Авторы

  • Dilnoz Raymova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.86858

Аннотация

O`quvchilar o`z ona tili imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanishlari, shaxsiy fikrlarini ta`sirchan, tushunarli bayon qila olishlari, turli hayotiy vaziyatlarda til vositalaridan unumli va maqsadli foydalana olishlari kerak. Buning uchun ona tili darslarida foydalaniladigan o`quv materiallari nihoyatda puxta ishlanishi, ta`lim oluvcining og`zaki va yozma savodxonligini rivojlantirishi, so`z boyligini oshirishi, mustaqil, kreativ, mantiqiy fikrlashga yo`naltirishi lozim. Maqola muallifi takrorlash va mustahkamlash dasrslarida lingvistik kompetensiyalarni takomillashtirishda turli o`quv topshiriqlaridan samarali foydalanish haqida fikr yuritadi, o`quvchlarning bilish faolligini oshirish masalalari tadqiq etadi.


background image

64

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)

TAKRORLASH VA MUSTAHKAMLASH DARSLARINING

SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA TURLI O‘QUV

TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISH

Raymova Dilnoz Dauletovna

Qoraqolpo g`iston Respublikasi Kegeyli tumani 9-sonli umum

ta’lim maktabi.

https://doi.org/

10.5281/zenodo.15389953

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:26-aprel 2025 yil

Ma’qullandi:30-aprel 2025 yil

Nashr qilindi: 12-may 2025 yil

O`quvchilar o`z ona tili imkoniyatlaridan mahorat

bilan foydalanishlari, shaxsiy fikrlarini ta`sirchan,

tushunarli bayon qila olishlari, turli hayotiy

vaziyatlarda til vositalaridan unumli va maqsadli

foydalana olishlari kerak. Buning uchun ona tili

darslarida

foydalaniladigan

o`quv

materiallari

nihoyatda puxta ishlanishi, ta`lim oluvcining og`zaki

va yozma savodxonligini rivojlantirishi, so`z boyligini

oshirishi, mustaqil, kreativ, mantiqiy fikrlashga

yo`naltirishi lozim. Maqola muallifi takrorlash va

mustahkamlash

dasrslarida

lingvistik

kompetensiyalarni takomillashtirishda turli o`quv

topshiriqlaridan samarali foydalanish haqida fikr

yuritadi, o`quvchlarning bilish faolligini oshirish

masalalari tadqiq etadi.

KEY WORDS

o`quv

topshiriqlari,

mustaqil,

kreativ,

mantiqiy

fikrlash,

lingvistik

kompetensiyalar, til

sathlari, sharadalar.

Dunyo ta’lim tizimida o‘quv materiallarining uyg‘unligi orqali o‘quvchilarning fundamental

bilimlarini mustahkamlash, til hodisalarini chuqur o‘rganishga qaratilgan o‘quv materiallarini

maqsadga muvofiq holda o‘rganish metodikasi tatbiq qilinmoqda. Xalq ta’limi sohasida

“o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish

tamoyillarini bosqichma- bosqich joriy etish” o‘quv dasturlari va darsliklardagi

mushtarakliklarni o‘zaro muvofiqlashtirish, o‘quvchilarning lingvistik ko‘nikmalari hamda

mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bugungi ta’limning asosiy vazifalaridan biri

hisoblanadi.
O`quvchilar o`z ona tili imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanishlari, o`z fikrlarini

ta`sirchan, tushunarli bayon qila olishlari,turli hayotiy vaziyatlarda til vositalaridan unumli va

maqsadli foydalana olishlari kerak.
Ona tili darslarida foydalaniladigan o`quv materiallari nihoyatda puxta ishlanishi ,

ko`nikmalarni kompleks tarzda shakllantirish imkoniyatiga ega bo`lishi lozim. Talaffuz, imlo,

so`z boyligini oshirish, mustaqil, kreativ, mantiqiy fikrlashga yo`naltirish takrorlash va

mustahkamlash jarayonini taqazo etadi.Bu esa nutqiy mahoratni oshiradi.
Zamonaviy ona tili ta’limi o‘quvchining turli, jumladan, lingvistik kompetensiyasini

takomillashtirishga qaratilgan.
Maktab o‘quvchisining lingvistik kompetensiyasi deganda til sistemasi haqidagi bilimlarga,

lingvistik tafakkurga, yangi til vaziyatlarida bilim va ko‘nikmalarni mustaqil qo‘llash

tajribasiga ega bo‘lgan o‘quvchining integral shaxsiy xislatlari tushuniladi. Boshqacha

aytganda, lingvistik kompetensiya ijtimoiy hodisa va belgilar sistemasi sifatida til haqida,


background image

65

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)

tilning qurilishi va funksiyalanishi haqida o‘quvchilarning bilim, malakasi va ko‘nikmasi

hamda bulardan turli vaziyatlarda foydalanish mahorati anglashiladi.
Lingvistik kompetensiya o‘quvchilarning orfografik, punktuatsion qoidalardan turli

vaziyatlarda o‘rinli foydalana olish malaka va ko‘nikmasini ham o‘z ichiga oladi. Lingvistik

kompetensiyaga ega bo‘lish uchun til sathlari va sath birliklari, ularning muloqot jarayonidagi

ifoda imkoniyatlari, to‘g‘ri so‘zlash, tinglash, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini hosil qilish lozim.
Mutaxassis til bilimining mukammalligi va etukligi va lingvistik kompetentlik bir necha xil

ko‘rinishlarda yuzaga chiqishi haqida alohida to‘xtaymiz:
1) o‘z fikrini ona tilida ravon, tushunarli, aniq va lo‘nda ifodalay olish;

2) adabiy tilda so‘zlash;
3) imloviy, ishoraviy va uslubiy xatolarsiz yoza olish;
4) davlat tilida ish hujjatlarini yurita olish;

5) xorijiy tillarni bilish”.
Takrorlash va mustahkamlash darslari o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyasini

takomillashtirishda turli o‘quv topshiriqlaridan foydalanish imkonini beradi. Ma’lumki,

o‘quvchi o‘zlashtirgan bilim ko‘nikma va malakaning puxtaligi ko‘p jihatdan takrorlash va va

mustahkamlash darslarini tashkil qilishga bog‘liq. Bunday darslarda oldin o‘rganilgan bilim,

qoida va ta’riflarga takroriy duch kelinadi. O‘rganilgan o‘quv materialiga takroriy qaytish va

shu mavzuga oid ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil etish, chog‘ishtirish asosida bilimlarni

aniqlashtirish, kengaytirish imkonini beradi.
Bunday takrorlash va mustahkamlash jarayoni o‘quvchini zeriktirmasligi, olingan bilimlarni

yanada chuqurlashtirish, amaliyotga joriy etish, xulosalashga qaratilishi darkor.
Mahoratli pedagog takrorlash va mustahkamlash darslarida turli o‘quv topshiriqlaridan

samarali foydalana olishi kerak. Jumladan, 5-sinf ona tili “Leksikologiya” va “Lug‘atshunoslik”

bo‘limlari yakunlangandan keyingi takrorlash darslarida sharadalar bilan ishlash topshirig‘ini

qo‘llash mumkin. Sharada -fransuzcha

“suhbat”so‘zidan olingan bo‘lib, she’riy

topishmoqlarning bir turidir. Ular topishmoqlarning boshqa turlari kabi fiklash va mulohaza

yuritishga yordam beradi. Sharadalarning javobi bir nechta bo‘lib, ulardan birini topish

ikkinchi javobga yaqinlashtiradi, shuning uchun mantiqiy fikrlashga yordam beradi.

Sharadalarning bir necha xili mavjud.
sharadalar orqali o`quvchilar “Leksikologiya” va “Leksikografiya” bo‘limlarida o‘tilgan

quyidagi mavzular takrorladilar, mustahkamladilar:

• Tasviriy ifodalar;
• Lug‘at va uning turlari: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”,

“Imlo lug‘ati” ;
• O‘zbek tilining boyish manbalari. O‘z va o‘zlashma qatlam;

• So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari. Ma’nodosh,shakldosh, zid

ma`noli,talaffuzdosh so‘zlar;

• Tarixiy va arxaik so‘zlar;
• Xalq maqollari va hikmatli so`zlar. Shu bilan birga, sharadalar javobini topish uchun

o‘quvchi tezkor fikrlashi, tasvvurini ishga solishi, so‘zlarning imlosi, ya’ni yozilishini eslashi,


background image

66

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)

pirovard natijada mantiqiy fikrlashi kerak bo‘ladi. Sharadalar yozib kelishni uyga vazifa

sifatida topshirish, so‘ng darslarda birgalikda muhokama qilish, she’riy topishmoqdagi

tasvirlar, tavsiflar hayotiy haqiqatga qay darajada mosligi, mantiqan to‘g‘ri

shakllantirilganligini tahlil qilish mumkin. Bunday ijodiy topshiriqlar o‘quvchilarning darsga

qiziqishini yanada oshiradi, mavzuni takrorlashga va mustahkamlashga yordam beradi.

Kuzatishlarimiz davomida shunga amin bo‘ldikki, bunday topshiriqlarni bajarish

o‘quvchilarda katta qiziqish o‘yg‘otadi. Sababi har bir hal qilingan jumboq kichik g‘alabadir!

G‘oliblik hissi motivatsiya beradi, o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttiradi, fanni

o‘rganishga ishtiyoq uyg‘otadi. Mantiqiy topshiriqlar javobini toppish uchun ta’lim oluvchi

ko‘p ma’lumotlarni bilishi kerak. Demak, u ma’lumot izlaydi - kitob o‘qiydi, o‘quvchining

kitobxonligi - mutolaa madaniyati rivojlanadi. Demak, takrorlah va mustahkamlash darslariga

xos va mos tanlangan o`quv topshiriqlari o`quvchi bilimini boyitadi, lingvistik kompetensiyani

rivojlantiradi, o`quvchini fikrlashga, pirovard natijada ona tili imkoniyatlaridan to`laqonli

foydalanish imkoniyatini kengaytiradi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Мирзиёев Ш. “Ўзбекистон Республикаси халқ таълими тизимини 2030 йилгача

ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида”ги ПФ-5712-сонли Фармони.

29 апрель, 2019.

2. Абдураимова М. Она тили таълимида илғор педагогик технология. – Тошкент, 2005.

– 26 б.

3. Азимов Э.Г., Щукин А.Н. Словарь методических терминов (Теория и практика

преподавания языков). – СПб: Златоуст, 1999. – С. 252.

4. Аҳмедова М. Т. Педагогик компетентлик – Тошкент: Низомий номидаги ТДПУ, 2016.

– 84 б.

Библиографические ссылки

Мирзиёев Ш. “Ўзбекистон Республикаси халқ таълими тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида”ги ПФ-5712-сонли Фармони. 29 апрель, 2019.

Абдураимова М. Она тили таълимида илғор педагогик технология. – Тошкент, 2005. – 26 б.

Азимов Э.Г., Щукин А.Н. Словарь методических терминов (Теория и практика преподавания языков). – СПб: Златоуст, 1999. – С. 252.

Аҳмедова М. Т. Педагогик компетентлик – Тошкент: Низомий номидаги ТДПУ, 2016. – 84 б.