiddiy e’tibor qaratishdan iboratdir.
O’zbekiston ta’lim tizimida boshlang’ich sinf o’qituvchilari, ta’lim berish jarayonida muhim rol
o’ynaydi. Ular nafaqat bilim beruvchi, balki bolalarning fikrlash qobiliyatini, mantiqiy
tafakkurini va lisoniy ko’nikmalarini rivojlantiruvchi shaxslar sifatida ham faoliyat yuritishadi.
Boshlangʻich sinflarning “Fonetika, grammatika, to’gʻri yozuv va nutq o’stirish” dasturi
bosqichli izchillik tamoyili asosida tuzilgan bo’lib fonetika, grammatika, imlodan beriladigan
boshlangʻich ma‘lumotlar yuqori sinflarda o’qitiladigan ona tili va adabiyot materiallari bilan
uzviy bogʻlanadi Shu sababli, bolajak o’qituvchilarni lisoniy tahlilga o’rgatish metodikasini
takomillashtirish dolzarb masala bo’lib qolmoqda. Chunki boshlangich bilimlar qanchalik
kuchli bolsa, o’quvchilar yuqori sinflarda o’zlashtirishlari shunchalik oson bo’ladi. Zero,
yoshlikda olingan bilim toshga yozilgan naqsh kabidir.
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qtuvchilariga lisoniy tahlilning o’rgatishning ahamiyati nimada?
lisoniy tahlil o’zi nima va biz uni bo’lajak boshlang’ich sinf o’qtuvchilariga qanday yo’llar bilan
oson o’rgatamiz shu kabi savollar oldimizda ko’ngalang yoziladi. Ushbu maqolada biz bu
borada kengroq to’xtalib o’tamiz.
Lisoniy tahlil o’zi qanday jarayon – bu til birliklarini (fonema, soʻz, gap, matn) turli jihatlari
boʻyicha oʻrganish va tushunish jarayoni hisoblanadi. U tilshunoslikda muhim usullardan biri
bo’lib, til tizimini aniqlash, uning tuzilishini tushunish va amaliy qo’llashga yordam beradi.
Bundan tashqari, til materiallarini chuqur va keng qamrovli tahlil qilishga, nafaqat til
qoidalarini, balki nutq madaniyatini ham rivojlantirishga keng yordam beradi. Bolalar lisoniy
1
I.Karimov «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» T.: «Ma’naviyat», 2008. 84-b
2
Sh. Yo‘ldosheva, U. Masharipova, D. Xudoyberdiyeva. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini lisoniy tahlilga o‘rgatish. –T.:
«Fan va texnologiya», 2012, 32 bet.
5
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 3-SON,2-QISM (YOʻITJ)
tahlil orqali so’z boyligini oshiradi, fikrlarini aniq va ravon ifodalashni o’rganadi. Shuningdek,
bu jarayon bolalarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi.
Lisoniy tahlil turli yondashuvlarga qarab quyidagi asosiy turlarga ajratishmiz mumkin.
Fonetik tahlil – so’z yoki gap tarkibidagi tovushlarning xususiyatlarini, talaffuz va urg’uni
o’rganadi.
Morfologik tahlil – so’z tarkibidagi morfemalar (asos va qo’shimchalar) hamda ularning
vazifalarini tahlil qiladi.
Sintaktik tahlil – gapning tuzilishi, uning tarkibiy qismlari va grammatik munosabatlarini
aniqlashga qaratilgan.
Leksik-semantik tahlil – so’zlarning ma’nolari, ularning kontekstdagi ishlatilishi va sinonimlar
tahlil qilinadi.
Pragmatik tahlil – nutqning ma’no jihatdan samaradorligi, maqsadga muvofiqligi va
muloqotdagi roli o’rganiladi.
Stilistik tahlil – matnning uslubiy xususiyatlari va muallifning til vositalaridan foydalanish
uslubi tahlil qilinadi.
Diskurs tahlili – matn yoki nutqning tuzilishi, uning ijtimoiy va madaniy kontekstdagi o’rni
o’rganiladi.
Bajarish shakliga ko’ra esa lisoniy tahlil ikki xil bo’ladi.
1. Og’zaki tahlil.
2. Yozma tahlil.
Og’zaki tahlil o’quvchilarning bilimlarini qisqa vaqt ichida aniqlash imkonini beradi. Bundan
tashqari, o’quvchi xatoga yo’l qo’ysa, unga o’z vaqtida yordamlashish imkoni bor. Yozma
tahlilning ham o’ziga xos ijobiy tomonlari bor. O’quvchi fikrlarini bemalol bayon qilish
imkoniyatiga ega.
bo’ladilar . Umuman olganda o’quvchilarni lisoniy tahlilni bilishlari ularni
fikrash jarayonini kengaytiradi, nutqini ravonlashtiradi, so’zni yaxshi tushinishga yordam
beradi.
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qtuvchilarini lisoniy tahlilga o’rgatishda bir necha metodik
yondashuvlar mavjud. Bularga quyidagilarni misol qilamiz.
Interaktiv usullarni qo’llash: Talabalarni faol ishtirok etishga undovchi interaktiv metodlar
(muhokama, rolli o’yinlar, guruh ishlari) lisoniy tahlil jarayoniga jalb qilishda samarali bo’lishi
mumkin. Bu usullar bolalarning fikr almashishini va bir-biridan o’rganishini ta’minlaydi.
Kontekstual yondashuv: O’qitishda kontekstual yondashuvdan foydalanish muhimdir.
O’quvchilarga haqiqiy hayotdagi vaziyatlarda lisoniy tahlil qilishga imkon beradigan vazifalar
berish orqali ular nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay olishadi.
Texnologiyalarni joriy etish: Zamonaviy texnologiyalar (kompyuter dasturlari, onlayn
platformalar) yordamida talabalarni lisoniy tahlil qilishga o’rgatishda ko’p imkoniyatlarga ega
bo’lish mumkin. Internet resurslari va multimedia vositalaridan foydalanish orqali darslarni
yanada qiziqarli va samarali qilish mumkin.
Differensial yondoshuv: Har bir talabaning individual xususiyatlarini inobatga olish zarur.
O’qituvchi har bir o’quvchining ehtiyoji va qobiliyatiga mos ravishda yuqori darajada
individual yondoshishi lozim.
Amaliy mashg’ulotlar: Bu eng muhim yondashuv bo’lib, lisoniy tahlilni chuqurroq
tushunishga yordam beradigan amaliy mashg’ulotlar o’tkazilishi kerak bolgan jarayon
hisoblanadi. Bu mashg’ulotlarda talabalar turli matnlarni analiz qilib, ularning strukturasini
tushunishga harakat qiladilar
Bolajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini lisoniy tahlilga o’rgatish metodikasini
takomillashtirish – bu murakkab va ko’p jihatdan innovatsion jarayon hisoblanadi. Yuqoridagi
tavsiyalarni amalga oshirish orqali biz nafaqat pedagogik sifatni oshiramiz, balki yosh
3
Sh. Yo‘ldosheva, U. Masharipova, D. Xudoyberdiyeva. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini lisoniy tahlilga o‘rgatish. –T.:
«Fan va texnologiya», 2012, 32 bet.
6
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 3-SON,2-QISM (YOʻITJ)
avlodning bilim va ko’nikmalarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo’lamiz. Natijada,
kelajakdagi boshlangʻich sinf oʻqituvchilari zamonaviy talablar darajasida tayyorlanishi
ta’minlanadi va ularning pedagogik faoliyatlari samaradorligi oshiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”. T. “Ma’naviyat”
2.
Sh. Yo’ldosheva, U. Masharipova, D. Xudoyberdiyeva. Boshlang’ich sinf
o’quvchilarini lisoniy tahlilga o’rgatish. Qo’llanma –T.: «Fan va texnologiya», 2012, 32 bet
3.
Qosimova K., Safo Matchonov va boshqalar. “Ona tili o’qitish metodikasi”. Toshkent.
“Noshir” nashriyoti 2009 yil.
4.
Akhmanova O. S. – "Лингвистический энциклопедический словарь"
5.
S. Safarov – "Tilshunoslik nazariyasi"
6.
Yo. Mamajonov, A. Abduazizov, B. Yo’ldoshev – "Hozirgi o’zbek adabiy tili"
7.
N. Mahmudov, Sh. Nurmonov – "Tilshunoslikka kirish"
Internet manbalar.
–
http://www.ziyouz.uz
;
–
http://www.uzedu.uz
;
–
http://www.kitob.uz
;
–
http://www.fikr.uz
;
–
http://www.utube.uz