123
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON 2-QISM, (YOʻITJ)
O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINI BYUDJET SOLIQ
STAVKALARI ORQALI BOSHQARISH
AZIZA YUSUPOVA
DIPLOMAT UNIVERSITY
E-mail: aliyzokirov@gmail.com
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15533334
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:16-may 2025 yil
Ma’qullandi:18-may 2025 yil
Nashr qilindi: 28-may 2025 yil
Maqolada O’zbekistonning 2013-2024 yillar
oralig’idagi soliq stavkalari va ularning iqtisodiyotga
ta’siri tahlil qilingan.Soliq siyosatining o’zgarishlari va
u orqali mamlakatning iqtisodiy rivojlanishdagi
muvaffaqiyatlari yoki muammolarni xal qilish usullari
ko’rsatilgan.Ishda soliq qonunchilikka kiritilgan
islohotlar,tadbirkorlarga
beradigan
imtiyozlar,shuningdek,soliq
siyosatidagi
strategik
o’zgarishlarning iqtisodiy o’sish va investitsiyalarga
ta’siri taxlil etilgan.Bu tahlil O’zbekistonda soliq
siyosatining kelgusi rivoji va iqtisodiy brqarorlikni
ta’minlashda qanday axamiyatga ega ekanligini
ko’rsatadi
KEY WORDS
Soliq siyosati, soliq stavkalari,
iqtisodiy boshqaruv, O’zbekiston
iqtisodyoti, moliyaviy islohotlar,
investitsiya
muhiti,
byudjet
daromadlari.
Kirish.
O’zbekiston iqtisodiyotini soliq stavkalari orqali boshqarish,davlatning fiscal
siyosati,экономик tadbirlar va ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari bo’yicha muhim
usullardan biri hisoblanadi. Soliqlar davlatning iqtisodiy faoliyatini tartibga solish va
rivojlantirishda muhim ro’l o’unaydi. Davlat soliq siyosatini o’tkazar ekan,iqtisodiy
rivojlanishni rag’batlantirish,investitsiyalarni jalb qilish va xukumat byudjetiga daromadlarni
topish maqsadlarini ko’zda tutadi. 2013 yildan 2024 yilgacha O’zbekistonda soliq siyosatida
ko’plab o’zgarishlar va rivojlanishlar bo’lib o’tdi. Bu davrda soliq qonunchilik tizimi islox
qilindi,yangi soliq kodeksi qabul qilindi va mamklakatning iqtisodiy taraqqiyotiga katta ta’sir
ko’rsatgan muhim qarori qabul qilindi. Soliq stavkalari orqali iqtisodiyotni boshqarishning
ahamiyati O’zbekistonning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda asosiy ro’l o’ynadi.
Soliq stavkalari,jumladan,daromad soliqlari,qo’shilgan qiymat solig’i,kapital soliqlari va
boshqa turdagi soliqlar iqtisodiy faoliyatga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi. Ushbu
soliqlar,tadbirkorlikning investitsiyalariga,ishlab chiqarish jarayonlariga va albatta,iste’molga
bo’lgan xarajatlariga ta’sir ko’rsatadi. Ko’pincha yuqori soliq stavkalari,mamlakatdagi
ishbilarmonlik muhitini zararli ta’sirlantirishi va investitsiyalar uchun ko’rsatilgan
rag’batlarni kamaytirishi mumkin. Shuning uchun soliq stavkalari o’rnatishda va ularni
boshqarishda muvozanatga erishish juda muhimdir. Soliqlar davlatning asosiy daromad
manbai bo’lib,ular orqali byudjetni to’ldirish va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish
mumkin.O’zbekistonda davlat byudjeti asosan soliqlar orqali shakllantiriladi.Davlat byudjeti
kelajakda yangi soliq siyosati orqali mamlakatning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishini qo’llab-
quvvatlash,ishlab chiqarish va innovatsiyalarni rag’batlantirishga qaratilgan. Soliqlar
ishbilarmonlik muhitini shakllantiradi. O’zbekistonda investitsiyalar uchun soliq imtiyozlari
joriy qilingan,ular xalqaro invrstorlar uchun jozibali axvol yaratadi. Buning natijasida
investitsiyalar ko’payadi va bu iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki bo’ladi. Soliqlar orqali
iqtisodiyotni boshqarishda xukumat muhim ro’l o’ynaydi. O’zbekiston xukumatining maqsadi
124
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON 2-QISM, (YOʻITJ)
ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sektori uchun soliq tizimini samarali boshqarish va
ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashdir.
Uslublar: Tadqiqotda iqtisodiy tahlilning tizimli va qiyosiy usullari qo’llanilgan.
Xususan,dinamik qatori tahlili,SWOT tahlil,ta’sir va natija munosabatini aniqlashga qaratilgan
modellar,xamda soliq siyosatining iqtisodiyotga ta’sirini baxolashda iqtisodiy-matematik
usullardan foydalanildi. Byudjet-soliq siyosatining boshqaruvdagi rolini aniqlash maqsadida
O’zbekistonning oxirgi yillardagi makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahlil qilinib,soliq
stavkalaridagi o’zgarishlar iqtisodiy o’sish,inflyatsiya,ishsizlik,investitsiyalar xajmi va davlat
byudjeti balanslari bilan bog’liq xolda o’rganildi. Shuningdek,soliq islohotlari natijalarini
baxolashda normativ-xuquqiy tahlil usuli,ya’ni soliq qonunchiligidagi o’zgarishlar va ularning
amaliyotdagi ijrosi tahlil qilindi. Bundan tashqari,xalqaro tajriba bilan qiyosiy tahlilusuli
orqali O’zbekistondagi soliq siyosatining samaradorligi baxolandi. Tadqiqot davomida fisakal
siyosat vositalarining iqtisodiy faolikka ta’sirini modellashtirish orqali boshqaruv qarorlariga
asos bo’luvchi tavsiyalar ishlab chiqildi.
1. Soliq byudjetinining axamiyati:
O’zbekistonda soliq byudjetining iqtisodiy faoliyatga ta’siri
Soliq tizimi va davlat byudjeti o’rtasidagi o’zaro bog’lanish
Soliqlar va byudjet orqali iqtisodiy rivojlanishning boshqaruvi
Natijalar:Tadqiqot natijalari shundan dalolat bermoqdaki,O’zbekistonda soliq stavkalarini
strategik boshqarish orqali iqtisodiy faollikka ta’sir etish imkoni katta. Ayniqsa,kichik biznes
va xususiy tadbirkorlikni rag’batlantiruvchi yengillashtirilgan soliq rejimlari iqtisodiyotda
yangi ish o’rinlari yaratilishi,ichki bozorda talab o’sishi va investitsiya muhitini
yaxshilanishiga olib keladi. Soliq stavkalaridagi ustuvorlik (progressiv yoki regressiv)
iqtisodiy tenglik va davlat byudjeti barqarorligiga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri
ekanligi aniqlandi. Shuningdek,tadqiqotda fiscal siyosatining samaradorligi uchun soliq
bazasini kengaytirish,yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va elektron xisobot tizimlarini
takomillashtirish muhim axamiyat kasb etishi qayd etildi. 2013-2024 yillar davomida byudjet-
soliq siysosatini takomillashtirish va iqtisodiyotni samarali boshqarish maqsadida qator
islohotlar amalga oshirildi. Ushbu davrdagi asosiy natijalarni quyidagicha umumlashtirish
mumkin:
Soliq stavkalaridagi o’zgarishlar va barqarorlik:
QQS (Qo’shilgan qiymat solig’i): 2025 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvargacha
QQS stavkasi o’zgarmasdan qoladi.
Yurudik shaxslar daromad solig’i: 2025 yildan 2028 yilgacha ushbu stavka xam
o’zgarmasdan qoladi.
Ayrim
sohalar
uchun
imtiyozlar:
2025
yildan
2028
yilgacha
to’qimachilik,poyabzal va charm maxsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar
uchun daromad solig’i va jismoniy shaxslar daromad solig’i 1% etib belgilandi.
1. Soliq bazasini kengaytirish va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish:
125
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON 2-QISM, (YOʻITJ)
Soliq ma’muriyatchiligini yaxshilash: 2025 yildan boshlab elektron xisobot
tizimlari orqali soliq to’lovchilarning faoliyatini nazorat qilish kuchaytirildi.
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish: Soliq imtiyozlarning qisqartirilishi va soliq
stavkalaridagi o’zgarishlar orqali yashirin iqtisodiyot ulushi kamaytirildi.
2. Soliq imtiyozlari va ularning ta’siri:
Elektron tijorat subektlari uchun imtiyozlar: 2025 yildan elektron tijorat
subektlari uchun daromad solig’i stavkasi 7.5% dan 10% ga,aylanma solig’i
esa 2% dan 3% ga oshirildi.
Fiksirlangan soliq stavkalari: 2023 yilda joriy etilgan fiksatsiyalangan soliq
stavkalari 2026 yil 1 yanvardan bekor qilinadi.
Ushbu davr ichida soliq siyosati faqat davlat byudjeti uchun daromad manbai sifatida
emas,balki iqtisodiy o’sishni qo’llab-quvvatlovchi,tadbirkorlik muhitini yaxshilaydigan va
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlovchi vosita sifatida namoyon bo’ldi.
Birinchi navbatda,soli tizimida shaffoflik va samaradorlikni oshirish bo’yicha qator
qadamlar tashlandi. Xususan, 2017 yildan keyingi soliq islohotlari soliq to’lovchilar sonining
oshishiga va soliq ma’muriyati faoliyatini raqamlashtirishga zamin yaratdi. Bu esa yashirin
iqtisodiyot ulushining qisqarishiga olib keldi.
Ikkinchidan,soliq stavkalarida barqarorlik va sohalar bo’yicha belgilangan imtiyozli
shartlar 2020-yildan boshlab yanada aniq ko’rinish oldi. Masalan,2025-2028 yillar davrida
QQS
va
yuridik
shaxslar
daromad
solig’i
stavkalari
o’zgarishsiz
qolishi
belgilangani,ishbilarmonlik muhitining barqarorligini ta’minlashda muhim axamiyat kasb
etadi.
Uchinchidan,inklyuziv va barqaror o’sishni ta’minlash maqsadida kichik va o’rta biznes
uchun ayrim imtiyozlar berilishi,ayniqsa to’qimachilik va charm sanoatidagi korhonalarni
soliqdan ozod qilish choralari ish o’rinlari yaratish va maxalliy ishlab chiqarishni
rag’batlantirishda muxim vosita bo’ldi.
To’rtinchidan,innovatsion yondashuvlar va raqamlashtirish orqali soliq ma’muriyatida
ochiqlik,tezkorlik va samaradorlik oshdi.Endilikda,elektron xisobotlar,raqamli identifikatsiya
va onlayn soliq to’lovlari tizimi soliq to’lovchilar uchun qulaylik yaratdi.
Beshinchidan,byudjet taqchilligini bosqichma-bosqich kamaytirish siyosati amalga
oshirildi. Agar 2023 yilda byudjet taqchilligi YAIMning 5.5% ini tashkil etgan bo’lsa, 2025
yilgacha bu ko’rsatkichni 3% gacha tushirish maqsad qilingan. Bu esa moliyaviy barqarorlikka
xizmat qiladi.
Umuman olganda,2013-2024 yillar davomida O’zbekistonda soliq-byudjet siyosati orqali
iqtisodiyotni boshqarishda muvozanatli yondashuv,iqtisodiy o’sishni qo’llab-quvvatlash,va
ijtimoiy ximoyani ta’minlash tamoyillari yetakchi axamiyat kasb etdi. Bu jarayonda xorijiy
tajriba va milliy istiqbollar o’rtasida muvozanat saqlandi.
O'zbekiston Respublikasining amaldagi soliq tizimi davlatning samarali soliq siyosatini
yuritilishida asosiy mezoni hisoblanadi.
Soliq to'g'risidagi qonun hujjatlari soliq solishning majburiylik, aniqlik va solia organlarining
soliq to' lovchilar bilan hamkorligi, adolatlilik, solia tizimining yagonaligi, oshkoralik va soliq
to lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsiplariga asoslanadi.
Soliq to'g'risidagi qonun hujjatlarining qoidalari Solia kodeksida belgilangan prinsiplarga zid
bo lishi mumkin emas.
126
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON 2-QISM, (YOʻITJ)
Soliq tizimi O'zbekiston Respublikasining butun hududida barcha solia to lovchilarga nisbatan
yagona ekanligi belgilangan.
Yangi soliqlar va yig 'imlar belgilanishini nazarda tutuvchi soliq to'g'risidagi qonun hujjatlari
rasman e'lon gilingan kundan e'tiboran kamida uch oy o'tgach amalga kiritiladi. Soliq
imtiyozlarini bekor qilishni, yangi majburiyatlarni joriy etishni, soliq to'g'risidagi qonun
hujjatlarini buzganlik uchun javolbgarlik choralarini kuchaytirishni yoki soliq munosabatlari
sub'ektlarining holatini boshqacha tarzda og'irlashtirishni nazarda tutuvchi soliq to'g'risidagi
qonun hujjatlari ham xuddi shunday tartibda amalga kiritiladi.
Ma’lumotlarni tahlil
qilsak,O’zbekistonda soliq tushumlari 2013-yilda soliq tushumlari 3.47 milliard AQSH
dollariga yetgan bo’lib,bu yilning eng yuqori ko’rsatkichi xisoblanadi. 2017-yilda soliq
tushumlari 1.60 milliard AQSH dollariga tushib,eng past darajaga yetib,bu soliq tizimining
samaradorligini pasayganini ko’rsatadi. 2020-yilda soliq tushumlari 2.45 milliard AQSH
dollariga ko’tarilib,iqtisodiy barqarorlikning tiklanishini ko’rsatadi. Soliq organlari tomonidan
yig'ilgan tushumlar 2021-yilda 127,9 trln so'mni tashkil etdi. Bu 2020-yil bilan solishtirganda
24,3 trln so'mga yoki 23,5 foizga ko'pdir.
2021-yilda soliq va bojxona organlari tomonidan na'murlashtiriladigan OQS bo'yicha
tushumlar 52,8 trln so'm bo'ldi. Bu 2020-yil bilan solishtirganda 12,6 trln so'mga oshdi.Aksiz
solig'i tushumlari 2021-yil bilan solishtirganda 1,4 trln so'mga oshdi va 13,1 trin so'mni
tashkil etdi. 2021-yilda bojxona boji tushumi 4,8 trln so'mni tashkil etdi yoki 2020-yil bilan
solishtirganda 1,2 trln so'mga oshdi. Foyda solig'i bo' yicha tushumlar 38,4 trln so'm bo'lib, bir
yilda 9,7trln so'mga oshdi.Jismoniy shaxslardan olinadigandaromad solig'i bo'yicha tushumlar
18,9 trln so'mni tashkil etdi. O'sish ko' rsatkichi 3,8 trln so'mga teng bo'ldi. 2021-yilda resurs
soliqlari va mol-mulk solig'i bo'yicha umumiy tushumlar 23,0 trln so'mni tashkil etdi. Bu
2020-yil bilan solishtirganda 1,8 trln so'mga ko'p. Boshqa daromadlar va soliq bo'lmagan
to'lovlar bo'yicha tushumlar 2021-yilda 26,4 trln so'mni tashkil etib, 131,8 foizga o'sdi.
2021-yilning I yarmida foyda solig‘i bo‘yicha tushumlar 18,6 trillion so‘mni tashkil etdi, 2020-
yilning mos davriga nisbatan tushumlar 6,8 trillion so‘mga oshgan. Foyda solig‘i
tushumlarining 12,6 trillion so‘mi, ya’ni 67,8 foizi oltin va mis qazib oluvchi korxonalar
hissasiga to‘g‘ri kelgan. Iqtisodiyotning qayta tiklanishi, ma’muriyatchilik va soliq
qonunchiligiga rioya etilishi yaxshilanishi tushumlarning o‘sishiga olib kelgan. Bunga,
shuningdek, foyda solig‘i bazasining o‘sishiga olib kelgan oltin va kumush uchun yer qa’ridan
foydalanganlik uchun soliq stavkasining 20 foizdan 15 foizgacha kamaytirilishi va oltin
narxining 2020-yilning mos davriga nisbatan o‘rtacha 9,8 foizga o‘sganligi ijobiy ta’sir
ko‘rsatgan. 2020-yildan boshlab bir yo‘la amortizatsion chegirma joriy qilinganligi (5 yoki 10
foiz) natijasida 2021-yil I choragida 338 nafar soliq to‘lovchining foyda solig‘i bo‘yicha soliq
bazasidan chegirilgan summasi 384,8 milliard so‘mni tashkil etdi hamda taxminan, 57,7
milliard so‘m mablag‘ ular ixtiyorida qoldirilgan.
127
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON 2-QISM, (YOʻITJ)
Bevosita soliqlar bo’yicha tushumlar 85,6 trln so’m yoki 2023 yilgi kutilayotgan ijroga
nisbatan 12,3 trln so’mga (117 foiz) ko’p bo’lishi prognoz qilinmoqda.2024-yilda bevosita
soliqlar Davlat byudjeti daromadlari prognozining 31,7 foizini tashkil etadi.Foyda solig’i
bo’yicha tushumlar 44,3 trln so’m yoki 2023 yilgi kutilayotgan ijroga nisbatan 3,4 trln so’mga
(108,3 foiz) ko’p bo’lishi prognoz qilinmoqda.Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i
bo’yicha tushumlar 38,5 trln so’m yoki 2023 yilgi kutilayotgan ijroga nisbatan 8,9 trln so’mga
(129,9 foiz) ko’p bo’lishi prognoz qilinmoqda.Aylanmadan olinadigan soliq bo’yicha
tushumlar 2,9 trln so’m prognoz qilinmoqda.Bilvosita soliqlar bo’yicha tushumlar 111,6 trln
so’m yoki 2023 yilgi kutilayotgan ijroga nisbatan 25,7 trln so’mga (129,9 foiz) ko’p bo’lishi
prognoz qilinmoqda.2024-yilda bilvosita soliqlar Davlat byudjeti daromadlarning asosiy
qismini tashkil qilib,umumiy daromadlar prognozining 41,3 foizini tashkil etadi.Qo’shilgan
qiymat solig’i bo’yicha tushumlar 74,0 trln so’m yoki 2023 yilgi kutilayotgan ijroga nisbatan
14,1 trln so’mga (123,5 foiz) ko’p bo’lishi prognoz qilinmoqda.Shu bilan birga,soliq
to’lovchilarga qo’shilgan qiymat solig’ining 24,7 trln so’mini ( jami qo’shilgan qiymat solig’i
bo’yicha yig’iladigan mablag’larning 25,0 foizi) qaytarib berish prognoz qilingan.Aktiz solig’i
bo’yicha tushumlar 22,7 trln so’m yoki 2023 yilgi kutilayotgan ijroga nisbatan 6,3 trln so’mga
(138,7 foiz) ko’p bo’lishi prognoz qilinmoqda.Bojxona bojlari bo’yicha tushumlar 14,8 trln
so’m yoki 2023-yilgi kutilayotgan ijroga nisbatan 5,3 trln so’mga (154,8 foiz) ko’p bo’lishi
prognoz qilinmoqda.Resurs soliqlari va mol-mulk solig’i bo’yicha tushumlar 31,8trln so’m
yoki 2023-yilgi kutilayotgan ijroga nisbatan 3,5 trln so’mga (112,4 foiz) ko’p bo’lishi prognoz
qilinmoqda.2024-yilda resurs soliqlari va mol-mulk solig’i Davlat byudjeti daromadlari
prognozining 11,8 foizini tashkil etadi. 2024 yilda resurs soliklari va mol-mulk solig‘i Davlat
byudjeti daromadlari prognozining 11,8 foizini tashkil etadi.Prognoz ko‘rsatkichlariga ko‘ra,
resurs soliklarining asosiy, ya’ni 52,4 foizi qismi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqka
to‘g‘ri keladi.Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha tushumlar 16,7 trln so‘m yoki
2023 yildagi kutilayotgan ijroga nisbatan 1,6 trln so‘mga (110,9 foiz) ko‘p prognoz qilinmoqda.
2024 yilning 6 oyida davlat budjetiga soliq tushumlari o‘tgan yildan 11,4 foizga ko‘p bo‘ldi.
Ikkinchi chorakda mol-mulk solig‘i tushumlari salkam 1,5 barobarga oshgan. Avvalroq yilning
birinchi yarmida davlat budjeti taqchilligi 27 foizga oshib, 34 trln so‘mga yetgani xabar
qilingandi.2024 yilning II choragi davomida davlat budjetiga soliq tushumlari qariyb 45,5 trln
so‘mni tashkil etdi. Bu – o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 foizga ko‘p.II chorakda
barcha soliq turlari bo‘yicha o‘sish kuzatilgan. Eng yuqori o‘sish – mol-mulk solig‘i – 45 foiz.
Keyingi o‘rinlarni esa aksiz solig‘i (36,6 foiz) va QQS (26,5 foiz) egalladi.1 chorakda budjetga
soliq tushumlari 40,3 trln so‘mni tashkil qilgandi . Shu raqamlardan kelib chiqilsa, 2024
yilning 6 oyida soliq tushumlari 85,8 trln so‘mni tashkil qilgan. Bu – o‘tgan yilning birinchi
yarmidagi ko‘rsatkichdan 11,4 foizga ko‘p.
Avvalroq 2024 yilning birinchi yarmida davlat budjeti defitsiti 34 trln so‘mdan oshgani xabar
qilingandi.6 oyda davlat budjeti daromadlari 115,8 trln so‘m, xarajatlari esa 149,8 trln so‘mni
128
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON 2-QISM, (YOʻITJ)
tashkil etib, taqchillik 34 trln so‘mga yetgan. Bu – bir yil oldingi ko‘rsatkichdan qariyb 27
foizga ko‘p.
Muhokama. Soliq siyosati har qanday davlatning iqtisodiy tizimida markaziy o‘rin tutadi. U
orqali davlat iqtisodiy faoliyatni tartibga soladi, budjetni to‘ldiradi, faol yoki passiv ravishda
bozor iqtisodiyotini boshqaradi. Soliq stavkalari esa ushbu siyosatning eng muhim
mexanizmlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda ham soliq stavkalari orqali iqtisodiyotga
ta’sir ko‘rsatish, uni rag‘batlantirish va tartibga solish borasida qator islohotlar amalga
oshirilmoqda.
1. Soliq stavkalari orqali iqtisodiyotni rag‘batlantirish va cheklash
Soliq stavkalari iqtisodiy subyektlarning faoliyatiga bevosita ta’sir qiladi. Masalan, stavka
qancha yuqori bo‘lsa, ishlab chiqaruvchida rasmiy faoliyatdan chetlashish, norasmiy
iqtisodiyotga o‘tish ehtimoli ortadi. Bunday holatda:
• Soliq yukining kamaytirilishi investitsiya muhiti yaxshilanishiga olib keladi;
• Muayyan sohalarda soliq imtiyozlari tadbirkorlikni rag‘batlantiradi;
• Kichik biznesga yengillashtirilgan stavkalar orqali yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda tadbirkorlar soliq yukini kamaytirish maqsadida bir nechta
muhim choralar ko‘rildi:
QQS 20%dan 15%ga tushirildi;
• Yuridik shaxslar uchun daromad solig‘i stavkasi 12% qilib belgilandi;
• Yagona yer solig‘i va soddalashtirilgan soliq rejimlari joriy etildi;
• Aholi uchun ayrim soliq turlari bekor qilindi yoki yengillashtirildi.
2. Soliq stavkalari bilan bog‘liq muammolar
Amaldagi tizimda quyidagi muammolar mavjud:
• Soliq stavkalarining tez-tez o‘zgarishi tadbirkorlik subyektlarida noaniqlik tug‘diradi:
Aholi va biznes uchun soliq bo‘yicha axborotning yetishmasligi;
• Soliq yukining noteng taqsimlanishi – yirik korxonalar ko‘pincha imtiyozlardan foydalanib,
kam soliq to‘laydi, kichik biznes esa og‘irlikni ko‘taradi;
• Norasmiy sektorning katta ulushi soliq bazasining kengayishiga to‘sqinlik qiladi;
• Raqamlashtirish darajasining pastligi soliq nazoratini cheklaydi.
3. Soliq stavkalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar
Soliq stavkalarini iqtisodiy o‘sishga xizmat qiluvchi darajada belgilash uchun quyidagilarni
amalga oshirish lozim:
• Soliq yukini subyektlarning moliyaviy holatidan kelib chiqib, differensiallashtirish;
• Ishlab chiqarish va eksport sohalariga imtiyozli stavkalarni kengaytirish;
• Norasmiy sektorni rasmiylashtirish uchun motivatsiya yaratish (masalan, pastroq stavkalar,
soddalashtirilgan hisobot);
• Raqamlashtirishni kengaytirish va soliq to‘lovchilar uchun avtomatlashtirilgan hisob
tizimlarini joriy etish;
• Xalqaro tajribani o‘rganish va o‘z sharoitimizga moslashtirish (masalan, Estoniya, Gruziya
yoki Polsha tajribalari);
• Soliq sohasi bo‘yicha maslahat xizmati va ta’limni kengaytirish, tadbirkor va aholining
xabardorligini oshirish.
Xulosa. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi roli muayyan
tartibga soluvchi vositalar orqali namoyon bo‘ladi. Ular ichida soliq tizimi eng samarali va
strategik vositalardan biri hisoblanadi. Soliqlar yordamida davlat iqtisodiy jarayonlarga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi: resurslar oqimini boshqaradi, ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi
yoki cheklaydi, aholi va tadbirkorlik subyektlari xatti-harakatlariga yo‘naltiruvchi ta’sir
o‘tkazadi.
O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan soliq islohotlari aynan ushbu funksiyalarni
zamonaviy yondashuvlar asosida amalga oshirishga xizmat qilmoqda. So‘nggi yillarda
129
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON 2-QISM, (YOʻITJ)
soliqlarni soddalashtirish, soliq stavkalarini pasaytirish va soliq ma’murchiligini
raqamlashtirish orqali iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish yanada samarali tus oldi. Bu
islohotlar norasmiy iqtisodiyotni qisqartirish, soliqqa tortish bazasini kengaytirish va byudjet
barqarorligini ta’minlashga imkon berdi. Soliq stavkalari iqtisodiy siyosatda eng muhim
instrument bo‘lib, ular yordamida davlat ayrim sohalarni qo‘llab-quvvatlaydi, boshqalariga
esa soliq bosimini oshirish orqali ularni tartibga soladi. Misol uchun, eksportga yo‘naltirilgan
mahsulotlar ishlab chiqaruvchilari yoki infratuzilma rivojiga xizmat qiluvchi loyihalar uchun
soliq imtiyozlari belgilanadi. Bu orqali davlat iqtisodiy resurslarni ustuvor yo‘nalishlarga
yo‘naltiradi.
Adabiyotlar:
1. Vaxabov A.V., Khajibakiev Sh.X. va boshqalar. Iqtisodiyot nazariyasi (yangi tahrir). –
Toshkent: “IQTISODIYOT”, 2021. – 432 b.
2. Yavmutov D.Sh., Karimova K.S. O‘zbekiston iqtisodiyotida “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini
joriy qilish masalalari. – Mejdunarodniy nauchno-obrazovatelьniy elektronniy jurnal
«Obrazovanie i nauka v XXI veke», №26 (Tom 7), 2022. – B. 495–502. –
https://www.mpcareer.ru/oinv21veke3
3. Vaxabov A.V., Khajibakiev Sh.X. va boshqalar. Yashil iqtisodiyot. – Toshkent: “Universitet”,
2020. – 262 b.
4. Golovanov E.B. Metodicheskiy podxod v otsenke ustoychivogo razvitiya regional’noy
ekonomiki. – Sovremennye texnologii upravleniya, 2015, №3(51). – S. 23–29.
5. Green Growth and Developing Countries: A Summary for Policy Makers. – OECD, 2012. –
URL: http://www.oecd.org/dac/50526354.pdf
6. Abramova A.V. va boshqalar. Ustoychivoe razvitie: Novye vyzovy; tahriri: V.I. Danilov-
Danilyan,
N.A.
Piskulova.
–
URL:
http://dlib.rsl.ru/…/rsl01008038072.pdf
(http://dlib.rsl.ru/rsl01008000000/rsl01008038000/rsl01008038072/rsl01008038072.pdf)
7. Global Green Growth Institute. Annual Report 2024. – URL: http://gggi.org/wp-
content/uploads/2024/06/2024-Annual-Report.pdf
8. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD). Green Investment in Uzbekistan. – URL:
https://www.ebrd.com/…/green-investment-in-uzbekistan.html
(https://www.ebrd.com/home/news-and-events/news/2023/ebrd-provides-funds-to-
promote-green-investment-in-uzbekistan.html)
9.
Yashil
investitsiyalarni
rag‘batlantirish
haqidagi
yangilik
–
https://kun.uz/news/2023/12/16/…
(https://kun.uz/news/2023/12/16/yettb-
ozbekistonda-yashil-investitsiyalarni-ragbatlantirish-uchun-10-mln-dollar-ajratadi)
10. O‘zsanoatqurilishbank va GGGI hamkorligi haqida – https://sqb.uz/green-
banking/news/…
(https://sqb.uz/green-banking/news/o-zsanoatqurilishbank-va-global-
yashil-o-sish-instituti-yashil-investitsiyalar-sohasida-yangi-anglas/uz/individuals/credits/).