155
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON (YOʻITJ)
BO‘LAJAK PSIXOLOGLARNI KASBIY
SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
N.A.Mirashirova
p.f.f.d,PhD
Qorabayeva Madina Qahramon qizi
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti
Psixologiya(faoliyat turlari) mutaxassisligi magistranti
Kushmanovamadina77@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15266752
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 16-aprel 2025 yil
Ma’qullandi:20-aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 23-aprel 2025 yil
Mazkur maqolada bo‘lajak psixologlarni kasbiy
shakllantirish jarayonining psixologik xususiyatlari, bu
jarayonda yuzaga keluvchi ichki va tashqi omillar,
professional identifikatsiya, shaxsiy o‘sish va kasbiy
kompetensiyani
rivojlantirish
masalalari
tahlil
qilingan.
Shuningdek,
psixologik
tayyorgarlik
darajasining mutaxassislik samaradorligiga ta’siri
amaliy nuqtai nazardan ko‘rib chiqilgan.
KEY WORDS
psixolog,
kasbiy
shakllanish,
kasbiy
o‘zlik,
psixologik
tayyorgarlik,
kompetensiya, motivatsiya.
KIRISH
Zamonaviy jamiyatda inson salomatligi, ruhiy holati va ijtimoiy moslashuviga bo‘lgan e’tibor
kuchayib borayotgan bir davrda psixolog kasbiga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Shu bois,
psixologik xizmat ko‘rsatish sifati bevosita ushbu sohada faoliyat yurituvchi
mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi va psixologik shakllanish darajasiga bog‘liqdir.
Bo‘lajak psixologlarni professional shakllantirish esa nafaqat bilim va ko‘nikmalarni egallash,
balki kasbiy o‘zlikni anglash, shaxsiy qiziqishlar va motivatsiyaning shakllanishini ham o‘z
ichiga oladi. Bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning jadal rivojlanishi,
globallashuv, axborot texnologiyalari bilan bog‘liq yutuqlar inson omilining rolini yana-da
oshirmoqda. Aynan shunday sharoitda psixologiya fanining ahamiyati kuchayib bormoqda.
Chunki har qanday jamiyatning barqaror rivojlanishi bevosita insonning ruhiy salomatligi,
psixologik barqarorligi va moslashuvchanligiga bog‘liqdir. Shu sababli, zamonaviy ta’lim
tizimi psixologik xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, ijtimoiy munosabatlarda inson
salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan yetuk kadrlarni tayyorlash vazifasini zimmasiga
olmoqda. Ayniqsa, psixolog kasbini tanlagan yosh avlod vakillarining kasbiy shakllanishi va
bunga ta’sir etuvchi psixologik omillarni chuqur o‘rganish zarurati mavjud.
Bo‘lajak psixologlar – bu jamiyatning eng muhim ijtimoiy guruhlaridan biri hisoblanadi.
Chunki ular kelajakda insonlar bilan ishlaydigan, ularning muammolarini hal qilishda
psixologik yordam ko‘rsatadigan mutaxassislar sifatida shakllanadilar. Psixolog bo‘lish oddiy
kasbiy tanlov emas, balki ichki ehtiyoj, ruhiy chaqiriq va ijtimoiy mas’uliyatni talab etuvchi
yo‘nalishdir. Shuning uchun, talabaning ushbu kasbga munosabati, unga nisbatan bo‘lgan
qiziqishi, ichki motivatsiyasi va shaxsiy xususiyatlari psixolog sifatida shakllanishida hal
qiluvchi rol o‘ynaydi.
Kasbiy shakllanish deganda, faqatgina nazariy bilimlarni o‘zlashtirish emas, balki real hayotiy
vaziyatlarga psixologik yondashuv bilan yechim topish, emotsional intellekt, ijtimoiy-hissiy
barqarorlik, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish tushuniladi. Aynan shu jarayon davomida
shaxsda kasbiy identifikatsiya – o‘zini tanlagan kasb doirasida anglash, kasbiy o‘zlikni
shakllantirish yuzaga keladi. Psixologiyada kasbiy identifikatsiyaning to‘liq shakllanishi
156
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON (YOʻITJ)
nafaqat professional yetuklik, balki shaxsiy barqarorlik, ichki ishonch va o‘z-o‘zini anglash
bilan chambarchas bog‘liq.
Amaliy kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan
talabalarning aksariyati dastlab kasb tanlashda ijtimoiy muhit, ota-ona yoki do‘stlarining
ta’siri ostida harakat qiladilar. Ammo ta’lim jarayoni davomida ularning kasbga bo‘lgan
munosabatida jiddiy o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bu o‘zgarishlar shaxsiy o‘zgarishlar bilan
birga kechadi – talaba o‘zini tahlil qila boshlaydi, ichki motivlar ustida ishlaydi, hayotiy
pozitsiyasini belgilaydi. Ushbu o‘zgarishlar esa bevosita psixologik jihatdan tayyorlangan,
emotsional-intellektual jihatdan shakllangan shaxs sifatida kamol topishiga olib keladi.
Zamonaviy ta’lim tizimi hamda ijtimoiy talablar asosida shakllanayotgan psixolog kadrlar
zamonasiga mos kompetensiyalarga ega bo‘lishi zarur. Bu esa, ularning kasbiy shakllanish
jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish va ichki motivatsiyasini
rag‘batlantirish bilan bevosita bog‘liq. Ta’lim jarayonida individual yondashuv, amaliyotning
kengaytirilgan shakllari, treninglar, seminarlar orqali kasbiy kompetensiyalar shakllantiriladi.
Psixolog kasbining o‘ziga xos jihatlari, uning ijtimoiy mas’uliyati va axloqiy mezonlari talabani
nafaqat mutaxassis, balki ijtimoiy ongli, madaniyatli va mas’uliyatli shaxs sifatida
shakllantirishga xizmat qiladi.
Avvalo kasbiy shakllanish tushunchasiga alohida urg’u bersak. Kasbiy shakllanish – bu
shaxsning kasb tanlashi, unga moslashuvi va uni ongli ravishda egallashi jarayonidir. Psixolog
kasbini tanlagan talabalar bu yo‘nalishda o‘z shaxsiy fazilatlari, intellektual salohiyatlari
hamda emotsional yetuklik darajasini uyg‘unlashtira olgan taqdirdagina muvaffaqiyatli
mutaxassisga aylanishi mumkin.
Kasbiy shakllanish jarayonida har bir kasb egasi bir qancha bosqichlarni bosib O‘tishi lozim.
-
Kasbga qiziqish uyg‘onishi
;
-Kasbiy identifikatsiya (o‘zini kasb vakili sifatida anglash)
;
-Amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish
;
-Kasbiy kompetensiyani rivojlantirish
;
-Kasbiy moslashuv va ijtimoiy integratsiya
.
Bo‘lajak psixolog shaxsida quyidagi sifatlar shakllangan bo‘lishi lozim: Empatiya, Tinglash
madaniyati, Emotsional barqarorlik, Ichki refleksiya (o‘zini tahlil qila olish), Ijtimoiy faollik va
ijobiy muloqot ko‘nikmalari, o‘z emotsiyalarini boshqarish, emotsional kreativlik, emotsional
intellek va h.k…..Psixolog shaxsining shakllanishida yuqoridagi barcha jarayonlarning alohida
o‘rni bor.
1.Kasbiy identifikatsiya va motivatsiyaning ahamiyati:
Bo‘lajak psixologlar uchun kasbiy
identifikatsiya muhim bosqich hisoblanadi. Talaba o‘zini psixolog sifatida tasavvur qila
boshlaganidan boshlab, uning kasbiy motivatsiyasi, ongli tanlovga asoslangan harakatlari
kuchayadi. Aynan shu jarayonda mustahkam ijobiy o‘z-o‘zini baholash, kasbiy orientatsiya va
o‘zligini anglash shakllanadi.
Psixolog shaxsining shakllanishida quyidagi omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
- Ta’lim dasturining sifati;
- O‘qituvchilarning kasbiy va shaxsiy namunasi;
- Amaliy mashg‘ulotlar va psixodiagnostika bo‘yicha ishlanmalar;
- Psixologik trening va seminarlar. Albatta ushbu omillar psixolog sahxsining jamiyat uchun
kerakli sifatlari bilan shakllanishida muhim omil bO‘lib hizmat qiladi.
2.Psixologik tayyorgarlik darajasi va kasbiy kompetensiya
Psixologik tayyorgarlik – bu shaxsning o‘z kasbini samarali bajarishi uchun zarur bo‘lgan
bilim, ko‘nikma va malakalarning uyg‘unligi bilan birga, emotsional-irodaviy barqarorlikning
namoyon bO‘lish darajasidir. Kasbiy kompetensiya esa:
-Nazariy bilimlar;
-Amaliy ko‘nikmalar;
-Shaxsiy fazilatlar;
157
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON (YOʻITJ)
-Ijtimoiy-psixologik moslashuvni o‘z ichiga oladi.
Shuning uchun ham, psixologlarni tayyorlashda individual yondashuv, o‘quv dasturlarining
integratsiyalashganligi va amaliyot bilan ishlashga yo‘naltirilgan metodikalar psixolog
shaxsini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Yuqorida keltirilgan tahlillar asosida aytish mumkinki, bo‘lajak psixologlarni kasbiy
shakllantirish murakkab, ko‘p bosqichli va tizimli yondashuvni talab etadigan jarayondir. Bu
jarayon nafaqat bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, balki shaxsiy rivojlanish, kasbiy o‘zlikni
anglash, motivatsion tizimni mustahkamlash hamda emotsional-psixologik barqarorlikni
rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liq. Shunday ekan, psixolog kasbini egallayotgan
talabalarning kasbiy shakllanishi ularning umumiy shaxs sifatidagi yetuklik darajasini ham
belgilaydi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, kasbiy shakllanish jarayonida psixologiyaga oid nazariy
bilimlarning puxtaligi bilan bir qatorda, amaliy mashg‘ulotlar, treninglar, seminarlar va real
holatlar asosida o‘rganilgan tajribaning roli nihoyatda katta. Aynan amaliy faoliyat orqali
bo‘lajak psixologlar o‘zlarining kasbiy o‘zliklarini chuqur anglay boshlaydilar, kasbiy
identifikatsiya kuchayadi va o‘zlarini mutaxassis sifatida tasavvur qilish qobiliyatlari
rivojlanadi. Shu jihatdan olib qaralganda, kasbiy o‘zlikni shakllantirish – bu shunchaki kasbni
egallash emas, balki ma’naviy jihatdan o‘z ustida ishlash, ichki ehtiyojni anglash va uni ongli
ravishda hayot mazmuniga aylantirishdir.
Psixolog kasbi inson bilan ishlash, uning ichki kechinmalarini tushunish, muammolarini hal
etishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish kabi murakkab va mas’uliyatli faoliyatni talab etadi. Shu sababli
bo‘lajak psixologlarda empatiya, sabr, emotsional barqarorlik, tinglay olish qobiliyati, o‘zini
boshqalar o‘rniga qo‘yib ko‘ra olish kabi muhim psixologik fazilatlar yetarli darajada
shakllanishi kerak. Bu esa nafaqat o‘quv dasturlarini takomillashtirish, balki ta’lim jarayonida
shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni kuchaytirishni, individual ishlash usullarini tatbiq etishni
va kasbiy rivojlanishga xizmat qiluvchi rag‘batlantiruvchi muhit yaratishni taqozo etadi.
Shuningdek, psixologlarni tayyorlashda o‘qituvchilarning kasbiy mahorati, pedagogik
yondashuvi va shaxsiy namunasi ham alohida rol o‘ynaydi. Talabalar aynan o‘z ustozlarining
yondashuvi orqali kasbga bo‘lgan munosabatini shakllantiradi, o‘z shaxsiy “psixologik
modeli”ni quradi. Demak, psixologik ta’lim jarayonida samaradorlikka erishish uchun ta’lim
beruvchi mutaxassislarning shaxsiy va kasbiy yetukligi ham muhim omil hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, bo‘lajak psixologlarni kasbiy shakllantirish jarayonida quyidagi
omillarga alohida e’tibor qaratish lozim:
-Shaxsiy xususiyatlarni rivojlantirish va emotsional intellektni shakllantirish;
-Kasbiy motivatsiyani barqarorlashtirish va ongli kasb tanloviga rag‘batlantirish;
-Amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv metodikalarini keng qo‘llash;
-Individual yondashuv va o‘zini tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
-O‘qituvchi-shogird munosabatlarida ishonch, hurmat va kasbiy ilhomlantirish muhitini
yaratish.
Mazkur omillar uyg‘unlashgan taqdirda, psixologik ta’lim jarayoni samarali kechadi va jamiyat
uchun zarur bo‘lgan, kasbini chin dildan sevuvchi, bilimdon, ijtimoiy mas’uliyatli psixolog
kadrlar yetishib chiqadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Abduqodirova,
D.,
&
Abdurasulov,
J.
(2025).
YOSHLARDA
HARBIY-
VATANPARVARLIK TUYG‘USINI TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK HUSUSIYATLARI.
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические
исследования,
4(1),
50–53.
извлечено
от
158
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON (YOʻITJ)
2.
Abduqodirova Dilobarbonu Erkinjon Qizi TALABALARDA PSIXOLOGIK STRESSNI
YENGISH // YOPA. 2025. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/talabalarda-psixologik-
stressni-yengish (дата обращения: 18.04.2025).
3.
Abduqodirova D., Pardaboyeva M. THE ROLE OF EMOTIONAL CREATIVITY IN
STUDENTS'DECISION-MAKING //INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-
HUMANITARIAN SCIENCES. – 2024. – Т. 1. – №. 7. – С. 27-30.
4.
Абдусаматова, Ш. С. (2021). ЭМОЦИОНАЛЬНЫЙ ДИСТРЕСС, УГРОЗА
СОБСТВЕННОМУ «Я», КАК ОБЯЗАТЕЛЬНЫЙ КОМПОНЕНТ ЖИЗНИ ЧЕЛОВЕКА. Central
Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(4), 239-247.
5.
Абдусаматова, Ш. С., & Султанкулова, Г. Ф. (2022). ЭФФЕКТИВНОСТЬ
ТРЕНИНГА ОБРАЗНОЙ САМОРЕГУЛЯЦИИ. Central Asian Research Journal for
Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(1), 364-368
6.
Абдусаматова, Ш. С. (2021). Психология семейных отношений с основами
семейного консультирования. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies
(CARJIS), 1(3), 225-229.
7.
Abdurasulov Jahongirmirzo Ozodqulov Olimjon Bahodir o'g'li Choriyev Ilhom
Ro'ziboyevich. (2022). SPECIFIC ASPECTS OF PSYCHOLOGICAL TRAINING OF FUTURE
MILITARY PERSONNEL.
https://doi.org/10.5281/zenodo.6803485
8.
Аbdurasulov J. (2024). HARBIY PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN
ALOQASI.
Молодые
ученые
,
2
(6),
48–52.
извлечено
от
academy.uz/index.php/yo/article/view/28164
9.
Аbdurasulov J., & Pardabayeva , M. (2024). MUSOBAQADAN OLDIN SPORTCHILARNI
PSIXOLOGIK TAYYORLASH.
Евразийский журнал социальных наук, философии и
культуры
,
4
(6
Part
2),
73–76.
извлечено
от
academy.uz/index.php/ejsspc/article/view/34717
10.
Турсунов Абдумомин Abdurasulov Jahongirmirzo Ozodqulov Olimjon Bahodir
o'g'li. (2022). THE USE OF PEDAGOGICAL AND INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN PRE-
SERVICE
INITIAL
TRAINING
AND
THEIR
FEATURES.