113
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)
FARG‘ONA VILOYATIDAGI ARXEOLOGIK TOPILMALARNI
MUZEYLASHTIRISH MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI
Nurmuxammadov Azizbek Avazbek o‘g‘li.
Namangan Davlat Universiteti Tarix fakulteti 70220401
Arxeologiya mutaxasisligi magistaranti.
Telefon: +998937767067
azizbeknurmuxammadov@gmail.com
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15429440
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:26-aprel 2025 yil
Ma’qullandi:30-aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 16-may 2025 yil
Mazkur maqolada Farg‘ona viloyati hududida
joylashgan tarixiy-arxeologik yodgorliklar va ularning
asosida topilgan moddiy-madaniy meros obyektlarini
muzeylashtirish jarayonining hozirgi holati, mavjud
muammolar,
zamonaviy
muzeyshunoslik
yondashuvlari va istiqbolli yechimlar tahlil qilingan.
Tadqiqot davomida Axsikent, Mingtepa, Quva kabi
qadimiy shahar xarobalaridan topilgan arxeologik
materiallar, ularning ilmiy tasnifi, restavratsiya va
konservatsiya ishlari, fondlarga joylashtirish va
ommaviy
ekspozitsiyaga
aylantirishda
yuzaga
kelayotgan muammolar tahlil etilgan. Shuningdek,
xalqaro tajriba, xususan, YUNESKO, ICOM kabi
tashkilotlarning yondashuvlari asosida takliflar ishlab
chiqilgan.
Maqola
Farg‘ona
vodiysi
madaniy
merosining ilmiy, amaliy va turistik salohiyatini
yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
KEY WORDS
Arxeologik
topilmalar,
muzeylashtirish,
Axsikent,
Mingtepa, Quva, tarixiy yodgorlik,
raqamlashtirish,
ekspozitsiya,
konservatsiya,
muzeyshunoslik,
madaniy meros.
Kirish:
Farg‘ona vodiysi O‘zbekistonning eng qadimiy madaniyat o‘choqlaridan biri sifatida
tarixda alohida o‘rin egallaydi. Hududda ming yillar davomida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy,
diniy, siyosiy va madaniy jarayonlar natijasida ko‘plab tarixiy yodgorliklar vujudga kelgan.
Ayniqsa, Axsikent, Mingtepa, Quva singari arxeologik obidalar jahon ilmiy doiralarida ham
e’tirof etilgan muhim manbalardandir. Ushbu qadimiy maskanlardan topilgan osori-atiqalarni
saqlab qolish, tizimli tahlil qilish, ekspozitsiyalarga aylantirish va keng jamoatchilikka
yetkazish orqali tarixiy xotirani asrash, yosh avlodda milliy g‘urur va tarixiy tafakkurni
shakllantirishga erishiladi.
Asosiy qism:
Farg‘ona tarixi muzeyi O‘zbekiston Respublikasidagi eng keksa muzeylaridan
biridir. Muzeyga ilk bor 1894-yilda Yangi Marg‘ilon (Hozirgi Farg‘ona shahri) shahrida o‘tgan
savdo ko‘rgazmasi vaqtida asosa solingan. Oradan ma’lum bir vaqt o‘tib, 1895-yilda Farg‘ona
viloyati harbiy Gubernatori tomonidan Gubernatorlik binosining, Gubernator xonasi yaqinida
Farg‘ona vodiysiga oid tarixiy buyumlarni saqlash uchun 2 ta xona ajaratilgan.1897-yilda
muzeyning nizomi tasdiqlangan bo‘lsa, 1899-yilning 26-may kuni „Farg‘ona viloyat xalq
muzeyi“ning (uning birinchi nomi shunday edi) tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu vaqtga kelib
muzeyda 2223 dona tarixiy buyum va kitoblar yig‘ilgan edi.
Farg‘ona viloyatida mavjud arxeologik topilmalar asosida maktab o‘quvchilari uchun
ekskursiyalar, interaktiv mashg‘ulotlar, muzey-pedagogika darslari tashkil etilishi ham katta
ahamiyatga ega. Bu orqali tarixiy voqealarga, arxeologik jarayonlarga bo‘lgan qiziqish oshib,
114
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)
kelajakda ushbu sohada yangi tadqiqotchilar yetishib chiqishiga asos yaratiladi. Shuningdek,
viloyatdagi arxeologik topilmalarni keng jamoatchilikka tanitishda OAV, internet
platformalari va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish dolzarbdir. Virtual ko‘rgazmalar,
videolavhalar, interaktiv ekskursiyalar orqali yoshlar, talabalar va sayyohlar orasida qiziqish
uyg‘otish mumkin. Bu esa tarixiy merosning saqlanishi va zamonaviy talqinda qayta kashf
etilishiga xizmat qiladi.
Muzey fondlarida saqlanayotgan ayrim noyob eksponatlar (masalan, XII asrga oid sirlangan
sopol idishlar, toshdan yasalgan diniy haykalchalar, buddaviy madaniyatga oid ashyolar)
yillar davomida ilmiy muomalaga kiritilmagan. Bu holat esa ularning tarixiy ahamiyatini to‘liq
ochib berish va xalqaro ilmiy doiralarda e’tirof etilishiga to‘sqinlik qilmoqda. Mazkur
topilmalarning pasportlash, raqamlashtirish, ilmiy maqolalarda tahlil qilinishi va ochiq
kataloglarga kiritilishi zarur.
Arxeologik topilmalarni muzeylashtirishda yana bir muhim jihat – ularning ilmiy
hujjatlashtirilishi va geografik xaritaga tushirilishidir. Farg‘ona vodiysi bo‘ylab aniqlangan
300 dan ortiq arxeologik yodgorliklarning joylashuvini raqamli xaritalash orqali nafaqat ilmiy,
balki ta’limiy, ekskursiyaviy va turistik maqsadlarda ham foydalanish mumkin. Masalan,
Axsikent yodgorligi hududi GIS (Geographic Information Systems) texnologiyalari yordamida
raqamlashtirilsa, har bir topilma koordinatalari, holati, tarixiy bosqichi aniq qayd etilishi
mumkin.
Arxeologik topilmalarni muzeylashtirish – bu ularni saqlash, tadqiq qilish va ommaga
yetkazishning tizimli jarayonidir. Bunda tasniflash, ilmiy hujjatlashtirish, fondga joylashtirish,
restavratsiya, konservatsiya va ekspozitsiyalash asosiy bosqichlardir. Farg‘ona viloyatida bu
jarayon hali to‘liq yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lib, mavjud metodik materiallar va kadrlar salohiyati
talab darajasida emas.
Axsikent – qadimiy Farg‘ona poytaxti sifatida arxeologlar e’tiborida. Bu yerdan topilgan sopol
idishlar, tangalar, mehnat qurollari va boshqa buyumlar muzeylashtirishga muhtoj. Mingtepa
– Markaziy Osiyodagi eng yirik antik shahar xarobalaridan biri bo‘lib, bu yerda yirik
arxeologik qazishmalar olib borilgan. Quva shahristonidan esa Budda ibodatxonasi topilgan
bo‘lib, uning haykaltaroshlik va diniy arxitektura yodgorliklari xalqaro e’tiborni tortmoqda.
Farg‘ona viloyatidagi muzeylarda (viloyat o‘lkashunoslik muzeyi, Marg‘ilon va Quva muzeylari)
saqlanayotgan arxeologik eksponatlar fondlarda saqlanmoqda, lekin ekspozitsiyalar soni va
sifati cheklangan. Zamonaviy namoyish usullari, raqamli texnologiyalar, ko‘rgazmalar dizayni
va ta’limiy komponent yetarli emas. Bu esa muzeylarning ilmiy va ommaviy ta’sirini
kamaytiradi.
Dunyo tajribasida ochiq osmon ostidagi muzeylar (open-air museums) keng qo‘llaniladi.
Misrda Luksor, Gretsiyada Afina, Xitoyda Anyang shaharlarida arxeologik yodgorliklar ochiq
holda saqlanadi va namoyish etiladi. Farg‘ona vodiysida ham Axsikent va Mingtepa asosida
shunday majmualarni yaratish mumkin. Bu nafaqat merosni asrash, balki turizm va iqtisodiy
rivojlanishga ham xizmat qiladi.
YUNESKO va ICOM tavsiyalariga ko‘ra, muzeylar innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishi
zarur. Bu raqamli kataloglar, 3D modellashtirish, interaktiv taqdimotlar, AR/VR
vizualizatsiyalar, mobil ilovalar orqali amalga oshiriladi. Farg‘ona muzeylarida bu boradagi
ishlarga asos solingan bo‘lsa-da, kengroq loyihalar, xususan, xalqaro grantlar asosida olib
boriladigan dasturlar zarur.
Xulosa:
Farg‘ona viloyatidagi arxeologik yodgorliklar va topilmalarni muzeylashtirish,
saqlash va targ‘ib qilish borasida tizimli ishlarga ehtiyoj mavjud. Mazkur maqolada Axsikent,
115
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)
Mingtepa, Quva kabi asosiy maskanlar misolida mavjud muammolar va imkoniyatlar tahlil
qilindi. Ilmiy yondashuv, zamonaviy texnologiyalar, xalqaro tajriba, moliyalashtirish va
kadrlar salohiyati bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Ushbu yondashuvlar asosida Farg‘ona
viloyatining tarixiy merosini jahon madaniy merosi darajasiga olib chiqish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Nurmuxammadov A. A. Farg‘ona viloyati muzeylarining arxeologik topilmalari xaritasi.
Magistrlik dissertatsiyasi. Namangan: NDU, 2025.
2. Mirziyoyev Sh. M. Yangi O‘zbekiston – yangi hayot bosqichi. – T.: O‘zbekiston, 2021.
3. UNESCO. Recommendations on the Protection of Archaeological Heritage. Paris: 2019.
4. ICOM. International Museum Code of Ethics. – Geneva: 2022.
5. Gorbunova N. G. Arxeologik muzeylar va ekspozitsiya texnologiyalari. – T.: 2010.