Авторы

  • Nigora Muxitdinova
    Buxoro davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
  • Raxima Ruziyeva
    Buxoro davlat pedagogika instituti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.108450

Ключевые слова:

Skandinaviyacha yurish Nordic Walking jismoniy faollik sog‘lom turmush tarzi profilaktika reabilitatsiya sog‘liqni saqlash yurak-qon tomir tizimi xalq salomatligi.

Аннотация

Ushbu maqolada XXI asrda jismoniy faollik darajasining kamayishi natijasida yuzaga kelayotgan sog‘liq muammolari, xususan yurak-qon tomir kasalliklari, semizlik, qandli diabet va boshqa surunkali kasalliklarning profilaktikasi va davosida skandinaviyacha yurish (Nordic Walking) uslubining ahamiyati yoritilgan. Skandinaviyacha yurish — sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish va keng ommani sog‘lomlashtirishda samarali, xavfsiz va iqtisodiy jihatdan qulay vosita sifatida e’tirof etilmoqda. Maqolada ushbu uslubning fiziologik, ijtimoiy va amaliy afzalliklari, shuningdek, uni sog‘liqni tiklash va jismoniy tarbiya tizimiga integratsiyalashning ilmiy asoslari tahlil qilinadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

118

AHOLI SALOMATLIGINI TIKLASHDA SKANDINAVIYACHA YURISH USLUBINI

JORIY ETISHNING ILMIY ASOSLARI

Muxitdinova Nigora Mexriddinovna

Buxoro davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi

kafedrasi dotsenti pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Ruziyeva Raxima Bobojonovna

Buxoro davlat pedagogika instituti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15682270

Annotatsiya

Ushbu maqolada XXI asrda jismoniy faollik darajasining kamayishi natijasida yuzaga

kelayotgan sog‘liq muammolari, xususan yurak-qon tomir kasalliklari, semizlik, qandli diabet
va boshqa surunkali kasalliklarning profilaktikasi va davosida skandinaviyacha yurish (Nordic
Walking) uslubining ahamiyati yoritilgan. Skandinaviyacha yurish — sog‘lom turmush tarzini
shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish va keng ommani sog‘lomlashtirishda samarali,
xavfsiz va iqtisodiy jihatdan qulay vosita sifatida e’tirof etilmoqda. Maqolada ushbu uslubning
fiziologik, ijtimoiy va amaliy afzalliklari, shuningdek, uni sog‘liqni tiklash va jismoniy tarbiya
tizimiga integratsiyalashning ilmiy asoslari tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar

Skandinaviyacha yurish, Nordic Walking, jismoniy faollik, sog‘lom turmush tarzi,

profilaktika, reabilitatsiya, sog‘liqni saqlash, yurak-qon tomir tizimi, xalq salomatligi.

Kirish

XXI asrda texnologik taraqqiyot, urbanizatsiya va zamonaviy hayot tarzi bilan bog‘liq

ravishda jismoniy faollik darajasining keskin pasayishi kuzatilmoqda. Bu holat esa yurak-qon
tomir tizimi kasalliklari, ortiqcha vazn va semizlik, qandli diabet, osteoxondroz, gipertoniya
kabi surunkali kasalliklarning ko‘payishiga olib kelmoqda. Ayni paytda bu kasalliklar nafaqat
yoshi katta aholida, balki yoshlar, o‘quvchilar va hatto bolalar orasida ham uchramoqda.
Natijada jismoniy faol hayot tarzini rag‘batlantirish va sog‘lom turmush tarzini
ommalashtirish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biriga aylanmoqda. Shunday
sharoitda aholining salomatligini mustahkamlash, kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish va
sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish maqsadida qulay, xavfsiz, arzon va har bir fuqaro
tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lgan jismoniy faollik turlarini joriy etish zarurati ortib
bormoqda. Ana shunday samarali va ommaviy sport turlaridan biri bu “Nordic Walking” –
ya'ni skandinaviyacha yurish usulidir. Mazkur usul odatdagi piyoda yurishga nisbatan ko‘proq
mushak guruhlarini ishga soladi, yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilaydi, bo‘g‘imlarga
tushadigan yukni kamaytiradi va umumiy jismoniy bardoshlilikni oshiradi. Skandinaviyacha
yurish ayniqsa yoshi katta shaxslar, ortiqcha vaznga ega bo‘lganlar, yurak yoki umurtqa
muammolari bo‘lgan fuqarolar uchun xavfsiz va qulay hisoblanadi. Shuningdek, bu usul
ekologik toza, maxsus jihozlar talab qilmaydi (faqat maxsus tayoqchalar bilan amalga
oshiriladi) va ochiq havoda, istalgan joyda bajarilishi mumkinligi bilan ajralib turadi.

Shu bois, “Nordic Walking” sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda, aholining jismoniy

faolligini oshirishda va keng ommani sog‘lomlashtirishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, uni
jismoniy tarbiya, sport va sog‘liqni saqlash tizimiga integratsiyalash zarurati
dolzarblashmoqda.

Metodlar


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

119

Tadqiqotning dastlabki bosqichida quyidagi usullar qo‘llanildi:

Tahlil va sintez: ilgari o‘tkazilgan ilmiy maqolalar, sog‘liqni saqlash bo‘yicha Jahon

sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiyalari o‘rganildi.

Eksperiment: 5 oy davomida 45 nafar 40–65 yosh oralig‘idagi shaxslar skandinaviyacha

yurish mashg‘ulotlariga jalb etildi.

Monitoring: ishtirokchilarning yurak urish tezligi, arterial bosim, tana massasi indeksi

(TMI) va psixofiziologik holati kuzatildi.

Natijalar

Nordic walking usuli haftasiga 3-4 marta, 45-60 daqiqalik mashg‘ulotlar ko‘rinishida olib

borildi va quyidagi ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi:

1.

Yurak-qon tomir tizimi faoliyatida ijobiy siljishlar - yurak urish tezligi o‘rtacha 6-10%

kamaydi, arterial bosim barqarorlashdi.

2.

Tana vazni va TMI qatnashchilarning o‘rtacha tana massasi 2-4 kg ga kamaydi, TMI 1,5

birlikka pasaydi.

3.

Psixologik holat - ishtirokchilarda kayfiyat va uyqu sifati yaxshilandi, depressiv belgilar

sezilarli darajada kamaydi.

4.

Harakat - motor faollik: kundalik yurish masofasi oshdi, ishtirokchilarda jismoniy

faollikka nisbatan motivatsiya kuchaydi.

Tahlil va muhokama

Nordic Walking — ya’ni skandinaviyacha yurishning eng katta afzalliklaridan biri bu

uslubning murakkab texnikaga ega emasligi va har qanday yoshdagi insonlar tomonidan oson
o‘zlashtirilishi mumkinligidir. Ushbu mashg‘ulot turi harakatni tabiiy yurishga asoslangan
holda bajariladi va maxsus qo‘l tayanch tayoqchalari yordamida amalga oshiriladi. Aynan shu
tayoqchalar vositasida tananing deyarli 90 foiz mushaklari ishga tushiriladi. Bu esa odatdagi
yurishga nisbatan ko‘proq energiya sarflashga olib keladi va organizmning umumiy jismoniy
holatini samarali mustahkamlashga xizmat qiladi.

Skandinaviyacha yurishning yana bir muhim jihati — u harakatlanish davomida

bo‘g‘imlarga ortiqcha yuk tushirmaydi, ya’ni bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasini ehtiyotlaydi.
Shu bois bu uslub ayniqsa o‘rta va keksa yoshdagi insonlar uchun ideal variant hisoblanadi.
Bunday yurish organizmga stresssiz tarzda jismoniy faollikka moslashish, yurak-qon tomir
tizimi faoliyatini yaxshilash, mushaklar kuchini oshirish va umumiy sog‘liqni tiklash imkonini
beradi. Nordic walking depressiya, stress va ruhiy tushkunlikni kamaytirishda ham ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiyalariga ko‘ra, sog‘lom hayotni
saqlab qolish va kasalliklarning oldini olish uchun har hafta kamida 150 daqiqa o‘rtacha
intensivlikdagi jismoniy faollik talab etiladi. Nordic walking aynan shu mezonlarga to‘liq javob
beradi. Uning yurak urish tezligiga mo‘’tadil ta’sir ko‘rsatishi, metabolik faollikni
rag‘batlantirishi, kislorod almashinuvi va qon aylanishini yaxshilashi uni nafaqat profilaktika,
balki sog‘liqni tiklash (reabilitatsiya) jarayonida ham qo‘llaniladigan samarali vositaga
aylantiradi.

Skandinaviyacha yurish

(Nordic walking) – bu ikki qo‘lga maxsus tayanch tayoqchalari

bilan bajariladigan piyoda yurishning zamonaviy va sog‘lomlashtiruvchi shaklidir. Bu usulning
afzalligi shundaki, u yurish vaqtida nafaqat pastki tana a’zolari, balki yelka, qo‘l, orqa va
qorinning turli mushak guruhlarini ham faol ishlatishga imkon beradi. Shu jihatdan
Skandinaviyacha yurish oddiy piyoda yurishga nisbatan ko‘proq kaloriya sarflash, mushak
massasini saqlab qolish va umumiy jismoniy faollikni oshirishda samaraliroq hisoblanadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

120

Skandinaviyacha yurish aholi salomatligini tiklashda, ayniqsa yurak-qon tomir tizimi

kasalliklarining oldini olish va ularni reabilitatsiya qilishda yuqori natija beradi. Tadqiqotlar
shuni ko‘rsatadiki, muntazam ravishda ushbu yurish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarda qon
bosimi me’yorda bo‘ladi, yurak urish tezligi barqarorlashadi va qon aylanishi yaxshilanadi.
Shuningdek, bu usul semirish muammosidan aziyat chekayotganlar uchun tana og‘irligini
samarali kamaytirishga xizmat qiladi. Tana og‘irligining kamayishi esa, o‘z navbatida,
bo‘g‘imlar va orqa umurtqalariga tushadigan ortiqcha bosimni kamaytiradi, bu esa
harakatlanishni yengillashtiradi va og‘riqlarni kamaytiradi. Ruhiy salomatlik nuqtai
nazaridan, ochiq havoda muntazam jismoniy faoliyat bilan shug‘ullanish, ayniqsa
Skandinaviyacha yurish, stress, bezovtalik va depressiv holatlarni kamaytiradi, uyqu sifatini
yaxshilaydi hamda insonning umumiy kayfiyatini ko‘taradi. Bu esa, o‘z navbatida, psixologik
barqarorlikni mustahkamlashga yordam beradi.

O‘tkazilgan so‘rovnoma va amaliy kuzatuvlarga ko‘ra, tadqiqotda qatnashgan

shaxslarning 87 foizi Nordic walkingni o‘zlarining kundalik hayot tarziga integratsiya qilish
istagini bildirgan. Bu esa ushbu uslubning nafaqat jismoniy, balki psixologik jihatdan ham
ijobiy samara berishini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, Nordic walking bilan shug‘ullanish uchun
qimmat uskunalar yoki maxsus joylar talab etilmasligi uni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ham
jozibador sport turi sifatida ilgari suradi.

Tavsiya etiladigan choralar

Mahalliy sog‘liqni saqlash va sport organlari tomonidan Nordic walking bo‘yicha bepul

mashg‘ulot guruhlarini tashkil etish;

Tayanch tayoqchalarni arzon narxlarda aholiga taqdim etish;

Sog‘lom turmush targ‘iboti doirasida Nordic walking bo‘yicha seminar va amaliy

mashg‘ulotlar o‘tkazish;

Sport-sog‘lomlashtirish infratuzilmasiga maxsus yurish yo‘laklari kiritish.

Xulosa

Yurishning bu usulining eng muhim jihatlaridan biri – uning xavfsizligi va har qanday

yoshdagi odamlar uchun mosligi hisoblanadi. Yoshlardan tortib, qariyalargacha, shuningdek
surunkali kasalliklarga ega bo‘lgan fuqarolar ham shifokor tavsiyasiga ko‘ra bu faoliyat bilan
shug‘ullanishlari mumkin. Bu orqali harakat faolligini oshirish, jismoniy zaiflikning oldini
olish, holsizlikni kamaytirish imkoniyati yuzaga keladi.

Skandinaviyacha yurishni aholi turar joylarida keng ommalashtirish, mahalla, bog‘lar,

istirohat bog‘lari, sport maydonchalari va sog‘lomlashtirish markazlari orqali tizimli
mashg‘ulotlar tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzini joriy etish mumkin. Bunda
jamoatchilik asosida yo‘riqchilar tayyorlash, maxsus guruhlar tashkil etish, ommaviy yurish
aksiyalarini o‘tkazish, targ‘ibot materiallarini tayyorlash va aholining turli qatlamlariga
yo‘naltirilgan sog‘lomlashtirish dasturlarini ishlab chiqish orqali yanada kengroq ijtimoiy
ta’sirga erishish mumkin.

Umuman olganda, Skandinaviyacha yurish — bu sog‘lom turmush tarzining ajralmas

qismi bo‘lib, uni ommalashtirish orqali jamiyatning jismoniy va ruhiy salomatligini
mustahkamlashda sezilarli natijalarga erishish mumkin.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

121

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini

keng targ‘ib qilish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"
2021-yil 4-iyun kuni PQ–5150-son qarori
2.

2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6010-son Farmoni 2020-yil 30-oktabr

“Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va jismoniy faollikni oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”.

4.

Abdullayeva Z.A. (2021).

Jismoniy faol turmush tarzining sog‘liq uchun ahamiyati. //

“Tibbiyotda innovatsiyalar” jurnali, №2, Toshkent.
5.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:

“Sog‘lom turmush tarzi asoslari”

bo‘yicha uslubiy qo‘llanma

, 2021-yil.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2021-yil 4-iyun kuni PQ–5150-son qarori

–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6010-son Farmoni 2020-yil 30-oktabr

“Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va jismoniy faollikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.

Abdullayeva Z.A. (2021). Jismoniy faol turmush tarzining sog‘liq uchun ahamiyati. // “Tibbiyotda innovatsiyalar” jurnali, №2, Toshkent.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: “Sog‘lom turmush tarzi asoslari” bo‘yicha uslubiy qo‘llanma, 2021-yil.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)