Авторы

  • Kumushoy O’rinboyeva
  • Munojatxon To’lanova
  • Madinaxon Maxkamova
  • Buhalima Abdufattoyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.79189

Аннотация

Ushbu   maqolada  fizika fanining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan mexanika bo‘limini o‘qitishda raqamli texnologiyalarni samarali qo‘llash masalalari yoritilgan. Jumladan, talabalarning o‘quv jarayonini qo‘llab-quvvatlash va ularnio‘qishga rag‘batlantirish maqsadida qo‘llaniladigan didaktik modellarning imkoniyatlari tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalar asosida qurilgan kognitiv va konstruktiv modellarning o‘qitish strategiyalariga ta’siri, interaktiv vositalarning talabalarning motivatsiyasiga ta’siri hamda baholash jarayonida ularning afzalliklari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, ta’lim klasteri sharoitida mexanika bo‘limini o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan raqamli vositalar asosida ishlab chiqilgan didaktik model namunalari taqdim etilgan. Mazkur model yordamida ta’lim jarayonining sifatini oshirish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish va ularning o‘zlashtirish darajasini monitoring qilish imkoniyatlari kengayadi


background image

138

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON (YOʻITJ)

MEHANIKA BO’LIMINI O’QITISHDA RAQAMLI

TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASHNING DIDAKTIK

ASOSLARI

O’rinboyeva Kumushoy Sultonbek qizi

Andijon davlat pedagogika instituti

Aniq va Tabiiy fanlar fakulteti o’qituvchisi

To’lanova Munojatxon Hamzabek qizi

Fizika va Astronomiya yo’nalishi 2-bosqich talabasi

Maxkamova Madinaxon Jasurbek qizi

Fizika va Astronomiya yo’nalishi 2-bosqich talabasi

Abdufattoyeva Buhalima Arslanbek qizi

Fizika va Astronomiya yo’nalishi 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15246042

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 6-aprel 2025 yil

Ma’qullandi:10-aprel 2025 yil

Nashr qilindi: 19-aprel 2025 yil

Ushbu

maqolada

fizika fanining muhim

yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan mexanika bo‘limini

o‘qitishda raqamli texnologiyalarni samarali qo‘llash

masalalari yoritilgan. Jumladan, talabalarning o‘quv

jarayonini qo‘llab-quvvatlash va ularnio‘qishga

rag‘batlantirish maqsadida qo‘llaniladigan didaktik

modellarning imkoniyatlari tahlil qilingan. Raqamli

texnologiyalar

asosida

qurilgan

kognitiv

va

konstruktiv modellarning o‘qitish strategiyalariga

ta’siri,

interaktiv

vositalarning

talabalarning

motivatsiyasiga ta’siri hamda baholash jarayonida

ularning afzalliklari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek,

ta’lim klasteri sharoitida mexanika bo‘limini o‘qitish

jarayonida qo‘llaniladigan raqamli vositalar asosida

ishlab chiqilgan didaktik model namunalari taqdim

etilgan. Mazkur model yordamida ta’lim jarayonining

sifatini oshirish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini

rivojlantirish va ularning o‘zlashtirish darajasini

monitoring qilish imkoniyatlari kengayadi

KEY WORDS

raqamli texnologiyalar, mexanika,

didaktik model, o‘quv jarayoni,

motivatsiya, baholash, talaba,

interaktiv o‘qitish.

Raqamli texnologiyalar zamonaviy ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib bormoqda.

Ayniqsa, fizika fanining mexanika bo‘limida bu texnologiyalar orqali o‘quvchilarning bilimga

bo‘lgan qiziqishini oshirish, murakkab tushunchalarni oson tushuntirish va nazariyani

amaliyot bilan bog‘lash imkoniyati yaratilmoqda. Mexanika bo‘limi o‘z ichiga harakat, kuch,

impuls, energiya kabi fundamental tushunchalarni oladi. Ushbu mavzularni tushuntirishda

real eksperimentlar har doim ham mumkin emas, ayniqsa zamonaviy o‘quv muassasalarida

laboratoriya asbob-uskunalari yetarli emas. Shu sababli, raqamli texnologiyalar ta’lim

samaradorligini oshirishda muhim vosita bo‘lmoqda. Mexanika bo‘limini o‘qitishda raqamli

texnologiyalarni qo‘llashning didaktik asoslari, avvalo, ta’lim jarayonining sifatini oshirish,

o‘quvchilarning kognitiv, konstruktiv va refleksiv faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan.

O‘quvchi bilimni tayyor holatda emas, balki o‘zi kashf etish, tajriba qilish, solishtirish va tahlil

qilish orqali egallaydi.Shuningdek, raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilgan o‘qitish

jarayoniquyidagi didaktik tamoyillarga tayanadi:O‘quvchi faolligi va motivatsiyasini

oshirish;Nazariya va amaliyot birligi;Shaxsiylashtirilgan yondashuv va differensial

ta’lim;O‘zlashtirishning uzluksizligini ta’minlash.Mazkur tamoyillar asosida tashkil etilgan


background image

139

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON (YOʻITJ)

raqamli ta’lim muhiti o‘quvchilarda mustaqil izlanish, analitik fikrlash, grafik va texnologik

ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, mexanika bo‘limidagi kuch, harakat,

energiya, impuls kabi tushunchalar vizual va interaktiv taqdim etilganda, ularni tushunish

jarayoni ancha yengillashadi.Didaktik modelni taʼlim jarayonida qoʻllaniladigan oʻqitish

usullari va strategiyalarini tartibga soluvchi asos sifatida taʼriflash mumkin. Ushbu model

oʻqituvchining oʻquvchilarga maʼlumot yetkazish jarayonini qanday kuzatishini belgilaydi.

Didaktik modelning maqsadi oʻquvchilarning bilimlarni oʻquv jarayonida samarali

egallashlarini taʼminlashdan iborat. Didaktik model taʼlimjarayonida maʼlum bir mazmunni

oʻrgatish va oʻrganishning tashkil etilishi va bajarilishi uchun amalga oshiriladigan tizimli va

tarqalgan rejalardir. Bu model talabalarga bilimlarni yetkazib berish, ularning oʻzlashtirilgan

va samarali oʻrganishini taʼminlash, maʼlumotlarini amalda qoʻllash va nutqni rivojlantirish

kabi maqsadlarni erishishga yordam beradi. Raqamli texnologiyalar asosida taʼlim jarayonini

tashkil etish va rivojlantirishda didaktik modelning oʻziga xos xususiyati quyidagicha:•

Oʻquvchilar uchun interaktiv muhit yaratish: Raqamli texnologiyalar taʼlim jarayonida

interaktiv muhitni yaratishga imkon beradi. Bu oʻquvchilarning oʻzlashtiruvchanlik

darajasini oshiradi va ularning faolligi va qatnashishi orqali oʻrganishni yanada samarali

qiladi.• Individualizatsiya: Raqamli texnologiyalar har bir oʻquvchiga moslashtirilgan

individual dasturlarni taqdim etish imkonini beradi. Bu usul oʻquvchilarga mos keluvchi

bilimlarni olishlariga imkon beradi• Kooperativ muhit yaratish: Didaktik model asosida

raqamli texnologiyalar jamoatchilikni kuchaytiruvchi kooperativ muhitni yaratishga imkon

beradi. Oʻquvchilar bir-biri bilan hamkorlik qilib ishlash orqali maʼlumot almashish va

tushunishlarini yanada rivojlantirishlari mumkin boʻladi.• Oʻquvchilarning qiziqishi va

motivatsiyasini oshirish: Raqamli texnologiyalar oʻquvchilarning qiziqishi va motivatsiyasini

oshirish uchun qizgʻin bir vosita sifatida ishlatiladi. Oʻquvchilar uchun qiziqarli va interaktiv

darslar tashkil etish imkonini beradi, bu esa ularning oʻrganishga motivatsiya

koʻtaradi.Raqamli texnologiyalarni qo‘llashning samarali shakllariVirtual laboratoriyalar:

Crocodile Physics, Labster va o‘xshash dasturlar orqali kuchlar ta’siri, harakat qonuniyatlari,

ish-energiyaning o‘zaro bog‘liqligini interaktiv tarzda namoyish qilish mumkin. Bu

o‘quvchining fikrlash va tahlil qilish malakasini rivojlantiradi. Erkin tushish tezlanishini

o‘lchash” tajribasini real laboratoriyasiz ham bajarishingiz mumkin — Labster bizga virtual

muhitda tajriba uskunalarini beradi, biz esa ularni boshqaramiz.Dastur bizni bosqichma-

bosqich yo‘naltirib turadi, xatolarni ko‘rsatadi va natijani baholaydi.Simulyatsiyalar: Masalan,

“Forces and Motion” (PhET) simulyatsiyasi orqali jismga turli kuchlar ta’sirida uning holati

qanday o‘zgarishini real vaqt rejimida kuzatish mumkin. Bu metod vizual eslab qolishni

kuchaytiradi.Interaktiv grafik vositalar: GeoGebra dasturi yordamida harakat grafiklarini

qurish, tahlil qilish, muammoli vazifalarni yechishda grafik yondashuvni qo‘llash

o‘rgatiladi.Elektron platformalar: Moodle, Google Classroom kabi tizimlarda dars materiallari

bilan ishlash, testlar topshirish, fikr almashish va mustaqil o‘rganish imkoniyati yaratiladi.

Didaktik samaradorlikRaqamli texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan o‘qitish modeli

quyidagi natijalarga olib keladi:O‘quvchilar o‘rtasida motivatsiya oshadi;Mustaqil fikrlash va

izlanish malakalari rivojlanadi;Baholash tizimi aniq va shaffof bo‘ladi;Nazariy bilimlar real

hodisalar bilan bog‘lanadi.. Ilmiy-tadqiqot natijalari asosida yondashuvMasalan, Norqulova

M.M. (2024) o‘z tadqiqotida mexanika bo‘limini o‘qitishda raqamli vositalarni qo‘llash orqali

talabalar o‘zlashtirish darajasi 27% ga oshganini ta’kidlagan. Sayidov N. (2023) esa

o‘quvchilar o‘rtasida fizika faniga bo‘lgan qiziqish 2 oy ichida ikki baravar oshganini aniqlagan.

Xulosa:Mexanika bo‘limini o‘qitishda raqamli texnologiyalarni samarali qo‘llash nafaqat ta’lim

sifatini oshiradi, balki o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini, ijodiy yondashuvini, bilimni

amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Shu bois, zamonaviy dars jarayonida

raqamli vositalardan to‘laqonli foydalanish ta’limning muhim talabidir. Raqamli

texnologiyalarni turli sohalarga nafaqat ta’lim tizimiga joriy etilishi mamlakat ta’lim tizimini


background image

140

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON (YOʻITJ)

modernizatsiya qilishda katta rol o`ynaydi. Zamonaviy ta’limni tashkil etish va ta’lim

samaradorligini ortishiga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.Fayzullaeva, M. (2023). Ta’lim jarayonini raqamli texnologiyalar asosida tashkil qilish va

rivojlantirishning didaktik modeli.

2.Sayidov, N. E. (2025). Fizika fanini o‘qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanish va

uning dolzarb masalalar.

3.KUN.UZ.SAYTI

Библиографические ссылки

Fayzullaeva, M. (2023). Ta’lim jarayonini raqamli texnologiyalar asosida tashkil qilish va rivojlantirishning didaktik modeli.

Sayidov, N. E. (2025). Fizika fanini o‘qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanish va uning dolzarb masalalar.

KUN.UZ.SAYTI