YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
20
ELEKTRON TIJORATDA TADBIRKORLARNING HUQUQLRINI HIMOYA
QILISHDA FUQAROLIK HUQUQIY USULLARINI QO’LLASH
Razzaqova E’zoza Yusup qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti birinchi bosqich tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15686780
Annotatsiya:
ushbu tezisda fuqarolik huquqiy usullarini qo’llah mjburiyatlar huquqida
qanchalik katta o’ringa egaligi va ularni tadbirkorlarning huquqlarini qo’lolashda tutgan o’rni
haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar:
fuqarolik huquqiy usullari, raqamli bozorlar, tadbirkorlik subyektlari,
shartnomaviy munosabatlar.
ПРИМЕНЕНИЕ ГРАЖДАНСКО-ПРАВОВЫХ МЕТОДОВ ЗАЩИТЫ ПРАВ
ПРЕДПРИНИМАТЕЛЕЙ В СФЕРЕ ЭЛЕКТРОННОЙ КОММЕРЦИИ
Раззакова Эзоза Юсуп кизи
Базовый докторант Ташкентского государственного юридического университета
razzaqovaezoza22@gmail.com
Аннотация:
В диссертации рассматривается значение гражданско-правовых
методов в обязательственном праве и их роль в обеспечении прав предпринимателей.
Ключевые
слова:
гражданско-правовые
методы,
цифровые
рынки,
хозяйствующие субъекты, договорные отношения.
APPLICATION OF CIVIL LAW METHODS IN PROTECTING THE RIGHTS OF
ENTREPRENEURS IN ELECTRONIC COMMERCE
Razzaqova E’zoza Yusup kizi
First-cycle doctoral student at Tashkent State of University Law
Abstract:
This thesis discusses the importance of civil law methods in the law of
obligations and their role in enforcing the rights of entrepreneurs.
Keywords:
civil law methods, digital markets, business entities, contractual relations.
Zamon shiddat bilan rivojlanib borar ekan, tadbirkorlik ham unga monand tarzdaq o’sib
boradi. Onlayn makonda savdo-sotiq va elektron tijorat hayotimizning ajralmas qismiga
aylanmoqda. Har qanday yangilanish va o’zgarish bor joyda huquqlarni himoya qilishga albatta
ehtiyoj mavjud bo’ladi. Aynan raqamli bozorlarda ham iste’molchilar bilan bir vaqtda
tadbirkorlaring ham huquqlarini himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirkorlarning
huquqlarini himoya qilish esa avvalo Konstitutsiyadan boshlanadi, konstitutsiyaning 65-
moddasi ham mavzu dolzarbligini yaqqol misoli. Fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan
O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat bozor
munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi,
iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik
va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi.
1
Tadbirkorlar va iste’molchilar huquqlari
1
O’zbekiston Respublikasi Konstitutusiyasining 65-moddasi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
21
konstitutsion darajada himoya qilinadi va bu zamon bilan hamnafaslik belgisidir. Elektron
tijoratda tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini fuqarolik-huquqiy himoya qilish
usullari elektron tijoratning jadal rivojlanishi bilan ortib borayotgan huquqiy muammolarni hal
qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Quyida ushbu himoya usullari haqida to’xtalib o’tamiz:
1. Shartnomaviy-huquqiy himoya
Elektron tijoratda tadbirkorlik faoliyati ko‘pincha elektron shartnomalar orqali amalga
oshiriladi. Shuning uchun quyidagi usullar samarali hisoblanadi:
Elektron shartnomalarni tasdiqlash va yuridik kuchini ta’minlash: Raqamli imzo va
elektron shartnomalar qonuniy jihatdan himoya qilinishi kerak.
Standart shartnoma shartlarini ishlab chiqish: Bunda, tomonlar o‘rtasida
kelishmovchiliklarni minimallashtirish maqsadida elektron tijoratga moslashtirilgan
shartnoma modellarini qo‘llash muhimdir.
Elektron shartnoma buzilishidan himoya: Shartnoma shartlari bajarilmaganda
tomonlarning javobgarligini belgilovchi qonunchilik mexanizmlarini mustahkamlab qo’yish;
2. Tezkor huquqiy nizolarni hal qilish usullari
Elektron tijoratda nizolarni tezkor hal qilish uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi: Onlayn
nizolarni hal qilish tizimi: Nizolarni sudga bormasdan hal qilish uchun maxsus onlayn
platformalar ishlab chiqish.
Mediatsiya va arbitraj: Mediatorlar yoki arbitraj orqali nizolarni tezkor hal qilish
mexanizmlarini kuchaytirish.
Raqamli sud tizimi: Elektron tijorat bo‘yicha nizolarni ko‘rib chiqish uchun raqamli sud
tizimlarini joriy etish va jarayonlarni soddalashtirish;
3. Fuqarolik-huquqiy javobgarlikni belgilash
Shartnoma buzilganida kompensatsiya olish: Tadbirkorlik subyekti shartnoma
shartlariga rioya qilmagan tomonlardan moddiy zararlarni qoplashni talab qilish huquqiga ega.
Nohalol raqobatga qarshi choralar: Elektron tijoratda nohaq raqobatni oldini olish uchun
qonunchilik mexanizmlarini joriy qilish.
Intellektual mulkni himoya qilish: Tadbirkorlarning intellektual mulk huquqlarini himoya
qilish va qonuniy buzilishlarni bartaraf etish;
4. Elektron tijorat kodeksi: Elektron tijorat bo‘yicha yagona huquqiy hujjatni ishlab
chiqish va uning Ichida barcha subyektlar huquqlarini aniq qilib belgilash.
Xulosa sifatida qonunchilikka nazariy va amaliy takliflar mavjud.
Nazariy taklif: Elektron tijorat to’g’risidagi koseksni ishlab chiqish va subyektlarning
huquq va majburiyatlarini aniq qilib belgilash, ushbu kodeksda elektron yo’l bilan tuziladigan
shartnomalar va smart kontraktlarning huquqiy maqomi va ularni tartibga solishning aniq
mexanizmlarini ishlab chiqish, shartnoma shartlarini bajarmagan hollarda fuqarolik huquqiy
choralarni kuchaytirish.
Raqobat qonunchiligiga tuzatishlar kiritish: Raqamli platforma va raqamli platforma
subyektlari tushunchalarini aniq yoritish. Mayda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari
buzilmasligi uchun Ustun mavqega ega tadbirkorlik subyektlarini oldindan monitoring qilish.
2020-yil Germaniya raqobat to’g’risidagi qonuniga 10-ga yaqin o’zgartirish kiritildi unda
nafaqat ustun mavqega ega subyektlar, balki kelajakda ustun mavqe deya e’tirof etilishi
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
22
mumkin bo’lgan subyektlar harakatlari nazoratga olinib, boshqa tadbirkorlik subyektlari
huquqlari himoya qilina boshlandi. Aynan mana shu amaliyotni bizda ham qo’llab ko’rish.
2
Elektron tijorat qonunchiligiga tuzatishlar kiritish: Xitoyda 2019-yilda yangi “Elektron
tijorat to’g’risida”gi qonun qabul qilindi va u raqamli platformalar faoliyatini ancha tartibladi.
Aynan uning 22-moddasida elektron tijorat ishtirokchilari o’z ustun mavqeelaridan raqobatni
cheklashlariga yo’l qo’yilmasligi ko’zda tutilgan. Elektron tijorat platformalari noqoqnuniy
mahsulot yoki xizmatlarni aniqlaganda bu haqda vakolatli organga xabar berishlari kerakligi
ushbu qonunning 29-moddasida o’z aksini topgan. Shuningdek, qonunda platformalarda
joylashtirilgan ma’lumotlar, mahsulotlar, xizmatlar va tranzaksiyalar uch yil muddatga
saqlanishi lozim, bu esa, kelajakda kelib chiqishi mumkin bo’lgan nizolarni oldini oladi. Aynan
mana shu holatda mamlakatimizning “Elektron tijorat to’g’risida”gi qonunida faqatgina 5-
moddada davlat elektron tijorat uchun zarur raqobat muhitini ta’minlashi ko’zda tutilga, biroq
Xitoy qonunchiligi singari ustun mavqeni suiiste’mol qilmaslik, noqonuniy bo’lgan tovarlar
savdosini oldini olish maqsadida tegishli idoralarga ma’lum qilish kabi moddalar mavjud emas.
To’g’ri, muomaladan chiqarilgan tovarlar savdosi ta’qiqlangan biroq, noqoqnuniy tovarlar
sirasiga nafaqat muomaladan chiqarilgan tovarlar, balki kontrafakt, intellektual mulk
huquqlarini buzilishiga olib kelgan tovarlar ham kirishi mumkin. Shu sababdan ham
tadbirkorlarning raqobat, ham intellektual mulk huquqlarini himoya qilish uchun yangi
o’zgartirishlar kiritilgan mukammal qonunchilik lozim.
Amaliy taklif: raqamli platformalardan har bir shaxsni hech qanday qoidabuzarliksiz aniq
o’zlari foydalana olayotganini ko’rsatib turuvchi tizim yaratish, har bir savdo platformasida
eslatma yaratish, ya’ni tadbirkor va iste’molchilarga o’z shartnomaviy majburiyatlarini eslatib
turuvchi oyna yaratish. Masalan shartnoma tuzildi onlayn shaklda eslatma telefonga shartnoma
tuzilganligi haqida xabar beradi, to’lov amalga oshirilishi kerak va buning ma’lum muddati bor
eslatma shu muddat ichida mijozga to’lovni eslatib turadi, mijoz atay to’lov qilmagan yoki
bundan bosh tortganda uning sahifasini to zarar va penyalar undirilmaguncha harakatsiz qilib
qo’yadi.
Agar boshqa tadbirkor boshqasining logotipi, yoki kontarafakt mahsulot bilan savdo
qilmoqchi bo’lsa, shunday tizim yaratish kerakki, patentlar va boshqa har qanday egasiga
bog’liq bo’lgan huquqlarni tezda ko’zdan kechirib, intellektual mulk huquqini buzmoqchi
bo’lgan tadbirkorning yoki mijozning sahifasini harakatsizlantirib, avtomat huquqi buzilgan
tadbirkorga va tegishli mas’ul organlarga xabar berish funksiyasi mavjud bo’lsin.
Umuman olganda qonunchilikda ba’zi kamchiliklar mavjud, biroq amaliyota ham ularni
qo’llashda sustkashliklar bor. Tadbirkorlarni huquqlarini himoya qilish ularni elektron
platformalarda fuqarolik shartnomaviy, raqobat, intellektual mulk huquqlarini himoya
qilishning mukammal mexanizmlarini ishlab chiqish darkor.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
2.
O’zbekiston Respublikasi Elektron tijorat to’g’risidagi qonuni;
2
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
23
3.
O’zbekiston Respublikasi Raqobat to’g’risidagi qonuni;
4.
Vazirlar Mahkamasining 256-son qarorining 2-ilovasi “Raqaml platforma operatorining
ustun mavqeyini va ustun muzokara kuchini e’tirof etish hamda raqobatning cheklanishiga va
(yoki) iste’molchilarning, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy
manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlarni aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi.
5.
https://www.researchgate.net/publication/30530142_Labour_Law_Text_and_Materials
;
6.
Regulating
Contracts
-
Hugh
Collins
-
Books
https://books.google.com/books/about/Regulating_Contracts.html?id=YIYv2nWTHEwC
7.
file:///C:/Users/user/Downloads/FUQAROLARNING_merged.pdf;
https://www.whitecase.com/insight-alert/new-competition-law-germany-10th-
amendment-german-act-against-restraints-competition;
9.
https://apps.fas.usda.gov/newgainapi/api/report/downloadreportbyfilename?filename
=China%20Passes%20E-Commerce%20Law_Shanghai%20ATO_China%20-
%20Peoples%20Republic%20of_10-19-2018.pdf China e-commerce law 2019.