58
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON (YOʻITJ)
O`QUVCHILAR TOPQIRLIGI VA ZUKKOLIGINI
OSHIRISHDA TOPISHMOQLARNING AHAMIYATI.
Qurbonova Marjona Murodjon qizi.
Urgut tuman 29-umumiy o`rta ta`lim maktabi ona tili va adabiyot
fani o`qituvchisi Qurbonova Marjona.
tell:+9989354333350
https://doi.
o
rg/10.5281/zenodo.15201062
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 6-aprel 2025 yil
Ma’qullandi:7-aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 11-aprel 2025 yil
Ushbu maqolada topishmoq janrining tarixi va
o’quvchilar zukkoligini yanada oshirishdagi ahamiyati
haqida so’z borgan.
KEY WORDS
topishmoq, folklor, chiston,
metod, bumerang, charxpalak
.
Kirish bo`limi:
Topishmoqlar qadimdan insoniyatning turmush tarzi, qadimiy e’tiqodlari
natijasida yuzaga kelgan. Ular shartli nutq natijasida qadimiy ajdodlarimizning ibtidoiy
animistik va totemistik qarashlari shakllana boshlagan davrlarda – “insoniy shuur endigina
uchqunlana boshlagan zamonlarda” (F.I. Buslaev) paydo bo’la boshlagan.[1]
Asosiy qism:
Mavzu haqida qisqacha ma'lumot.
Jahon xalqlarining folklorida topishmoq janri eng qadimiy va unumli janri hisoblanadi.
Topishmoq janri qadimiy hisoblanib o’zbek folklorida 19-asrning ikkinchi yarmidan
topishmoq to’plash an’anasi boshlangan va bir qator kitoblar yaratilgan.O’zbek mumtoz
adabiyotida esa topishmoq chiston atamasi bilan atalgan. “Chiston” asli forscha so’z bo’lib,
“topishmoq”, “jumboq” ma’nosini anglatadi.Chiston mumtoz adabiyotning kichik lirik janri
hisoblanib, savol- javob shaklida paydo bo’lgan.Undagi narsa – hodisalar ko’chma ma’noda
tasvirlanadi.[2: 42-45-betlar]
"Kun va tun" chistoni
Ikki mahbubni ko‘rdum, bir-birisin ko‘rmagan,
Ikkisining o‘rtasiga, do‘stlar, qil sig‘magan.
Ushbu chistonda kun va tun mahbub sifatida berilgan va so’zlar ko’chma ma’noda
qo’llanilgan.Bu esa chistonlarning asosiy belgisi sifatida baholanadi.
Topishmoq nafaqat bolalarning balki kattalarning ham o’tkir fikrlovchi,ziyrak, jismonan va
ma’nan yetuk bo’lishini ta’minlaydi.Shuning uchun ham ushbu janr maktab darsliklariga
kiritilgan. Aynan o’quvchi zukkolikni, topqirlikni oshirish maqsadida darsliklarga kiritilib
kelinmoqda. Jumladan 5-sinf adabiyotida quyidagi topishmoqlar berilgan: [3: 18-19-bet]
Bir pаrchа pаtir,
Olаmgа tаtir.
(Oy)
59
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON (YOʻITJ)
Onаsi bittа,
Bоlаsi mingtа.
(Oy vа yulduzlаr)
Bir оtаsi, bir оnаsi,
Nеchа yuz ming bоlаsi.
(Quyosh, оy, yulduzlаr)
Zаr gilаm, zаr-zаr gilаm,
Ko‘tаrаy dеsаm, оg‘ir gilаm.
(Yer)
Bоshi tаrоq,
Dumi o‘rоq.
(Xo‘rоz)
Otаsi uzun хo‘jа,
Onаsi yoymа хоtin,
Bоlаsi shirin-shаkаr.
(Tоk, bаrgi, uzumi)
Topishmoq janrini 5-sinf oʻquvchilari uchun yanada qulay va oson yoʻlda oʻqitish uchun bir
necha xil metodlardan foydalanish mumkin.Jumladan, charxpalak va bumerang metodlaridan
foydalanish maqsadga muvofiq boʻladi.
Charxpalak texnologiyasi oʻquvchilarning oʻtilgan mavzularni yodga olish,mantiqan
fikrlab,berilgan savollarga mustaqil ravishda toʻgʻri javob berish va oʻz-oʻzini baholashda
oʻrgatishga hamda qisqa vaqt ichida oʻqituvchi tomonidan barcha oʻquvchilarning egallagan
bilimlarini baholashga qaratilgan.
Texnologiyaning maqsadi:
Oʻquvchilarni dars jarayonida mantiqiy fikrlarni mustaqil
ravishda erkin bayon eta olish,oʻzlarini baholash,yakka va guruhlarda ishlashga oʻrgatish.
Texnologiyaning qoʻllanilishi:
Oʻqituvchi tarqatma materialda berilgan vazifalarni oʻqiydi va
jamoa bilan birgalikda toʻgʻri javoblarni belgilaydi yoki tarqatma materiallar vazifalar
ekranida yoritilib,ekran orqali toʻgʻri javoblar oʻqib eshittiriladi.
"Charxpalak"
texnologiyasidan foydalangan holda mashgʻulot oʻtkazish uchun
oʻqituvchilargq quyidagi vazifa berish mumkin. [4: 20-21-bet]
Mavzu:
Topishmoqlar.
Vazifa:
Topishmoq javoblarini toʻgʻri joylashtiring.
T/
r
Topishmoqla
r.
Anor. Sabz
i
Yer. Oy. Xarita Shakar. Jiyda. Soya. Xo`roz
1
Bir qop un
ichida ustun.
*
2
Bir
parcha
patir, Olamga
tatir.
*
3
Zar gilam zar-
zar
gilam,
*
60
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON (YOʻITJ)
Koʻtaray
desam ogʻir
gilam.
4
Yer
tagida
oltin qoziq
*
5
Shahari bor
odami yoʻq,
Daryosi bor
suvi yoʻq.
*
6
Yuzi oppoq,
qor
emas,
Non
boʻlmaydi,un
emas.
*
7
Oʻtga tushsa
yonmas,
Suvga tushsa
oqmas.
*
8
Boshi taroq,
Dumi o`roq.
*
9
Kichkinа
dеkchа, Ichi
to‘lа miхchа.
*
Mavzuning dolzarbligi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish, ularning topqirligi
va zukkoligini oshirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. An’anaviy ta’lim usullari bilan
bir qatorda, o‘yin va qiziqarli mashg‘ulotlardan foydalanish o‘quv jarayonini yanada samarali
qiladi. Shu jihatdan topishmoqlar o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, kuzatuvchanligi va ijodiy
tafakkurini rivojlantirish uchun eng samarali vositalardan biridir.
Mavzu doirasida mavjud muammolar.
1.
Ta’lim tizimida topishmoqlardan yetarlicha foydalanilmasligi
– O‘qituvchilarning
ayrimlari topishmoqlarning ahamiyatini to‘liq anglab yetmasligi natijasida, ular o‘quv
jarayonida kam qo‘llaniladi.
2.
O‘quvchilarning qiziqish darajasining pastligi
– Raqamli texnologiyalar va
internetning keng tarqalishi natijasida ko‘pgina o‘quvchilar og‘zaki ijod namunalari, jumladan,
topishmoqlarga yetarlicha e’tibor qaratmaydi.
3.
Maktab dasturlarida topishmoqlarning cheklanganligi
– O‘quv dasturlarida
topishmoqlar asosan boshlang‘ich sinflarda ishlatiladi, yuqori sinflarda esa bunga yetarli
ahamiyat berilmaydi.
4.
Topishmoqlarning zamonaviy muhitga mos kelmasligi
– Ba’zi topishmoqlar
eskirgan va hozirgi bolalar uchun tushunarsiz bo‘lishi mumkin.
61
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON (YOʻITJ)
Metodologiya bo‘limi:
Ushbu maqolada topishmoq janrining tarixiy rivojlanishi va
ahamiyatini o'rganish uchun etnografik, adabiyotshunoslik va folklorshunoslik metodlari
qo'llanildi. Asosiy diqqat topishmoqlarning sinflarda turli xil metodlar bilan o’qitilishiga
qaratildi. Ma'lumotlar tarixiy manbalar, ilmiy asarlar, folklor to'plamlari va zamonaviy
tadqiqotlarga tayanib tahlil qilindi. Shuningdek, topishmoqlarning xalq og'zaki ijodidagi o'rni
va ularning pedagogik ahamiyatini o'rganishda kontent tahlili usuli qo'llanildi.
Muammoni hal qilish yo‘llar
i:
Topishmoqlar ta’lim jarayonida muammoni hal qilish uchun
etnografik
,
adabiyotshunoslik
va
folklorshunoslik
metodlaridan foydalanish samarali natijalar beradi. Ushbu yondashuvlar
orqali topishmoqlarning o‘quvchilarga ta’siri chuqur o‘rganilib chiqiladi.
1) Etnografik metodlardan foydalanish:
Etnografik yondashuv yordamida o‘quvchilarning topishmoqlarga bo‘lgan munosabati,
qiziqishlari va ulardan foydalangan holda bilim olish jarayoni o‘rganiladi.
a)
O‘quvchilar orasida so‘rovnomalar va kuzatuvlar o‘tkazish orqali, topishmoqlarning qaysi
turi ularga qiziqarli ekanligini aniqlash.
b)
Mahalliy urf-odatlar va an’anaviy topishmoqlarni qayta tiklash, ularni zamonaviy talqin
qilish.
2). Adabiyotshunoslik metodlari asosida yondashuv:
Adabiyotshunoslik metodlari yordamida topishmoqlarning badiiy va semantik jihatlari tahlil
qilinib, ularning ta’lim jarayoniga mos keluvchi shakllari tanlanadi.
a)
Topishmoqlarning badiiy qiymati va ta’sirchanligi o‘rganilib, o‘quvchilarga qiziqarli
bo‘lishi uchun qanday o‘zgarishlar kiritish mumkinligi tahlil qilinadi.
b)
Adabiy ijod jarayonida topishmoqlardan foydalanish – masalan, darslarda ijodiy
mashg‘ulotlar, hikoya yoki she’r yozish jarayoniga topishmoqlarni qo‘shish.
3). Folklorshunoslik metodlari asosida ishlash:
Folklorshunoslik metodlari orqali topishmoqlarning kelib chiqishi, ularning turlari va
funksional ahamiyati chuqur o‘rganilib, o‘quvchilarga oson va tushunarli shaklda yetkazish
yo‘llari ishlab chiqiladi.
a)
Hududiy va milliy xususiyatlarga ega topishmoqlarni jamlab, ularning didaktik ahamiyatini
o‘quvchilarga tushuntirish.
b)
Zamonaviy topishmoqlar yaratish jarayonini rivojlantirish – masalan, fan va texnologiya
bilan bog‘liq yangi topishmoqlar yaratish.
Natijalar bo`limi:
Ushbu yondashuvlar amalga oshirilganda quyidagi natijalarga erishish mumkin:
O‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati oshadi.
Yodda saqlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlari rivojlanadi.
Ta’lim jarayoni yanada qiziqarli va samarali bo‘ladi.
62
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON (YOʻITJ)
Og‘zaki ijodga bo‘lgan qiziqish ortadi.
Zamonaviy texnologiyalar va an’anaviy ta’lim usullari uyg‘unlashadi.
Xulosa:
Topishmoqlar o‘quvchilarning tafakkurini o‘stirish, ularni zukko va topqir qilib tarbiyalashda
muhim vositalardan biridir. Agar ta’lim tizimida topishmoqlardan samarali foydalanilsa,
o‘quvchilarning nafaqat bilim darajasi, balki ijodiy fikrlashi va muammolarni hal qilish
qobiliyatlari ham ortadi. Shu sababli, o‘qituvchilar va ta’lim muassasalari bu borada ko‘proq
tashabbus ko‘rsatishi lozim.
Taklif:
1)
Har bir darsni mavzuga oid topishmoq bilan boshlashni tavsiya etamiz. Masalan, yangi
mavzuni tushuntirishdan oldin, o‘quvchilarga shu mavzu bilan bog‘liq topishmoq beriladi.
Ular topishmoqni yechishga harakat qilishadi va shu orqali mavzuga qiziqishlari ortadi. Bu
usul bolalarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirib, darsga bo‘lgan e’tiborini oshiradi.
2)
Har haftada
"Topishmoq burchagi"
tashkil etishni tavsiya etamiz. Sinf yoki maktabda
alohida burchak yoki stend ajratilib, har hafta yangi topishmoqlar joylashtiriladi. O‘quvchilar
javoblarni yozib, maxsus qutiga tashlaydi. To‘g‘ri javob berganlar ichidan g‘oliblar aniqlanib,
kichik sovg‘alar bilan rag‘batlantiriladi. Bu usul o‘quvchilarning topqirligini oshirib, ularning
bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytiradi.
Qo‘llanilgan manbalar ro‘yxati:
1) H.Soipova, M. Burxonova ijodidagi “TOPISHMOQLAR TARIXI VA AHAMIYATI” nomli ilmiy
maqolasi. [Jild: 05, nashr: 01, Yanvar-2025].
2) Madayev O, Sobitova T. Xalq ogʻzaki poetik ijodi. Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik
kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent-2001.
5) 5-sinf adabiyot darsligi. Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati.
Toshkent-2020.
4)
Ishmuhamedov R.
Yoʻldoshev M.
Ta'lim va tarbiyada innovatsion pedagogik
texnologiyalar. Nihol nashriyoti. Toshkent-2013.
blishing, 2003. – 256 p.