89
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 3-SON,2-QISM (YOʻITJ)
MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARDA
MUSIQIY ASARLARGA HISSIY MUNOSABATNI
SHAKILLANTIRISH :MASHG’ULOTLAR ASOSIDA.
Abduxoliqova Dilxumor Shuxrat qizi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika unversiteti
Maktabgacha ta’lim fakulteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15152049
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:7-mart 2025 yil
Ma’qullandi:18-mart 2025 yil
Nashr qilindi: 30-mart 2025 yil
Ushbu maqolada mamalakatimizda maktabgacha
ta’lim tizimida musiqa mashg’ulotlarini yanada
takomilashtirish va rivojlantirish borasida amalaga
oshirilayotgan islohatlar,hozirda o’sib kelayotgan yosh
avlodning estetik, musiqiy qobiliyatlarini, salohiyat ,
ma’naviyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni
takomillashtirish to’g’risida bayon etilgan.
KEY WORDS
maktabgacha
ta’lim
tizimi ,tashkilot,katta guruh ,
hissiyot,munosabat,maktabga
tayyorlash,shakillantirish.
Hozirgi kunga kelib dunyo respublikamiz miqyosida yoshlarning qobiliyatlari
iste’dotlari,ichki imkoniyatlari o’ziga xos tarzda kuzatilmoqda.Maktabgacha ta’lim tizimi bola
musiqiy hissiy shakillantirishning eng muhim bosqichi .Maktabgacha ta’lim tashkilotida olib
boriladigan barcha musiqiy ishlar bolalarni oliyjanob fazilatlarni rivojlantirishga
qaratilgandir.Shuningdek
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning
musiqiy didini
shakillatirishda musiqani o’rni muhim hisoblanadi.Shu sababali,maktabgacha yoshdagi
bolalarda tarbiyalash ularda ijoodiy ko’nikmalarni rivojlantirish,musiqi salohiyatini
rivojlantirish bo’yicha faoliyatlarni tashkil etish juda muhim hisoblanadi. Bolaning musiqiy
hissiy shakillantirishning eng muhim bosqichi maktabgacha yoshdagi davrdir. Maktabgacha
yoshdagi davr juda tez o'tadi, ammo ushbu davr bolaning hayotidagi daslabki bilimarni
egllash desak ham boladi.Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda hissiy tarbiya asosan musiqa
asarlarni tinglashi,eshitishi,his qilishi,ijro etishi orqali rivojlanadi.Albatta bu jarayon uchun
uzoq va vaqt talab etiladi.Bolada musiqiy asarga hissiy munosabaatini shakillantirishdan oldin
uning musiqiy ma’daniyatini shakillantirish kerak boladi.Musiqa tinglovchini bevosita o’ziga
rom etishi balki uni idrok etishga ,tinglashga majbur etishi ham mumkun.Maktabgacha katta
yoshdagi bolalar qolgan guruhlarga nisbatan mashg’ulot jarayonida erkinligi bilan ajralib
turadi.Bu guruhda bolalar mustaqail ravishda badiy asarni tanlashi tahlil etishi obrazlarga
bolishi,asar qahramonlarining xarakteri haqida muhokama qilish xususiyatlari amalaga
oshadi.
His tuyg’ular keng tushuncha hisoblanadi.Musiqiy hissiyot har bir insondagi jarayonlardan
biri bo’ladi.Har bir yosh toifasida bu jararyon turlicha tarzda kichadi.Ammo Maktabgacha
ta’lim davrida bu o’zgacha usulda amalga oshadi. Musiqiy hissiyot katta yoshdagi bolalarda
asosan ,ularning musiqa bilan tanishuvi,uni tinglashi va ijro etish jarayonida
rivojlanadi.Musiqa bolalarga nafaqat estetik zavq va dam olish bakli hissiy va intellektual
rivojlanish uchun ham foydalidir.Musiqa orqali bolalar o’z his tuyg’ularini ifodalashni ularga
qarshi turishni
yoki ular bilan bog’liq tushunchalarni o’rganishni boshlaydi.Musiqiy
hissiyotlar bolalarning ruxiy holatiga va aqliy rivojlanishiga ta’sir qiladi.Ular musiqa orqali
baxt,qayg’u,hayajon va boshqa hissiyotlar angalashiladi.Musiqy ma’daniyatning dastlabki
90
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 3-SON,2-QISM (YOʻITJ)
boshlang’ich nuqatasining rivojlanishlaridan biri bu musiqiy
hissiy munosabat
hisoblanadi.Musiqa shuning uchun ham hislar tili deb ataladi. Musiqaga hissiy munosabatda
bo'lish qobiliyati boshqa ijro va ijodiy faoliyat turlarida (qo'shiq aytish, cholg'u asboblarida
chalish) ham rivojlanishi mumkin, agar ifodalilik bolalarning ijrosi va ijodiy
improvizatsiyasida etakchi rol o'ynasa.
l.S.Vigotskiy bolalarning hissiy rivojlanishini o’qituvchining kasbiy yo’nlashishlarining
eng muhimi deb hisoblagan.U tuyg’ularni inson hayotining markaziy bo’g’ini sifatida ko’rib
chiqadi.Vigotskiy ilmiy izlanishlari natijasida ,uning izdoshlari inson ruxiyatining barcha
tarkibiy qismlari ,birinchi navbatda ,intellectual va hissiy tarkibiy qismlarining o’zaro
bog'liqligi va bu bilan ta’lim ishlarida hisobga olinishi kerakligi haqida fikr bildiradilar.
Yigirmanchi asrning
o’rtalarida hissiy sezgirlik muammosiga muammaosiga
musiqachi,sovet psixologi B.M.Teplov murojat qiladi.Uning tadqiqotlariga ko’ra
musiqiylikning taklif etilgan nazaryasida musiqiy hissiy sezgirlik hissa ustunlik qiladi,olim uni
musiqaning asosiy belgisi sifatida ko’radi.Teplov shuningdek ,,odam qanchalik kop eshitsa
unda his qilish va idrok etish rivojlanadi.
O.P. Radinova faol ijodiy faoliyatda hissiy sezgirlikni, ongli idrok etishni va musiqaning
ekspressiv vositalarini tushunishni rivojlantirishga yordam beradigan "musiqa xarakterini
o'zlashtirish" usullarini taklif qildi. Uning so'zlariga ko'ra, o'qituvchi doimiy ravishda
bolalarning harakatlari ijro etilayotgan musiqaga mos kelishini, harakatlar, so'zlar va tembr
tanlash orqali ishning o'zgaruvchan tabiatiga o'xshatishini ta'minlashi kerak.
Musiqiy va hissiy munosabatni shakillantirish maktabgacha yoshidagi bolani nafqat
atrofdagi dunyoni o’rganishga ,balki bu dunyoda o’z o’rnini topishni ,o’rganishga qodir bo’lgan
subyekt ekanligini haqidagi g’oyani amalaga oshirishga imkon beradi.Boladagi hissiy
munosabatlar musiqa asarini to’gri tanlashi bilan bevosita bog’liq hisoblanadi.Bu jarayonda
tarbiyachi
va
musiqa
rahbarining
hamkorlikdagi
faoliayatini
muhi
m
hisoblanadi.Maktabgacha katta yoshdagi bola musiqa asarini tinglashi ,eshitishi,idrok etishi
orqali musiqiy asarlarga bo’lgan hissiyotlar uyg’onadi.Asar qahramonlari taqdiri musiqiy
asarning jo’shqinligi,musiqaning sokin ekanligi bolada turli hildagi his tuyg’ularni uyg’otadi.
Bunday his tuyg’ular bolalarda ,musiqani ijro etishda ,musiqiy haraktlarda,cholg’u asboblarda
yoki raqslarda namoyon bo’ladi.Agarada bolda musiqiy asarni eshitganda yoki kuylaganda
unda his tuyg’ular paydo bo’lmasa bunday vaziyatda bolada reperturani qayta tinglashi
mqasadga muofiq.
Tahlil va natijalar.
Musiqa o’zining hissiyotlarga boy ekanligi tufayli katta-yu kichini o’ziga
birdek jalb etadi.Bolalarda bu jarayon katta insonlarga nisbatan o’zgacharoq usulda amalaga
oshadi.Maktabgacha yoshdagi bolarda musiqa orqali hissiy unosabatlarni rivoojlantirish
muhim pedagogik vazidfalaridan biridir.Musiqa bolalarning hissiyoti ,ijtimoiy ko’nikmlari va
shaxsiy rivojlanishga ta’sir ko’rsatadi. Bolalar o’z hissiyotlarni boshqalar bilan
bo’lishadi.Undagi kechayotgan jarayonlar yon atrofidagilarga turli hissiyotlar orqali
ko’rsatadi.Musiqiy hissiyotlar bola o’z hatti harakatlari orqali namoyon etadi.Bolalar
hissiyotlarini qanday boshqarishni bilishmaydi,ulardagi hissiyot tez paydo bo’lishi va tesz
so’nishi mumkun.Ushbu jarayonni tog’ri yo’lga qoyish muhim sanaladi.Bolalar uchun
mashg’ulot jarayonida bolalarning yoshiga ,qiziqishlariga va individual xususiyatlariga e’tibor
qaratish juda muhim sanaladi.Bu ularning musiqaga mos b’lgan qiziqishlarini oshiradi va
hissiy munosabatlarni rivojlantiradi.Maktabgacha yoshdagi katta bolalarda musiqa orqali
hissiy munosabatlar rivojlanishi qolgan guruhlarga nisbatan musiqa asarini ning
tabiati ,mazmuni ,hissiy yuyg’ularini ,kayfiyatini payqay oladi
.
Bunday jarayon bolalarda
diqqat idrok rivojlanishiga sababchi bo’ladi.Musiqani tinglash jarayonida bola o’zining
ematsional holatidan xabardor bo’lib , musiqaga nisbatan hissiy idrok rivojlanishiga olib
91
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 3-SON,2-QISM (YOʻITJ)
keladi.Maktabgcha yoshdagi bolalarda hissiy sezgirlik juda ham kichik bo’lganligi uchun
bolalarda musiqa asarini qayta tinglattirish maqsadga muofiq.Har bir tinglash jarayonida
bolada musiqiy idrok etilgan musiqiy tavsir chuqurlashadi va bolaning hissiy tajribasi
ortadi.Bu orqali bolalarda musiqaga nisbatan turli xildagi hissiyotlar vujudga keladi.Masalan
quvonch ,sokinlik,do’stlik ,mehr,yaxshilik
,vatanparvarlik kabi oliyjanob hislatlar
shakillanishiga yordam beradi.Bu esa bolalarda musiqaga hissiy sezgirlik va real hayotda esa
mehribonlik ,boshqa insonlarga nisbatan hamdardlik ko’rsatish,yaxshilik ko’rsatish kabi
shaxsiy xususiyalar rivojlanishiga sabachi bo’ladi.Bolalarda hissiy munosabatlar tashqi
ko’rinishi,mimika pantomimika orqali namoyon bo’ladi.Musiqiy obrazlarni idrok etish
jarayonida bolada empatiya rivojlanadi.Musiqiy asar tugagandan so’ng bola bola o‘z his
tuyg’ulari zo’nasiga qaytadi lekin bola musiqiga ma’lum bir darajada boyitiladi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar qolgan kichik guruhlarga nisbatan mustaqil va
topshiriqlar qolgan guruhlarga nisbatan muarkkabroq hisoblanadi.Lekin bu ikki guruhda ham
bir xil sxema bo’yicha mashg’ulotlar o’tkaziladi.Qolgan guruhlardan farqli o’laroq bu tinglash
faoliyati,kuylash faoliati,musiqiy ritmik harakatlar,cholg’u asboblarda ijrochilik faoliayati
davom etadi biroz murakkabroq va vaqti ham uzoqqa cho’ziladi.Bu guruhda musiqiy
qobiliyati rivojlantirish uchun har xil turdagi ijodiy o’yinlar muhim ahamiyatga ega
hisoblanadi.Bu guruhdagi bolalar kattalar ishtirokida tinglash,eshitganlarini muhokama
qilish ,cholg’u asboblarini bilan tanishish va ularni chalish uslubi ,musiqiy asarlarni tahlil etish
xususiyati bu guruhda rivojlanadi. Musiqiy san'at maktabgacha katta yoshdagi bolaning
shaxsiyatiga shubhasiz ta'sir ko'rsatadi; Musiqa san'ati bilan tanishish orqali bolaningning
ijodiy salohiyati faollashadi, intellektual va hissiy tamoyillari rivojlanadi va bu tarkibiy
qismlar qanchalik erta belgilansa, jahon madaniyatining badiiy qadriyatlari bilan tanishishda
ularning namoyon bo'lishi shunchalik faol bo'ladi. Musiqani haqiqiy, hisli va o'ylangan idrok
etish musiqa bilan shug'ullanishning eng faol shakllaridan biridir, chunki bu ichki, ruhiy
dunyo, his-tuyg'ular va fikrlarni faollashtiradi. Agar bolalar musiqani insonning his-tuyg'ulari
va fikrlarini, hayotiy g'oyalari va obrazlarini o'zida mujassam etgan mazmunli san'at sifatida
eshitishni o'rganmagan bo'lsalar, musiqaning ularning ma'naviy dunyosiga qanday ta'siri
haqida gapirishning ma'nosi yo'q.
Xulosa
. Yuqoridagilarni xulosa qilib, Maktabgacha ta’lim tashkiloti uzluksiz ta’limning
boshlangich qismi hisoblanadi.Bolalar o’zining ilk musiqiy ko’nikmalari ayanan shu davrda
boshhlanadi va rivojlanadi.Agar ushbu jarayonlar tog’ri amalga oshirilsa bolada yangi
istedotlar rivojlanishiga va uyg’onishiga asos hisoblandi.Aynan shuning uchun maktabgacha
katta yoshdagi bolalarda musiqa mashg’ulotlar jarayonida hissiyotlar rivojlanishishni togri
yolga qoyish haqida maqola bejiz yozilgan emas .Bu jarayoni amalaga oshirish eng muhim
vazifalardan biri hisoblanadi sababi bunda bola tez orada maktabga chiqish arafasida
bo’lganligi uchun. Bolada ushbu yoshga mos bo’lgan musiqy asar tinglashi juda muhimir.Bola
o’zining yoshiga mos ko’nikmalarni egallab olishi keyingi bosqichlarida dasturi amal bo’lib
xizmat qiladi.Shuning uchun ham bu jarayonda musiqa yo’riqchisi balki tarbiyachi ham
diqqatli bo’lishi maqsadga muofiqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Bolalar bog'chasida musiqa ta'limi usullari / ed. N.A. Vetlugina. - M.: Ta'lim, 2009. - 368 b.
2. Radynova, O.P. Maktabgacha yoshdagi bolalarni musiqiy tarbiyalash nazariyasi va
metodikasi / O.P. Radinova, L.N. Komissarova. - Dubna: Feniks+, 2011. - 352 p.
3. Anvarovna, K. D. (2022). Conducting music lessons in preschool educational institutions.
Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 3(3), 4-10.
92
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 3-SON,2-QISM (YOʻITJ)
4. T Ismailov, D Karimova - Интернаука, 2021. Formation of student aesthetic competition by
teaching the works of russian classic composers in music culture classes
5. Karimova, D. A. (2022). Musiqa darslarida bolalar musiqa tuyg 'usini takomillashtirish.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 4-2),
288-294.
6. Karimova, D. A. (2021). Formation of student aesthetic competition by teaching the works
of Russian classic composers in music culture classes. Молодой ученый, (17), 254-255.