10
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING OTA-
ONALARI BILAN ISHLASHISH SHAKLLARI
Usenbaeva Gozzal
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogik instituti Boshlang'ich
ta'lim fakulteti 3v-guruh talabasi
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15341626
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:26-aprel 2025 yil
Ma’qullandi:30-aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 5-may 2025 yil
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf rahbarining ota-
onalari bilan birgalikda ishlashish, muommolar va
ularning yechimlari haqida aytib o‘tiladi.
KEY WORDS
O‘qituvchi, o‘quvchi, boshlang‘ich
sinf,
ota-onalar,
muommalar,
ishlashish, maktab.
Maktab- bu ulug' maskan. Bu yerga kelib harbir inson o‘ziga kerakli bo‘lgan bilimlarni olib
ketadi. O‘qituvchi oldiga katta ma'suliyat qo‘yilgan. Hali o‘qish yozishni bilmaydigan, endigina
yetti yoshga qadam qo‘ygan bolalar oiladan maktab ostonasiga qadam qo‘yadilar. Ilk saboqni
boshlang‘ich sinfda egallaydilar. Shaxsning shakllanishiga boshlang‘ich sinfda asos solinishini
yaxshi bilamiz, shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ishi yuqori sinfdagidan
tubdan farq qiladi. Tarbiya- uzluksiz ijod qilish jarayonidir. U tarbiyachi oldiga yangidan –
yangi vazifalar qo‘yadi. Ular kelajakdagi biznesmen, shifokor, politsiyachi va boshqa kasb
egalarini tarbiyalaydi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi maktabga kelgan oq qog‘ozdek
tiniq bolalarni o‘qitadi, ularga bilim, tarbiya beradi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ularga
o‘qishni, yozishni maktab qoidalarini birma-bir o‘rgatadi. Bu bilimlarni o‘qituvchi 1-sinfdan
boshlab o‘rgatmasa u o‘quvchi kelajakda bilimsiz bo‘lib qolishi mumkin. O‘quvchilarga bilim
tarbiya berishda nafaqat o‘qituvchi balkim ota-onalarning ham o‘rni katta. Ota-onalar
bolalariga uyda tarbiya bersa o‘qituvchi maktabda ularga bilim va tarbiya beradi. Asosan
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ya'ni sinf rahbari boshlang‘ich sinflarda ota-onalar bilan ko'proq
ishlashadi. Chunki boshlang‘ich sinf o‘quvchilari juda kichkina va ularga dastlabki bilimlarni
berish juda muhim. Bu borada ota-onalarning bolalarga yordami zarur. Ota-onalar kichik
yoshdagi bolalarga ko‘proq vaqt ajratishi kerak. Ular ota-onasining, o‘qituvchisining
yordamisiz dars qilishi qiyin bo‘ladi. Hozirgi paytta ota-onalar ish bilan band bo‘lib
bolalarining dars qilishiga vaqt ajrata olmay qoladi. Bu esa bolalarning bilimsiz bo‘lib
qolishiga olib keladi. Ko‘pchilik ota-onalar telefonga bog‘lanib qolganligi sababli bolalariga
vaqt ajratmaydi va bolalarga ham telefon ushlatib qo‘yadi. Natijada bolalarning o‘qishga
qiziqishi yo‘qolib qoladi va ular telefonga o‘rganib qoladi. Shuning uchun bolalarga bilim
berishda ota-onalarning ham ko‘magi kerak. Shaxsning xususiyatlarini individual o‘rganish
lozim. O‘quvchining ota-onalari bilan tanishish, ular bilan aloqa o‘rnatish o‘qituvchining
ishidagi muhim yo‘nalishdir. Sharoiti og‘ir, yoki oilasi notinch oila farzandlari bilan yakka
tartibda suhbatlar o‘tkazish, ba’zan mahalla raislari bilan kengashish, oilaga kerak bo‘lsa
yordam uyushtirish ham yaxshi natijalarga olib keladi. Oila notinch bo‘lsa o‘quvchining
o‘qishida ham unum bo‘lmaydi. Buni albatta o‘qituvchi seza olishi kerak. O‘quvchining
ko‘ngliga yo‘l topa bilishi lozim. A’lochi o‘quvchilarni rag’batlantirish, ota – onalariga
tashakkurnomalar yuborish, ertalabki yig‘inlarda o‘rnak qilib ko‘rsatish ham albatta yaxshi
natijalarga olib keladi. Bugungi
kunda jamiyatda o‘z o‘rnini topgan, yaxshi hayot
11
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)
kechirayotgan kishilarni mahallasidan o‘rnak qilib ko‘rsatish, ularning ortidan ergashishga
da’vat qilish, buning uchun astoydil bilim olish kerakligini o‘quvchilar ongiga singdira olish
ularni hayotga tayyorlashda juda muhim o‘rin tutadi. Ota-onalar bilan har xil muommalar
bo‘lishi mumkin. Bazi ota-onalar farzandlarining qilgan tartibsiz ishlarini ko‘rmaydi va
o‘qituvchi unga nimaga tartibsizlik qilding deb urishsa darrrov yetib keladi. Bunda
o‘qituvchini aybdor qiladi. Oldinlari ota-onalar farzandlarini o‘qituvchilarga "eti sizniki-
suyagi bizniki" deb topshirib qo‘ygan va o‘qituvchi urishsa bunga aralashmagan. Albatta
o‘qituvchi besabab urishmaydi, o‘quvchilari o‘qisin deb urishib qo‘yadi xalos. Hozirgi ota-
onalar farzandlari ozgina yig‘lasa yetib kelib o‘qituvchi bilan urishadi. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining ota-onalari bilan da shunday muommalar uchrab turadi. Bunda o‘qituvchi
hamma muommalarni yotig‘i bilan tushintirish ishlarini olib borishi kerak. 1,2- sinf
o‘quvchilarining ota-onalari bolalarini 1-partada o‘tirgizing deb ko‘b o‘qituvchining oldiga
keladi. Albatta hamma o‘quvchini birdaniga oldingi qatorga o‘tirg‘izib bo‘lmaydi. Bu borada
o‘qituvchi har gal navbatma-navbat o‘quvchilarni o‘tirgizish kerak bo‘ladi. Keyin o‘qituvchi
o‘quvchilarning ota-onalarining mansabiga qarab ular bilan muloqat qilmasligi kerak. Ota-
onalar bilan ishlashda ko‘broq o‘qituvchi foal bo'lishi kerak. O‘qishga yaxshi ulgira
olmayatgan o‘quvchilarining ota-onalari bilan muntazam ravishda gaplashib turishi kerak.
Chunki ular yordamida o‘qituvchi bolaning yaxshi o‘qishiga erishishi mumkin. Har ikki
haftadan bir yoki bir oyda bir marta ota-onalar majlisi o‘tilishi lozim. 1,2-sinflarda ota-onalar
bilan majlislarni ko‘broq o'tib turishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
Oila bilan maktablarning hamkorlik qilishdagi muammolarning kelib chiqish sabablari:
1. Ota-onalarning pedagogik va psixologik savodsizligi. Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha
ko‘p yillik kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, shunday ota-onalar borki, ular:
farzandlarining qanday ta'lim olayotganligi va qanday tarbiyalanayotganligiga shunchalik
qiziqadiki, pedagog-o‘qituvchilar bilan yonma-yon boladagi kamchiliklar ustida ish olib
boradilar. Bolasining xatti-harakatlarini nazorat qilib, ularning qiziqishlari, motivlari va
talablarini inobatga oladilar.
2. Tarbiyadagi rigidli stereotiplar. Bunda har bir oilaning farzand tarbiyasi bo‘yicha ota-
bobolaridan o‘rgangan qotib qolgan fikrlari mavjud. Bunday fikrlarga o‘zgartirishlar kiritishda
qo‘yidagilar inobatga olinishi lozim:
- axborotlar oqimi, tezkor zamon va globalizatsiyalash jarayonida bola tarbiyasi haqidagi
tushunchalarning yangi mazmun kashf etishi, ota-onalar farzandlarining boquvchisi,
bolalarning barcha istak va xohishlarini muhayyo qiluvchi shaxslar sifatida gavdalanmasligi;
- bola tarbiyasida mehnatning o‘rni benihoya katta ekanligi haqidagi asrlar davomida
isbotini topib kelayotgan aksiomaga bugungi kunda etarlicha e'tiborning qaratilmayotganligi,
ya'ni ota-onalarning "men ko‘rgan qiyinchiliklarni farzandim ko‘rmasin" qabilidagi fikrlarning
stereotipga aylanib qolishlari;
- har bir oilaning bola tarbiyasi borasida o‘z tajribalari, qadriyatlari, qarashlari va stillarga
ega ekanligi va har bir oilaga «kirib borishda» pedagog-o‘qituvchilar, ayniqsa sinf rahbarlari
uchun metodik, pedagogik, psixologik manbalarning etishmasligi singari muammolar ushbu
muammoning dolzarbligini yana bir marta e'tirof etadi.
3. Ota-onalar, shuningdek har bir oilaning o‘ziga xos jihatlarining mavjudligi. Ya'ni
pedagoglardan har bir oilaga, har bir ota-onaga individual yondashuvini tashkil etish lozim.
4. Bola tarbiyasi masalasida amaliyotda bir yoqlama faoliyatning ustunlik qilishi, ya'ni
bolani har tomonlama rivojlantirishda asosan maktab ota-onalarga turtki bo‘lishi amaliyotda
kuzatiladigan holat hisoblanadi.
12
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)
R.V. Ovcharova, N.G. Kormushina, N.I. Mizina, M.O. Ermixina singari qator olimlar ota-
onalar kompetentligining tuzilmasi quyidagi qismlardan iborat ekanligini ilmiy asoslagan.
Bular:
1. Kognitiv qism, ya'ni bolani bilish, uning yoshi va individual xususiyatlarini anglash, o‘zini
ota-ona sifatida his etish, ota-onalik varifalari hisoblanadi.
2. Emotsional qism. Bunda insonning hissiyotlari va hayajonlari nazarda tutiladi.
3. Xulq-atvor. Bunda ota-onalar bilan bolalarning o‘zaro munosabatlari tushunilib, ushbu
munosabatlarning maqsadli jihatlari haqida ota-onalarning tushuncha va tasavvurlarga ega
bo‘lishi nazarda tutiladi.
Psixolog va pedagog olimlardan EV. Andrienko, A.G. Aunolos, N.S. Kovalenko, I.V. Nazarova,
V.A. Slasteninlar ota-onalarning kompetentligini rivojlantirish shart-sharoitlarini quyidagi
tavsiya etishadi:
-insonlarning fasilitatsion yo‘nalganligi; oila va ijtimoiy hayotdagi muhit;
-ota-onalarning faoiliyatga yo‘naltirilgan pozitsiyalarini ta'minlash;
-ta'lim oluvchilar har qanday harakati va faoliyati uchun o‘zi javobgarlikni his etishga
qaratilgan ma'rifiy foliate shakllarini ta'lim-tarbiya jarayonlariga olib kirish,
-ota-ona bilan farzandlari ijobiy psixologik muloqoti;
-bilish, o‘z-o‘zini bilishi, o‘z-o‘zini rivojlantirish subyektida ota-onalar shaxsini
rivojlantirishga xizmat qiladigan ta'limni tashkil etish,
-ota-onalarni psixologik va pedagogik qo‘llab-quvvatlash.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak ota-onalar bilan ishlashdagi muommalarni yechib borish bu
o‘qituvchining vazifasi hisoblanadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga qanday qilib dars o‘tishni
o‘rgatar ekan, u o‘quvchilarning ota-onalari bilan ishlashni o‘rganib borishi kerak. O‘quvchini
o‘qishga o‘rgatib borishda ota-ona ko‘magi juda muhim. Tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan
ishlashda o‘quvchi ota-ona bilan ishlashi zarur. O‘qituvchi faqat o‘quvchining psixologiyasini
o‘rganib qolmastan, ota-onalarning ham psixologiyasini bilishi kerak. Ota-onalar bilan
ishlaganda muloyim bo‘lib gaplashish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Kurbaniyazova.Z.K Boshlang'ich sinflarda ota-onalar bilan ishlash metodikasi. (Matn)/.
Toshkent, «Tafakkur avlodi» 2020. y., 92 bet.
2. https://jdpu.uz/oquvchilarga-talim-tarbiya-berishda-oquvchilarning-ota-onalari-bilan-
oqituvchilar-ortasidagi-hamkorlikning-ahamiyati/
3. Nishonov U., Tursunov I. «Pedagogika kursi» Toshkent 1997 yil.