81
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 3-SON,2-QISM (YOʻITJ)
MAKTABGACHA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH VA
RIVOJLANTIRISH STRATEGIYALARI
Yigitaliyeva Dilbarxon
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Maktabgacha ta’lim fakulteti 3-kurs talabasi
dilbarxonyigitaliyeva@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15152019
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:7-mart 2025 yil
Ma’qullandi:18-mart 2025 yil
Nashr qilindi: 30-mart 2025 yil
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim sifatini
oshirishga va yanada rivojlantirishga qaratilgan
strategiyalar,maktabagcha ta’lim tizimini tubdan
takomillashtirish,ta’lim sifatini oshirish,maktabgacha
ta’lim tizimi rivojlanishi uchun olib borilgan va hozirda
yangi tashkil etilgan islohotlar to’g’risida ma’lumotlar
yoritilgan.
KEY WORDS
Maktabgacha
ta’lim,
tarbiya,
rivojlantirish, bola,
faoliyat,
me’yoriy-huquqiy
baza,
strategiya
,rivojlantirish,
innovatsiyalar
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama
yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda
usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish
bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash,
maktabgacha ta’lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim
tizimini
boshqarishni
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi
PQ-3955-
son qaroriga muvofiq:
Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq, quyidagilarni nazarda
tutgan holda:
maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy
rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish
imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
b) O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini 2019-yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l
xaritasi”)
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-son qarorini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib,
2030-yilgacha maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni
o‘z ichiga oladi.
82
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 3-SON,2-QISM (YOʻITJ)
Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limni rivojlantirishning maqsadlari,
vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi
hamda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlar va kompleks
chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari
Ushbu Konsepsiyaning maqsadi bola hayoti va faoliyatining barcha sohalarini rivojlantirishni
ta’minlovchi muhim manba bo‘lgan sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish mexanizmlarini
ishlab chiqishdan iborat.
Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardir:
maktabgacha ta’lim sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har
tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;
bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini oshirish, undan teng
foydalanishi imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikchilikni
rivojlantirish;
maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish;
maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari
faoliyatini moliyalashtirishning shaffofligi va samaradorligini ta’minlash;
maktabgacha ta’lim tizimiga xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish,
tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sog‘lom va balanslashtirilgan oziq-ovqat, sifatli
tibbiy parvarish bilan ta’minlash.
Maktabgacha ta’lim sohasida me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish sohasidagi davlat siyosati ishlab chiqilayotgan me’yoriy-
huquqiy bazada o‘z aksini topadi.
Maktabgacha ta’lim sohasi ko‘plab qonun hujjatlari bilan tartibga solinishiga qaramay,
maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish
talab etiladi.Shu munosabat bilan, Konsepsiyani amalga oshirish doirasida maktabgacha ta’lim
sohasida me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga
oshiriladi:
1) ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishga
qo‘yiladigan amaldagi davlat talablarini qayta ko‘rib chiqish hamda quyidagilarni nazarda
tutuvchi Maktabgacha ta’limning davlat standartini ishlab chiqish:
Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish strategiyalari
Davlat siyosatini takomillashtirish
Maktabgacha ta’lim bo‘yicha qonun va nizomlarni yangilash.
Moliya va resurslar ajratish tizimini yaxshilash.
Nodavlat ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash.
Pedagogik kadrlar sifatini oshirish
Tarbiyachilarni zamonaviy ta’lim metodikalariga o‘rgatish.
Pedagoglarning malaka oshirish dasturlarini rivojlantirish.
Xalqaro tajribalarni joriy etish va innovatsion metodlarni qo‘llash.
Ta’lim dasturlarini modernizatsiya qilish
STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvini joriy etish.
Multimediya vositalari, interaktiv ta’lim texnologiyalaridan foydalanish.
Tarbiyalanuvchilarning shaxsiy xususiyatlariga mos keladigan dasturlar ishlab chiqish.
Infratuzilmani yaxshilash
Zamonaviy va xavfsiz o‘quv muhitini yaratish.
Jismoniy tarbiya va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun sharoitlarni yaxshilash.
83
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 3-SON,2-QISM (YOʻITJ)
Hududiy tenglikni ta’minlash, chekka hududlarda ham sifatli ta’lim imkoniyatlarini yaratish.
Oilaviy ta’lim va ijtimoiy hamkorlik
Ota-onalarni ta’lim jarayoniga jalb qilish.
Oilaviy ta’lim dasturlarini rivojlantirish.
Jamiyat bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirish.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tajribalar
Finlandiya: o‘yin orqali o‘qitish tizimi.Yaponiya: ijtimoiy ko‘nikmalarga asoslangan
ta’lim.Singapur: texnologik yondashuv va innovatsion metodlar.
Maktabgacha ta’limni zamonaviylashtirish nafaqat sifatli ta’lim berish, balki bolalarning har
tomonlama rivojlanishini ta’minlashni ham o‘z ichiga oladi. Infratuzilmani yaxshilash,
innovatsion metodlarni joriy etish va pedagoglar malakasini oshirish ushbu sohani
rivojlantirishda asosiy omillar hisoblanadi. Shu bilan birga, oilalar va jamiyat bilan
hamkorlikni kuchaytirish, maktabgacha ta’lim sifatini oshirishda muhim strategiyalardan biri
hisoblanadi.
Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini oshirish bo‘yicha vazifalarni hal
etish birinchi navbatda maktabgacha ta’lim tashkilotlari quvvatlarini oshirishni taqozo etadi.
Maktabgacha ta’lim tizimini moliyalashtirishning hozirgi hajmi, tug‘ilishning o‘sishi
dinamikasi saqlanib qolayotgan bir paytda, maktabgacha yoshdagi bolalarning qamrovini
mavjud darajada saqlab turishni ta’minlab beradi, ammo uning o‘sishiga yordam bermaydi.
1) O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturlari doirasida va boshqa
manbalardan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan yangi davlat maktabgacha ta’lim
tashkilotlarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish;
2) maktabgacha ta’lim sohasida qulay investitsiya muhitini yaratish, xususiy sektorni
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining quvvatlarini oshirishga yanada rag‘batlantirish va
manfaatdorligini oshirish;
3) maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sherikchiligini, jumladan uning quyidagi
shakllarini yanada rivojlantirish:
mavjud davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash sharti
bilan xususiy sherikka nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilish
uchun yer uchastkalarini yoki mavjud davlat ta’lim tashkilotlari binolarini bepul asosida
berish;
ko‘p kvartirali turar joy binolari quruvchilari uchun davlat buyurtmasini joylashtirish;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini xususiy sherikka ishonchli boshqaruvga berish;
konsessiya asosida qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun yer uchastkasi yoki bino
ajratish;
homiylik va boshqalar;
4) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarini nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini
tashkil qilishda uslubiy qo‘llab-quvvatlash;
5) bo‘sh turgan davlat 83 edag obyektlari va sobiq maktabgacha ta’lim muassasalarining
ishlamayotgan binolari negizida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil qilish
maqsadida ularni xatlovdan o‘tkazish;
6) hamma joyda bolalarni umumiy boshlang‘ich ta’limga bepul majburiy bir yillik
tayyorlashning yagona tizimini joriy etish;
7) maktabgacha ta’limning moslashuvchan ish jadvali hamda rivojlantiruvchi, tuzatuvchi
xizmatlar va tadbirlarning keng ko‘lamini o‘z ichiga olgan quyidagi muqobil shakllarini joriy
etish va rivojlantirish:
har xil yoshdagi bolalar uchun qisqa muddatli maktabgacha ta’lim guruhlari “Pley-guruhlar”;
maktabgacha yoshdagi bolalarga uyiga borib maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish
dasturi — “Nome visits”;
84
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 3-SON,2-QISM (YOʻITJ)
maktabgacha ta’lim tashkilotlari korporativ guruhlari va boshqalar;
8) yengil qurilish konstruksiyalari va zamonaviy energiya samarador materiallar va
texnologiyalardan foydalangan holda, shinamlik va ekologik xavfsizlik talablariga muvofiq
quriladigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yangi binolar loyihalarini ishlab chiqish (shu
jumladan rivojlanishida jismoniy va ruhiy buzilishlari bo‘lgan bolalar uchun to‘siqsiz muhit
elementlarini hisobga olgan holda);
9) maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va samarali tashkil qilish
zaruratini hisobga olgan holda, qurilayotgan turarjoy komplekslari va boshqa obyektlarni
kerakli ijtimoiy infratuzilma bilan ta’minlash;
10) respublikaning barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ichimlik suvi, isitish tarmog‘I,
elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan, shu jumladan zamonaviy energiya tejovchi
texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan bosqichma-bosqich ta’minlash;
11) ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning variativligi hisobiga rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy
buzilishlari bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini oshirish;
12) maktabgacha ta’limning bola shaxsini shakllantirishdagi roli va muhimligi haqida
tushuntirish tadbirlarini olib 84 edagog, ushbu faoliyatga nodavlat notijorat tashkilotlari,
ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik va ota-onalarni faol jalb qilish.
Maktabgacha ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
joriy etish.Maktabgacha ta’limni yanada rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri
ta’lim-tarbiya
jarayoniga
zamonaviy
pedagogika
va
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini keng joriy etishdir.
So‘nggi vaqtlarda ushbu yo‘nalishda Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimini
(EMIS), shuningdek, bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat xizmatlari
markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlarining yagona 84 edago
orqali qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimlarini joriy etish bo‘yicha
kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab
ta’limi vazirligi ( 84 edago o‘rinlarda — Vazirlik) tomonidan ta’lim-tarbiya jarayoniga
zamonaviy ilg‘or o‘qitish shakllari, yangi 84edagogic va axborot texnologiyalarini joriy qilish
orqali tarbiyalanuvchilarning har tomonlama rivojlanishi ta’minlanmoqda.
Maktabgacha ta’limning bugungi holati
Global va mahalliy ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar
Aksariyat rivojlangan davlatlarda maktabgacha ta’lim majburiy bosqichga aylanmoqda.
Zamonaviy pedagogik yondashuvlar va texnologik vositalar ta’lim jarayoniga keng
joriy qilinmoqda.
Ta’lim muassasalarining soni va sifatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Maktabgacha ta’lim tizimidagi muammolar
Ta’lim muassasalari sonining yetishmovchiligi, ayniqsa, qishloq hududlarida.
Tajribali pedagog kadrlar yetishmovchiligi va ularning malakasini oshirish zarurati.
Ta’lim dasturlarining zamonaviy talablar bilan to‘liq mos kelmasligi.
Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalar va innovatsion metodlarning yetarlicha
qo‘llanilmasligi.
Yutuqlar va ilg‘or tajribalar
Davlat va xususiy sektor o‘rtasida hamkorlik kuchayib bormoqda.
Ayrim davlatlarda inklyuziv ta’lim tizimi rivojlanib, maxsus ehtiyojli bolalar uchun
imkoniyatlar kengaymoqda.
Xalqaro tajribalardan foydalanish orqali ta’lim sifatini oshirishga harakat qilinmoqda.
85
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 3-SON,2-QISM (YOʻITJ)
Maktabgacha ta’limning istiqbollari
2030-yilga kelib maktabgacha ta’lim qamrovini 100% ga yetkazish bo‘yicha strategiyalar
ishlab chiqilmoqda. Oilaviy ta’lim va muqobil maktabgacha ta’lim shakllari rivojlanmoqda.
Innovatsion yondashuvlarni joriy etish
STEAM ta’limi
: Fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika asosida ta’lim
berish.
Dasturlash va IT bilimlari
: Bolalarga texnologiya va dasturlash asoslarini o‘rgatish.
O‘yin orqali o‘qitish
: Ta’lim jarayonini qiziqarli va interaktiv qilish.
Pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Xalqaro standartlarga mos keladigan yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.
Raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish bo‘yicha pedagoglarga maxsus kurslar tashkil
etish.
Tarbiyachilarni amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha o‘qitish va sertifikatlash tizimini
rivojlantirish.
Raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash
Onlayn va interaktiv ta’lim resurslari
: Bolalar uchun maxsus mobil ilovalar va
onlayn platformalar.
Sun’iy intellekt asosidagi o‘qitish tizimlari
: Bolalarning qiziqish va ehtiyojlariga
mos keladigan shaxsiylashtirilgan ta’lim dasturlari.
Virtual va kengaytirilgan reallik
texnologiyalari orqali ta’lim jarayonini jonlantirish.
Inklyuziv ta’lim va ijtimoiy tenglikni ta’minlash
Nogironligi bor bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarini ko‘paytirish.
Ijtimoiy tenglikni ta’minlash maqsadida kam ta’minlangan oilalar uchun bepul ta’lim
dasturlarini joriy etish.
Qishloq hududlarida ta’lim sifatini yaxshilash uchun mobil ta’lim markazlarini yaratish.
Xulosa
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish uning moddiy texnik bazasini oshirish
bo’yicha olib borilayotgan islohotlar, ishlab chiqilgan startegiyalar maktabgacha ta’lim tizimi
uchun keng imkoniyatlarga yo’l ochadi.Shuningdek bu sohaga bo’lgan talabni ham
oshiradi.Qolaversa quyidagilarni ham ta’minlab beradi:
Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga davlat va xususiy sektor e’tiborini oshirish.
Zamonaviy pedagogik yondashuvlarni keng joriy etish.
Ota-onalar va jamiyatni faol ishtirokchi sifatida jalb qilish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi “Maktabgacha
taʼlim sohasidagi innovatsion yondashuvlarni joriy etish loyihalarini amalga oshirish uchun
eksperimental maydonchalarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 605-son qarori
2.
Lex.uz sayti.