YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
52
TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
Botirov Muzaffar Mansurovich
Nurmatov Sardor Sidikovich
Qo’qon Universiteti
Tel raqam: +998979550727
https://doi.org/10.5281/zenodo.15755658
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ta’limda axborot texnologiyalarini o’rni, dars
mashg’lotlarida axborot texnologiyalarini qo’llash orqali dars sifati va yoshlarni IT sohasiga
qiziqishlarini oshirish, bundan tashqari ta’limda multimedia vositalarini afzalliklari tadqiq
etiladi
.
Аннотация:
В данной статье рассматривается роль информационных технологий
в образовании, повышение качества уроков и интереса молодежи к сфере ИТ за счет
использования информационных технологий на занятиях. Кроме того, исследуются
преимущества использования мультимедийных средств в образовательном процессе.
Annotation:
This article explores the role of information technologies in education, the
improvement of lesson quality and the increase of youth interest in the IT field through the
use of information technologies in the classroom. In addition, the advantages of using
multimedia tools in education are examined.
Kalit so’zlar:
Axborot, kommunikatsiya, texnologiya, audio signal, video signal,
multimedia, individual, motivasiya, kompyuter, informatika.
Ключевые слова:
информация, коммуникация, технологии, аудиосигнал,
видеосигнал, мультимедиа, индивидуальный, мотивация, компьютер, информатика.
Keywords:
information, communication, technology, audio signal, video signal,
multimedia, individual, motivation, computer, informatics.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi
shundayki, respublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy axborot-
hisoblash tarmog’i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni yaratish milliy iqtisodiyot,
boshqarish, fan va ta’lim samaradorligining muhim omili bo’lmoqda. Bu muammolar ancha
murakkab va ayni paytda respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib borilayotgan
iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o’zgarishlarni amalga oshirish natijalari respublikada
axborotlashtirish bilan bog’liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham
bog’liqdir. O’quv fanlari bo’yicha elektron o’quv vositalarining yaratilishi mazkur fanlarni
o’qitishda zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini
yanada kengaytiradi. Bu o’z navbatida, talabalarning mazkur fanlar bo’yicha bilimlarini
chuqur o’zlashtirishlarining asosiy omili bo’lib, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini
oshiradi. Ayni shunday sa’y-harakatlar amalga oshirilishi ta’lim jarayoniga zamonaviy
pedagogik va axborot texnologiyalarini keng tadbiq etishni yanada jadallashtirish, professor-
o’qituvchilarni ilg’or pedagogik bilimlar va texnologiyalar bilan qurollantirish, ularning
mahoratini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasini chuqur o’rganish hamda
ulardagi samarali usul va vositalarni milliy ta’lim tizimimizga joriy etish imkonini yaratadi.
Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib
turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: axborotning xilma-xil turlari: an’anaviy (matn,
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
53
jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar,
telekadrlar, animasiya va boshqalar), turlarini bir dasturiy maxsulotda integrasiyalaydi.
Bunday integrasiya axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari,
muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqli ravishda,
audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum oralig’ida ko’rib chiqiladi. Video va audio
axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy prosessor tez
xarakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o’tkazish qobiliyati operativ va video-
xotira, katta sigimli tashqi xotira, xajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha
almashuvi tezligini taxminan ikki barovar oshirilishi talab etiladi, “inson-kompyuter”
interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng
va xar tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta’lim, ishlash yoki dam olish
sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi. multimedia vositalari asosida o’quvchilarga ta’lim
berish va kadrlarni qayta tayorlashni yo’lga qo’yish xozirgi kunning dolzarb masalasidir.
Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning o’zi nima degan savol
tug’ladi? Ko’pgina mutaxasislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning fikrimizcha,
mul’timedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video matn,
grafika va animasiya effektlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning
mujassamlangan holdagi ko’rinishidir. Rivojlangan mamlakatlarda o’qitishning usuli hozirgi
kunda ta’lim sohasi yo’nalishlari bo’yicha tadbiq qilinmoqda. Hatto har bir oila multimedia
vositalarisiz xordiq chiqarmaydigan bo’lib qoldi. Multimedia vositalarining 81- yildagi yalpi
oboroti 4 miliard AQSh dollarini tashkil qilgan bo’lsa 94-yil esa 16 milliard AQSh dollarini
tashkil qildi. Hozirgi kunda esa sotilayotgan har bir kompyuterni mul’timedia vositalarisiz
tasavvur qilib bolmaydi. Kompyuterlarning 70-yillarda ta’lim sohasida keng qo’llash yo’lida
urinishlar zoye ketganligi avvalambor ular unumdorligining nihoyatda pastligi bilan bog’liq
edi. Amaliyot shuni kursatmoqdaki, multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish ikki
barobar unumli va vaqtdan yutish mumkun. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30%
gacha vaqtni tejash mumkin bo’lib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi.
Agar o’quvchilar berilayetgan materiallarni kurish asosida qabul qilsa, axborotni xotirada
saqlash 25- 30%oshadi. Bunga qushimcha sifatida o`quv materiallari audio, video va grafika
ko’rinishda mujassamlashgan xolda berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75% ortadi.
Multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish quyidagi afzalliklarga ega:
1)
berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o`zlashtirish imkoniyati bor;
2)
ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi:
3)
ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;
4)
olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq saqlanib, kerak bulganda amaliyotda qo`llash
imkoniyatiga erishiladi.
Informatika va axborot texnologiyalari fundamental fan sifatida kompyuter axborot
tizimlari negizida istalgan ob’ektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot jihatidan
ta’minlashni barpo etish metodologiyasini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Shunday fikr
ham mavjudki, fanning asosiy vazifalaridan biri — axborot tizimlari nima, ular qanday o’rinni
egallaydi, qanday tuzilmaga ega bo’lishi lozim, qanday ishlaydi, uning uchun qanday
qonuniyatlar xos ekanligini aniqlashdir. Yevropada informatika sohasida quyidagi asosiy ilmiy
yo’nalishlarni ajratib ko’rsatish mumkin: tarmoq tuzilmasini ishlab chiqish, kompyuterli
integratsiyalashgan jarayonni ishlab chiqarish, iqtisodiy va tibbiy informatika, ijtimoiy
sug’urta va atrof-muhit informatikasi, professional axborot tizimlari. Multimedia tizimining
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
54
paydo bo’lishi ta’lim, fan, san’at, kompyuter treninglari, reklama, texnika, tibbiyot,
matematika, biznes, ilmiy tadqiqot kabi bir qancha kasbiy sohalarda revolyutsion o’zgarishlar
yuzaga kelishiga olib keldi.
Kompyuterlarni ta’lim tizimida qo’llash g’oyasi ancha ilgari paydo bo’lgan bo’lgan
bo’lsada, ta’lim tizimining barcha sohalarida axborot texnologiyalarini qo’llash multimedia
qurilmalari bilan jihozlangan kompyuterlar paydo bo’lgach to’liq ma’noda amaliyotga joriy
etilib boshlandi. Multimedia vositalarini ta’limda qo’llash quyidagilarga imkoniyat yaratadi:
•
ta’limning gumanizasiyalashuvini ta’minlash;
•
o’quv jarayonining samaradorligini oshirish;
•
ta’lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish (o’zlashtirganlik, bilimga
chanqoqlik, mustaqil ta’lim olish, o’zini o’zi tarbiyalash, o’zini o’zi kamol toptirishga qaratilgan
qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, olgan bilimlarini amaliyotga qo’llay olishi, o’rganishga
bo’lgan qiziqishi, mehnatga bo’lgan munosabati);
•
ta’lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
•
kompyuter vositalari va axborot elektron ta’lim resurslari yordamida har bir shaxsning
alohida (individual) ta’lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta’limni individuallashtirish va
differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi;
•
ta’lim oluvchiga faol bilim oluvchi subyekt sifatida qarash, uning qadrqimmatini tan
olish;
•
ta’lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga olish;
•
mustaqil o’quv faoliyatini olib borish, bunda ta’lim oluvchi mustaqil o’qib va rivojlanib
boradi;
ta’lim oluvchilarda, o’zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun hozirgi
tez o’zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan zamonaviy ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish. Multimedia vositalari yordamida
shaxsga yo’naltirilgan ta’limni amalga oshirish jarayoni zamonaviy, ko’ptarmoqli, predmetga
yo’naltirilgan multimediali o’quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi. Ular
tarkibiga keng ma’lumotlar bazasi, ta’lim yo’nalishi bo’yicha bilimlar bazasi, sun’iy intellekt
tizimlari, ekspert-o’rgatuvchi tizimlar, o’rganilayotgan jarayon va hodisalarning matematik
modelini yaratish imkoniyati bo’lgan laboratoriya amaliyotlari kiradi. Ta’lim oluvchilarning
individual xususiyatlarini hisobga olish va ularning manfaatdorligini (motivasiyasini)
oshirishga ko’maklashish imkoniyatlariga ko’ra, shuningdek, har xil turdagi multimediali
o’quv axborotlarining uyg’unlashuvi, interfaollik, moslashuvchanlik sifatlariga ko’ra
multimedia foydali va mahsuldor ta’lim texnologiyasi hisoblanadi. Interfaollikning
ta’minlanishi axborotlarni taqdim etishning boshqa vositalari bilan taqqoslaganda raqamli
multimedianing muhim yutuqlaridan hisoblanadi. Interfaollik ta’lim oluvchining ehtiyojlariga
mos ravishda tegishli axborotlarni taqdim etishni nazarda tutadi. Interfaollik ma’lum bir
darajada axborotlarni taqdim etishni boshqarish imkonini beradi: ta’lim oluvchilar dasturda
belgilangan
sozlovlarni
individual
tarzda
o’zgartirishi,
natijalarini
o’rganishi,
foydalanuvchining muayyan xohishi haqidagi dastur so’roviga javob berishi, materiallarni
taqdim etish tezligini hamda takrorlashlar sonini belgilashi mumkin. Lekin multimediadan
foydalanishda bir qator jihatlarni e’tiborga olish muhim. Multimediada taqdim etilayotgan
o’quv materiallari tushunish uchun qulay bo’lishi, zamonaviy axborotlar va qulay vositalar
orqali taqdim etilishi talab qilinadi. Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
55
to’liq ochib berish va ulardan samarali foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga salohiyatli
(kompetentli) o’qituvchining ko’magi zarur bo’ladi. Darsliklardan foydalanilgandagi singari,
multimedia vositalarini qo’llashda ham ta’lim strategiyasi ta’lim jarayonida o’qituvchi nafaqat
axborotlarni taqdim etish, balki ta’lim oluvchilarga ko’maklashish, qo’llab-quvvatlash va
jarayonni boshqarib borish bilan shug’ullangandagina mazmunan boyitilishi mumkin. Odatda,
chiroyli tasvirlar yoki animasiyalar bilan boyitilgan taqdimotlar oddiy ko’rinishdagi matnlarga
qaraganda ancha jozibali chiqadi va ular taqdim etilayotgan materiallarni to’ldirgan holda
zaruriy emosional darajani ta’minlab turishi mumkin. Multimedia vositalari har xil ta’lim
yo’nalishlari (stillari) uyg’unligida qo’llanilishi va ta’lim olish hamda bilimlarni qabul
qilishning turli ruhiy va yoshga doir hususiyatlariga ega bo’lgan shaxslar tomonidan
foydalanilishi mumkin: ayrim ta’lim oluvchilar bevosita o’qish orqali, ba’zilari esa eshitib
idrok etish, boshqalari esa (videofilmlarni) ko’rish orqali ta’lim olishni va bilimlarni
o’zlashtirishni xush ko’radilar. Interfaol multimedia texnologiyalari akademik ehtiyojga ega
bo’lgan ta’lim oluvchiga noan’anaviy qulaylik tug’diradi. Xususan, eshitish sezgisida defekti
bor ta’lim oluvchilarda fonologik malakalar va o’qish malakalari o’sishiga, shuningdek,
ularning axborotlarni vizual o’zlashtirishlarini ta’minlaydi. Nutqi va jismoniy imkoniyati
cheklanganlarda esa vositalardan ularning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib
foydalanishga imkon beradi. Multimedia vositalari ta’lim berishning samarali va istiqbolli
quroli (instrumentlari) bo’lib, u o’qituvchiga an’anaviy ma’lumotlar manbaidan ko’ra keng
ko’lamdagi ma’lumotlar massivini taqdim etish; ko’rgazmali va uyg’unlashgan holda nafaqat
matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animasiyalar, video va boshqalardan foydalanish;
axborot turlarini ta’lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy
o’rganishiga mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
«O’zbekistan Respublikasini yanada riyojlantirish bo’yicha xarakatlar strategiyasi
to’grisida»gi F-4947-sonli Farmoni.
2.
O’zbekistann Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi. Toshkent oqshomi. 2020 yil, 25 yanvar. № 13 (14064).
3.
Mirziyoyev SH.M. Tanqidiy taxlil, qilish tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - xar bir
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. -T.: O’zbekiston, 2017
4.
S.S.G'ulomov va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologivalari: Oliy o'quv yurti
talabalari uchun darslik / Akademik S.S. G'ulomovning unuimiy tahriri ostida. - Т., «Sharq»,
2000.
5.
The pedagogy of Ihe Massive Oen Online Course: the UK view. Sian Bayne and Jen Ross,
the University of Edinburgh. The Higher Education A cad emy .2013.
6.
7.