34
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON 2-QISM, (YOʻITJ)
NUTQGA TARTIB, YOZUVGA MA’NO BERUVCHI
BELGILAR
Shahzoda Sobitova
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU 3-bosqich talabasi
shahzodasobitova85@gmail.com
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15463149
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:16-may 2025 yil
Ma’qullandi:18-may 2025 yil
Nashr qilindi: 19-may 2025 yil
Mazkur maqolada o‘zbek tilida punktuatsiyani
o‘qitish metodlari va metodik tavsiyalar xususida so‘z
boradi. Mavzu doirasida o‘quvchilarning tinish
belgilari bo‘yicha bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini
shakllantirishda
foydalaniladigan
zamonaviy
yondashuvlar, interfaol metodlar va bir qator ijodiy
masalalar
yoritilgan.
Maqola
umumta’lim
maktablarida o‘zbek tili darslarini samarali tashkil
etish va o‘quvchilarning yozma nutq madaniyatini
yuksaltirishga qaratilgan
KEY WORDS
metod, interaktiv metod,
an’anaviy ta’lim metodlari, “aqliy
hujum”
metodi,
“qorbo‘ron”
metodi,
“kichik
guruhlardan
ishlash” metodi, AKT, nuqta,
vergul, tire, ko‘pnuqta, so‘roq
belgisi, undov belgisi.
Ma’lumki, nutqning og‘zaki va yozma shakllari mavjud bo‘lib, og‘zaki nutqda
suhbatdoshimizning kayfiyatini, nimani ifoda etishini, qanday hissiyotlarni his qilganligini
uning nutqidagi innotatsiyalar orqali oson aniqlashtiramiz. Lekin yozma nutqda bularning
hammasini qanday ifodalash mumkin? Bunda mazkur ifodalarning barchasini yozma nutqda
shakllantirish uchun tinish belgilari maydonga chiqadi. Tinish belgilari yozuvda fikrni aniq va
ravon ifodalash, o‘quvchining matnni to‘g‘ri tushunishi uchun kerak. Ular og‘zaki nutqdagi
pauza, ohang, va talaffuzdagi o‘zgarishlarni yozuvda ifodalaydi. Shuning uchun ham tinish
belgilarining ma’nosi, xususiyatlari va ishlatilishini tushunish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu
o‘rinda tinish belgilarining yaratilish tarixiga qisqacha to‘xtalib o‘tsak, Tilshunos Sergey
Bulich “Efron va Brokgauzning ensiklopedik
lug‘ati”da yozganidek, birinchi tinish belgisi
qadimgi Yunonistonda paydo bo‘lgan. Bu belgi nuqta bo‘lib, u jumlalarni ajratib, paragraflarni
belgilab berishga xizmat qilgan. Nuqta chiziqning yuqori qismida, keyin o‘rtada, keyin pastki
qismida joylashtirilgan. Keyinchalik yunon grammatikalarida boshqa tinish belgilari paydo
bo‘ldi, ammo ularni joylashtirish qoidalari yo‘q edi. Faqat XV asrda italiyalik kitob
bosuvchilari Manutsiy aka-ukalar tinish belgilarining sonini qo‘shib, ularni muayyan
qoidalarga muvofiq tartibga solishni boshladilar
Yozma nutq madaniyatini shakllantirishda
punktuatsiya (tinish belgilari)dan to‘g‘ri foydalanish muhim o‘rin tutadi. Tinish belgilarining
o‘z o‘rnida qo‘llanilishi matn mazmunining aniqligi, ifoda ravonligi, o‘quvchining fikrni to‘g‘ri
anglab olishiga xizmat qiladi. Shuning uchun tinish belgilarini samarador metod va usullardan
foydalangan holda o‘qitish, shuningdek mazkur metodlarni to‘g‘ri tanlash hozirda eng muhim
masalalardan biri hisoblanadi.
O‘quvchilarda tinish belgilarinining qo‘llanilish o‘rinlari bo‘yicha yetarli bilim hosil
qilish, gapda ularni tog‘ri qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirish, bu orqali mazmunli, izchil va
1
https://prussia.online/books/entsiklopedicheskiy-slovar
2
https://www.nur.kz/family/school/1883394-zacem-nuzny-znaki-prepinania-i-kogda-ih-ispolzovat/
35
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON 2-QISM, (YOʻITJ)
aniq yozma nutqni o‘stirish, tahliliy va ijodiy fikrlash qobilyatini oshirish punktuatsiyani
o‘qitishning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, turli manbalarda ta’lim berishning har xil metodlari
bayon etilgan. An’anaviy ta’lim metodlari sifatida og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy, kitob bilan
ishlash, qoidaviy va boshqa shu kabi metodlar keltirib o‘tilgan. Punktuatsiyani o‘qitishda
qoidaviy yoxud deduktiv metodni samarali metodlardan biri sifatida alohida qayd etish
muhim sanaladi. Mazkur metodda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga dastavval nazariy
qoida tushuntiriladi, so‘ngra amaliy mashqlar orqali olingan bilimlar mustahkamlanadi.
Qoidaviy metodni qo‘llashda tinish belgilariga oid diagramma hamda sxemalar shuningdek,
jadvallardan foydalanganda o‘quvchilarning ongida mavzu nafaqat eshitish balki ko‘rish
sezgisi orqali yanada mustahkamlanadi. Quyida namuna sifatida sxema keltirib o‘tiladi.
(Izoh: 5-sinf ona tili darsligida keltirilgan ma’lumotlar asosida tayyorlandi)
Punktuatsiya bo‘limini o‘qitishda
“aqliy hujum”
metodidan foydalanish samarali ahamiyat
kasb etadi.
“Aqliy hujum”
metodi nazariy adabiyotlarda ta’kidlandanidek
, ijodiy fikrlashni
rivojlantirishga qaratilgan ta’lim usuli bo‘lib, unda o‘quvchilar muammoni erkin tarzda
muhokama qilib, ko‘plab fikr va g‘oyalarni ilgari suradilar. Mazkur metoddan foydalanish
orqali o‘quvchilarning erkin fikrlashini rag‘batlantirish, har bir o‘quvchining faolligini oshirish
kabi maqsadlarga erishish bilan bir qatorda o‘rtaga tashlangan muammoli vaziyatni ijodiy va
jamoaviy yondashuv usuli bilan hal qilish mumkin. Ushbu metodni quyidagi bosqichlarda
amalga oshirish maqsadga muvofiq:
1.
O‘qituvchi tomonidan doskaga deyarli barcha tinish belgilari ishtirok etgan matn
yoziladi va topshiriq sifatida guruhga mazkur matnda tushurib qoldirilgan tinish belgilarining
o‘rnini to‘ldirish vazifasi yuklanadi.
2.
O‘quvchilar har bir gapni o‘qigan holda navbatma navbat fikr bildiradilar. Ushbu
bosqichda har qanday fikr inobatga olinadi, lekin xato fikrlar tanqid ostiga olinmaydi.
3.
O‘quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar barchaga tushunarli bo‘lishi uchun iloji
boricha qayd etib boriladi.
4.
Berilgan fikrlar ichidan eng to‘g‘ri yoki maqbul variant birgalikda tahlil qilingan holda
tanlab olinadi.
3
Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. -T.: TDPU. 2006 y
36
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON 2-QISM, (YOʻITJ)
5.
Bildirilgan fikrlar umumlashtirilib aniq bir yechimga kelinadi va xulosa chiqariladi.
“Aqliy hujum”
metodidan foydalanish orqali o‘quvchilarning jamoada ishlash, o‘z fikrini
asoslash, muammoni har taraflama tahlil qilish hamda mustaqil qaror qabul qilish kabi
ko‘nikmalarini shakllantirishga erishiladi.
“Kichik guruhlarda ishlash”
metodi tinish belgilarini o‘qitishda ijobiy natijalarga
erishishga yordam beruvchi muhim metodlar sirasiga kiradi.
Ushbu metod qo‘llanilganda
o‘quvchilar uch yoki besh kishilik guruhlarga bo‘linadi. o‘quvchilar guruhda matn ustida
ishlash jarayonida tinish belgilarining vazifasi, qo‘llanish qoidalari va ularning gap tuzilishiga
ta’siri haqida fikr almashadilar. Har bir guruhga alohida matn yoki jumla beriladi va ular
undan tinish belgilarini aniqlab, tahlil qilish, xatolarni to‘g‘rilash kabi vazifalarni bajaradilar.
Guruh a’zolari o‘zaro muhokama qilgan holda yakuniy qarorga keladilar, so‘ngra har bir guruh
vakili sinf oldida o‘z qarorlarini asoslab taqdim etadi.
“Kichik guruhlarda ishlash”
metodi
guruhlar o‘rtasida ijtimoiy faollik, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish bilan bir qatorda
javobgarlik tuyg‘usini rivojlantirishga yordam beradi.
“Qor bo‘ron” metodi
bugungi kunda eng ko‘p
qo‘llanilayotgan
interaktiv metodlar
sirasiga kiradi. Ushbu metod konstruktiv yondashuv asosida ishlab chiqilgan bo‘lib,
o‘quvchilarning fikr almashish va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Punktuatsiyani o‘qitishda “qor bo‘ron” metodini quyidagicha qo‘llash maqsadga muvofiq:
-
O‘qituvchi qog‘ozdan qor parchasi yasab oladi va qor parchasini savol ko‘rinishidagi
gap bilan o‘quvchilarga otadi. O‘quvchi qor parchasini ushlab olib berilgan gapda qanday
tinish belgilari qo‘llanilganligini tezda aytishi kerak bo‘ladi. Buning uchun o‘quvchilar tinish
belgilari bo‘yicha o‘tilgan mavzuni va har bir tinish belgisini qo‘llanishiga oid qoidalarni puxta
o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim.
Misol:
quyidagi gaplarda qanday tinish belgilari qo‘llaniladi?
1.
Shlyapaning nimasi qo‘rqinchli ekan (so‘roq belgisi)
2.
Ijodim namunasini kattalarga ko‘rsatib qo‘rqinchli emasmi deb so‘radim (vergul, nuqta)
3.
Iltimos menga qo‘zichoq chizib ber (ko‘p nuqta, undov)
4.
Sen qayoqdan uchib kelding bolakay (vergul, so‘roq) va h.k
.
Tinish belgilarini o‘qitishda interaktiv metodlar bilan bir qatorda darsga amaliy-metodik
jihatdan yondashish ham lozim. Mashq va topshiriqlar bajarish, xatolar ustida ishlash va
boshqalar shular jumlasidandir. Tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha yoma mashqlar eng
samarali vositalardan biridir. Diktant olingandan so‘ng o‘quvchilar tomonidan matnda
uchragan punktuatsion xatolarni birgalikda tahlil qilish va to‘g‘irlash orqali ham qo‘yilgan
maqsadga erishish mumkin.
Nafaqat punktuatsiyani o‘qitishda balki butun ta’lim jarayonini tashkil etishda axborot-
kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Mavzu o‘tib bo‘lingandan
so‘ng ular yordamida onlayn testlar (Quizizz, Kahoot, Wordwall platformalari) o‘tkazish
o‘quvchilarda darsga bo‘lgan qiziqishni yanada oshiradi. Tinish belgilari bo‘yicha o‘tilgan
mavzuni mustahkamlash yuzasidan quyidagi sheriy topishmoqlardan tuzilgan savollardan
foydalanish tavsiya etiladi:
So‘ra ham taajjub qil,
Yordam bergum begumon.
“Kim?”, “Nima?”, “Qayerda?” – deb
Izlab qolsang mabodo,
So‘raymi deb o‘tirmay
Qo‘yilaman shu tobda.
(so‘roq belgisi)
Ko‘chirma gap yozganda
Mendan foydalan, do‘stim.
4
Farberman. B.L. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar.- T.:2001
5
Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. -T.: “Moliya ” nashriyoti, 2003 y. – 171 b
37
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON 2-QISM, (YOʻITJ)
Buyruq gapda ham men bor,
To‘g‘rila kam-u ko‘stim.
(nuqta)
Hayrating so‘ngidaman
Gohi chap, o‘ngidaman.
Yurak to‘la hayajon,
Buncha xursand bolajon!
(undov belgisi)
Men-la nafas rostlaysan.
Ko‘chirma gapda borman,
Meni yaxshi taniysan.
Undalmani ajratgum
Undov so‘zdan keyin man
(vergul)
Vazifamiz juft turmoq.
Asar, she’r, qo‘shiq nomin
Matnda poylab turmoq.
Ko‘chirma gapda ham biz,
Ajratishga ustamiz
(qo‘shtirnoq)
Agar bir gap boshqasin
Mazmunini to‘ldirsa,
Yoki bir gap boshqasin
Natijasin bildirsa,
Hozirman o‘sha yerda.
Ko‘chirma gapdan oldin
Muallifni chorlayman.
Umumlovchi so‘zdan so‘ng
Mendan foydalan, do‘stim
(ikki nuqta)
Izohlovchi bo‘lakni
Bag‘rimga yashiraman.
Ko‘chirmaning manbayin
Men qo‘riqlab turaman.
Asarda remarkalar
Men-la himoyadalar
(qavs)
Fikring tugallanmasa,
Yetib borgum birpasda.
Ba’zan o‘ylasang rosa,
Mulohaza qilsang ham
Mendan foydalan, do‘stim,
Xizmatga shayman o‘zim
(ko‘p nuqta)
Tilda doim kerakman.
Dialogni boshlayman,
Kirish gapni ovlayman.
Ko‘chirma gapda borman,
Muallifga dastyorman
(tire)
O‘quvchilarga berilgan topshiriqlarning har qaysisida ma’lum bir vazifa yuklatilgan bo‘lib, bu
vazifa orqali ular bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishadi. Toshkent viloyati Shayxontohur tumani
324-maktabning 5-M sinf o‘quvchilari ishtirokida “Qor bo‘ron” metodi orqali har bir o‘quvchi
tinish belgilarni qay daraja o‘zlashtirganini tekshirib ko‘rdik. Baholashda quyidagi
me’zonlarga e’tibor qaratildi:
– O‘quvchi gapda qo‘llangan tinish belgini To‘g‘ri aniqlay oldimi?
–
Har bir tinish belgisining qo‘llanish sababini tushuntira oldimi?
–
O‘z fikrini to‘liq va aniq ifoda eta oldimi?
–
Gapni to‘g‘ri va ravon o‘qiy oldimi?
38
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON 2-QISM, (YOʻITJ)
Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki
umumiy hisobda 6 nafar o‘quvchi 100%, 4 nafar
o‘quvchi 90%, 8 nafar o‘quvchi 84 %, 5 nafar o‘quvchi 76%, 7 nafar o‘quvchi 70 %
ko‘rsatkichni ko‘rsatdi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, punktuatsiyani o‘qitishda yagona
metoddan foydalanish emas, balki turli yondashuvlarni uyg‘unlashtirish zarur.
Qoidabozlikdan ko‘ra, faol, tahliliy, amaliy-uslubiy metodlar o‘quvchining ongli bilim
egallashiga xizmat qiladi. Eng muhimi, o‘quvchini dars jarayoniga faol jalb etish va unga erkin
fikrlash imkonini yaratishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. -T.: TDPU. 2006 y
2.
Farberman. B.L. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar.- T.:2001
3.
Mochalova N.M. Maktabning metodik ishini tashkil etishning innovatsion
yondashuvlari: O’quv qo’llanma. - Ufa, 2002. - 86 bet Slastenin V.A., Podimova L.S. Pedagogika:
innovatsion faoliyat. - M., 1997
4.
Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. -T.: “Moliya ” nashriyoti, 2003 y. –
171 b
5.
6.
http://old.natlib.uz:8101/namdu/
7.
https://prussia.online/books/entsiklopedicheskiy-slovar
8.
https://www.nur.kz/family/school/1883394-zacem-nuzny-znaki-prepinania-i-kogda-