NAVOIY IJODIDA JANRLARNING O‘RNI
Ushbu maqolada, Alisher Navoiy ijodida adabiy janrlarning tutgan o‘rni va badiiy imkoniyatlari tahlil etiladi. Lirik janrlar (g‘azal, ruboiy, tuyuq, fard), epik janrlar (masnaviy, doston), didaktik hamda ilmiy-publitsistik janrlar doirasidagi asarlar ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, Navoiy tomonidan janrlar imkoniyatlarining kengaytirilgani, ularga falsafiy, tasavvufiy va axloqiy g‘oyalarning singdirilgani alohida ta’kidlanadi. Maqolada janrlar orqali Navoiy badiiy fikrning shakli va mazmunini mukammal ifoda etgani, adabiy an’anaga ulkan ta’sir ko‘rsatgani asoslab beriladi.