YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
112
ONA TILI TA’LIMIDA TASVIRIY IFODALARNI O‘QITISH
TEACHING PARAPHRASES IN MOTHER TONGUE EDUCATION
Nasimova Odina
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universiteti talabasi
Tashkent State Uzbek language and Literature named after Alisher Navoi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15582478
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tasviriy ifodalarning o‘quvchi nutqidagi ahamiyati,
ularni o‘qitish metodikasi bo‘yicha darsliklarda aks etishi va qo‘shimcha tavsiyalar berilgan.
Annotation:
This article presents the importance of pictorial expressions in the
student's speech, their reflection in textbooks on the methodology of teaching, and further
recommendations.
Kalit so‘zlar:
Tasviriy ifodalar, multimedia, sun’iy intellekt, interfaol dasturlar,
emotsional-ekspressiv bo‘yoqdorlik.
Keywords:
Pictorial expressions, multimedia, artificial intelligence, interactive
applications, emotional-expressive coloring.
Til – ijtimoiy hodisa, jamiyat rivojlansa rivojlanadi, jamiyat bo‘lmasa til ham
rivojlanishdan to‘xtab yo‘qolib boradi. Tilning boyishi, yashashi jamiyatga bevosita bog‘liq
ekan, texnologiyalar asrida o‘zbek tilining boyishi ham ortib bormoqda. Chunki yaratilayotgan
yangi texnologiyalar yangi so‘zlarni ham olib kirib kelmoqda. Taraqqiyot natijasida o‘zbek
tilining samaradorligi ham ortib bormoqda, shu bois bgungi kunda yurtimizda tilni o‘qitish
masalasi dolzarb masalalardan biri sifatida siyosat darajasiga ko‘tarildi. O‘zbek tilini o‘qitish
masalasi nafaqat maktablarda va oily ta’limda, balki davlat tashkilotlarda ham qo‘yilgan
talabladan biri sifatida qo‘yilgan. Davlat tashkilotlari ham o‘zbek tilida yetarli darajada
savodxonlikka erishishi oldinga maqsad qilib qo‘yilgan.
Tabiiyki, o‘zbek tilini o‘qitish bolalikdan: maktabgacha ta’lim muassasalari, so‘ng
boshlang‘ich maktablardan boshlanishi lozim. Chunki tamal poydevorni maktablar bera qo‘ya
oladi. Aynan shu holatni anglagan holda bugungi kunda barcha sinf darsliklari yangilanmoqda.
O‘quvchilarning nutqiy-kompetensiyaviy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ushbu
darsliklar boshqa fanlar bilan integratsiyalashgan holda yaratilmoqda. Boshlang‘ich sinf
darsliklariyi-yu yuqori sinf darsliklarigacha zamon talabi, raqamli texnologiyalar rivojidan
kelib chiqib o‘quvchilarga havola etildi. Darsliklarda aks etgan topshiriqlar lingvistik
ko‘nikmalarni shakllantirish bilan biga o‘quvchining hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirishga
ham qaratilgan. Hayotiy ko‘nikmaga o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotda keng
qo‘llay olishini, hayotning har bir jabhasida o‘zbek tilining bor imkoniyatlaridan, struktur
qurilishi-yu, mazmun-mohiyatidan erkin foydalana olishini nazarda tutadi. Bugungi yosh
avlodni to‘xtatib bo‘lmaydi. Ularga zamonaviy va sifatli ta’lim-tarbiya beribgina yurt uchun
kerakli yosh kadr qilib yetishtirish mumkin.
Ta’lim tizimida olib borilayotgan darslar o‘quvchilarning nutqiy ko‘nimalarini
rivojlantirish bilan birgalikda, ularning lug‘at boyligini oshirishga ham xizmat qilmoqda.
Negaki, o‘quvchi lug‘at boyligini oshirmasdan turib, ularda nutqiy ko‘nikmamalarni
shakllantirib bo‘lmaydi. Har bir o‘quvchi leksikonining boyligi evaziga nutqiy
kompetensiyalarining rivojlanish samaradorligi yuqori bo‘ladi. O‘quvchi leksikonining boyishi
nafaqat ko‘p kitob o‘qish bilan, balki tilda aks etgan sinonim, omonim, ibora va tasviriy
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
113
vositalardan foydalana bilishi bilan ham belgilanadi. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib
ularning nutqida ushbu birlkilardan o‘z o‘rnida foydalana bilishiga erishmoq lozim. Buning
uchun turli mashq va topshirqlardan foydalanilmoqda. Ushbu maqolada ham o‘quvchilar
nutqining boy bo‘lishi uchun tasviriy ifodalardan foydalanish, ularni o‘qitish metodikasi
haqida bahs boradi.
Ma‘lumki hayotimiz davomida tasviriy ifodalarni ko‘plab uchratishimiz mumkin.Bular
asosan tinglovchiga o‘z fikrimizni ifodalashda uzun jumlalar tuzishdan qochib,sodda va
ixcham tarzda bayon qilishda foydalanamiz,ushbu jarayonda bizga o‘xshatish, sifatlash,
ironiya kabi turli vositalar yordam beradi. Ana shu qayd etilgan vositalar tilimizda tasviriy
ifodalar deb yuritiladi. Tasviriy ifoda haqida gap ketganda, unutmaslik kerakki, ibora til
birligining tabiiy hosilasi, tasviriy ifodalar esa nutqda yaratilgan birliklardir. Tasviriy ifoda
badiiy adabiyotdagi ramz mavzusi bilan bog‘liq: biror narsaning nomini aniq atamay, uning
xususiyat, belgisidan kelib chiqqan holda tasvirlash tasviriy ifodadir. [1:250] O‘quvchilar
nutqida tasviriy vositalardan foydalana bilishga erishish o‘quvchi leksikonini boyitish bilan
birgalikda, emotsional-ekspressiv bo‘yoqdorlikni oshirishga ham xizmat qiladi. Nutqqa ushbu
vositalarni olib kirishdan asosiy maqsad ham emotsional-ekspressiv bo‘yoqdorlikni oshirish
hisoblanadi. O‘quvchi o‘z nutqida tasviriy ifodalardan o‘z o‘rnida foydala bilishi nutqini boy,
chiroyli bo‘lishini ta’minlaydi. Tasviriy ifodalarni bilish o‘quvchilar yoshlar uchun ham,
kattalar uchun ham birday foydali. Nutqda ulardan to‘g‘ri, o‘rinli va jo‘yali foydalanish orqali
fikr ta’sirchan ifodalanadi.
Tasviriy ifodalarni yuzaga kelishi o‘z o‘zidan emas balki, so‘zning malum bir
xususiyatidan, davr talabidan kelib chiqadi. Masalan, oq oltin – paxta, kumush tola – ipak
ushbu tasviriy ifodalarda davr talabi o‘z ifodasini topgan. Paxta ilk yetishtira boshlangan
vaqtda haqiqatan ham oltin darajasiga ko‘tarilganligi buning isbotidir. Tasviriy ifodalar o‘zi
ifodalayotgan so‘zning ma’lum bir xususiyatiga asoslanar ekan, o‘sha xususiyatbarchaga
birdek tanish bo‘lishi lozim. Negaki, tasviriy ifoda nutqqa olib kirilganda barchag birdek
tushunarli bo‘lishi lozim. Tasviriy ifodalar nutqqa olib kirilganda adresant uni nimani
ifodalayotganini ilg‘ab olishi lozim. Bundan tashqari tasviriy ifodalar ham o‘z orasida sinonim
va omonimlik xususiyatini yuzaga keltiradi. Masalan,asr vabosi – OITS, giyohvandlik, qalbim
quyoshi, umrim suyanchi – onam kabi. Omonim va sinonim tasviriy ifodalarning qaysi birini
ifodalashini koteks hal qiladi. Omonim tasviriy ifodalarning aniq va ravshan bo‘lishi, xuddi
omonim so‘zlar kabi konteksdagina namoyon bo‘ladi. Ushbu birikmalarni konteksga olib
kirish, boshqa birliklar bilan o‘zaro aloqasini, birikuvini yuzaga keltiradi.
Tasviriy ifodalarni o‘quvchilarga o‘rgatishda turli metodlar, usullardan foydalanish
mumkin. Ularni qay shaklda o‘qitishni ona tili fani o‘qituvchisigina hal etadi. O‘z darsini
zamonaviy texnologiyalarga tayangan holda olib borish ko‘proq samara berishi isbotlangan
natijadir.
Darsliklarda ham tasviriy ifodalarni o‘qitishga to‘xtaladigan bo‘lsak, 6-sinf ona tili
darsligida quyidagicha aks etgan. Tasviriy ifodalar haqida qisqacha ma’lumot, va toshiriqlar
berilgan. Topshiriqlar o‘quvchining nazariy bilimlarini shakllantirish bilan birgalikda,
moslashtirish kabi topshiriqlar ularni amaliyotga tatbiq etishga undaydi:
Berilgan gapni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan birlik qanday maʼnoda kelayotganini aniqlab,
yozing. Ayting-chi, ushbu birlikning matn mazmuniga qanday taʼsiri bor? Fikringizni izohlang.
Oltin boshoqlarga birinchi o‘roq tushgan kuni ham dehqoncha libos kiyib olib, qo‘llariga
o‘roq tutib, azondan to kechgacha dalada ishlar ekanlar
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
114
Tasviriy ifoda – shaxs, narsa, o‘rin-joyni o‘z nomi bilan emas, balki muhim xususiyatini
tasvirlash orqali ifodalovchi birikmadir. Misollar: samo qushi – samolyot, qora oltin – neft,
o‘rmon shohi – sher, g‘azal mulkining sultoni – Alisher Navoiy, non shahri – Toshkent.
Berilgan so‘zlarga mos tasviriy ifodalarni moslashtirib, ko‘chiring. Ularning qanday
farqli tomonlari bor? Fikringizni bitta gap misolida izohlab, yozing.
yer peshona teri
chigit baraka urug‘i
mehnat ekinning qoni
suv dala malikasi
makkajo‘xori zangori gilam.
[2:74]
Darslikda
aks etgan topshiriq va ularni o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha sifatida
quyidagilarni tavsiya qilib o‘tmoqchiman.
1. Tasviriy ifodalarni o‘qitishda darslik bilan birgalikda turli multimedia vositalardan
foydalanib dars jarayonini olib borish o‘qish samaradorligini oshirishga yordamberadi.
Chunki, multimedia vositalari orqali ifodalangan darslar rang tasvirga, tinglash va ko‘rish
ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilganligi uchun o‘quvchilarning ma’lumotlarni eslab
qolish darrajasi bir necha barobarga ortishi ko‘pgina olim tomonidan isbotlangan. Bundan
tashqari rang-tasvirlar o‘quvchi diqqatini bir joyga jalab berishga yordam beradi.
2. Tasviriy ifodalarni o‘qitishda interfaol vositalar, internet va su’niy intellektdan
foydalanish. Bunda o‘qituvchi o‘z darsini ushbu vosutalarga tayangan holda olib boradi. Sun’iy
intellekt yordamida turli xildagi matn, she’r, rasm va videolar yaratishi mumkin. Qolaversa
internetdan foydalangan folda tasviriy ifodalar bo‘ticha qo‘shimcha ma’lumotlar, ko‘plab
olimlaning ishlarini ham o‘rgani o‘zi lozim deb bilgan joyini o‘quvchilarga o‘rgatishi mumkin.
Darsni mustahkamlash uchun interfaol dasturlar: Canva.com, Quiz ilovasi, Kahoot dasturining
samarasi orqali o‘quvchilar ma’lumotni eslab qolish bilan birgalikda, o‘z o‘zlashtirganlarini
baholashga ham erishadi.
3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlashda moslashtirish mashqlari bilan birgalikda og‘zaki
va yozma nutqni shakllantirishga yordam beradigan turli metodlardan foydalanish mumkin.
Jumladan, “Intervyu”, “Mikrafon menda”, “Keys” metodlarini qo‘llash, bundan tashqari turli xil
matnlar tuzish, matnni qayta ishlash, nutqiy vaziyat yaratish, rol ijro etish topshiriqlarini
misol qilib keltirishimiz mumkin. Bu kabi topshiriqlar o‘zlashtirgan bilimni amalyotga tatbiq
etishga, o‘z nutqida tasviriy ifodalardan keng foydalana bilishga yordam beradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Yuldasheva Dilorom Nigmatovna O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik
yondashuv asosida) [Matn] : darslik / D.N. Yuldasheva .-Buxoro: ООО "Sadriddin Salim
Buxoriy" Durdona nashriyoti, 2021. - 424 b
2.
Сайидов,
Ш.
(2022).
МЕТAФОРAЛAРНИНГ
КОГНИТИВ-СТИЛИСТИК
ХУСУСИЙAТЛAРИ. Евразийский журнал академических исследований, 2(12), 1154-1157.
3.
Sayidov, S. (2023). TEACHING METHODS. Solution of social problems in management
and economy, 2(11), 93-97.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
115
4.
4. Ona tili [Matn]: 6-sinf uchun darslik / K. M. Mavlonova [va boshq.]. – Toshkent:
Respublika taʼlim markazi, 2022.–224 b.