4
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)
ZOKIRJON XOLMUHAMMAD OG‘LI FURQAT TARIXDA
O‘ZIGA XOS O‘RIN QOLDIRGAN INSON
Boirova Nargiza Shuhrat qizi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Iqtisodiyot yo'nalishi 3-bosqich talabasi
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15341586
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:26-aprel 2025 yil
Ma’qullandi:30-aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 5-may 2025 yil
Ushbu maqolada Zokirjon Xolmuhammad og‘li
Furqat haqida so‘z boradi. Shuningdek, uning hayot
yo‘li, undagi qiyinchiliklar, ijodga kirib kelishi, ijodiy
faoliyati, sayohatlari va undagi taassurotlari,
yaratgan asarlari hamda tarjimalari, boy ijodiy merosi
haqida ham aytib o‘tiladi.
KEY WORDS
Qo‘qon, "Sarguzashtnoma",
Xo‘jand, rus madaniyati, Yorlent,
davrlar, lirik she’rlar.
Furqat o‘zbek demokratik adabiyotining mashxur namoyandalaridan biri bo‘lib, u uzbek
demokratik adabiyotida ma’rifatparvarlik yo‘nalishining eng jo‘shqin kuychisi sifatida ijod
etdi. Furqatinig adabiyot va madaniyatimiz tarixidagi o‘rni va qimmati xam shu bilan
belgilanadi. Furqat O‘rta Osiyoning Rossiyaga qo‘shib olinishi natijasida tug‘ilgan yangi
ijtimoiy ongning progressiv xarakterini adabiyotda tartib qilgan ijodkorlardan biridir. O‘rta
Osiyodagi ijtimoiy-falsafiy ong tarixining muhim taraqqiyot bosqichi sifatida maydonga
kelgan bu progressiv madaniy-adabiy oqim qoloqlikka, nodonlikka, o‘rta asr jaxolatining har
qanday ko‘rinishlariga qarshi kurash ochdi, zamonaviy ilm-ma’rifatni, madaniyatni,
taraqqiyotni tartib etdi. Furqat o‘z bilimi va butun qobiliyatini xalq xizmatiga bag‘ishlab,
maorif, erkinlik va baxt kuyini kuylagan ma’rifatparvar demokrat shoirdir.
Zokirjon Furqat 1858-yilda Qo‘qon shahrida hunarmand oilasida tug‘ildi. Uning otasi
Xolmuxammad, shirning o‘z ta’biri bilan aytganda, "juz’yot ilmiga iqtidori bo‘lgan", san’at-
adabiyot bilan qiziquvchi, zamonasining peshqadam kishilaridan edi. Zokirjon Furqat
boshlang‘ich ma’lumotini o‘sha zamonning eski usuldagi maktablaridan birida oldi. U o‘zining
maktabda o‘qishi va usha davrdagi hayoti to‘g‘risida so‘ngroq, 1891-yilda yozgan
"Sarguzashtnoma" asarida batafsil so‘zlaydi. Zokirjon Furqatda adabiyotga havas juda erta
uyg‘ondi. U sakkiz-to‘qqiz yoshlarida, maktabda o‘qib yurgan kezlarida Sharq klassiklarining
asarlarini zo‘r maroq bilan o‘qir edi. U, ayniqsa, ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher
Navoiyga zo‘r muhabbat qo‘ygan edi. Zokirjon Furqatda badiiy zavqning bunday erta
uyg‘onishida, shubxasiz, adabiyot havaskori ("juzixon") bo‘lgan otasi ham katta rol o‘ynagan.
1870-yilda Zokirjon Furqat maktabni muvaffaqiyat bilan tugatgach, Qo‘qon madrasalaridan
biriga o‘qishga kirdi. Zehnli va iste’dodli Zokirjon Furqat madrasada o‘qitiladigan bilimlarni
tezlik va osonlik bilan o‘zlashtirib bordi, arab grammatikasiga, mantiq (logika) va falsafaga oid
kitoblarni yaxshi o‘rgandi. Uning Sharq klassik adabiyotiga bo‘lgan qiziqishi borgan sari ortib
borib, xususiy mutolaaga qattiq berildi. Zokirjon Furqat shu madrasada o‘ib yurgan
vaqtlaridayoq Xofiz, Bedil, Jomiy, Fuzuliy va Navoiy ijodlari bilan chuqur tanishgan va Sharq
poeziyasining boy ijodiy tajribasidan yaxshi xabardor edi. Biroq Zokirjon Furqatning
madrasadagi o‘qishi uzoq davom etmadi. 1875-yilda Qo‘qon xonligida avj olib ketgan o‘zaro
urushlar tufayli madrasa yopildi. Furqat ham o‘qishni to‘xtatib, turmush ishlari bilan
shug‘ullanishga majbur bo‘ldi. "Lekin ilm-maorifga, ayniqsa, san’at-adabiyotga havasi kuchli
5
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)
bo‘lgan Zokirjon Furqat xususiy mutolaa yo‘li bilan o‘z ma’lumotini tinmay chuqurlashtirib
bordi.
Zokirjon Furqat bir necha yil Qo‘qonda otasi yonida tirikchilik ishlari bilan mashg‘ul
bo‘lgandan so‘ng, 1878-yilda yangi Marg‘ilonga to‘rasi yoniga bordi va u yerda bir necha yil
savdo ishlari bilan band bo‘ldi. Zokirjon Furqat hayotida yangi Marg‘ilon, shahri sezilarli iz
qoldirdi. Chunki yangi Marg‘ilon ruslarning Fargona vodiysiga kelganlaridan keyin bino
qilingan yangi tipdagi shaxar bo‘lib, bu shahar, bu yerdagi rus madaniyati ko‘rinishlari,
hayotiy yangiliklar shoir diqqatini jalb etdi. Furqatning "Sarguzashtnoma"da bergan
ma’lumotiga ko‘ra u ko‘pgina hayotiy xodisalar bilan, jumladan, "Turkiston viloyatining
gazeti" bilan shu yerda tanishgan edi. Furqatning yangi Marg‘ilondagi hayoti uchun ikkinchi
xarakterli xususiyat shuki, u xalq o‘rtasida bilim tarqatgan (manbalarda Furqatning o‘qituvchi
sifatida shogirdlar saqlagani va dars bergani xabar qilinadi) va odamlar dardiga malham
bo‘lgan (Furqat turli shikoyatlar bilan kelgan kishilarga ariza yozib bergan va yo‘l-yo‘riqlar
ko‘rsatgan). Furqat yangi Marg‘ilonda adabiy-ijodiy ishini ham davom ettirgan. Manbalarda
Furqatning shu vaqtlarda tog‘asiniig qistovi va bevosita ishtiroki bilan yangi Marg‘ilonda
uylanganligi xabar qilinsa xam, lekin yosh shoirning rafiqasi kim bo‘lganligi ko‘rsatilmaydi.
Furqat 80-yillarning boshlarida Qo‘qonga qaytadi va butunlay ijodiy ish bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Furqatning Qo‘qonda Muqimiy atrofida tashkil topgan adabiy xarakatga qo‘shilishi va unda
aktiv ishtirok etishi shu vaqtlarga to‘g‘ri keladi. Furqatning o‘z "Sarguzashtnoma"sida bergan
ma’lumotiga ko‘ra, bu paytda shoir yigirma to‘rt yoshlarda bo‘lgan.
Furqat bu davrda kichik xajmdagi lirik she’rlar yozish bilan birga, badiiy tarjima bilan ham
shug‘ullanib, mashxur "Chor darvesh" qissasini forschadan o‘zbekchaga tarjima qildi; Sharq
adabiyotida keng tarqalgan mashxur syujetlardan ijodiy foydalanib ular asosida "Xammomi
xayol", "Nux manzar" asarlarini yaratdi. Lekin Furqatning bu asarlari xozirgacha topilmagan.
Furqat, taxminan, 80- yillarning o‘rtalarida o‘zining lirik she’rlarini yig‘ib, to‘plam tuzgan. Bu
haqda u o‘z "Sarguzashtnoma"sida "G‘azal va muxammaslarim avroqini daftar sherozasiga
bog‘lab jam qildim", - deb xabar qiladi. Furqat adabiy merosida uchraydigan "Bayoz" radifli
she’r ham (Muqimiy xujrasi - muzeyida saqlanmoqda) mazkur to‘plamning tuzilganidan
dalolat beradi:
Topdi oroyish tazallardanki, xar bir misrai,
Komati barjastai bir shuxi siyminbar bayoz.
Xar qachonkim, ochdi tab’im boridin bir toza gul,
Bog‘ladim guldasta, Furqat, ayladim daftar bayoz.
Furqat hayotida Qo‘qonda tashkil topgan Muqimiy boshchiligidagi adabiy guruh katta rol
o‘ynadi. Shoirning 80-yillarning boshlaridan 1889-yillargacha bo‘lgan Qo‘qondagi hayoti shoir
dunyoqarashini shakllantirdi, ijodini kamol toptirdi. Furqatning Muqimiy, Zavqiy, Nisbat,
Muxayyir kabi ilg‘or fikrli shoirlar bilan shaxsiy aloqada bo‘lishi va ular bilan ijodiy hamkorlik
qilishi faqat Furqatning shaxsiy xayotidagina emas, balki demokratik adabiyotning tug‘ilishi
va shakllanishida ham katta axamiyatga ega bo‘ldi.
Manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, 80-yillarning oxirlarida Furqat Marg‘ilonga borgan, u
yerda bir necha vaqt yashab, adabiy-ijodiy ishlar bilan shug‘ullangan, olimlar bilan tanishib,
o‘z ma’lumotini chuqurlashtirgan. 1889-yilda Furqat sayohat qilish maqsadida Marg‘ilondan
chiqib Qo‘qon orqali Xo‘jand (hozirgi Leninobod)ga keladi. Furqat ijodiy merosidagi mazmun
jihatdan g‘oyat xarakterli bo‘lgan "Tuf" radifli satirik she’r shu davrda yaratilgan bo‘lishi
mumkin. Shoir bilan hukmron doiralar o‘rtasidagi kelishmovchilikdan darak beruvchi bu she’r
shoirning o‘z vatani Qo‘qon shahrini tark etib, umrining oxirigacha u yerga qaytib
6
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)
kelmasligining sabablarini ma’lum darajada izoxlab beradi. Furqat Xo‘jandda bir necha vaqt
yashagandan so‘ng yana sayoxatga otlandi.
U 1889-yilning iyun oyida Toshkentga keldi va bu yerda qariyb ikki yil turib qoldi. Bu davr
Furqat hayoti va ijodiy takomilida muhim rol o‘ynadi. Furqat Toshkentdagi do‘stlari va
muxiblarining yordami bilan "Ko‘kaldosh" madrasasidan bir xujra olib, shu yerda yashay
boshladi. Furqat Toshkentga kelgandan so‘ng butun borligi bilan hayotga sho‘ng‘idi va ijodiy
ishga berildi. U o‘z odatiga ko‘ra maxalliy madaniyat namoyandalari - shoirlar, san’atkorlar va
ilm axllari bilan tanishdi, ular bilan suxbatlar, adabiy o‘tirishlar, mushoiralar o‘tkazdi, ijodiy
xamkorlik qildi. Toshkentda Furqat ko‘proq ilg‘or rus madaniyatiga, uning yangiliklariga
qiziqdi. Chunonchi, u "Turkiston viloyatining gazeti" redaksiyasida va bosmaxonalarda bo‘lib,
matbaachilik ishlari bilan tanishdi. Gimnaziyada, rus-tuzem maktablarida bo‘lib, yangicha
usulda o‘qish-o‘qitish ishlarini ko‘rdi, zamonaviy ilm va maorifdan xabardor bo‘ldi. Teatrga,
konsert tomoshalariga, klub va boshqa jamoat muassasalariga bordi, ulardagi yangiliklarni
zo‘r zavq-shavq bilan kuzatdi. Shubxasiz, Furqat Toshkentda maxalliy madaniyat arboblari
bilan do‘stlashgani singari, ilg‘or rus madaniyati arboblari bilan ham tanishgan, do‘stlashgan
va xamkorlik qilgan.
Toshkentda Furqatning rus madaniyati bilan yaqindan tanishuvi uning dunyoqarashida katta
o‘zgarish yasadi, shoir ongida turmushga yangicha qarashning shakllanishiga zo‘r turtki bo‘ldi.
Natijada shoirning ijodida yangi-yangi motivlar, g‘oyalar paydo bo‘ldi, dunyoqarashida jiddiy
o‘zgarishlar tugildi. Bu davrda Furqat hayotning istiqboli taraqqiyot va yuksalish uchun
kurashda ekanini yaqqol tushundi va shu fikrlarni o‘zining ko‘p asarlarida qizg‘in targ‘ib qildi.
Furqatning dunyoqarashida hosil bo‘lgan bu yangi qarashlarni ko‘rsatish jixatdan uning
"Sarguzashtnoma"da klub xaqida bayon qilgan fikri aloxida diqqatga sazovordir:
"Men Toshkentda klubga bir necha musulmonlarning borganini kurdim va eshitdim. Men
o‘ylaymanki, buni gunoxi yo‘qdir. Bilaks, biz musulmon xalqi Rusiya tirikchiligini ko‘rib,
xursandlik va marg‘ub ishlarini o‘zimiznikiga qiyos qilib olmog‘imiz kerakdir".
Furqat 1891-yilning may oyida Toshkentdan chiqib, Samarqandga bordi. U yerda do‘sti,
tarixchi olim Mirza Buxoriy bilan uchrashib, bir necha vaqt yashadi. Oradan ko‘p o‘tmay
Furqat sayoxat niyati bilan yana yo‘lga tushdi. Shu bilan shoirning ikki yildan ko‘proq davom
etgan O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlari bo‘ylab qilgan sayoxati boshlandi. Furqat
Samarkanddan Krasnovodsk orqali Bokuga bordi, undan Istambulga o‘tdi. Furqat 1891-
yilning kuz va qish oylarini Istambulda o‘tkazib, 1892-yilning baxorida Arabistonga yo‘l oldi.
Shu yilning yoz oylarida Arabistondan Misrga, Bolgariyaga, Yunonistonga sayoxat qildi. 1892-
yilning kuz oylarida yana Arabistonga qaytdi, unda bir necha vaqt turib, o‘sha yilning oktyabr
oyida Xindistonga qarab yo‘l oldi va Bombay shahriga borib tushdi. Furqat Bombayda
Mavlaviy Ikromiddin nomli bir sayyox bilan tanishdi va do‘stlashdi. Bu ikki do‘st Xindiston
viloyatlariga sayoxatga otlandilar. Ular Sarandib (Seylon oroli), Kashmir viloyatlarini tomosha
qildilar. Furqat qish faslini Xindistonda o‘tkazib, 1893-yilning boshlarida Xindistondan Tibet
orqali Xitoyga o‘tdi va Xo‘tan shaxriga keldi, unda bir necha vaqt yashab, Yorkent shahriga
o‘tdi va shu yerda turg‘un bo‘lib qoldi. Shunday qilib, Furqatning ikki yildan ko‘proq davom
etgan Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari bo‘ylab qilgan sayoxati Yorkentda tugallandi.
Shoir Yorkentda qariyb o‘n olti yil umr kechirdi. Furqat bu yerda Yonaxon ismli uyg‘ur qiziga
uylanib, undan uch farzand va Nodirjon ismli o‘g‘illar ko‘rdi. Furqat uzoq muddat chet ellarda
yashagan bo‘lsa ham, xech qachon o‘z vatanini unutmadi. U umrining oxirigacha Qo‘qon,
Toshkent, Andijon, Marg‘ilon va boshqa shaxarlardagi do‘stlari bilan xat orqali aloqa kilib
turdi; u "Turkiston viloyatining gazeti" bilan xam o‘z aloqasini uzmadi. Uning she’rlari,
maqolalari, xabarlari bu gazeta saxifalarida bosilib turdi.
7
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)
Furqat Yorkentda o‘z ijodiy ishini davom ettirdi. Furqatning bu davrda yozgan asarlari
bizgacha to‘liq yetib kelmagan bo‘lsa xam, uning ko‘p va ajoyib jushqin she’rlar yozgan bo‘lishi,
shubxasizdir. Furqat Yorkentda Rusiya fuqarosi sifatida xayot kechirdi. U butun umri bo‘yi
ezgu niyatlar bilan yashab, o‘z orzulariga yeta olmay, 1909-yilda Yorkent shaxrida
muxojirlikda vafot etdi.
Furqat ijodiy merosini, shakli va mazmuniga qarab, quyidagi gruppalarga bo‘lish mumkin:
а) lirikasi;
b) ma’rifatparvarlik ruhidagi asarlari;
v) dostonlari;
g) memuarlari;
d) publitsistikasi;
e) ilmiy asarlari;
j) badiiy tarjimalari.
Furqat bosib o‘tgan ijodiy yo‘l bir-biridan ravshan farq qiladigan quyidagi davrlarga bo‘linadi:
1. Furqatning Farg‘ona vodiysida yashagan davridagi ijodi. Bu davr, taxminan, 70- yillarning
o‘rtalaridan 1889-yilgacha, ya’ni shoirning Farg‘onadan chiqib ketguniga qadar bo‘lgan vaqtni
o‘z ichiga oladi. Bu davrda Furqat, asosan, lirik shoir sifatida ijod etadi.
2. Furqatning Toshkentda yashagan davridagi ijodi. Bu davr ikki yilni (1889-1891) o‘z ichiga
oladi. Furqatning bu davrdagi ijodi uchun ma’rifatparvarlik motivlari xarakterlidir.
3. Z. Furqatning chet ellarda yashagan davridagi ijodi. Bu davr 1891-yildan 1909-yilgacha,
ya’ni shoir vafotigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Furqat o‘z ijodining bu bosqichida lirik
va ma’rifatparvar shoir sifatida asarlar yozishni davom ettirdi. Furqat ijodidagi vatanparvarlik
g‘oyalari bu davrda g‘urbat, ayriliq oxanglari bilan yangradi.
Furqat lirikasining xarakterli xususiyatlaridan biri undagi g‘urbat motivlaridir. Furqat
poeziyasida, ayniqsa, shoirning chet ellarda yashagan davrida yaratgan she’rlarida bu motiv
keng ishlandi. Furqat otashin vatanparvar shoir edi. U o‘z xalqini, o‘z ona vatanini cheksiz
muxabbat bilan sevar, uning istiqboli, baxt-saodati haqida qayg‘urar edi. Furqat uzoq muddat
chet ellarda yashagan davrida ham o‘z vatanini, xalqini unutmadi. Garchi, Xitoy tuprog‘i
Furqat uchun ikkinchi vatanga aylanib qolgan bo‘lsa ham, u o‘zining g‘urbatda ekanini
sezmasligi mumkin emas edi. Chunki shoirni o‘z Vatani bag‘rida yayrash, ijodi bilan xalqiga
xizmat qilish baxtidan maxrum etgan edilar. Xokim guruxlar, ularning fitna va ig‘volari shoirni
o‘z Vatanini tashlab chiqishga majbur etgan va uning qaytib kelish yo‘llarini to‘sib qo‘ygan edi.
Furqat poeziyasida keng ishlangan g‘urbat motivlarini uning biografiyasidagi shu nuqta bilan,
shoir va xukmron muxit o‘rtasidagi shu konflikt bilangina izoxlash mumkin. Bu jixatdan uning
"Adashganman" muxammasi, "Bir qamar siymoni ko‘rdim", "Bechiz nest" g‘azallari diqqatga
sazovordir.
Furqat kichik xajmdagi lirik she’rlar (g‘azallar, muxammaslar va boshqalar), o‘rtacha xajmdagi
syujetli she’rlar (masnaviylar) yozish bilan birga, katta xajmdagi epik asarlar dostonlar ham
yaratdi. Bizgacha Furqatning uch dostoni "Suvorov xaqida", "Yunon mulkida bir afsona" va
"Bir mojaro" dostonlari yetib kelgan. Shunisi diqqatga sazovorki, bu uch doston uch xil
xarakterdadir. "Suvorov xaqida" dostoni tarixiy-biografik xarakterga ega bo‘lsa, "Yunon
mulkida bir afsona" dostoni yarim afsonaviy tusdagi sarguzashtni bayon qiluvchi romantik
8
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)
dostondir; "Bir mojaro" dostoni esa Furqat davri xayotidan olingan bo‘lib, tanqidiy-satirik
xarakterga egadir.
Furqat 1891-yilda Toshkentda o‘zining boshidan kechirganlarini, ya’ni tarjimai xolini yozib
chiqdi. Bu asar "Turkiston viloyatining gazeti" sahifalarida (1891-yil yanvar - iyun sonlarida)
bosildi. Avtobiografik xarakterdagi bu asar "Xo‘qandlik shoir Zokirjon Furqatning axvoloti,
o‘zi yozg‘oni" deb atalgan bo‘lsa xam, bu sarlavxa asarga nom bo‘la olmaydi. Shuning uchun
uni, Furqatning o‘ziga asoslanib, "Sarguzashtnoma" deb atash to‘g‘riroq bo‘ladi.
"Sarguzashtnoma" memuar asar sifatida qimmatli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bu asarda
Furqat o‘zining bolalik davridan boshlab 1891-yilgacha, ya’ni Toshkentdan chiqib ketguncha
bo‘lgan davr ichida boshidan kechgan voqealar to‘g‘risida fikr yuritadi. Furqatning Qo‘qonda
o‘tgan yoshlik davri, oilaviy hayoti, maktab va madrasada o‘qishi, yangi Marg‘ilonga borishi u
yerdagi mashg‘uloti, Qo‘qonga qaytib kelishi, Muqimiy boshchiligidagi adabiy xarakatda
ishtirok qilishi, shoir sifatida shuxrat qozonishi va, nixoyat, 1891-yilda Qo‘qondan Xo‘jand
(Leninobod) orqali Toshkentga kelishi va Toshkentdagi hayoti bu asarda yorqin epizodlar
orqali ravon uslubda hikoya qilinadi. "Sarguzashtnoma" Furqat tarjimai xolini o‘rganishda eng
qimmatli xujjat bo‘lib, u bebaxo mo‘tabar manba sifatida tadqiqotchilar tomonidan
foydalaniladi.
Furqat birinchi o‘zbek jurnalistidir. Uning Toshkentda yashagan davrida "Turkiston
viloyatining gazeti" redaksiyasida ishlagani ma’lum. Furqat bu davrda va bundan keyin chet
ellarda sayoxat qilib yurgan kezlarida, Yorkentda yashagan vaqtida xam o‘z she’rlari, xabarlari
va publisistik makolalarini gazeta redaksiyasiga yuborib turdi. Furqat gazeta saxifasida
bosilgan maqolalarida otashin vatanparvar, mazlum Sharq xalqlarining samimiy do‘sti,
tajovuzkor imperialistlarning murosasiz dushmani sifatida ko‘z o‘ngimizda gavdalanib turadi.
Bu jihatdan shoirning "Xo‘qandlik Zokirjon Furqatniig "Pesan axbor" nom Xindiston gazetidin
naql qilib yozgan xabari" sarlavxali makolasi va "Rus askarlari ta’rifida" she’ri diqqatga
sazovordir.
Furqat badiiy tarjima bilan ham shug‘ullangan. U Sharq adabiyotining mashxur
namunalaridan bir nechtasini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Biroq, bu tarjimalar xozirgacha
topilgan emas. Furqat o‘z "Sarguzashtnoma"sida quyidagi kitoblarni uzbek tiliga tarjima
qilganligini aytadi:
1. Xammomi xayol, she’riy tarjima.
2. Chor darvesh, forschadan proza yo‘li bilan o‘zbekchaga tarjima.
3. Nux manzar. Bu xaqda Furqat: "Nux manzar nom bir kitobni turki manzuma ayladim", - deb
yozadiki, bundan Furqatning bu asarni erkin tarjima qilgani ma’lum bo‘ladi.
Xulosa.
Shoir Furqat uzoq asrli adabiyotimiz tarixida o‘ziga xos uslubi bilan alohida o‘rin
tutadi. Furqatning g‘oyat boy va mazmundor ijodiy faoliyati xalqimiz tarixining burilish
nuqtasi xisoblangan XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida kechdi. Furqat ijodining
muxim tarixiy axamiyati shundaki, u o‘z davrining progressiv namoyandasi sifatida madaniy
va adabiy xayotning birinchi safida bordi, ijtimoiy hayotning asosiy tub masalalarini ilg‘or
pozitsiyadan, xalq manfaatlari nuqtai nazaridan turib xal qildi, kuyladi. Furqat ijodining
originalligi ham uning o‘z davri adabiy hayoti bilan hamnafas bo‘lishligidadir. Furqatning
kelgusi avlodlar uchun aziz va qadrdon bo‘lishining sababi xam shoir ijodining yuksak
g‘oyaviyligi va xalqchilligidadir. Furqatning boy va mazmundor ijodiy faoliyati madaniyatimiz
va adabiyotimiz tarixi taraqqiyotida chuqur iz qoldirdi.
Furqat Sharq poeziyasining ajoyib namunalarini yaratgan lirik shoir, ilm-madaniyatni,
taraqqiyotni tinmay targ‘ib qilgan ma’rifatparvar arbob, qimmatli memuar asarlar yozib
9
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)
qoldirgan prozaik, olim, tarjimon va publisistdir. Furqat o‘z xalqining sodiq farzandi sifatida
butun kuch va qobiliyatini, ijodiy talantini xalq ishi uchun sarf etdi, xalqning ozodlik yo‘lida
olib borayotgan kurashida o‘z asarlari, ajoyib qo‘shiqlari va achchik xajvlari - satiralari bilan
ishtirok etdi. Furqat ijodi o‘sha davr xayotini o‘rganishda ilmiy-ma’rifat axamiyatga ega
bo‘lishi bilan birga, xozirgi kunimiz uchun muxim tarbiyaviy, amaliy axamiyatga xam molikdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
G‘.K.Karimov "O‘zbek adabiyoti tarixi"
2.
"Adabiyot (II kitob) " – akademik litseylar uchun
3.
Wikipedia.uz