Авторы

  • Kamola Mamatova
    Mirishkor tumani 21- maktab psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.101284

Ключевые слова:

STEAM integratsiya multimedia texnologiya dars loyihasi.

Аннотация

Maqolada boshlangʻich sinf dasturidagi fanlarni oʻzaro integratsiya qilib oʻrgatish, fanlarni oson va qiziqarli tarzda oʻtish, rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalangan holda taʼlim jarayonini tashkillashtirish boʻyicha tushunchalar berilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

34

BOSHLANGʻICH SINF FANLARINING TABIIY FANLAR BILAN OʻZARO

INTEGRATSIYASI

Mamatova Kamola Fayziyevna

Mirishkor tumani 21- maktab psixologi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15572360

Annotatsiya.

Maqolada boshlangʻich sinf dasturidagi fanlarni oʻzaro integratsiya qilib

oʻrgatish, fanlarni oson va qiziqarli tarzda oʻtish, rivojlangan davlatlar tajribasidan
foydalangan holda taʼlim jarayonini tashkillashtirish boʻyicha tushunchalar berilgan.

Kalit soʻzlar:

STEAM, integratsiya, multimedia, texnologiya, dars loyihasi.


Barchamizga maʼlumki, boshlangʻich sinf oʻquvchilarining xorijiy tajribalarga

moslashtirilib tuzilayotgan darsliklari bir qadar qiyinlik qilyapti. Muammo nimada?
Oʻqituvchi va oʻquvchilar saviyasida yoki tarbiyasidami? Moddiy- texnik baza va yo oʻqitish
uslubidami? Bugungi kunda "integrallashgan dars", "integratsiyaviy yondashuv"
tushunchalari faol. Integratsiya lotincha " toʻldirish", " yaxlit", " bir butun" degan maʼnoni
bildirib, ta'lim jarayonida u bir darsning oʻzida bir nechta fanga murojaat qilishdir. Oʻqituvchi
dars loyihasini tuzayotganda ataylab, Dars vositalarini, texnologiyalarni va usullarni boshqa
fanlar bilan bogʻliqlikda amalga oshirishi nazarda tutiladi. Boshlangʻich sinf dasturidagi tabiiy
fan bu toʻliq integratsiya hisoblanadi . Bu fandan oʻquvchilar 4 ta fanni oʻzlashtiradi.
Labaratoriya mashgʻulotlari, amaliy va multimediali dars mashgʻulotlari koʻp oʻrin egallagan.
STEAM texnologiyasi asosida taʼlim beruvchi bu fanni texnologiya, muhandislik, sanʼat,
matematika fanlari bilan bogʻliqlikda oʻrgatishi kerak. Oʻsimliklar haqidagi mavzuni boshqa
fanlar bilan integratsiyasini koʻrib chiqamiz. Texnologiya va muhandislik fanlariga bogʻlash:
bunda oʻquvchi oʻzi uyida tuvak yoki yerga gul ekadi, uni parvarishlaydi va bir daftarga gul
oʻstirish jarayonidagi amaliy ishlarini bosqichma bosqich qayd qilib boradi. Adabiyot bilan
bogʻlash: gul oʻstirish jarayonidagi ichki kechinmalarini qogʻozga yozadi. Bu she' r, hikoya,
ertak yohud masal janrida boʻlishi mumkin. Biz bolaning ixtirochilikka, tadqiqotchilikka
ragʻbatini, qiziqishini oshirib borishimiz kerak. Ular koʻproq nazariy bilimlarni amaliyotda
sinab koʻrsa, oʻz tasavvuriga, umumiy tushunchalardan oʻzining fikriga, bilimiga ega boʻladi.
Bilimlari bilimligicha qolib ketmaydi.

Hayoti davomida foydalanishni oʻrganadi. Biz bolaga oʻrgatishimiz kerak, bugun qanday

yangi bilimga ega boʻlsa, u bu bilimni qoʻllab koʻrsin. Uni analiz va sintez qilsin. Tabiiy
fanlarning ko‘pgina masalalari matematik modellashtirishni talab qiladi. Matematika tabiiy
fanlar uchun universal til hisoblanadi. Fizika qonunlari, kimyoviy reaktsiyalar va biologik
jarayonlar matematik usullar yordamida aniqlanadi. Matematika o‘quvchilarning mantiqiy
fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlarinirivojlantiradi.Matematika va tabiiy
fanlarning uyg‘unligi zamonaviy ilm-fan rivojlanishiningasosiy poydevorlaridan biridir.
Tabiiy fanlar adabiyot bilan uygʻundir. Badiiy asarlardagi tabiat tasviri, tabiatni asrash
tushunchasi va insoniyatning tabiatga keltirayotgan ayanchli zararlarini adabiyot qalamga
olib, badiiy soʻz bilan ifoda etmoqda. "Oq kema", "Qiyomat", "Boqiy darbadar" Zamonaviy
ta’lim tizimi o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan.Ayniqsa,
boshlang‘ich ta’lim bosqichida beriladigan bilimlar bolaning kelajakdagi shaxsiy vaakademik
yutuqlariga asos bo‘lib xizmat qiladi. Tabiiy fanlar esa bu jarayonda o‘zining realhayotga
yaqinligi, kuzatuvchanlikni rivojlantiruvchi xususiyati bilan ajralib turadi. Tabiiy fanlarorqali


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

35

o‘quvchilarda tabiatga nisbatan ongli munosabat, ilmiy tafakkur va eksperimentalfaoliyatga
bo‘lgan qiziqish shakllanadi.

1. Tabiiy fanlarning boshlangʻich taʼlimdagi oʻrni: Bu fanlar o‘quvchilarda atrof-muhitni

anglash, kuzatuvchanlik, sabab-oqibatni tushunish, tajriba o‘tkazish ko‘nikmalarini
shakllantiradi. Fanlar o‘rtasida integratsiya hosil bo‘lishi orqali boladayaxlit tasavvur
shakllanadi. Dunyoqarashni shakllantirish – Bolalar tabiat, hayvonot, o‘simliklar, ob-havo va
boshqa tabiiy hodisalarni o‘rganish orqali atrof-muhitni anglay boshlaydilar.Kuzatuvchanlik
va tafakkurni rivojlantirish – Tabiiy fanlar o‘quvchilarni hodisalarni kuzatish,solishtirish va
xulosa chiqarishga undaydi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Karimov, I. (2018). Biologiya asoslari. Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi

nashriyoti.
2.

Rasulov, B. A. (2020). Kimyo: Umumiy kurs. Toshkent: Fan va Texnologiya.

3.

Qodirov, S. T., & To‘xtayev, A. S. (2019). “Yerning geologik tuzilishi va uning rivojlanish

qonuniyatlari.” O‘zbekiston tabiiy fanlar jurnali, 23(2), 45-52.
4.

Smith, J. & Jones, R. (2016). Fundamentals of Environmental Science. London: Cambridge

University Pressomat", " boqiy darbadar".

Библиографические ссылки

Karimov, I. (2018). Biologiya asoslari. Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi nashriyoti.

Rasulov, B. A. (2020). Kimyo: Umumiy kurs. Toshkent: Fan va Texnologiya.

Qodirov, S. T., & To‘xtayev, A. S. (2019). “Yerning geologik tuzilishi va uning rivojlanish qonuniyatlari.” O‘zbekiston tabiiy fanlar jurnali, 23(2), 45-52.

Smith, J. & Jones, R. (2016). Fundamentals of Environmental Science. London: Cambridge University Pressomat", " boqiy darbadar".