Авторы

  • Sardor Nurmatov
    Qo’qon Universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.108449

Ключевые слова:

Masalalar sonlar matematik tushuncha qo'shish sodda masala to'plam noma'lum sonlar.

Аннотация

Matematika darslarida masalalar yechishning dolzarbligi,masalalar o'quvchilarning aqliy qobiliyatini o'stirishining dolzarbligi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

122

BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINI MASALALAR YECHISHGA O`RGATISH

METODIKASI

Nurmatov Sardor Sidikovich

Qo’qon Universiteti

+998979550727

https://doi.org/10.5281/zenodo.15682358

Annotatsiya:

Matematika darslarida masalalar yechishning dolzarbligi,masalalar

o'quvchilarning aqliy qobiliyatini o'stirishining dolzarbligi.

Kalit so'zlar:

Masalalar, sonlar, matematik tushuncha, qo'shish, sodda masala, to'plam,

noma'lum sonlar.


"Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intelektual va ma'naviy salohiyotga ega

bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar
bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va
imkoniyatlarini safarbar etamiz"

Masalalalar yechish avvalo, mukammal matematik tushunchalarni shakllantirish,

ularning dasturda belgilab berilgan nazariy bilimlarni o'zlashtirishlarida favqulodda muhim
ahamiyatga ega. Masalan, agar biz o'quvchilarga qo'shish haqida to'gri tushuncha
shakllantirishni xohlasak, buning uchun bolalar yigindini topishga doir yetarli miqdorda
sodda masalalarni deyarli har gal to'plamlarni birlashtirish amalini bajarib yechish lozim.

Boshlang'ich sinflarda o'rganiladigan sodda va murakkab masalalar o'quvchilar

bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Yangi texnikani joriy qilish hisobiga yoki
mehnatni yaxshi tashkil qilish hisobiga mehnat unumdorligini oshirish, hukumatimizning
bolalar haqida, ularning o'qishlari va dam olishlari borasidagi g'amxo'rligi kabi muhim
vazifalarni ularning kuchlari yetadigan materiallarda tushuntiradi. Boshlang'ich sinflarda
matematika o'qitishda matnli masalalarni yechishng ahamiyati juda kattadir. Matnli
masalalarni yechish jarayonida o'quvchilar yangi matematik bilimlarni egallaydilar va bu
bilimlarni turmushda qo'llash ko'nikmalarni va malakalarni hosil qiladilar. Masala ustida
ishlash uning mazmunini o'zlashtirishdan boshlanadi. O'quvchilar ham o'qish malakasiga ega
bo'lmagan dastlabki vaqtlarda ularni o'qituvchi o'qib beradigan masala matnini tinglashga,
shartning muhim elementlarini tovush chiqarib ajratishga o'rganish lozim. Masalani ifodali
o'qishda sonli ma'lumotlar masalani yechish uchun muhim ahamiyatga ega.

Masalalarni yechish orqali ularning tarbiyaviy ahamiyatiga ham e'tibor qaratmoq

darkor. Masalalar tabiat va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Qurilayotgan zavod va
fabrikalarning joylashgan o'rni, ishlab chiqarish hajmi, mahsulotlarning sarflanish miqdori,
yetishtirilayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari va ularning realizatsiyasi, bunyod etilayotgan
inshootlarining o'lchamlari, texnika ekinlarining ekin maydoni, unumdorligi, mahsulotlar
miqdori, ularga ketayotgan sarf-xarajatlarini hisoblash hammasi matematik masalalar bilan
bog'liq. Bunday masalalar jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Tabiatning sofligi, beg'uborligi, ekologiyaning tozaligi, ichimlik suvlarining tiniqligini

asrash, o'simlik va hayvonlarning yer yuzidan yo'qolib ketishidan saqlash, qazilma boyliklarni
behuda sarflamaslik, madaniy va manzarali, qurilishbop daraxtlarni ko'paytirish uchun
qilinayotgan harakatlarning barchasi matematik masalalar bilan bog'liq. Bu kabi masalalar esa
tabiat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Bularni o'quvchilarning o'zlari ajrata olishlari kerak.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

123

Matematika darslarida masalalar yechish o'quvchilarning ilmiy va ijodiy dunyoqarashining
shakllanishida muhim rol o'ynaydi. O'quvchilarda masalalar yechish malakasini tarkib
toptirishda ijodiy harakterdagi mashqlarning ham muhim ahamiyati bor. Bunga quyidagilar
kiradi:

1.

Masalalarni har xil usullar bilan yechish.

2.

Muammoli xarakterdagi masalalarni yechish.

3.

Masalalar tuzish va ularni almashtirishga doir topshiriqlar.

Shuni unutmaslik kerakki, har bir masala bolalar uchun haqiqiy bilim manbai bo'lib

qolsin. Buning uchun o'quvchining diqqatini masala shartidan tafakkurini va bilish
qobiliyatlarini rivojlantiradigan darajada ko'proq ma'lumotlarni olishga yo'naltirish kerak.

Boshlangich sinflar uchun matematikadan dasturda bolalarni masalalarni yechishga

o'rgatishga katta ahamiyat bergan. Bu dasturda bolalarga masalalarni yechishda ular oldindan
o'rgangan arifmetik amallarning xossalaridan foydalanishi va o'zlariga ma'lum bo'lgan
usullardan eng ratsionalini tanlay olishga o'rgatish zarurligi ta'kidlangan.

Turmushda sonlar bilan bog'liq bo'lgan cheksiz ko'p hayotiy vaziyatlar vujudga keladiki,

bu sonlar ustida turli arifmetik amallar bajarish talab qilinadi. Bular masalalardir. Masalan:

1.

Yosh tabiatshunoslarga 15 tup olmako'chati va 10 tup olxo'ri ko'chati ajratildi . Yosh
tabiatshunoslarga qancha ko'chat ajratilgan?

2.

Yengil mashina yo'lda 4 soat bo'ldi va soatiga 56 km tezlik bilan yurdi. Mashina qancha
masofani bosib o'tdi?

3.

Do'konda 2 bo'lak chit sotildi. Birinchi bo'lak uchun 180 so'm, ikknchi bo'lak uchun ikki
marta ko'p pul berishdi, ikkinchi bo'lak uchun qancha pul berishgan?

Avvalo har bir masala berilgan va noma'lum sonlarni o'z ichiga oladi. Masaladagi son

to'plamlar sonini yokimiqdorlarning qiymatini xarakterlaydi, munosabatlarini ifodalaydi yoki
berilgan mavhum sonlar bo'ladi. Masalan masalada 15 soni olma ko'chatlari to'plamini sonini
xaraterlaydi. 2-masalada 56 soni miqdor uzunlikning qiymatidir. 3-masalada 2soni ikki
sonning munosabatini 2 va 1-bo'lakdagi chitning bahosini ifodalaydi. 4- masalada 12, 8
mavhum sonlar berilgan bo'lib , bular mos ravishda kamayuvchi va ayirmadir.Har bir
masalada shart va savol bo'ladi. Masala shartida berilgan sonlar orasidagi va berilgan sonlar
bilan izlanayotgan sonlar orasidagi bog'lanish ko'rsatiladi, bu bog'lanishlar tegishli arifmetik
amallarni tanlashni belgilab beradi. Savol esa qaysi son izlanayotgan son ekanligini bildiradi

Ko'rib turibmizki, hayotiy vaziyatdanarifmetik amallarga o'tish turli masalalarda

berilgan sonlarva izlanayotgan son orasidagi turli bog'lanishlar bilan belgilanar ekan.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Shavkat Mirziyoyev "Erkin va farovon , demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda

barpo etamiz".Toshkent "O'zbekiston" 2016-yil.
2.

Matematika 3-sinf S.Burxonov, O'.Xudoyorov, Q.Norqulova.-Toshkent "Sharq"2016-yil

3.Internet ma'lumotlari

Библиографические ссылки

Shavkat Mirziyoyev "Erkin va farovon , demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz".Toshkent "O'zbekiston" 2016-yil.

Matematika 3-sinf S.Burxonov, O'.Xudoyorov, Q.Norqulova.-Toshkent "Sharq"2016-yil 3.Internet ma'lumotlari

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)