Авторы

  • Maftuna Ravshanova
    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.74266

Ключевые слова:

afsona rivoyat metod KBI IMAK FSMU rolli oʻyinlar multimedia vositalari.

Аннотация

Ushbu maqolada xalq og‘zaki ijodi mahsuli bo‘lgan epik janrlardan afsonaning  lug‘aviy ma’nolari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari hamda bu mavzularni o‘rgatishga doir metodlar xususida muhokama yuritiladi.


background image

152

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 3-SON (YOʻITJ)

XALQ OG‘ZAKI IJODIDA AFSONALAR MAVZUSINI

O‘RGATISHGA DOIR METODLAR

Ravshanova Maftuna Hamidxonovna

00@gmail.com

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat

universiteti filologiya fakulteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15095602

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20-Mart 2025 yil
Ma’qullandi: 24- Mart 2025 yil

Nashr qilindi: 27- Mart 2025 yil

Ushbu maqolada xalq og‘zaki ijodi mahsuli bo‘lgan epik
janrlardan afsonaning lug‘aviy ma’nolari va ularning
o‘ziga xos xususiyatlari hamda bu mavzularni
o‘rgatishga doir metodlar xususida muhokama yuritiladi.

KEY WORDS

afsona, rivoyat, metod, KBI, IMAK,
FSMU, rolli oʻyinlar, multimedia
vositalari.

Afsona va rivoyatlar dunyoda deyarli hamma xalq og‘zaki ijodining eng qadimgi

janrlaridan biri hisoblanadi. Afsona – forscha so‘zdan olingan bo‘lib, yo‘q narsani borday qilib
ko‘rsatish, ya’ni uydirma qilish ma’nosini anglatadi. Afsona - xalq og‘zaki ijodining bir turi
bo‘lib, unda odamlar, tabiiy hodisalar yoki tarixiy voqealar haqida og‘zaki tarzda hikoya
qilinadi. Afsonalar ko‘pincha ilmiy asosga ega bo‘lmaydi va ular ma’naviy yoki axloqiy
darslarni o‘z ichiga oladi. Bu asarlar, xalqning hayot tarzini, urf-odatlarini, e’tiqodlarini aks
ettiradi. Afsonalar, odatda, xavf-xatarli qahramonlar, sehrgarlar, mo‘jizalar kabi
g‘ayrioddiylikni aks ettiradi. Afsonalar, shuningdek, milliy va hududiy o‘ziga xosliklarga ega
bo‘lishi mumkin. Har bir xalqning o‘ziga xos afsonalari bo‘lib, ular ko‘pincha diniy, e’tiqodiy
yoki tabiat hodisalarini tushuntirishga qaratilgan bo‘ladi. Rivoyat afsonadan ko‘ra hayot
haqiqatiga yaqinligi bilan farq qiladi. Biz afsona bilan rivoyatning bir tushuncha emasligini,
afsona xayoliy uydirma ekanligi, rivoyat esa hayotiy uydirma ekanliklarini o‘rgatishimiz
uchun quyidagi metodlar orqali oʻquvchi onginga singdirishimiz mumkin. KBI (Kuzatish,
bahslashish, ishontirish), IMAK

(Ishontirish maktabi), FSMU, hikoya qilish, rolli oʻyinlar va vizual oʻyinlar kabi turli xil

metodlar orqali mavzuni ochib berishimiz maqsadga muvofiqdir.

Hikoya qilish - Afsonalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va jonli hikoya qilish. Bu metod eslab qolish

va tasavvur qilishni osonlashtiradi. Afsonalarni ovozli yoki vizual tarzda taqdim etish,
tinglovchilarni jalb etadi va ularni afsonaga qiziqtiradi

KBI (Kuzatish, bahslashish, ishontirish) metodini dars jarayonimizga qoʻllashdan

maqsad - jamoada ishlash koʻnikmalarini, shuningdek, oʻzgalar fikrini hurmat qilgan holda
dalil keltira olish, oʻz fikrini isbotlay olish, asoslash kabi xususiyatlarni shakllantiradi. Bu
metodda mashgʻulot mavzusi oldindan berilib, oʻquvchilarga ogohlantiriladi. Oʻquvchilar
mavzuga tayyorlanib keladilar.


background image

153

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 3-SON (YOʻITJ)

Masalan, afsona va rivoyatlar mavzusida boʻlsa, oʻquvchilar uyga tayyorlanib,

auditoriyaga kelib, bahs-munozara uslubida dars jarayonini oʻtkazishadi.

Oʻquvchilar kichik ikki guruhga boʻlinib, bitta bitta afsona yoki rivoyat aytishadi. Keyin

esa oʻsha afsona va rivoyatning qay darajada haqiqat ekanligi yoki har birining oʻziga xos
boʻlgan jihatlari mavzusida debat qiladilar. Har bir guruh fikriga dalil keltirib, oʻz fikrlariga
keyingi guruhini ishontirishi kerak. Ishontirishda keltirayotgan dalillari anniq, loʻnda boʻlsa
maqsadga muvofiq boʻladi. Bu metodni mashgʻulot oʻtishimiz jarayonida ishlatishimiz
oʻquvchilarga fikrlarni isbotlashni, bir-birini hurmat qilish kabi jihatlarni oʻrgatadi.

Bu mashgʻulotni oʻtishda yana bir metod FSMU metodidan foydalanishimiz mumkin:
F - fikringizni bayon eting.
S - fikringiz bayoniga sabab koʻrsating.
M - koʻrsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring.
U - fikringizni umumlashtiring.
Bunda birinchi afsona mavzusi haqida fikrimizni bildiramiz.
Ikkinchi esa afsonaga bildirgan fikrimizga sabab keltiramiz.
Uchinchisi esa afsonaga keltirgan sababimizni asoslovchi misol keltiramiz. Yaʼni

afsonalar keltiramiz.

Rolli oʻynash (Drama): Afsonaning ba’zi qismlarini rolli o‘ynash orqali o‘rgatish.

O‘quvchilar turli personajlar rolini bajarib, hikoyaning voqealarini jonlantirishadi. Bu metod
o‘quvchilarga afsonaning personajlari va ular orasidagi munosabatlarni yaxshiroq
tushunishga yordam beradi.

Vizual metodlar: Afsonani tasvirlar, diagrammalar, xaritalar yoki videolar yordamida

ko‘rsatish. Vizual materiallar oʻquvchilarga afsonaning tuzilishini va voqealar rivojini yanada
aniqroq tasavvur qilish imkonini beradi. Masalan, personajlarning o‘zgarishi yoki afsonadagi
joylar va voqealar diagrammasini chizish.

Xulosa

o‘rnida shuni aytish mumkinki, afsonalarni o‘qitish nafaqat adabiy bilimlarni

oshirishga, balki o‘quvchilarning madaniy merosni tushunishi va qadrlashiga ham yordam
beradi. Yuqoridagi metodlar afsonalarni o‘rgatishda turli yondashuvlarni qo‘llashga imkon
yaratadi va o‘quvchilarning fikrlash, tahlil qilish, va tasavvur qilish qobiliyatlarini
rivojlantiradi. Bularning barchasi afsonalarni o‘qitishda o‘quvchilarning chuqurroq
tushunishini ta’minlaydi va ular uchun o‘qish jarayonini qiziqarli va samarali qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar::

1. Madaev O., Sobitova T. “Xalq og‘zaki poetik ijodi”. – Toshkent: “Sharq” nashriyoti, 2001.
2. Imomov K. va boshq. “O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi”. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 1990.

Библиографические ссылки

Madaev O., Sobitova T. “Xalq og‘zaki poetik ijodi”. – Toshkent: “Sharq” nashriyoti, 2001.

Imomov K. va boshq. “O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi”. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 1990.