Авторы

  • Jamshidbek Sobirov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.78961

Аннотация

Farg‘ona vodiysida ikkinchi jahon urushidan keyin qishloq xo‘jaligi sohasining rivojlanishi. Vodiyda sobiq ittifoq davrida qishloq xo‘jaligining ishlab chiqarishidagi tashkiliy oʻzgarishlarining dehqonlar ijtimoiy hayotiga taʼsiri, xo‘jalik faoliyati, haqida maqolada bayon qilinadi.


background image

106

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON (YOʻITJ)

QISHLOQ XOʻJALIGI ISHLAB CHIQARISHIDAGI

TASHKILIY OʻZGARISHLARNING DEHQONLAR IJTIMOIY

HAYOTIGA TAʼSIRI (1955-1965-YILLAR FARGʻONA

VODIYSI VILOYATLARI MISOLIDA)

Sobirov Jamshidbek

Andijon davlat universiteti

Tarix yo‘nalishi 2-bosqich magistranti

https://doi.

o

rg/10.5281/zenodo.15228394

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 6-aprel 2025 yil

Ma’qullandi:10-aprel 2025 yil

Nashr qilindi: 16-aprel 2025 yil

Farg‘ona vodiysida ikkinchi jahon urushidan keyin

qishloq xo‘jaligi sohasining rivojlanishi. Vodiyda sobiq

ittifoq

davrida

qishloq

xo‘jaligining

ishlab

chiqarishidagi tashkiliy oʻzgarishlarining dehqonlar

ijtimoiy hayotiga taʼsiri, xo‘jalik faoliyati, haqida

maqolada bayon qilinadi.

KEY WORDS

Qishloq

xo‘jaligi,

dehqonlar,

ijtimoiy

hayot,

rivojlanish,

sug‘orish, hosildorlik.

KIRISH

Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini, uning butun hayotini tinchlik davri vazifalariga mos

ravishda modernizatsiya qilish eng muhim vazifa edi. Modernizatsiya keng koʻlamli

masalalarni qamrab oldi, ulardan eng muhimi kolxoz xoʻjaliklarini boshqarish shakllari va

usullarini oʻzgartirish, shuningdek, qishloq mehnatkashlarining farovonlik darajasini oshirish

edi. Mamlakat tinch taraqqiyoti sharoitida urush yillarida mehnat sohasida joriy etilgan

favqulodda choralarga ehtiyoj qolmadi. Mehnatdan to‘liq va samarali foydalanish kolxozchilar

mehnatini tashkil etish va ularga haq toʻlashni yanada takomillashtirish, ularni moddiy

ragʻbatlantirishni oshirish bilan tobora koʻproq bogʻliq edi. Sovet rahbariyati oldida

dehqonlarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratadigan va uning

mehnatining maksimal samaradorligini ta’minlaydigan kolxoz ishlab chiqarishni shunday

tashkil etishga erishish vazifasi turardi. Bu, birinchi navbatda, urushning og‘ir oqibatlari,

qishloq va shaharlar aholisini qayta ishlash sanoati uchun xom ashyo va oziq-ovqat bilan tez

ta’minlashni izlash bilan bog‘liq edi.

1

Sovet hokimiyatining irrigatsiya-melioratsiya sohalarini taraqqiy ettirish borasidagi

tadbirlari 1950–1970-yillarda respublika, qolaversa, Markaziy Farg‘ona qishloq xo‘jaligida

paxta yakkahokimligi siyosatining to‘la hukmronlik qilishiga olib keldi. Taʼkidlash joizki,

sug‘orish tarmog‘ining rivojlantirilishi ham xuddi shu siyosat doirasida bo‘lib, ko‘proq paxta

ekish hamda undan ko‘p hosil olish orqali markaz va boshqa sotsialistik mamlakatlarni paxta

xomashyosi bilan taʼminlash maqsadiga yo‘naltirildi. Butun respublikada bo‘lgani kabi

Markaziy Farg‘onada ham paxta yakkahokimligi negizida irrigatsiya-melioratsiya ishlari

aynan XX asrning 50–70 yillari mobaynida yanada kengaytirildi. Bu siyosatning ustuvorligi

tufayli adir va tepaliklarda barpo etilgan yirik paxta maydonlarini sug‘orishda nasos va

1

Abdug‘aniyev A., Abdug‘aniyev A.A. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. - T.: «O‘zbekiston

Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot Jamg‘armasi», 2011. - 346 b.


background image

107

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON (YOʻITJ)

mashinalardan foydalanish anʼanaga aylandi.

2

Yirik paxta maydonlarini sug‘orish maqsadida

Farg‘ona vodiysida ko‘plab irrigatsiya kanallari va nasos stansiyalari barpo etildi. Xususan,

1952-yil 12-iyulda Sobiq Ittifoq Paxtachilik vazirligining “Stalin nomli Katta Farg‘ona kanalini

texnik jihatdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘i chiqdi.

3

Katta Farg‘ona

kanalining texnik holatini yaxshilash va Farg‘ona vodiysida paxtachilikni rivojlantirish

maqsadida asosiy eʼtibor uning suv resurslaridan keng foydalanishga qaratilgan edi. Hujjatda

O‘zSSR Suv xo‘jaligi vaziri va Katta Farg‘ona kanali ekspluatatsiya boshqarmasi boshlig‘iga uch

oy muddat ichida mahalliy tashkilotlar bilan birga boshqarma shtatlarini optimallashtirish,

boshqarma va gidrotexnik uchastkalarni yuqori malakali ishchilar bilan taʼminlash, 1953-

yilda Katta Farg‘ona kanali uchastkasi Kuyganyor to‘g‘onidan Asaka dyukerigacha (Dyuker

nemischa so‘zdan olingan bo‘lib bosimli suv o‘tkazgichdir) hamda Janubiy Farg‘ona kanalini

to‘la tozalash vazifasi yuklatildi. Markaz topshirig‘i to‘la holatda bajarildi, kanal suv bilan to‘la

taʼminlandi va paxta maydonlari kengaydi. Shu bilan birga, KPSS MQning 1953-yildagi

sentyabr Plenumida Markaziy Farg‘onadagi suv xo‘jaligi ishlarining olib borilishi

taʼkidlangandi. Unga ko‘ra, 1950-yillarda Farg‘ona vodiysida yirik irrigatsiya inshootlari barpo

etishga, mavjudlarining suv o‘tkazish quvvatini oshirishga alohida eʼtibor berildi. Masalan,

ayni shu davr mobaynida Katta Farg‘ona kanalining suv o‘tkazish quvvati 200 m3/c ga

yetkazildi.

4

Bundan tashqari, Farg‘ona vodiysida 10 ming ga yerni sug‘orish maqsadida 9 ta

nasos stansiyasi bunyod etildi. “Farhod” davlat xo‘jaligidagi 12 ming ga maydonni mashina

yordami bilan sug‘orish ishlari amalga oshirildi. Boyovut massividagi 40 ming ga ni sug‘orish

uchun 15 ta nasos qurilmasi barpo etildi. Mazkur bunyodkorlik ishlari negizida, shubhasiz,

sovetlarning paxta yakkahokimligi siyosati yotar edi. Shu asosda markaz rahbarlari hatto suv

chiqmaydigan, sug‘orish o‘ta mushkul qo‘riq va adir yerlarga ham paxta ekish, ularni nasoslar

va mashinalar yordamida sug‘orishga jiddiy eʼtibor qaratdi. Bu nafaqat respublikada, balki

Farg‘ona vodiysida paxta yakkahokimligining yildan-yil kuchayishiga olib keldi. Sovet

hokimiyati Markaziy Farg‘ona qo‘riq, bo‘z yerlarini qishloq xo‘jaligi isteʼmoliga kiritishga

muhim eʼtibor qaratgani bois hududda suv xo‘jaligini rivojlantirish uchun kapital mablag‘lar

ajratish yil sayin ortib bordi.

5

Chunki, hudud markazga paxta xomashyosi yetishtirib beruvchi

bazaga aylantirilgandi. 1953-yilning 1-oktyabr holatiga ko‘ra, Markaziy Farg‘onani

o‘zlashtirish maqsadida tashkil qilingan “Ferganavodstroy” tresti tomonidan hudud bo‘yicha

kapital mablag‘larni o‘zlashtirish rejasi 73000 rubl bo‘lib, u 21161 rubl (28,9 %) hajmida

bajarildi.

6

Suv xo‘jaligi qurilishi rejasi 41000 rubl bo‘lib, yaʼni u 7091 (17,3 %) rubl, yo‘l

qurilishi rejasi 14000 ming rublni tashkil etib, u 1500 (10,7%) rubl, fuqarolik qurilishi rejasi

2700 rubl bo‘lib, 1270 (47,0%) rubl hajmida uddalandi. Paxta yakkahokimligi siyosati

taʼsirida Farg‘ona vodiysida qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirish ishlari 1953-yildan yanada

kengroq avj oldirildi. Ana shu maqsadni to‘la maʼnoda amalga oshirish uchun suv xo‘jaligining

moddiy hamda moliyaviy tomonlarini mustahkamlash ishlari olib borildi. Qishloq xo‘jaligining

imkoniyatlari avvalgidek sanoat ishlab chiqarishi manfaatlariga bo‘ysundirilgan edi. 1950-

yillarda ham qishloq xo‘jalik mahsulotlari xarid narxlari juda pastligicha qolgan, hatto davlat

xarid narxlari ayrim qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish tannarxini ham qoplamas edi.

Masalan, O‘zbekiston SSRda 1950-yilda paxtaning davlat xarid narxlari paxta tannarxining

75% ini, sutning xarid narxi uning tannarxining 67% ini, mol go‘shti xarid narxlari mahsulot

2

Samatov G‘ A, Yodgorov J.Yo, Rustamova I.B. Qishloqda zamonaviy bozor

infratuzilmasini kompleks rivojlantirish va servis xizmatini tashkil etishning asoslari (fermerlar

tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha biznes maktablar tinglovchilari uchun qo‘llanma).-

T.:ToshDAU tahririyati 2004.

3

История советского крестьянства. – В 5 томах. Т.4. – Москва: Наука, 1988. – С. 28–29

4

Андижон вилоят давлат архиви (бундан кейин – АВДА), 602-жамғарма, 1-рўйхат, 56-йиғма

5

Комилов О.К.Ўзбекистонда ирригация тизими ривожланиши ва унинг оқибатлари

(1951–1990 йй.): Тарих фан. докт. ... дисс. автореферати.–Тошкент, 2017.–Б.25.

6

КомиловО.К.Ўзбекистонда суғориш тизими ривожланиши: ютуқ, муаммо ва оқибатлар.

Монография.–Тошкент: Akademnashr, 2016.–Б.101.


background image

108

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON (YOʻITJ)

tannarxining 82% ini tashkil qilgan. Aksariyat qishloq xo‘jalik mahsulotlari kolxozlardan

majburiy tayyorlov tizimi orqali o‘ta past narxlarda olingan. Shuni alohida ko‘rsatib o‘tish

lozimki, sovet davlatida qishloq xo‘jalik mahsulotlarining davlat tomonidan belgilangan xarid

narxlari 1928-yildan buyon o‘zgarmay kelayotgan edi. Vaholanki, sanoat mahsulotlari narxi

o‘tgan davr ichida 20 baravardan ko‘proqqa oshgan edi. Keyinchalik N.S. Xrushchev qishloq

xo‘jaligi mahsulotlari davlat tomonidan deyarli tekinga olinganini tan olgan edi. Iqtisodiytni

tiklash ishlari O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida ayniqsa paxtachilikda qiyinchilik bilan kechdi.

1947-1948-yillarda paxta tayyorlashning davlat rejasi bajarilmadi. 1949-yildan boshlab ahvol

birmuncha o‘zgardi. 1950-yili 2 mln. 222 ming tonna paxta tayorlandi, hosildorlik gektaridan

20,7 sentnerga yetdi. 1950-yildan paxtaning xarid narxi oshirilib, 1 tonnasiga 2200 so‘m yaʼni

avvalgidan ikki baravar ko‘p haq to‘landi. Lekin dehqonchilikning boshqa sohalarida ekin

maydonining qisqartirilganligi oqibatida g‘alla va sabzavot tayyorlashda urushdan oldingi

darajaga erishilmadi. Ko‘rib o‘tilayotgan davr agrar siyosatidagi kolxozlarni yiriklashtirishga

qaratilgan chora-tadbirlarni ijobiy deb hisoblash mumkin. Ikki yil davomida (1950-1952-

yillar) birlashtirilishi munosabati bilan butun mamlakatda kolxozlar soni 252 mingtadan 91

mingtaga yoki 2,7 barobarga kamaydi. Endi kolxozlar avvalgilaridan ancha katta bo‘lib, bir

necha qishloqlarni o‘z ichiga olar edi. Ilgari bitta kolxozga o‘rtacha 80 ta xo‘jalik to‘g‘ri kelgan

bo‘lsa, yiriklashtirilganidan keyin bitta kolxozga 220 ta oila to‘g‘ri kela boshladi. Har bir

kolxoz ixtiyorida o‘rtacha 4 ming gektardan ortiq qishloq xo‘jalik hududlari bor edi.

Kolxozlarning kengaytirilishi ularni ko‘p tarmoqli xo‘jaliklarga aylanishi uchun sharoit yaratdi,

MTS texnikalaridan oqilona foydalanish, boshqaruv apparati taʼminoti uchun moliyaviy

xarajatlarni qisqartirish imkonini berdi. Biroq ushbu tashkiliy islohotning ijobiy ahamiyati

amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat soyasida yo‘q bo‘lib ketdiki, umumiy agrar siyosat

natijasida ayrim kolxozlar xonavayron bo‘lgan bo‘lsa, boshqalari faqat kichik daromad olish

imkoniga ega bo‘ldi, xolos. Yaʼni, kolxozlar qo‘lida kolxozchilarning mehnatiga haq to‘lash

uchun juda kam mablag‘ qolar edi. Kolxozlarda mehnat xarajatlari shartli birlik – mehnat kuni

bilan o‘lchangan. Mehnat uchun haq kalendar yilining oxirida ikki shaklda: bir qismini natural

shaklda, boshqa bir qismini pul hisobida to‘langan. Aksariyat kolxozlarda urushdan keyingi

yillarda ham mehnatga haq to‘lash faqat natural shaklda amalga oshirilgan. Ish haqi uchun

odatda bir kunlik mehnat uchun bir necha kilogramm g‘alla berilgan. Ko‘pgina nochor

xo‘jaliklar bunday to‘lovga qodir ham bo‘lmagan. Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, 1952-yilda

bitta kolxozchi kolxozdagi bir kunlik mehnati evaziga o‘z mehnati qiymatining faqat 20% i

miqdorida ish haqi olgan.

7

1950-yillarning o‘rtalarida yillik eng kam ish kunlari 150- 200

kunni tashkil etgan. Kolxozchilarning asosiy daromad manbai shaxsiy tomorqa xo‘jaligi edi.

Kolxozchilar kichik tomorqa uchastkalarida ancha ko‘p mahsulot yetishtirar edilar. Biroq,

dehqonlar o‘z tomorqalarida yetishtirgan mahsulotlarining hammasiga ham egalik qila

olmaganlar. Dehqonlarning shaxsiy xo‘jaligi ikki turdagi – pul shaklidagi va natural

ko‘rinishidagi soliqqa tortilgan. Ikkala soliq miqdori ham uzluksiz oshib borgan. Agar 1940-

yilda bitta dehqon xo‘jaligi o‘rtacha 112 so‘m soliq to‘lagan bo‘lsa, 1949-yilda bu miqdor 419

so‘mni, 1950-yilda 431 so‘mni, 1951-yilda 471, 1952-yilda 528 so‘mni tashkil qilgan. Aholini

ko‘chirilishini asosiy to‘lqini Farg‘ona vodiysi aholisini Markaziy Farg‘ona cho‘li va

Mirzacho‘lga ko‘chirilishi bilan bog‘liqdir. Xususan Mirzacho‘lning o‘zlashtirilishi tarixi ancha

ilgariga borib taqaladi. Rossiya imperiyasi, sovetlar hukmronligining dastlabki o‘n yilliklari

hamda ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Mirzacho‘lni o‘zlashtirish bo‘yicha yirik

tadbirlar amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu jarayonlar qator adabiyotlar va tadqiqot ishlarida

albatta aks etgan. Garchi ular boshqa xronologik davrni qamrab olsada, o‘rganilayotgan davr

7

Samatov G’.A, Yodgorov J.Yo, Rustamova I.B. Qishloqda zamonaviy bozor

infratuzilmasini kompleks rivojlantirish va servis xizmatini tashkil etishning asoslari (fermerlar

tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha biznes maktablar tinglovchilari uchun qo’llanma).-

T.:ToshDAU taxririyati 2004.


background image

109

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON (YOʻITJ)

va u bilan bog‘liq mavzuni ilmiy jihatdan tadqiq etish, mohiyatini chuqurroq tushinib yetishga

yordam beradi. Bunday asarlar sirasiga paxta yakkahokimligini o‘rnatish, yangi yerlarni,

xususan, Mirzacho‘lni o‘zlashtirish, irrigatsiya–melioratsiya ishlarini rivojlantirish, aholini

ko‘chirish, kolxozlashtirish tarixiga oid asarlarni kiritish mumkin. Mazkur asarlarda voqea–

hodisalar kommunistik partiya manfaatlari nuqtai nazardan o‘rganilgan, sovet hukumatining

agrar siyosati, yangi yerlarni o‘zlashtirish, aholini ko‘chirish tadbirlari to‘la ijobiy baholangan.

Yangi yerlarni o‘zlashtirish maqsadida aholini ko‘chirish orqali ko‘plab ijtimoiy – iqtisodiy

muammolarni yechish mumkin degan xulosa chiqarilgan. Mutaqillik yillarida O‘zbekiston

tarixini yoritishga siyosatdan xoli bo‘lgan munosabatning shakllanishi, jumladan, yangi

yerlarni aholini ko‘chirish orqali o‘zlashtirish bilan bog‘liq haqiqatni yuzaga chiqarish uchun

imkoniyat yaratildi. Sobiq Sovet davrida yuritilgan agrar siyosat tarixini holisona o‘rganishga

bo‘lgan ijtimoiy ehtiyoj paydo bo‘ldi. Uning samarasi mahsuli sifatida bir qancha tadqiqotlar

bunyodga kelgan. Lekin yangi yerlarni o‘zlashtirilgan hududlarga ko‘chirilgan aholini mulkiy

munosabatlari deyarli o‘rganilmagan. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish bu

xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatlarini, talab va taklifdan kelib chiqqan holda, mavjud

resurslardan samarali foydalanib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni yetishtirishga

yo‘naltirishdan iboratdir. U korxonaning u yoki bu turdagi ijtimoiy tovar mahsulotni (paxtani,

donni, qand lavlagisini, go‘shtni, sutni, tuxumni, junni va boshqalarni) ishlab chiqarishdagi

ishtirokini belgilab beradi.

8

XULOSA. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, 1955-1965-yillar oralig‘ida Sobiq Ittifoq

tomonidan Farg‘ona vodiysida amalga oshirilgan qishloq xo‘jligi sohasiga doir ishlar to‘laqonli

Ittifoq manfaatlariga xizmat qilgan.

Foydalangan adabiyotlar royxati:

1. Andijon viloyat davlat arxivi (AVDA), 608-fond, 1-ro’yxat, 355-ish, 59 varaq.
2. Farg‘ona viloyat davlat arxivi (bundan keyin – FVDA), 1151-jamg‘arma, 1-ro’yxat, 5-yig‘ma

jild, 8-varaq.
3. AVDA, 608-jamg‘arma, 1-ro’yxat, 932-yig‘ma jild, 32-varaq.
4. FVDA, 1151-jamg‘arma, 1-ro’yxat, 80-yig‘ma jild, 5-varaq
5. Ўзбекистон Республикаси Президенти Админстрацияси arxivi Фарғона viloyat бўлими,

1-жамғарма, 233-рўйхат, 15-йиғма jild, 17-варақ.
6. ФВДА, 1151-jamg‘arma, 1-ro’yxat, 29-йиғма jild, 10-варақ.
7. Фергҳана валлей: тҳе ҳеарт оф Сентрал Ациа / эдитед бй С. Фредериск Старр.–УСА:

Армонк, 2011. – П. 151.
8. Очерки истории Ферганской области в советский период.–Ташкент: Фан, 1980.–С.103.
9. Komilov O.K. O’zbekistonda sug‘orish tizimi rivojlanishi: yutuq, muammo va oqibatlar.

Monografiya.–Toshkent: Akademnashr, 2016.–B.101.
10. Xushvaqtov H. O. Mirzacho’lni o’zlashtirish uchun aholi ko’chirilishi va ularning ijtimoiy-

iqtisodiy ahvoli (1946-1970 y) Tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi

avtoreferati.-Toshkent, 2017.

8

Ergashev R.X. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. Darslik.-T.: EXTREMUM-PRESS, 2011,

386 b.

Библиографические ссылки

Andijon viloyat davlat arxivi (AVDA), 608-fond, 1-ro’yxat, 355-ish, 59 varaq.

Farg‘ona viloyat davlat arxivi (bundan keyin – FVDA), 1151-jamg‘arma, 1-ro’yxat, 5-yig‘ma jild, 8-varaq.

AVDA, 608-jamg‘arma, 1-ro’yxat, 932-yig‘ma jild, 32-varaq.

FVDA, 1151-jamg‘arma, 1-ro’yxat, 80-yig‘ma jild, 5-varaq

Ўзбекистон Республикаси Президенти Админстрацияси arxivi Фарғона viloyat бўлими, 1-жамғарма, 233-рўйхат, 15-йиғма jild, 17-варақ.

ФВДА, 1151-jamg‘arma, 1-ro’yxat, 29-йиғма jild, 10-варақ.

Фергҳана валлей: тҳе ҳеарт оф Сентрал Ациа / эдитед бй С. Фредериск Старр.–УСА: Армонк, 2011. – П. 151.

Очерки истории Ферганской области в советский период.–Ташкент: Фан, 1980.–С.103.

Komilov O.K. O’zbekistonda sug‘orish tizimi rivojlanishi: yutuq, muammo va oqibatlar. Monografiya.–Toshkent: Akademnashr, 2016.–B.101.

Xushvaqtov H. O. Mirzacho’lni o’zlashtirish uchun aholi ko’chirilishi va ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli (1946-1970 y) Tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati.-Toshkent, 2017.