38
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)
MAKTAB O'QUVCHILARNING BILIMLARINI
O'ZLASHTIRISH MAZMUNINI BAHOLASHDA MUAMMOLI
O'QITISH METODLARIDAN FOYDALANISH
IMKONIYATLARI
Shodmonova Ruxsora Shokirovna
Ilmiy rahbar: P.f.f.d. (PhD), dotsent . A.N.Nusratov
Osiyo xalqaro universiteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15382035
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:26-aprel 2025 yil
Ma’qullandi:30-aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 11-may 2025 yil
Maqolada
maktab o’quvchilarining bilimlarini
o’zlashtirish mazmunini baholashda muammoli
o’qitish metodlaridan foydalanish imkoniyatlari
pedagogik jihatlari bilan
yoritilgan.
KEY WORDS
maktab,
maktab
o’quvchilari, baholash, muammoli
o’qitish
metodlari,
bilimlarni
baholash, pedagogika.
«Pedagogik texnologiya» tushunchasi esa ma’lumot texnologiyasining joriy etish taktikasini
ifodalaydi va "o’qituvchi – pedagogik jarayon – tahsil oluvchi" funktsional tizim
qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosiga quriladi. Uzoq yillar davomida pedagogik texnologiya
olimlar orasida o’quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish sifatida qarab
kelindi. 70-yillarga kelib pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning mohiyati yangicha talqin
etila boshlandi. Xususan, Yapon olimi T.Sakamoto tomonidan "o’qitish texnologiyasi –
o’qitishning maqbulligini ta’minlovchi yo’l-yo’riqlar tizimi bilan bog’liq bilimlar sohasi"
ekanligi e’tirof etiladi.
Yuneskoning ta’lim borasidagi maxsus hujjatida pedagogik texnologiyaga shunday ta’rif
beriladi: Pedagogik texnologiya – inson va texnika resurslarini hisobga olgan holda butun
ta’lim jarayonini va o’zlashtirilgan bilimlarni baholashning tizimli metodi va samaraliroq
ta’lim shakllariga erishish uchun ular o’rtasidagi o’zaro ta’sirdir. Pedagogik texnologiya
tushunchasini oydinlashtirishga qaratilgan ta’riflarning xilma-xilligi, bir tomondan,
rivojlangan mamlakatlarda bu mavzuning u yoki bu darajada o’rganilayotganini ko’rsatsa,
ikkinchi tomondan, pedagogik texnologiyani pedagogik amaliyotga joriy etishga bo’lgan
urinishlarning ma’lum natijasini ifodalaydi.
«Pedagogik texnologiya»ning ta’limdagi amaliylik jihati va tashkiliy-uslubiy imkoniyatlardan
foydalanishga yo’naltirilganligi, uning aniq vositalar yordamida hayotga tatbiq etilishi jahon
pedagoglarining unga bo’lgan e’tiborini kuchaytirmoqda. Texnologik yo’nalishga nisbatan
turlicha qarashlar mavjud. "Metod” tushunchasining mohiyatini yorituvchi qarashlar Ta’lim
metodi – o’quv jarayonining majmuaviy vazifalarini yechishga yo’naltirilgan o’qituvchi va
tahsil oluvchilarning birgalikdagi faoliyati usuli bo’lsa, ta’lim metodikasi esa muayyan o’quv
predmetini o’qitishning ilmiy asoslangan metod, qoida va usullar tizimini tavsiflaydi.
Ta’lim
texnologiyasi
–
ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmuni, ya’ni, avvaldan
loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich amalga oshirish,
aniq maqsadga erishish yo’lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish,
1
Беспалько В.П. Слагаемые педагогической технологии. – М.: Педагогика, 1989. – 256 с
39
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)
ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarishni
ifodalaydi.
O’qituvchini samarali faoliyat ko’rsatishga undovchi darsning metodik ishlanmasidan farqli
o’laroq, ta’lim texnologiyasi tahsil oluvchilar faoliyatiga nisbatan yo’naltirilgan bo’lib, u tahsil
oluvchilarning shaxsiy hamda o’qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan holda,
o’quv materiallarini mustaqil o’zlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga
xizmat qiladi. Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi – tahsil oluvchi shaxsini
rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat.
Pedagogik texnologiyaning tarkibiy elimentlari: ta’lim jarayoning umumiy loyihasi; ta’limni
tashkil etishga bo’lgan ijtimoiy ehtiyoj; ta’lim maqsadi; ta’lim mazmuni, shakl, metod, usul va
texnikasi; tahsil oluvchi faUmumiy o`rtaati; o’qituvchi faUmumiy o`rtaati. Bizga yaxshi
ma’lumki, tarbiya jarayoni uzoq, muddatli, murakkab, uzluksiz bo’lib, u o’ziga xos
xususiyatlarga ega. Garchi zamonaviy ta’lim texnologiyasi tahsil oluvchining ta’lim
jarayonidagi etakchilik rolini yoqlayotgan bo’lsa-da, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi asosiy
mavqeini egallay olmaydi. Chunki unda xarakter, dunyoqarash yetarlicha shakllanmagan
bo’lib, bu borada tarbiyachining yordamiga ehtiyoj sezadi. Shu bois tarbiya texnologiyasi ham
mantiqiy, ham tarkibiy jihatdan ta’lim texnologiyasidan farq qiladi.
Pedagogik texnologiyaning nazariy asoslari umum-pedagogik, xususiy- metodik hamda lokal
(modul) bilimlarga asoslanadi. Shu bois pedagogik xodimlar, shuningdek, bo’lg’usi
o’qituvchilar o’z faoliyatlarida pedagogik texnologiyadan foydalanishni o’z oldilariga maqsad
qilib qo’ygan bo’lsalar, yuqorida qayd etilgan bilimlarni puxta o’zlashtira olishlari lozim. Zero,
pedagogik texnologiya puxta o’zlashtirilgan pedagogik bilimlarga tayanilgan holda tashkil
etiladigan yuksak samarador pedagogik faoliyat jarayonidir.
Pedagogik texnologiyaning maqsadi va tamoyillari
Pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat;
o’quv jarayonini faollashtirish;
tahsil oluvchilar tomonidan o’quv materialini o’zlashtirishning yuqori darajasiga erishish va
tahsil oluvchilarni mustaqil fikrlashga hamda o’z fikrini bayon etishga o’rgatish.
Ma’lumki har qanday pedagogik texnologiya ta’limni rivojlantiruvchi yangi tamoyillarga
asoslangan bo’lib, tahsil oluvchi shaxsini shakllantirishga yo’naltirilmog’i kerak. Ilg’or
pedagogik texnologiya markazida ta’lim jarayonining rahbari hamda shu jarayonning
sub’ekti-yu ob’ekti bo’lgan o’qituvchi va tahsil oluvchi turadi. Shunday ekan, bu ikki shaxsning
hamkorligi, o’zaro muloqoti, bir-biriga ko’rsatadigan ta’siri eng zamonaviy va milliy talablar
asosida bo’lishi lozim. Buning uchun ta’lim jarayoni, o’qituvchi, ta’lim tarbiya - jarayoni oldiga
qo’yilgan talablar, ta’limni tashkil etish va boshqarish tamoyillari hamda yo’llari tahsil
oluvchini aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish usullari, u bilan hamkorlik qilish, uni o’qish
va o’rganishga yo’naltirish, tahsil oluvchi shaxsiy faUmumiy o`rtaatini to’g’ri tashkil etish, ular
bilan muloqotga kirishish, muammo va kelishmovchiliklarni bartaraf etish, auditoriyada ijodiy,
ishchanlik muhitini vujudga keltirish, tahsil oluvchi faUmumiy o`rtaatini aniq va to’g’ri
baholash metodlari bilan qurollangan bo’lishi lozim.
O’quv fanlarining muayyan yo’nalishlar tarzda biriktirilishi shaxs xotirasiga nisbatan
zo’riqishni kamaytiradi, shuningdek, fikrlash quvvatini oshiradi, tafakkurning yuzaga kelshini
ta’minlaydi. XX asrning 80yillarida ta’lim jarayonini tashkil etish tahsil oluvchilarga mavjud
fanlar sohalari bo’yicha ozozdan ma’lumot (bilim) berishdan iborat deb talqin etilgan bo’lsa,
90yillarda ushbu jarayonning tashkil etilishi
o’
zlashtirilgan bilimlar negizida muayyan, aniq
fan bo’yicha yangi ma’lumot (bilim)larga ega bo’lish uchun qulay sharoitni yaratish jarayoni
40
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)
sifatida e’tirof etildi. Mohiyatli yondashuv asoslantirishning muhim omili sanaladi. U,
shuningdek, tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlarni umumlashtirish tarzidagi
sinergetik
yondashuvni ham ko’zda tutadi.
Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish va insoniylashtirish tamoyili.
Tilga olingan har
ikki tushuncha ham lug’aviy jihatdan (yunoncha humanus - insoniylik, humanitas -insoniyat),
bir o’zakka ega bo’lsada, ularning har biri o’ziga xos ma’nolarni ifodalaydi.
Insonparvarlashtirish
ta’lim muassasalarida o’rganiladigan fanlar sirasiga ijtimoiy fanlar
(tarix, madaniyatshunoslik, sotsiologiya, psixologiya, filologiya va boshqalar)ning kiritilishini,
insoniylashtirish
tushunchasi esa shaxs va uning faUmumiy o`rtaatiga nisbatan ijobiy
yondashuvni anglatadi. Boshqacha aytganda,
insonparvarlashtirish -
bu inson va jamiyat
o’rtasida yuzaga keluvchi munosabatlar jarayonida inson omili, uning qadrqimmati, sha’ni
,
ornomusi, huquq va burchlarini hurmatlashga asoslanuvchi faUmumiy o`rtaatni tashkil etish
jarayoni bo’lsa,
insoniylashtirish
«barcha sharoitlar inson va uning kamoloti (taraqqiyoti)
uchun» degan g’oya asosida tashkil etiluvchi faUmumiy o`rtaat jarayoni sanaladi.
Ta’lim
jarayonini loyihalashtirishda har bir o’qituvchi ushbu tamoyilga qat’iy amal qilishi lozim yoki
o’z mutaxassisligiga oid muammolarni hal etishda uning jamiyat manfaatlari bilan uyg’un
bo’lishiga e’tibor berishi maqsadga muvofiqdir. Endilikda pedagog tahsil oluvchilar faUmumiy
o`rtaatini avtoritar (yakka hokimlik) tarzida boshqarmay, balki ta’limiy hamkorlik g’oyalariga
sodiqlik asosida ta’lim jarayonini insoniylashtiradi yoki boshqacha aytsak, ta’limni
insoniylashtirish tamoyiliga amal qilinishini ta’minlaydi. Ushbu holat o’z navbatida yuksak
ma’naviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi.
FOYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR:
I. Normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik nashrlar
1. O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining O‘zbekiston Respublikаsi Mаktаbgаchа tа’lim
tizimini 2030-yilgаchа rivojlаntirish konsepsiyаsini tаsdiqlаsh to‘ g‘ risidа qаrori PQ-4312
08.05.2019
2. O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining аlohidа tа’lim olish ehtiyojlаri bo‘lgаn bolаlаrgа
tа’lim - tаrbiyа berish tizimini yаnаdа tаkomillаshtirish chorа – tаdbirlаri to‘g‘risidаgi qаrori -
4860 13.10.2020
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “2017-2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar
strategisi to‘g‘risida”gi PF 4947-sonli Farmoni.
4. PF-5712-сон 29.04.2019. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida.
5. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi tа’lim tizimi. Tа’lim sоhаsidа dаvlаt siyosаtining аsоsiy
yo‘nаlishlаri. O‘zbеkistоn Rеspublikаsining «Tа’lim to‘g‘risidа» gi qonuni.
6. PF-5847-сон 08.10.2019. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida.
7. PQ-3955-сон 30.09.2018. Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish
8. O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni, 2016 yil
14 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 37-son, 426-modda.
9. Mirziyoyev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash yurt taraqqiyoti va
xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24
yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi maʼruza. 2016 yil 7 dekabr. - Toshkent:
O‘zbekiston NMIU, 2017. - 48 b.
2
Олимов Қ.Т., Сайидахмедова М. С., Жалолова Д.Ф., Бозорова М.Қ., БолтаеваМ.Л., АлимовА.А. Педагогик
41
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)
10.
Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.
Toshkent., “O‘zbekiston” 2017. - 488 b.