104
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJODKORLIKNI
SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Adashboyeva Parvina Jahongir qizi
Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti 4-kurs talabasi
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15423734
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:26-aprel 2025 yil
Ma’qullandi:30-aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 15-may 2025 yil
Mazkur
maqolada
boshlang‘ich
sinf
o‘quvchilarining
ijodiy
fikrlash
ko‘nikmalarini
shakllantirishda qo‘llaniladigan metodik yondashuvlar
yoritilgan.
Ijodkorlikni
rivojlantirishda
ilg‘or
pedagogik texnologiyalar, o‘yinli mashg‘ulotlar,
muammoli topshiriqlar va loyiha usulining o‘rni tadqiq
etilgan.
Tadqiqotda
amaliy
tajriba
asosida
o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, muammoni hal qilish
va yangi g‘oyalarni ilgari surish qobiliyatining oshgani
kuzatildi.
KEY WORDS
ijodkorlik,
boshlang‘ich
ta’lim, metodika, muammoli ta’lim,
o‘yinli
mashg‘ulot,
pedagogik
texnologiyalar.
Kirish.
Bugungi kunda ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biri – yosh avlodni ijodiy
fikrlovchi, tashabbuskor va mustaqil qaror qabul qila oladigan shaxs sifatida tarbiyalashdir.
Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichi bolaning shaxs sifatida shakllanishida asosiy pog‘ona
bo‘lib, bu davrda ijodkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodkorlikni shakllantirishning samarali metodikalari
o‘rganiladi.
Asosiy qism.
Hozirda boshlangʻich taʼlim tizimining asosiy vazifalari oʻquvchilarni har
tomonlama barkamol shaxs etib tarbiyalash maqsadida ularga mustaqil fikrlash, oʻzligini
anglash, bilimlarni oʻrganishda, maktabda va maktabdan tashqari ishlarda faollik, boy
maʼnaviyatimiz va qadriyatlarimizni oʻrgatish, oʻz shaxsidagi “men”ini tanitish, yuksak axloqiy
fazilatlar va estetik ruhda tarbiyalashdan iborat
. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijodkorlik
faoliyatini rivojlantirish ularning mamlakat ijtimoiy muammolarini to’g’ri baholay olishlari
bilimlarni chuqur vamustahkam o’zlashtirishlari, erkin va mustaqil ijodiy fikr yuritishlariga
yo’lladi. Ijodkorlik tushunchasining mazmuni
.
Ijodkorlik (kreativlik) - bu insonning yangilik
yaratishga, muammolarga noodatiy yondashishga, mavjud bilimlar asosida yangi yechimlar
topishga bo‘lgan aqliy va emotsional qobiliyatidir. Ijodkorlik - bu yangi, noodatiy va samarali
g‘oyalarni ilgari surish, mavjud muammolarga innovatsion yechimlar topish qobiliyatidir.
Bu
qobiliyat bolalikdan rivojlantiriladi. Ijodiy fikrlashni shakllantirish metodlari. Muammoli
ta’lim: dars jarayonida o‘quvchining mustaqil fikrlashiga imkon beruvchi savollar qo‘yiladi.
O‘yinli mashg‘ulotlar: bolalar o‘yini orqali ijodiy tafakkur, fantaziya va emotsional faoliyat
rivojlanadi. Loyiha usuli: o‘quvchilar mustaqil kichik loyihalar ustida ishlash orqali yangi g‘oya
ishlab chiqadi. Rol o‘ynash (dramatizatsiya): hikoya, ertak asosida sahnalashtirish
o‘quvchilarni faol fikrlashga undaydi. Tasviriy san’at rasm chizishda bolalarda hayolidagi
1
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. - T.:
O‘zbekiston, NMIU, 2018. – B. 570
2
Guilford J.P. “Creativity Research: Past, Present and Future”, Psychological Bulletin, 1967. - B. 50
105
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)
tasvirni qo‘g‘ozda tasvirlaydi, insholar yozish: bolalarning o‘z his-tuyg‘ularini ifodalashi uchun
qulay muhit yaratadi. Tajriba asosida natijalar
.
O‘zbekistonning turli umumta’lim
maktablarida tajriba o‘tkazilib, 3-sinflar o‘rtasida ijodkorlikni shakllantirishga qaratilgan
darslar tashkil etildi. Tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, interfaol usullardan foydalangan
sinflarda o‘quvchilarning erkin fikrlashi va yangilikka intilishi sezilarli darajada oshdi.
Natijalar va tahlil; Ijodiy yondashuv qo‘llanilgan darslar: O‘quvchilarni faollikka undaydi; O‘z
fikrini ifoda qilishga o‘rgatadi; Mustaqil fikr yuritish, yangilik yaratishga sharoit yaratadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodkorlikni shakllantirish uchun tur xil buyumlar yasash
mumkin. Masalan: rangli qog‘ozdan kichkina kitobchalar, tabriknomalar, taklifnomalar, turli
xildagi jonivorlar va shunga o‘xshash narsalar yasaydi. Ijodiy fikrlashni rivojlantirishning
ahamiyati shundaki, «bu qobiliyat nafaqat bilim olish jarayonini yengillashtiradi, balki
bolalarga turli muammolarni hal qilishda yangicha yondashuvlar, yaratish va ijod
qilishga bo‘lgan ishtiyoqni oshiradi. Shuningdek, ijodiy fikrlarni rivojlantirish bolalarda
mustaqil fikrlash va o‘z fikrlarini boshqalarga aniq va tushunarli tarzda yetkazish
qobiliyatlarini shakllantiradi».
Xulosa.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodkorlikni rivojlantirish uchun an’anaviy ta’lim
metodlaridan interfaol va innovatsion metodlarga o‘tish zarur. Har bir pedagog dars
jarayonida ijodiy yondashuvga ega bo‘lishi, bolalarda o‘ylash va yangilik yaratishga intilishni
qo‘llab-quvvatlashi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko‘taramiz. - T.: O‘zbekiston, NMIU, 2018. - B. 570
2.
Guilford J.P. “Creativity Research: Past, Present and Future”, Psychological Bulletin,
1967. - B. 50
3.
Shonazarov, X. (2015). Ta'limda ijodiy fikrlashni rivojlantirish metodlari. Toshkent:
O‘qituvchi nashriyoti.28-b
4.
Kenjaboyeva G.T. “Ijodiy fikrlashni rivojlantirish yo‘llari”, Ilmiy-amaliy jurnal, 2022. -
B.25
5.
Vygotsky L.S. “Imagination and Creativity in Childhood”, 2004. - B.18
6.
O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim konsepsiyasi, 2019. - B. 4
7.
Yusupov R.X. “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi”, Toshkent, 2021. – B. 13
3
Shonazarov, X. (2015). Ta'limda ijodiy fikrlashni rivojlantirish metodlari. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti.28-b