Авторы

  • X.I Xasanova
  • L.O Mahmirzayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.78965

Аннотация

Ushbu maqolada pomidorning Yusupovskiy navi haqida umumiy ma’lumotlar va qayta ishlash jarayonlarida kam foydalanilganligi sababli ushbu navni qayta ishlab, qoqi tayyorlash hamda konservalangan mahsulot olish texnologiyasi haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan. Shu bilan birga, tayyor bo’lgan qoqilarga mahsus ishlov berib, gazakbop mahsulot tayyorlandi. Maqoladagi tajribam va izlanishlarim natijasida iste’mol uchun tayyorlanadigan pomidor qoqisining ta’miga o’zgacha yangilik kiritishga muvaffaq bo’ldim. Bundan tashqari, xalqimiz orasida asosan qizil turdagi pomidorlar qayta ishlangani sababli Yusupovskiy naviga odatda kamroq ishlov berilgan va natijada bu navning isrof bo’lish foizlari yuqori bo’lgan. . Ammo butajribadan so’ng, Yusupovskiy navini ziravorlar bilan qayta ishlashni ko’proq yo’lga qo’ysa bo’ladi. Hamda pitsalar va qaylalar ko’rki bo’lgan gazakbop konservalangan mahsulot olish yana bir izlanishlar maxsuli bo’ladi.


background image

91

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON (YOʻITJ)

YUSUPOVSKIY NAVLI POMIDOR ASOSIDA GAZAKBOP

KONSERVALANGAN MAHSULOT TAYYORLASH VA

SAQLASH TEXNOLOGIYASI

X.I. Xasanova, L.O. Mahmirzayeva

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizaisyalash

muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti

https://doi.

o

rg/10.5281/zenodo.15211585

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 6-aprel 2025 yil

Ma’qullandi:10-aprel 2025 yil

Nashr qilindi: 14-aprel 2025 yil

Ushbu maqolada pomidorning Yusupovskiy

navi haqida umumiy ma’lumotlar va qayta ishlash

jarayonlarida kam foydalanilganligi sababli ushbu

navni qayta ishlab, qoqi tayyorlash hamda

konservalangan mahsulot olish texnologiyasi haqida

qisqacha ma’lumotlar berilgan. Shu bilan birga, tayyor

bo’lgan qoqilarga mahsus ishlov berib, gazakbop

mahsulot tayyorlandi. Maqoladagi tajribam va

izlanishlarim

natijasida

iste’mol

uchun

tayyorlanadigan pomidor qoqisining ta’miga o’zgacha

yangilik kiritishga muvaffaq bo’ldim. Bundan tashqari,

xalqimiz orasida asosan qizil turdagi pomidorlar

qayta ishlangani sababli Yusupovskiy naviga odatda

kamroq ishlov berilgan va natijada bu navning isrof

bo’lish foizlari yuqori bo’lgan. . Ammo butajribadan

so’ng, Yusupovskiy navini ziravorlar bilan qayta

ishlashni ko’proq yo’lga qo’ysa bo’ladi. Hamda pitsalar

va qaylalar ko’rki bo’lgan gazakbop konservalangan

mahsulot olish yana bir izlanishlar maxsuli bo’ladi.

KEY WORDS

pomidor,

quritish,

konvektiv,

ziravorlar, vitaminlar, oziq-ovqat,

sanoat, nav, quritish texnologiyasi,

Yusupovskiy, Temp, harorat

;

Kirish

Mazkur maqola xalqimiz sevib iste’mol qiluvchi pomidor mevasini qayta ishlab,

gazakbop mahsulot tayyorlash haqida. Ushbu maqola aynan Yusupovskiy navini qayta ishlash

jarayonlari orqali boshlanadi. Nega aynan Yusupovskiy? Sababi- bu nav qayta ishlash

jarayonlarida kam foydalaniladi. Uning suvlilik darajasining yuqoriligi hamda pushti rangli

bo’lganligi uchun asosan bu turdagi emas qizil turdagi navlardan keng foydalaniladi. Natijada

bu isrofgarchilik foiz ko’rsatgichlarining ortishiga olib keladi. Buning oldini olish

maqsadida

Pushti rangli navlardan ko’proq foydalanish darkor. Pomidor mevas

iituzumdoshlar oilasi vakili bo’lib, sabzavot sifatida ekiladigan bir yillik o’simlikdir. Asosan

yer bag’irlab yoki boshqa bir o’simliklarga chirmashib o’suvchi poyasi 1-3 metrgacha yetishi

mumkin. Navlariga qarab-ertapishar, o’rtapishar va kech pishar pomidor navlari mavjud.

Ertapishar pomidor navi- 47-52 kunda pishib asosan aprel oyining boshlarida ekiladi.

O’rtapishar navi esa, 3 oy mobaynida pishib yetiladi hamda may oyining boshlarida ekiladi.

Kechpishar navi esa 65-70 kunda pishib yetiladi va may oyining oxirlarida ekiladi. Hozirgi

kunda pomidorni qayta ishlash undan turli salatlar, konserva mahsulotlari tayyorlash, pasta

hamda tomatlar, shuningdek, tuzlamalar va qaylalar tayyorlash juda keng tarqalgan.

Pazandachilikda yetakchi o’rinlarda hisoblanadigan pomido rmevasi qadimdan iste’molbop


background image

92

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON (YOʻITJ)

hisoblangan. Shuning uchun uni qayta ishlash va oziq-ovqat safiga kiritish sog’liq uchun juda

foydalidir. Pomidor mevasi inson organizmi uchun kerakl ivitamin va mineral moddalarga

boy hisoblanadi. Masalan, barchamizga ma’lum va mashhur serotonin moddasi asosan

shokoladda uchraydi va inson kayfiyatini ko’tarishga yordam beruvchi hisoblanadi. Aynan shu

modda pomidor tarkibida ham uchrab kayfiyat manbai hisoblanadi. Bundan tashqari,

pomidor yosh va go’zal terining ham garovidir. U organizmda yurak-qon tomir kasalliklari va

qon aylanish me’yorlarini normallashtiruvchi mevalar qatoriga kiradi. Dunyo davlatlari

orasida Italiya pomidor iste’moli bo’yicha birinchi o’rinlardan joy olgan. Sababi Italiyaning

hech bir ovqatini pomidorsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Pomidor pastalari va qaylalari Italiya

pitsalarining ko’rkidir. Umuman olganda pomidorsiz oziq-ovqat sanoatini tasavvur qilish

mushkul. Shunday ekan pomidor yetishtirish respublikamiz hududida uni iqlimga tobora

moslashtirish va uni isrof qilmagan xolda saqlash va qayta ishlash hozirgi kunning dolzarb

mavzularidan biri hisoblanadi. Ituzumdoshlar oilasi vakili bo’lgan pomidor mevalari 38-43

darajada uning yetilishdan ortda qolishi yoki sifati buzilishi mumkin. Barchamizga ma’lumki,

yoz oylarida yurtimizdagi havo harorati 55-60 darajaga yetishi ham hech gap emas.

Yurtimizda esa Sabzavotchilik, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti

talabalari buning oldini olish maqsadida harorat oshgach, pomidor poyalari ustiga qurigan,

yengil poyal imakkajo’xori poyalaridan soyabon sifatida foydalanishdi vasug’orish ishlari

quyosh botgach amalga oshirilgan va bukutilgan natijani bergan. Pomidorchilik sohasida bu

kab iizlanishlar va tajribalar ko’plab uchrab turadi.

Barchamiz uchun sevimli bo’lgan ushbu meva tarkibi vitamin va minerallarga juda ham

boy sanaladi. O’rtacha kattalikdagi pomidor tarekibida: 24,7 mg askorbin kislotasi; 14,2 mkg K;

76 mkg A vitamini; 0,144 mg B6 vitamini; 27 mkg B9 vitamini; 1,069 mg B3 vitamini; 0.97 mg

E vitamin; 0,067 mg B1 vitamini; 0,16 mg B5 vitamini hamda 0.034 mg B2 vitaminlari border.

17 gr suv, 1,58 g oqsil va jami uglevodlar miqdori 7 gr, umumiy yog’lar esa 0,36 g ni tashkil

etadi. Minerallardan esa Cu(mis) 0,106 mg; K(kaliy) 427 mg; Mn(marganets) 0,205 mg;

Mg(magniy) 20 g; P(fosfor) 43 mg; Fe(temir) 0,49 mg; Zn(rux) 0,31 mg; Kalsiy va Natriy esa

2 % dan kamroq uchraydi.

Materiallar va uslublar

Olib borilgan tadqiqotda pomidorning Yusupovskiy navidan foydalanildi. Hozirgi

kunda bozorlarimizda turli xil quritilgan mahsulotlarni topishimiz mumkin. Shu qatorda

pomidorning ham qoqisi bor ammo ziravorlar bilan ishlov berib quritilganini topish biroz

mushkuldir. Bu qilingan yangilik esa bizga o’zgacha ta’m va ko’rinish berdi. Natijada quritilgan

qoqining o’zini iste’mol qilish va undan gazakbop mahsulot olishga ham muvaffaq bo’ldim.

Ushbu mahsulotdan turli hil pitsalar va qaylalar uchun foydalanilsa bo’ladi. Bundan tashqari

ushbu tajribaga kerak bo’lgan asosiy materiallar quyidagilar: Koreyadan keltirilgan ikki

tabaqali quritgich uskunasi, ma’lumturdagi bir qancha ziravorlar, pomidorlar, zaytun moyi,

sarimsoq piyoz, rozmarin va ma’lum harorat hamda idishlar, reafraktrometr, tarozi va

mahsulot tarkibidagi namliknio’lchovchi uskuna. Tajribada ishlatilgan konvektiv ikki tabaqali

quritgich moslamamiz maxsus sukatlar tayyorlash uchun Koreadan keltirilgan bo’lib u

uskuna, har ikkala tabaqaning harorati vaquritish davomiyligini alohida belgilash imkonini

beradi. Har birtarafda 12 tadan jami 24 ta maxsus patnisga ega. Har bir patnis esa o’zida 6-7-8

kg gacha maxsulot og’irligini ko’tara oladi va bu bizga 150-200 kg maxsulotn bir vaqtning

o’zida qurita olish imkonini beradi.

Natijalar va ularning tahlili

Birinchi navbatda Yusupovskiy pomidoridan tayyorlangan qoqilarni saralab,

konservaboplarini tanlab olamiz. Eng avvalida qoqidan 5 gr olib maxsus meva tarkibidagi

ququq moddani o‘lchaydigan apparatimizda tarkibidagi quruq moddasini aniqlaymiz. So‘ng


background image

93

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON (YOʻITJ)

esa qand miqdori o‘lchanadi. Qand miqdori Koreadan keltirilgan refraktrometr asbobida

o‘lchanadi. Dastlab, asbobning oynasi tozaligiga ishonch xosil qilingach, pomidor suvidan bir

tomchidan tomizamiz va yorug‘lik yaxshi bo‘lgan tarafga qaraladi.

So’ng konserva tayyorlash uchun kerak bo’ladigan idishlar 100 gradus issiqlikda

sterelizatsiya qilinadi.

1-rasm.

Konserva mahsulotini tayyorlashdan avval idishlarni sterelizatsiya qilish jarayoni

Sterelizatsiya qilingan bonkalarga saralab olinganm qoqilarni birin ketinlik bilan joylaymiz va

ular orasiga sarimsoq donlari va yaxshilab yuvib olingan rozmarin shoxlaridan qo’shamiz.

Ushbu jarayon birin ketinlik bilan davom etadi. Tayyor bo’lgan konserva ustidan zaytun

yog’ini qo’shamiz va maxsus qopqoq yordamida yopamiz.

2-rasm.

Konserva uchun kerakli qo’shimchalar zaytun yog’i, rozmarin hamda sarimsoq piyoz


background image

94

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON (YOʻITJ)

Hosil bo’lgan mahsulot saqlanuvchanligi quidagicha: 10-15 gradusdan oshmagan xolda 3oy

mobaynida.

3-rasm.

Tayyor bo’lgan gazakbop konserva mahsuloti

ning umumiy ko’rinishi

Xulosa

Xulosa qiladigan bo‘lsak, har bir navning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘ziga xos tarkibi va

vitaminlari bor. Shu bilan birga, har qanday meva sabzavotdan to‘g‘ri va oqilona foydalana

olishimiz darkor. Mazkur amaliy tajribamdan yetqazmoqchi bo‘lgan ishim-kam iste’mol

qilinadigan, nisbatan kamroq qayta ishlanadigan pushti rangli Yusupovskiy pomidorni

ziravorlar yordamida qayta ishlov berib, qoqi tarzida ham iste’mol qilish va undan zaytun

yog’i hamda rozmarin, sarimsoq piyozlar bilan birgalikda konserva tayyorladim. Natijada

uning xush ta’mligi hamda eksportbopligini oshirishga muvaffaq bo’ldim. Bu esa oziq-ovqat

sanoatida ajoyib yangilik bo‘la oladi, albatta. Bundan tashqari hozirgi kunda urf bo‘lgan

italiano pastalariga ham ajoyib qadoqlangan aynan mana shu turdagi pomidorlar

ishlatilinmoqda. Yaqin kelajakda aynan shu turda ishlov berib quritilgan Yusupovskiy

pomidorlari yetishtirila boshlasa, maqsadga muvofiq ish bo‘ladi. Sababi yurtimiz hududida

qizil pomidorlar pushti pomidorlarga nisbatan 3,4% ga ko‘proq nisbatda ekiladi va eksport

qilinadi. Agar biz bu notengsizlikni to‘g‘irlay olsak Yusupovskiyning hamda qizil turdagi

pomidorlar yetkazilish nisbati teng bo‘ladi. Ziravorlarning ham o‘zgacha ta’m va xususiyatlari

yanada uyg‘unlashgan maza beradi. Keyingi tadqiqotlarimiz davomida boshqa turdagi

navlardan ham tajriba qilib ko‘rishimiz kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Shaumarov X.B.Islamov S.Ya, “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va birlamchi qayta

ishlash texnologiyasi”., T.:ToshDAU, 2021-yil.
2.

I.E.Abdullayev,

A.A.Abdiyev,

Sh.R.Ubaydullayev

“Meva-sabzaavotlarni

quritish

texnologiyasi” (o‘quv qo‘llanma).:Toshkent-2020-yil.
3. Bo‘riyev X.CH., Jo‘rayev R., Alimov O., Meva-sabzavotlarni saqlash va
ularga dastlabki ishlov berish (o‘quv qo‘llanma). – T.: ToshDAU, 2003.


background image

95

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON (YOʻITJ)

4. Sindarov O.X Mevachilik va sabzavotchilik. Darslik.
5. Абдураҳмонов А.А., Раҳимов Р.Қ. Озиқ-овқат маҳсулотлари технологияси. –
Тошкент: Фан, 2018.

Internet manbalari:

1. https://www.agro.uz/pomidor-2/ (https://www.agro.uz/pomidor-2/)
2.https://daryo.uz/2022/07/27/pomidorning-kopchilikka-nomalum-7-ta-foydali-xususiyati

(https://daryo.uz/2022/07/27/pomidorning-kopchilikka-nomalum-7-ta-foydali-xususiyati)
3.https://kitobxon.com/oz/kitob/pomidor-etishtirish-va-qayta-ishlash

(https://kitobxon.com/oz/kitob/pomidor-etishtirish-va-qayta-ishlash)

Библиографические ссылки

Shaumarov X.B.Islamov S.Ya, “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi”., T.:ToshDAU, 2021-yil.

I.E.Abdullayev, A.A.Abdiyev, Sh.R.Ubaydullayev “Meva-sabzaavotlarni quritish texnologiyasi” (o‘quv qo‘llanma).:Toshkent-2020-yil.

Bo‘riyev X.CH., Jo‘rayev R., Alimov O., Meva-sabzavotlarni saqlash va

ularga dastlabki ishlov berish (o‘quv qo‘llanma). – T.: ToshDAU, 2003.

Sindarov O.X Mevachilik va sabzavotchilik. Darslik.

Абдураҳмонов А.А., Раҳимов Р.Қ. Озиқ-овқат маҳсулотлари технологияси. –

Тошкент: Фан, 2018.