148
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON (YOʻITJ)
KORPORATIV BOSHQARUV ORGANLARI VA IJRO
ETUVCHI ORGANLAR O’RTASIDAGI O’ZARO TA’SIRI:
SAMARADORLIKNI OSHIRISH YO’LLARI
Ro’zimboyeva Kumushoy Shodlik qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti
Xususiy huquq faklulteti, 3-bosqich talabasi
Rozimboyevakumush34@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15266712
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 16-aprel 2025 yil
Ma’qullandi:20-aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 23-aprel 2025 yil
mazkur maqolada korporativ boshqaruv va ijro
organlarining vazifalari, majburiyatlari va ularning
tasniflanishi alohida tarzda nazariy asoslarga ko’ra
o’rganiladi. Shuningdek, korporatib boshqaruv va ijro
organlari ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan
takliflar beriladi.
KEY WORDS
korporativ
boshqaruv
organlari, ijro organlari, fidutsiar
majburiyatlar,
korporativ
javobgarlik,
umumiy
yig’ilish,
kuzatuv kengashi.
KIRISH
Korporatsiyalarning tashkil etilishi bir muncha bosqichlarni o’z ichiga olganidan so’ng, uning
keyingi mavaffaqiyat odimi bevosita korporatsiyaning boshqaruv tuzilmasi bilan bog’liq.
Korporatsiyada tashkil etilgan boshqaruv organlari va ijro etuvchi organlar o’rtasidagi o’zaro
ta’sir korporatsiya faoliyatining muhim tamoyili hisoblanib, ular korporatsiyani uzoq muddatli
strategik boshqarishda ahamiyatlidir. Har qanday korporativ boshqaruv tamoyillari korporatsiya
uchun muvaffaqiyatli bo’lmasligi mumkin. Buning sababi esa undagi organlar o’rtasidagi o’zaro
ta’sir va vakolatlarning nomuvofiq taqsimlanishi hisoblanadi.
Korporatsiyalarda boshqaruv va ijro organlari sifatida ko’rilayotgan- umumiy yig’ilish,
kuzatuv kengashi va ijro organlari vakolatlarining alohida taqsimlanishi ham uning
boshqaruvida
samaradorlik ko’rsatgichining yaqqol belgilab bermaydi. Chunki
samaradorlikning asosiy sabablari korporativ boshqaruv tuzilmalari va vakolatlar
taqsimlanishi bilan emas, balki ular o’rtasidagi o’zaro aloqa va vertikal yoki gorizantal nazorat
bilan bevosita bog’liqdir.
Korporatsiyalarning produktiv faoliyatida boshqaruv va ijro organlarining ahamiyati yuqori
va asosiy tayanch ekanligini hisobga olgan holda, mazkur loyiha ishi orqali bu haqida batafsil
o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Tadqiqot usullari.
Mazkur loyiha ishining usullari korporativ boshqaruv organlarining umumiy tavsifi, ularni nazariy
asoslarga ko’ra klassifikatsiyalash va korporatsiyalarda boshqaruv samaradorligiga erishish
yuzasidan tahliliy izlanishlarni amalga oshirishdan iborat.
Tadqiqot ishining maqsadi.
149
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON (YOʻITJ)
Korporatsiyalarda boshqaruv organlarining mavjud strukturasini o‘rganish, xalqaro
qonunchilik va amaliyotni tadbiq etgan holda, qonunchilikka yaxlit takliflarni ilgari surishdan
iborat.
Tadqiqot ishining vazifalari:
Loyiha ishining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-
Korporativ boshqaruvda korporativ boshqaruv organlarining umumiy tuzilmasini o’rganish
va tahlil qilish;
-
Xalqaro amaliyotni o’rganish va tahlilni amalga oshrish;
-
Ilmiy nazariyarni ilgari surish;
-
Korporativ boshqaruvda samaradorlikka erishish uchun takliflarni ishlab chiqish.
ASOSIY QISM
Korporatsiyalarda muhim tamoyil sifatida uni ishtirokchilar emas, boshqaruv organlari orqali
boshqarish ko’riladi. Boshqaruv organlarining vakolatli boshqaruv va nazoratni amalga
oshirgan holda korporatsiyada ishtirok etishi korporatsiya yoki umuman yuridik shaxslar
tashkiliy shaklining muhim belgisi hisoblanadi. Korporatsiyalarda organlarning ahamiyatini
tushunishda turli xildagi ilmiy qarashlar mavjud. Shulardan eng keng tarqalganlari sifatida
quyidagilar ko’riladi:
1.
Yuridik shaxsning organi qonun va ustav asosida jamiyat nomidan harakat qiluvchi vakil
hisoblanadi va shuning uchun unga ishonchnoma kerak emas;
2.
Yuridik shaxsning organi mustaqil shaxs sifatida emas, balki faqat yuridik shaxsining
huquq sub’yektliligini amalga oshirilishining maxsus mexanizmi hisoblanadi hamda uning
tuzilmaviy qismi sifatida qaraladi
.
Korporatsiyalarda organlar klassifikatsiyasi.
Shu o’rinda korporatsiyalarda boshqaruv
organlari haqida batafsil o’rganar ekanmiz, organlarni klassifikatsiyalashning nazariy
asoslarini ko’rib chiqamiz. Dastlab, vakolatlarning shakllantirish tartibiga ko’ra
korporatsiyalar quyidagicha turlarga bo’linadi:
- Saylanuvchi
- Tayinlanuvchi
- Boshqa tartibda shakllantiruvchi.
Keyingi nazariy usul- tarkibiga ko’ra turlashdir. Bu usul nisbatan ommaviy hisoblanib,
kollegial va yakkaboshchilik organlariga bo’linadi. Shu o’rinda kollegial organ tushunchasiga
to’xtalib o’tamiz. Kollegial organ- korporatsiya ustavi yoki qonunchilikka muvofiq saylanuvchi
yoki tayinlanuvchi, birgalikda korporatsiya uchun qaror qabul qiluvchi shaxslardan tashkil
topgan guruh hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, kollegial organlar kamida ikki kishidan
tashkil topishi kerak.
Keyingi klassifikatsiyalash funksiyalarning amalga oshirilishiga bog’liq. Ya’ni
korporatsiyada funksiyalarning xususiyati turlicha bo’lib, bu undagi rahbarlik qiluvchi, ijroni
amalga oshiruvchi va nazorat organlarining ishlash xususiyati bilan bog’liq.
Keyingi klassifikatsiyalash korporatsiya irodasining shakllanishi bilan bog’liq. Shunga
ko’ra biz buni ikki xil tasniflashimiz mumkin: irodani shakllantiruvchi va irodani ifoda etuvchi
1
B.Umarov, X.Atajanov.Korporativ huquq.(o‘quv qo‘llanma) Toshkent– 2021.30-bet.
150
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON (YOʻITJ)
organlar. “Irodani shakllantiruvchi organlar yuridik shaxsning tashqi xususiyatini ifoda
etmagan holda irodasini shakllantirishi mumkin. Mazkur organlarga aksiyadorlarning
(ishtirokchilarning) umumiy yig‘ilishi, direktorlar kengashi va kollegial ijroiya organi kiradi.
Irodani ifoda etuvchi organlar yuridik shaxsning xohish-irodasini tashqi ravishda ifoda etib,
asosiy faoliyatini ijro etishga qaratadi. Ular belgilangan doirada ishonchnomasiz harakat
qilishi mumkin. Bu organga jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi taa’luqli
hisoblanadi
. “
Boshqaruv organlari. Umumiy yig’ilish
. Korporatsiyaning bir turi sifatida qaraluvchi
aksionerlik jamiyatlarida boshqaruv organlariga umumiy yig‘ilish, kuzatuv kengashi va ijroiya
organi kiradi. Umumiy yig’ilish korporatsiyadagi oliy boshqaruv organi hisoblanib, jamiyat
uchun muhim masalalar umumiy yig’ilish qaroriga ko’ra amalga oshiriladi. O’zbekiston
Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risida” qonuniga ko’ra umumiy yig’ilish jamiyat ustav fondini oshirish, kamaytirish,
belgilash, aksiyalarni sotish, jamiyatni tashkil etish, qayta tashkil etish, jamiyatdagi kuzatuv
kengash va minoritar aksiyadorlar qo’mitasi sonini belgilash, a’zolarni saylash va a’zolarning
vakolatlarini tugatish, taftish komissiyasi a’zolarini saylash va uning vakolatlarini muddatidan
ilgari tugatish, umumiy yig’ilish reglamentini tasdiqlash va boshqa shu kabi vakolatlarga ega.
Qonunning 59-moddasiga asosa, jamiyatda umumiy yig’ilish vakolatli bo’lgan masalalar ijro
organi tomonidan hal qilinishi mumkin emas. Yoki xuddi shu masalalar kuzatuv kengashi
tomonidan ham hal qilinishi mumkin emas. Bundan mustasno hollarni qonunning o’zi
ko’rsatib o’tgan. Ya’ni jmaiyatda br qancha masalalar garchi umumiy yig’ilish vakolatlariga
kirsa-da, kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bularga qonunning 59-
moddasiga ko’ra quyidagilar misol bo’ladi:
- jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish, shuningdek jamiyat ustaviga
jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish hamda jamiyatning e’lon qilingan
aksiyalari sonini kamaytirish bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;
- ushbu Qonunning 34-moddasiga muvofiq aksiyalarni joylashtirish (tashkil etilgan qimmatli
qog‘ozlar savdolariga chiqarish) narxini belgilash;
- jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan
obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- jamiyatning ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash), rahbarning
vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
- jamiyatning ijroiya organiga to‘lanadigan haq va kompensatsiyalar miqdorlarini belgilash va
boshqalar
.
Kvorum
. Keyingi masala aksiyadorlar umumiy yig’ilishining kvorumga ega bo’lishi
masalasidir. Jamiyat umumiy yig’ilishda ovoz beruvchi aksiyalarning yarmidan ko’piga ega
bo’lgan aksiyadorlari ishtirok etsa, bu bu umumiy yig’ilishga “kvorumga ega bo’lgan”
ma’nosida qaraladi. Kvorumning lug’aviy ma’nosi- “vakolatli” sifatida tarjima qilinadi.
Qonunchilikda belgilangan tartib-qoidaga ko’ra aksionerlik jamiyatlarida “bitta aksiya- bitta
2 2
B.Umarov, X.Atajanov.Korporativ huquq.(o‘quv qo‘llanma) Toshkent– 2021.31-bet.
3
https://lex.uz/docs/-2382409#-2382884
O’zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” qonun.
151
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON (YOʻITJ)
ovoz” tartib tamoyili mavjud. Mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda bu biroz farqlanadi. Ya’ni
Mas’uliyati chelkangan jamiyatlarda ishtirokchilar jamiyat ustav kapitalidagi ulushlariga
mutanosib ravishda ovozlar soniga ega bo’ladi.
Kuzatuv kengashi.
Kuzatuv kengashi jamiyatda umumiy yig’ilishdan keyin turuvchi organ
hisoblanib, jamiyatlarda umumiy boshqaruvni amalga oshiruvchi jamoaviy organ hisoblanadi.
Aksionerlik jamiyatlarida aksiyadorlar soni besh yuzdan ortiq bo’lsa- yetti a’zodan,
aksiyadorlar soni mingdan ortiq bo’lsa- to’qqiztadan iborat kuzatuv kengashi faoliyat yuritishi
kerak. Kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki kuzatuv
kengashi bevosita korporatsiyani rivojlantirish strategiyalarini amalga oshiruvchi ijro
organinining beradigan hisobotini muntazam tinglab boradi va bu borada ustuvor
yo’nalishlarni belgilaydi. Shuningdek, korporatsiyada ichki audit xizmatni tashkil etish va
uning xodimlarini tayinlash va ularning bajarilgan ishlar bo’yicha hisobotlarini eshitish aynan
kuzatuv kengashining vakolati hisoblanadi. Qonunchilikka ko’ra, kuzatuv kengashining
vakolatlari bir muncha kengaytirilgan tarzda ifodalangan bo’lib, korporativ organlar va
ulardagi vakolatlar haqida “Korporativ boshqaruv kodeksidan” ham bilib olishimiz mumkin.
Mazkur kodeksga ko’ra АJ “Kuzatuv kengashi toʼgʼrisidagi nizom” talablariga muvofiq, kuzatuv
kengashi tarkibiga bittadan kam boʼlmagan (ammo ustavda koʼzda tutilgan kuzatuv kengashi
aʼzolari sonining 15 foizidan kam boʼlmagan) mustaqil aʼzo kiritadi
.
Korporativ huquq moduli professori B. Umarov fikriga ko’ra kuzatuv kengashining mavqei
turli huquqiy tizimlarda turlicha hisoblanadi. Masalan, AQSH (Amerika Qo’shma Shtatlarida)
umumiy yig’ilishga oliy boshqaruv organi sifatida qaralmaydi, balki uning o’rniga kuzatuv
kengashi oliy organ sifatida faoliyat yuritadi. Yevropa mamlakatlarida esa kuzatuv kengashi
butunlay o’zgacha bo’lib, uning tarkibiga mulkdorlar va korporativ munosabatlarning boshqa
ishtirokchilari, jumladan, ishchilar manfaatini himoya qilishning nazorat finksiyasi ham kiradi.
Germaniyada ham shunga o’xshash tizim mavjud bo’lib, kuzatuv kengashi o’z ichiga kasaba
uyushmalarini ham qamrab oladi.
Ijroiya organi.
Korporatsiyalarda, xususan, Aksionerlik jamiyatlarida Ijroiya organi
korporatsiyaning kundalik faoliyatiga oid ishlar yuzasidan rahbarlikni amalga oshiruvchi
organ hisoblanadi. Jamiyatlarda ijro- ijro organlarining funksiyasini bajarauvchi direktor,
bosh direktor yoki ishonchli boshqaruvga asosan boshqaruvchi, yoki jamiyat tomonidan
boshqaruv asosida amalga oshiriladi. Bu fikr orqali shuni tushunishimiz mumkinki, ijro ikki xil
turda amalga oshirilishi mumkin.
1.
Yakkaboshchilik asosida boshqarish
2.
Kollegial organ tomonidan boshqarish.
Agar jamiyat yakkaboshchilik asosida boshqarilsa, ijroni amalga oshiruvchi direktor jismoniy
shaxs sifatida faoliyat yuritadi va uning jamiyatga aralashuviga mehnat munosabati sifatida
qaraladi. Mazkur organni tayinlash, lavozimidan ilgari tugatish tartib-qoidalari jamiyatning
umumiy yig’ilishi vakolatiga kiradi. Jmiyatda direktor ishonchnomasiz harakat qilishi mumkin
va uning vakolatlari qonunda aniq, chegaralanib belgilanmagan. Chunki direktor, jamiyat
umumiy yig’ilishi va kuzatuv kengashi vakolatiga kirmaydigan masalalarni hal qilishi mumkin.
Agar jamiyat kollegial ijro organi tomonidan boshqarilsa, jamiyatlarda Boshqaruv kengashi
tashkil etiladi.
Kollegial organni tuzish bu korporatsiyaning o’z ixtiyori asosida amalga
oshiriladi. Mazkur organ vakolatlari, a’zolar soni, kollegial organ majlislarini chaqirish va
qaror qabul qilish va boshqa masalalar jamiyat ustavida yoki boshqa lokal hujjatlar bilan
belgilanadi. Shu o’rinda jamiyatning ijro organi haqida so’z yuritganda fidutsiar
4
Korporativ boshqaruv kodeksi.
https://uzvagontamir.uz/wp-content/uploads/2022/03/Korporativ-boshqaruv-kodeksi.pdf
152
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON (YOʻITJ)
majburiyatlarga to’xtalib o’tish ham maqsadga muvofiqdir. Chunki korporatsiyalarda
umuman yuridik shaxslarda boshqaruv va ijro organlari o’zaro fidutsiar majburiyatlar
yuzasidan ya’ni halol, sodiq va oqilona tarzda ish olib borishi kerak. Fidutsiar majburiyat
fidutsiarning benefitsiarning nomidan uning manfaatlarida sodiqlik (duty of loyalty) va
g‘amxo‘rlik (duty of care) bilan harakat qilish majburiyatini ifodalaydi. Bu yerda sodiqlik
majburiyati bu majburiyatni yuklagan shaxsning manfaatlarini o‘zining manfaatlaridan ustun
qo‘yishni, g‘amxo‘rlik esa faqat benefitsiarning foydasini ko‘zlab harakat qilishni ifodalaydi
.
A.Ibrohimovning ta’kidlashicha, ingliz-amerika korporativ huquqida korporatsiya
direktorining fidutsiar majburiyatlari, umumiy tarzda: lozim darajadagi g'amxorlik (duty of
due care), sodiqlik (duty of loyalty) hamda halollik (duty of good faith) majburiyatlaridan
iborat ekanligi ko'rsatiladi
Yuqorida aytganimzidek, direktor jamiyatda ishonchnomasiz harakat qiladi. Ya’ni u qonunda
yoki ustavda ko’rsatilgan masalalar yuzasidan korporatsiya nomidan ish qiladi. Korporatsiya
nomidan turli bitimlar tuzish, filiallar yoki vakolatxonalarni tayinlash ham uning zimmasida
hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, kompaniya direktori o’z-o’zidan fidutsiar majburiyatlarni
amalga oshiradi. Ya’ni u kompaniyada “ishonchli shaxs” sifatida ishonchli boshqaruvni
ko’zlaydi. Uning javobgarligi ham ana shu institut mohiyatidan kelib chiqadi. Ya’ni direktor
har qanday holatda korporatsiya manfaatlarini o’zining mnafaatidan ustun qo’yishi kerak,
chunki bu uning g'amxorlik- duty of due care, sodiqlik- duty of loyalty hamda halollik- duty of
good faith majburiyatlaridan kelib chiqadi.
Shu o’rinda korporatsiyada direktorning muhim vazifasi sifatida manfaatlar to’qnashuvini
oldini olish ham hisoblanadi. Bu xalqaro normalarda qat’iy belgilangan bo’lib, Andreas Cahn
and David C. Donald o’zlarining “Corporative compare law” darsligida quyidagilar manfaatlar
to’qnashuvini keltirib chiqaruvchi holatlar ekanligini keltirib o’tishgan:
direktor korporatsiyada o’zga shaxslar yoki yagona ishtirokchi manfaatida harakat
qilmasligi kerak.
direktor korporatsiya foydasiga qarshi bo‘lgan, ularga zid bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma
mavjud yoki potensial, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita manfaatlardan qochishi shart;
Agar direktor tuzayotgan bitim kompaniyada manfaatlar to’qnashuviga yo’l qo’ysa u
jamiyatning boshqa ishtirokchilarini ogohlantirishi kerak bo’ladi.
direktor aksiyador ruxsatisiz jamiyatga tegishli aktivlarni sotib olishi yoki sotmasligi
kerak
.
Demak, direktor yuqorida manfaatlar to’qnashuviga olib keluvchi holatlarga yo’l qo’ysa,
javobgar bo’ladi.
Xalqaro tajriba.
Germaniyada korporativ boshqaruv ikki organdan tashkil topgan.
Kuzatuv kengashi- aufsichtsrat, ijro organi esa- Vorstand. Ijro organi direktor yoki direktorlar
kengashi tomonidan olib boriladi. Germaniyada ijro organini amalga oshiruvchi direktor
5
Imomniyozov Doniyorbek Baxtiyor o`g`li. Korporatsiya ijro organlarining fidutsiar majburiyatlari qiyosiy-huquqiy
tahlili. Maqola.
6
5 Иброҳимов Азимжон Абдумўмин Ўғли КОРПОРАЦИЯНИ БОШҚАРИШДА ФИДУЦИАР МАЖБУРИЯТЛАР ВА
УЛАРНИ ЎЗБЕКИСТОНДА ҚЎЛЛАШ ИМКОНИЯТЛАРИ // ORIENSS. 2021. №10. URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/korporatsiyani-bosh-arishda-fidutsiar-mazhburiyatlar-va-ularni-zbekistonda-
llashimkoniyatlari (дата обращения: 07.12.2021)
7
Corporative compare law. Andreas Cahn and David C. Donald 2010.
153
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON (YOʻITJ)
barcha ichki ma’lumotlarni sir saqlashi majburdir va ular o’zlarini kuzatuv kengashi bilan
birga “to’g’ri va ehtiyotkor meneger” sifatida ko’rishadi. Bu orqagi Germaniya korporativ
huquqida fidutsiar majburiyatlar namoyon bo’ladi. Germaniya qonu chiligida fidutsiar
majburiyatlar aniq ifoda etilmagan. Ya’ni qanday harakatlar bevosita fidutsiar majburiyatlar
sifatida qaralishi yaqqol namyon etilmagan. Shu o’rinda O’zbekiston qonunchiligi haqida ham
so’z yuritadigan bo’lsak, qonunchilikda fidudsiar boshqaruvga alohida to’xtalib o’tilmagan.
Fuqarolik kodeksining 45-moddasi oxirgi qismida yuridik shaxs manfaatida harakat qiluvchi
shaxs oqilona hamda oqil ish olib borishi kerakligi aytib o’tilgan. Ammo bu fidutsiar
majburiyatlar chegarasini aniq belgilab bermaydi. Shuningdek, “Aksiyadorlik jamiyatlari va
aksiyadorlar huquqlarini himoya qilsih to’g’risidagi” qonun va “Mas’uliyati cheklangan
jamiyatlar” yoki shu kabi boshqa qonunlarda korporatsiyadagi fidutsiar majburiyatlar yaqqol
belgilanmagan. Buni biz mazkur normalar bilan belgilangan javobgarlik to’g’risidagi
qonunlardan bilib olishimiz mumkin. Ammo korporatsiya manfaatlarini ko’zlagan holda bu
institutni to’laligicha qonunchilikka tadbiq etish maqsadga muvofiqdir.
Loyiha ishi yuzasidan takliflar.
Korporatsiya qanchalik moliyaviy qudratga ega
bo’lmasin, uning keyingi taraqqiyoti bevosita undagi boshqaruv va ijroiya organlarining
faoliyat olib borish samaradorligiga bog’liq. Birgina direktorning yo’l qo’ygan harakati tufayli
kompaniya manfaatlar to’qnashuviga yo’l qo’ysa yoki shunga o’xshash harakatlar sodir etilsa,
bu korporatsiya keyingi ahvoliga ta’sir o’tkazishi mumkin. Shu sababli milliy qonunchilikka
kiritilishi lozim bo’lgan ushbu takliflarni keltiramiz:
Birinchidan
, kompaniyada boshqaruv va ijroiya organlarining fidutsiar majburiyatlari aynan
nimalarda namoyon bo‘lishini aniqlash va uni qat’iy belgilash.
Ikkinchidan
, qanday harakatlar yoki (harakatsizlik) kompaniyaning manfaatlariga zid
ravishda ekanligini aniq belgilab qo‘yish.
Uchinchidan
, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishning aniq va yaqqol mexanizmini
yaratish
.
Shuningdek, bugungi kunda amaliyotda ko’plab korporatsiyalarda qo’llanilayotgan
“Korporativ boshqaruv kodeksi”ni qonunchilikda barcha korporatsiyalar uchun majburiy
ekanligini tasdiqlash zarur. Chunki mazkur kodeksda belgilangan ba’zi qoidalar
korporatsiyalar tomonidan majburiy xarakter kasb etib bormqoda. Buni normativ hujjat bilan
tasdiqlash esa yaxshi samara berishi mumkin. Chunki buni qonunchilikda yaqqol aks ettirish-
korporatsiyalar uchun javobgarlik chegarasini vujudga keltiradi. Bu esa ko’plab nizolarning
oldini olishga va mazkur kodeksning turli xilda ( har bir taraf o’z manfaatlari yo’lida)
qo’llanilishini bartaraf etadi. Shu kabi choralar orqali O’zbekistonda korporativ samradorlikka
erishish mumkin bo’ladi.
Hamda so’nggi mulohaza sifatida O’zbekistonda korporativ boshqaruv modeliga
to’xtalib o’tishlik lozim. Ya’ni qonunchilikda belgilanganidek O’zbekistonda korporativ
boshqaruv Germaniya (nemis) modeliga asoslangan. Garchi bu model o’z ichida murakkab va
mukammal qoidalarni jamlasa-da, mahalliy sharoitda korporatsiyalar rivoji sust kechmoqda.
Ko’p hollarda jamiyatning ishonch bildirilgan organlari nomidan ish ko’ruvchi shaxslar o’z
manfaatlari yo’lida harakat qilmoqda. Va bu kabi ko’plab holatlar kompaniyani to’lovga
qobiliyatsizlik yoqasiga keltirib qo’ymoqda. Shu sababli kompaniyalarda korporativ
madaniyatni rivojlantirish muhim sanaladi. Shuningdek, mamalakat korporativ huquq tizimi
8
Imomniyozov Doniyorbek Baxtiyor o`g`li. Korporatsiya ijro organlarining fidutsiar majburiyatlari qiyosiy-huquqiy
tahlili. Maqola.
154
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON (YOʻITJ)
faqat nemis modeliga tayanib qolmasdan, boshqa modellarning samarali xususiyatlarini
o’zlashtirmoq zarur.
Xulosa
Xulosa qiladigan bo’lsak, korporatsiyalarda samarali boshqaruvni ta’minlash, albatta, ana shu
korporatsiyaning faoliyatini tashkil etuvchi organlar- Umumiy yig’ilish, Kuzatuv kengashi va
Ijroiya organlarining o’zaro muvofiqlik asosida ish olib borishiga bog’liq. Shu sababdan ham,
avvalo, korporatsiya muvaffaqiyatini ko’zlagan har qanday shaxs undagi strategik rejalarga
alohida e’tibor qaratishi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA INTERNET MANBALARI:
1. B.Umarov, X.Atajanov.Korporativ huquq.(o‘quv qo‘llanma) Toshkent– 2021.
2. Corporative
compare
law.
Andreas
Cahn
and
David
C.
Donald
2010.
www.cambridge.org/9780521768733
3. Imomniyozov Doniyorbek Baxtiyor o`g`li. Korporatsiya ijro organlarining fidutsiar
majburiyatlari qiyosiy-huquqiy tahlili. .
https://cyberleninka.ru/article/n/korporatsiya-ijro-
organlarining-fidutsiar-majburiyatlari-qiyosiy-huquqiy-tahlili
4.