Авторы

  • Odina Fozilova
  • Saodatxon Ilyosxo‘jayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.79192

Аннотация

Maqolada oilaning farzand ta’lim-tarbiyasidagi  ahamiyati haqida so’z yuritilgan. Ertaklarning tarbiyaviy ta’siri va bolaning shaxs sifatida shakllanishidagi tutgan o’rni pedagogik-psixologik faktlar asosida yoritilgan.


background image

128

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON (YOʻITJ)

BOLALARDA IJOBIY SIFATLARNI SHAKLLANISHIDA

XALQ ERTAKLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI

Fozilova Odina Nabiyevna

Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Ilyosxo‘jayeva Saodatxon Maxammadxon qizi

Farg‘ona davlat universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15245817

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 6-aprel 2025 yil

Ma’qullandi:10-aprel 2025 yil

Nashr qilindi: 19-aprel 2025 yil

Maqolada oilaning farzand ta’lim-tarbiyasidagi

ahamiyati haqida so’z yuritilgan. Ertaklarning

tarbiyaviy ta’siri va bolaning shaxs sifatida

shakllanishidagi tutgan o’rni pedagogik-psixologik

faktlar asosida yoritilgan.

KEY WORDS

Ma’naviyat,

muloqot,

ertakterapiya,

hissiy-emotsional

shakllanish, qo’rquv, muammo,

logonevroz, dunyoqarash.

Oila ja’miyatning eng kichik bo’g’ini bo’lsada shaxsda yuksak umummilliy qadriyatlarni

shakllanishida xizmat qiladi. Tarbiya eng avvalo oilada vujudga keladi va butun umrga o’z

ta’sirini saqlab qoladi. Shu bois qadim zamonlardan ajdodlarimiz bolaning tarbiyasida ota-ona

o’rnining nihoyatda muhim eahamiyatini ta’kidlab kelishgan. Hattoki hadislarda ham “Ota-

onaning farzandi uchun qoldirgan eng buyuk merosi bu – go’zal axloq-odobdir” deya

ta’kidlangan. Shu bois har bir ota-ona farzand tarbiyasida o’zlarining mas’uliyatlarini chuqur

anglamog’i zarurdir. [1]

Bolalar adabiyoti" deganda, bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan, tabiat va

jamiyatdagi voqea-hodisalar xususida yosh kitobxon tushunchasi darajasida ma'lumot

beradigan sho'x va o'ynoqi, tarbiyaviy ahamiyat kasb etadigan asarlarni tushunish qon-

qonimizga singib ketgan. Shu sababli ham shoir-u nosiriarimiz hazilkash. sho'x, o'yinqaroq,

topqir bolakaylar haqida hazil-huzulga boy yumoristik she'r-u hikoyalar, doston-u qissalar

bitadilar: nabotot va hayvonot dunyosini bolalarning hayratomuz nigohi bilan qayta-qayta

kashf qiladilar: parranda, darrandalarni misol qilib. ibratomuz ertag-u masallar yozadilar:

Vatan — kindik qoni to'kilgan muqaddas Ona tuproqqa sadoqat, ustozlar va ota-onalar

hurmatini sharaflash ruhidagi she'r-u dostonlar yaratadilar; bolalarni ilm-ma'rifat nuridan

bahramand bo'lishga chorlovchi — maktab, kitob va boshqa turli o'quv qurollarini madh

etuvchi asarlar bitadilar va hokazo. Albatta, bu mavzularning har biri ham umrboqiyligi va

bolalar adabtyotida doimo sezilarli mavqe kasb etishi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir.

Biroq ..Ana shu haqiqatlarni har bir aviod qanday qayta kashf qilyapti va bu kashfiyotlarning

badiiyat darajasi qanday'.'" degan savol doimo oldimizda ko'ndalang turishi ham. shu boisdan,

tabiiydir.[2]

Bolalar adabiyoti, nazarimizda, hayotning o'zi qadar qadimiy bo'lib, onaning birinchi bolasiga

aytgan ilk allasidan boshlanib, xalq og'zaki ijodida bolalarning tili burro bo'lishiga

yo'naltirilgan tez aytishlar, fikrini, zehnini charxiashga yo'naltirilgan topishmoqlar, o'yin

qo'shiqlaridan masallar-u enaklargacha bo'lgan qanchadan qancha aynan bolalarga

mo’ljallangan janrlar tarzida namoyon bo'ladi. Aslida esa ularning barchasi o'sib kelayotgan

yosh avlodning ma'naviy kamoloti manfaatlariga xizmat qiladi. Mumtoz adabiyotimizda ham.

garchand, bizning bugungi “bolalar adabiyoti" tushunchamizga u qadar mos kelmasa-da,

farzand ta'lim-tarbiyasiga yo'naltirilgan “pandnoma" janrining ko'plab namunalari azal-


background image

129

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON (YOʻITJ)

azaldan mavjud. Zero, bola bor ekan, uning komil inson bo'lib yetishuviga xizmat qiladigan

adabiyot ham bo'lmog'i aniq.

Pedagogikada farzand tarbiyasi bilan bog’liq turli tarbiyaviy usullar mavjud. Ular yordamida

yosh avlodda ezgulik, yaxshilik, mehr-oqibat, vatanparvarlik, hurmat kabi insoniy sifatlar

shakllantirilgan. Bir qarashda oddiy eshitilsada insonda mana shu sifatlar shakllanishi

kattalardan yuksak matonat va sabr-toqatni talab etgan. Bolalarda ishonuvchanlik xislati

yuqoriligi bois ularda yuqoridagi sifatlarni shakllantirishda bolalar adabiyotining ta’sirchan

janri sanalgan milliy xalq ertaklaridan unumli foydalanishgan. Hozirgi kunda ham

ertaklarning tarbiyaviy ahamiyati keng ko’lamli baholanadi. Hattoki, “ertakterapiya”dan

foydalangan holda bolalardagi ayrim nuqson va kamchiliklar ham davolanadi. Ertaklarning

pedagogik ahamiyati borasida ko’plab olimlar o’zlarining ilmiy tasdiqlangan fikrlarini bayon

qilishgan hamda ilmiy tadqiqotlarda ertaklar mohiyatiga qaratilgan izlanishlarda davom

etmoqdalar. [3]

Buyuk rus o’qituvchisi K.D.Ushinskiy ertaklarni pedagogik tizim tarkibiga kiritgan. U

bolalarda ertaklar muvaffaqiyatining sababini xalq ijodiyotining soddaligi va bexavotirligi,

bolalar psixologiyasining bir xil xususiyatlariga mos kelishida ko’rdi. “Xalq ertagida, - deb

yozgan u, - buyuk va she’riyatdan tug’ilgan bola, bolalarga ularning bolalalik orzularini aytib

beradi va hech bo’lmaganda yarmi bu tushlarga ishonadi”. Ushinskiyning pedagogik g’oyasi

aqliy va axloqiy-estetik rivojlanishning uyg’un kombinatsiyasi edi. [4] Darhaqiqat, bolalarda

xayol va obrazli tafakkur rivojlanishning yuqori nuqtalarida turadi. Shu sababli ular qiziqarli

voqealarga asoslangan ertaklarni tinglashni va ular ichida yashashni sevadilar. Bolalarni

ertaklarga oshno qilish asosida ko’plab fazilatlarni ularda shakllantirish mumkin. Ya’ni,

tarbiyaning barcha ko’rinishlarini o’zida mujassamlashtirgan metod hisoblanadi.

Oilada ertaklar mutolaasiga e’tibor bugungi tezkorlik zamonida har qachongidan muhim

ahamiyat kasb etmoqda. Chunki ma’naviy tahdidlar salmog’i kengayishda davom etmoqda.

Yaqin o’tmish hamda bugungi kundagi bolalar dunyoqarashida yaqqol farqlar aniq-ravshan

ko’zga tashlanayotganligi sababli, ta’lim-tarbiyaga e’tibor kundan-kunga dolzarblik va

hushyorlikni talab etmoqda. Ota-onalarning kundalik yumushlari ko’pligi farzandlarning

e’tiborsiz qolishiga sabab bo’lib, texnika vositalari bilan vaqt o’tkazish hollari ko’paymoqda.

Ammo, xalq pedagogikasi yillar va asrlar o’tsada o’z ahamiyatini yo’qotmaydi. Pedagogik

g’oyalar va qarashlar asosida tarbiyalangan avlodlar kelajakda barkamol insonlar bo’lib

shakllanadilar. O’zida pedagogik bilimlarni tarkib toptira olgan ota-onalar oilada so’g’lom

muhitni tashkil eta biladilar va farzand tarbiyasiga har qachongidan muhim ahamiyat

qaratadilar.

Bolalarda har qanday psixologik muammolarni bartaraf etishda, ularda turli tashqi omillar

ta’sirida yuzaga kelgan xulqiy kamchiliklarni to’g’rilashda, xayoliy tasavvurlarni kengaytirish

orqali ijodiy qobilyatlarni shakllantirishda ota-onalar ertaklardan foydalanishlari zarur.

Bolalarga otasi yoki onasidan ertak tinglash juda maroqlidir. Shu bois har doim bolaga uni

yoshi va qiziqishidan kelib chiqqan holda ertak aytib berish kerak bo’ladi. Bolaga uyqudan

oldin ertak aytish uning maroqli hordiq olishini ta’minlabgina qolmasdan, unda axloqiy,

estetik, ruhiy holatlarini tarbiyalash imkonini beradi. Bolalar ba’zida bir ertakni qayta-qayta

tinglashni istaydilar. Ularning bu xohishlarini hamisha qondirish lozim. Chunki bir ertakni

qayta tinglaganlarida hamisha o’zlari uchun yangi bilimni kashf etadilar.

Psixologlar bolalarda 12 yoshga qadar asosan miyaning o’ng yarim shari rivojlanishini, bu

yoshdan so’ng esa asosan chap yarim sharlar takomillashadi. O’ng yarim sharlar hissiy qabul

qilish manbai bo’lgani bois, bolalar ertaklarni zavq bilan tinglaydilar. Undagi mantiy mohiyat,

mazmundan ko’zlangan maqsad, sujetning rivojlanishi, - bular, chap yarim sharlar faoliyati

bilan bog’liq. Agarda bola hissiy-emotsional shakllanish davomida faqat ijobiy xarakterdagi

muhit va yaxshilik bilan yakunlanuvchi ertaklar olamida ulg’aysa, kelajakda unda optimistik

kayfiyat shakllanadi. Hayot sinovlariga duch kelganda voqea-hodisalardan to’g’ri xulosa

chiqaradi va qiyinchiliklarni mardonavor yenga oladi.[5]


background image

130

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON (YOʻITJ)

Oilada uchrashi mumkin bo’lgan kelishmovchiliklar, salbiy illatlar bolalarda bir qancha ruhiy

muammolarni keltirib chiqaradi. Chunki kattalar uchun arzimas ko’ringan oddiy janjallar ham

bolaning ruhiyatiga ta’sir ko’rsatadi. Bolalardagi tortinchoqlik, qo’rqoqlik, jur’atsizlik kabi

xususiyatlar paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun mutaxassislar bolalardagi mana

shunday holatlarni oldini olishda va davolashda ertak terapiyasini maslahat beradilar. Ertak

ota yoki ona bilan farzand o’rtasidagi mehriy muloqot vositasidir. Shuning uchun ota-onalar

boladagi yosh xususiyatlariga asoslanib, ularda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan zo’riqishlarni

payqab olsalar, kelib chiqishi mumkin bo’lgan muammolarni oldini olgan bo’ladilar. Xususan,

misol tariqasida har bir yoshda ko’rinishi mumkin bo’lgan qo’rquv turlari misolini ko’rib

o’tsak:

-

2 – 4 yoshdan boshlab bola zulmat, balandlik, suv, hayvon, hasharotlar va hattoki ertak

qahramonlaridan qo’rqish;

-

5 – 7 yoshdan boshlab ofatlar, zilzilalar, yong’inlar kabi tabiat hodisalaridan qo’rqish;

-

7 – 8 yoshdan boshlab o’limdan qo’rqish, o’zi yoki yaqinlarini yo’qotishdan qo’rqish.[6]

Bu holatlar deyarli ko’pchilik bolalarda paydo bo’lishi ehtimoldan xoli emas. Shuni hisobga

olgan holda bolaga ertak aytishda, undagi muammolar yechimiga yo’naltirilgan mavzularda

hikoya qilinsa, albatta, bolada ma’naviy ozuqa to’planib boradi. Bola yoshi o’sgani sari ertaklar

zamiridagi mazmun-mohiyatni anglab boradi, dunyoqarashi kengayadi. O’ziga tanqidiy

nuqtai nazar bilan qaray oladi. Ichki dunyosini boy, nutqini mazmundor bo’lib borishini

ta’minlaydi. Nutqdagi ayrim kamchiliklarni bartaraf etishga ko’maklashadi, hattoki

bolalardagi duduqlanib gapirish (logonevroz)ni yo’qotishda ham samarilidir. Ertak bolalar

uchun shunday himoya muhitini yaratib beradiki, u orqali bola o’zi va o’z olami haqidagi

biror-bir yangilikni ichki dunyosining aralashuvidan qo’rqmagan holda olish imkoniga ega

bo’ladi.

Ayniqsa, qahramonlik ruhidagi ertaklar bolaning cheksiz taassurotlariga sabab bo’la oladi.

Ertak voqealarini tinglar ekan, bola xayolan o’zini ana shu voqe’likda tasavvur qiladi va o’zi

bilmagan holda qalbida mardlik, sadoqat, vatanparvarlik, mehr-oqibat kabi muhim insoniy

sifatlarni tarbiyalaydi. Bunday sifatlarni esa qancha nasihat va tushuntirish olib bormaylik,

uning ongida tarkib toptirish juda murakkablik kasb etadi. Ertaklar bilan esa bunday

natijalarga juda osonlik va mahsuldorlik asosida erishiladi.

Inson ta’lim-tarbiyasi juda murakkab jarayon sanaladi. Necha yuz ming yilliklar o’tsada

hamisha donishmandlarni fikr-mulohaza qilishga hamisha undab turadi. Chunki insoniyat

taraqqiyot sari odimlab borar ekan, taraqqiyotning yutuqlari bilan birga kamchiliklari ham

ko’zga tashlanib boraveradi. Hayot shunday, uning asl haqiqatlariga hali hanuz yeta

olmaganmiz va yetishimiz ham noaniqdir. Bizdan talab qilingani esa o’zimizdan so’ng, insoniy

qadriyatlarni o’z holicha saqlab va davom etib boradigan komil shaxslarni voyaga

yetkazishdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Oila pedagogikasi G` Prof.O.Xasanboeva umumiy tahriri ostida. – T.: Aloqachi, 2007. –

384 b

2.

Jahongirov G‘. O‘zbek bolalar folklori. – T.: O‘qituvchi. (1977).

3.

Barakaev R. O‘zbek bolalar adabiyoti va Abdulla Avloniy ijodi. – T.: «Fan», 2004.

4.

Jumaboev M. Bolalar adabiyoti va folklor. – T.: O‘qituvchi, 2006.

5.

Ertaklar.uz

6.

Library.ziyonet.uz

Библиографические ссылки

Oila pedagogikasi G` Prof.O.Xasanboeva umumiy tahriri ostida. – T.: Aloqachi, 2007. – 384 b

Jahongirov G‘. O‘zbek bolalar folklori. – T.: O‘qituvchi. (1977).

Barakaev R. O‘zbek bolalar adabiyoti va Abdulla Avloniy ijodi. – T.: «Fan», 2004.

Jumaboev M. Bolalar adabiyoti va folklor. – T.: O‘qituvchi, 2006.

Ertaklar.uz

Library.ziyonet.uz