Авторы

  • Nigora Muxitdinova
    Buxoro davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti, PhD
  • Sabrina Saidmurodova
    Buxoro davlat pedagogika institute 2JM-23 guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.112833

Ключевые слова:

maktabgacha ta’lim jismoniy mashq jismoniy kamolot jismoniy sifatlar toliqish chiniqtirish.

Аннотация

Maqolada maktabgacha yoshda bolalar kun tartibida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining xususan jismoniy madaniyat daqiqalarining  asosiy maqsadi, vazifalari va xususiyatlari ochib berilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

58

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA JISMONIY MADANIYAT

DAQIQALARINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Muxitdinova Nigora Mexriddinovna

Buxoro davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat nazariyasi

va metodikasi kafedrasi dotsenti, PhD

Saidmurodova Sabrina Navro’z qizi

Buxoro davlat pedagogika institute 2JM-23 guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15720415

Annotatsiya

Maqolada

maktabgacha

yoshda

bolalar

kun

tartibida jismoniy

tarbiya

mashg’ulotlarining xususan jismoniy madaniyat daqiqalarining asosiy maqsadi, vazifalari va
xususiyatlari ochib berilgan.

Tayanch so’zlar:

maktabgacha ta’lim, jismoniy mashq, jismoniy kamolot, jismoniy

sifatlar, toliqish, chiniqtirish.

В статье описаны основные цели, задачи и особенности занятий по физическому

воспитанию дошкольников, особенности занятий по физической культуре.

Ключевые слова:

дошкольное образование, упражнения, физическая зрелость,

физические качества, утомляемость, закаливание.

The article describes the main goals, objectives and features of physical education

classes for preschoolers, features of physical culture classes.

Key words:

preschool education, exercises, physical maturity, physical qualities, fatigue,

hardening.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017- yil 19 - oktabr kuni

maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda
ta’kidlaganidek “Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta'lim-tarbiya tizimi haqida
gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to‘g‘ri
keladi: ta'lim-tarbiya – biz uchun hayot-mamot masalasidir. Qaysi sohani olmaylik, biz
zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o‘zgarishga, farovon hayotga
erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo,
maktabgacha ta'lim tizimidan boshlanadi” deb ta’kidlagan edi.[1]

Yaxshi bilamizki yosh avlod tarbiyasida jismoniy tarbiya va sportning o’rni beqiyos.

Jismoniy tarbiya nazariyasining asoschilari F.Lesgaft, jismoniy mashqlarni tanlashda
bolalarning yoshiga xos anatoma-fiziologik va psixologik xususiyatlari, harakatlarni asta-sekin
murakkablashtirib va xilma-xillashtirib borish kabi omillarni asos qilib oldi. U jismoniy
kamolotni faqat aqliy, axloqiy, estetik kamolot va mehnat faoliyati bilan o’zaro
aloqadorlikdagina mavjud deb bildi. E.A.Arkin, L.I.Chulitskaya, D.V.Xuxlayeva, A.V.Keneman …
ilmiy tadqiqot ishlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashning ilmiy
asoslarini yaratdilar. O’zbekistonda jismoniy tarbiyani rivojlanishiga R.I.Ismailov,
O.A.Rixsiyeva, X.T.Rafiyevalar ham jismoniy tarbiya nazariyasini rivojlanishiga o’z hissalarini
qo’shganlar. Olimlarning ta’kidlashicha bola sog’lom bo’lib shakllanishida jismoniy mashq va
doimiy harakatda bo’lish bosh omil hisoblanadi.

Mamlakatimizning hozirgi kuni va istiqboli yoshlarni sog’lom qilib tarbiyalash bilan

uzviy bog’liq. Har tomonlama sog’lom avlodni kamol topishida maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida tarbiyalanuvchi bolalar bilan jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini me’yorida va


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

59

to’g’ri tashkil etish g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqil, faol va sog'lom insonnini
tarbiyalash hayotning dastlabki bosqichlarida, ya'ni erta va maktabgacha yoshda amalga
oshiriladi.

Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarning ahamiyati - harakatlar madaniyatining kompleks

shakllanishi, sog’lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga
oshirishdan iboratdir. Bu vazifalarning bajarilishi kamoloti, organizmning funksional
takomillashuvi, bola sog’ligining mustahkamlanishi, ular tomonidan to’g’ri harakat
ko’nikmalarining egallanishini, jismoniy sifatlar hamda jismoniy tarbiya va sportga nisbatan
emotsional ijobiy munosabatni, shaxsning har tomonlama rivojlantirilishini ta’minlaydi.
Mashg’ulotlarda sog’lomlashtirish vazifalarini amalga oshirishga bolalarning har tomonlama
harakat faoliyati yo’li bilan erishiladi. Ular organizmdagi barcha funksional birinchi jarayonni,
uning optimal gigiyenik va chiniqtiruvchi sharoitlarda hayotiy faoliyatni kuchaytirishga
yordam beradi. Ta’limiy - tarbiyaviy vazifalar mashg’ulotlar jarayonida bolaning ma’naviy -
axloqiy sifatlarini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid ba’zi elementlar
bilimlar va atamalarni ma’lum qilish, to’g’ri harakat ko’nikmalari hamda jismoniy sifatlarni
tarbiyalash yo’li bilan hal etiladi. Mashg’ulotlar xushchaqchaq intizomli, atrof-muhitda yaxshi
harakat qila oladigan,
belgilangan vazifaga muvofiq tez va ishonch bilan, maqsadga yo’nalgan
holda faoliyat ko’rsata oladigan, shuningdek axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon eta oladigan
kishilarni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Shundan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya

ishlarining asosiy maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat:

-

yosh avlodni bolalikdan boshlab jismoniy, aqliy, jihatdan tarbiyalab borishda jismoniy

tarbiya shakllarini keng tadbiq etish

-

kun tartibidagi sport-sog’lomlashtirish va sport bayramlarini tashkil etish va o’tkazish

-

bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqatlik

kabi tuyg’ularini shakllantirishdan iborat.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya tizimida - kun tartibi, mashg’ulotlar

majmui, ovqatlanish, chiniqtirish (tabiiy va sun’iy), jismoniy mashqlar, madaniy gigiyenik
ko’nikmalar, ertalabki va kechki soatlar, quvnoq daqiqalar, uqalash, davolovchi gimnastika
ritmika, sport o’yinlari tashkil etadi. Jumladan bolalar harakat faoliyati shakllaridan biri kun
tartibidagi jismoniy madaniyat daqiqalari va pauzalarining ahamiyati juda katta. Bog’cha kun
tartibidagi mashg’ulotlar orasida o’tkaziladigan jismoniy madaniyat daqiqalari va
pauzalarining maqsadi bitta (aqliy faoliyat talab etuvchi) mashg’ulotlar davomida charchagan
bolaga ish qobiliyatini tiklash, diqqatini mashg’ulotga jalb qilish, muskullar va aqliy toliqishni
bartaraf qilish, qad-qomat buzilishining oldini olish, bolalarning emotsional kayfiyatini
oshirish.[2]

Jismoniy madaniyat daqiqalarini tashkil qilib o’tkazishda quyidagi metodik talablarga

rioya qilishi zarur:

-

mashqlarning davomiyligi 3 minutgacha

-

mashqlarning soni 3-4 ta:

-

har bir mashqning bajarilishi 4-6 marta:

-

mashqlarning yo’riqchi yoki jismoniy-kasbiy bilimlarga ega bo’lgan mutaxassis

tomonidan tashkil etish va o’tkazish:

-

mashqlar qo’l, yelka, oyoq muskullari uchun bukish, egilish, engashish, tizzalarni bukish

kabi mashqlar majmuasidan iborat bo’lishi kerak:


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

60

-

qomat uchun bajariladigan mashqlar va asosiy harakat turlarini (yurish, yugurish,

sakrash uloqtirish, tirmashish) rivojlantirish uchun mashqlarni tanlash majburiydir.

Inson o’z xatti-harakatini yuksak rivojlangan ongi orqali boshqara oladigan, o’z

harakatlari va qilayotgan ishlarining oqibatlarini oldindan ko’ra-bila oladigan ongli jonzot
sifatida ko’riladi. Ayniqsa maktabgacha yoshdagi bolalar hayoti davomidagi axborotlarni 70
% ini qabul qilar ekan. Shu nuqtai nazardan tashkil etiladigan jismoniy madaniyat
daqiqalarida bola harakatlari orqali aqliy faoliyatini rivojlanishiga asos bo’ladi. Xususan
yuqorida keltirilgan she’rlar hamohangligida bajariladigan jismoniy mashqlar orqali bolada
tabiat bilan tanishtirish bilimlar mazmuni turli xil tirik organizmlar jumladan (hayvonlar
harakati, tuzilishi) to’g’risida shuningdek turli tabiat hodisalari ularning tabiat tomonidan
umumiylik qonuniyatlari g’oyasini o’z ichiga oladi. Shu bilan birga ular jonivorlar,
o’simliklarning faqatgina alohida olingan, yaqqol ko’zga tashlanadigan xususiyatlarini
ko’radilar (ayiq, quyon, o’rdak va b.q mevalar) haqidagi tasavvurlarga ega bo’ladilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan jismoniy madaniyat daqiqalarini tashkil etishda
bajariladigan harakatlarni she’rga moslab amalga oshirish bolaning intellektual va jismoniy
rivojlanishidagi ta’sirlar samaradorligini oshishiga yordam beradi. Jumladan bolada tabiat
manzarasi, hayvonot olami va turli hodisalar to’g’risidagi bilimlarni shakllanishiga asos
bo’ladi. [3]

Maktabgacha yoshdagi kichik guruh bolalari tabiat obyektlari, to’g’risidagi umumiy

tasavvurlarni o’zlashtirish qobiliyatiga shakllanadi. Shuning uchun jismoniy tarbiyaning
asosiy shakllari (jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, jismoniy madaniyat daqiqalari, ertalabki
badantarbiya, sayrlar,ekskursiyalar)ni tashkil etishda ko’proq yaqin atrofda joylashgan
obyektlar bilan bog’lab o’tkazish maqsadga muvofiq.

Masalan

:

Yomg’ir yog’moqda-yerga ko’lmaklar paydo bo’ldi,
Quyosh chiqdi- kun yorishdi.
Chumchuqlar uchdi- birma-bir va galla – galla,
Laylak-burgut- qaldirg’och.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning xususan o’rta guruh tarbiyalanuvchilar o’sib

rivojlanishini hisobga olgan holda predmet, tushuncha yoki umumlashtirilgan tasavvur
darajasidagi bilimlarni o’z ichiga oladigan obyektlar bo’yicha aniq tasavvurlarni
o’zlashtirishlari mumkin. Shuning uchun mashqlar kompleksi obyektlar to’g’risidagi
bilimlarni chuqurroq, ya’ni ko’proq belgilar, jonivorlar harakati, ularning tuzilishi, mashqlarni
bajarish uchun turli tomonlar (o’ng, chap, old, orqa va yon) to’g’risida to’liqroq ma’lumotlar
berish lozim.. Bu yoshdagi bolalar shakllar (doira, to’rtburchak, uchburchak), hayvonlarning
harakatlari, yashash tarzi to’g’risidagi to’liq ma’lumotlarga ega bo’lishlari lozim.

Katta guruhlarda esa bolalarning bilish imkoniyatlari yanada kengayib boradi. Ya’ni

bolalar obyektlar, tabiat hodisalari, jismoniy va aqliy faoliyatida sezilarli o’zgarishlar
kuzatiladi. Bolalar bilan o’tkaziladigan jismoniy madaniyat daqiqalarida predmetlar, jihozlar
bilan harakatlarni bajarish maqsadga muvofiq. Shuni alohida ta’kidlash lozimki jismoniy
madaniyat daqiqalari uchun mashqlar kompleksini tayyorlashda bolalarning ruhiy holatini
ko’taruvchi, tasavvurini boyitadigan qolaversa intellektual rivojlantirishda xizmat qiladigan
mashqlar to’plamini tuzish tavsiya etiladi.

Jismoniy madaniyat daqiqalari va pauzalarida qo’llaniladigan she’rlardan

namunalar


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

61

O’ng qo’limda besh barmoq,
Chap qo’limda besh barmoq.
Ikkalasi o’n barmoq,
Kel bo’laylik do’st inoq.

Tavsif:

Bolalar “O’ng qo’l” - so’zini eshitishlari bilan o’ng qo’lini ko’taradi, “Chap

qo’limda besh barmoq - so’zini eshitishlari bilan chap qo’lini ko’taradi, “Ikkalasi o’ng barmoq”
- so’zini eshitishlari bilan ikkala qo’llarini yuqoriga ko’taradi.

Qushlar uchar havoda,
Baliq suzar daryoda.
Quyon dikkilab yurar,
Ayiq lapanglab yurar.

Tavsif:

“Qushlar uchar havoda” - deganda qo’llarni tirsakdan bukib yon tomonga

to’lqinsimon harakatlantiramiz, “Baliq bo’lib suzamiz” - deganda ikkala qo’limizni birlashtirib
oldinga harakatlantiramiz, “Quyon” - so’zini eshitishlari bilan ikkala qo’limizni oldinga
tirsakdan bukib oyoq uchida uchamiz, “Ayiq lapanglab yurar” - deganda ikkala qo’llarimizni
yon tomonga keng quloch ochib oyoqlarimizni yelka kengligidan ozgina kengroq ochib
yuramiz.

Shamol-shamol jon shamol,
Hammadan chaqqon shamol.
Bog’imizga kela qol,
Pishgan – pishgan meva ol.

Tavsif:

“Shamol – shamol jon shamol” - deganda qo’llarni yuqoriga ko’tarib ikkala

qo’llarimizni barobariga tebranma harakatga keltiramiz, “Hammadan chaqqon shamol” -
deganda qo’llarimiz yuqoriga yanada tezroq harakatga keltirmiz, “Bog’imizga kela qol” –
qo’llarni tushirib oyoqlarni birin-ketinlikda turgan joyda yuramiz, “Pishgan-pishgan meva ol”
- deyilganda qo’llarni mevani yeganga o’xshab galma-gal harakatga keltiramiz.

Bog’da olma pishibdi,
Yerga tap-tap tushibdi.
Savatchangni ola qol,
Mevalarni terib ol.

Tavsif:

“Bog’da olma pishibdi”- deganda qo’llarning yuqoridan pastga galma-gal

harakati, “Yerga tap-tap tushibdi” – deganda oyoqlarni yerga galma-gal uramiz, “Savatchangni
ola qol”- deganda savatcha qo’lida bordek, “Mevalarni terib ol” – deganda mevalarni savatga
solish harakatini bajadilar.


1-2-3 deb bizlar, qo’lni sekin ko’tardik,
Tepaga, yonga, pastga navbat bilan bajardik.
Bog’chamizda har doim chiniqamiz o’samiz,
Tanamizga kuch yig’ib sog’lom bo’lib boramiz.

Tavsif:

“1-2-3” - deganda qo’llarni yuqoriga ko’taramiz, “Tepaga, yonga, pastga” –

deganda qo’llarni navbat bilan tomonlarga harakatga keltiramiz, “Bog’chamizda har doim
chiniqamiz o’samiz” – deganda qo’llarni tirsakdan bukib, “Kuchlimiz-kuchlimiz” deb bir
ovozda baqirib “Tanamizga kuch yig’ib sog’lom bo’lib boramiz”.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

62

Shunday she’rlar ham borki ular orqali bolalar tanasini har tomonlama rivojlantirib,

harakatlardan mustaqil tarzda bajarib bahramand bo’ladilar. Bunday turdagi jismoniy
madaniyat daqiqalarining o’ziga xos xususiyati harakatlar oldin yo’riqchi tomonidan
o’rgatiladi, she’rga mos harakatlar ketma-ketligi bolalarga yod bo’lgandan so’ng matn
yo’riqchi tomonidan aytiladi. Bolalar mustaqil tarzda matndagi so’zlarga mos holda
harakatlarni bajarib boradilar.

Xulosa qilib aytganda bola organizmining mustahkam bo’lishi va rivojlanishi jismoniy

tarbiya hamda chiniqtirish tadbirlari bilan chambarchas bog’liqdir. Jismoniy tarbiyaning
muhim sharti esa kun tartibi sanaladi. Kun tartibi turli faoliyat hamda dam olishning vaqt
jihatdan maqsadga muvofiq taqsimlanishi, hayot tartibidir. Kun tartibini tashkil etuvchi
barcha qismlar (ovqatlanish, uyqu, o’yin, sayr, mashg’ulotlar)ni bir me’yorda takrorlash
natijasida bolalarda faoliyatning bir turidan ikkinchi turiga o’tishni yengillashtiruvchi
mustahham ko’nikma hosil bo’ladi. Aynan kun tartibiga rioya etish bolaning asab faoliyati
tizimi va barcha fiziologik jarayonlarning kechishiga samarali ta’sir ko’rsatadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

“Maktabgacha ta’lim sohasida zamonaviy tizim yaratiladi” Sh.M.Mirziyoyev 19.10.2017

2.

Liviskiy A.N. “Maktabgacha yoshdagi bolalarni Jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi”

TDPU Toshkent 2008
3.

А.V.Keneman, D.V. Хuхlаyeva “Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni jismoniy

tarbiyalash nazariyasi va metodikasi” Т.,1988
4.

Мухитдинова Н.М. Методология физических упражнений и игр в дошкольних

образовательных организациях // Проблемы науки-2020-№9 (57) с 81-83

Библиографические ссылки

“Maktabgacha ta’lim sohasida zamonaviy tizim yaratiladi” Sh.M.Mirziyoyev 19.10.2017

Liviskiy A.N. “Maktabgacha yoshdagi bolalarni Jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi” TDPU Toshkent 2008

А.V.Keneman, D.V. Хuхlаyeva “Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi va metodikasi” Т.,1988

Мухитдинова Н.М. Методология физических упражнений и игр в дошкольних образовательных организациях // Проблемы науки-2020-№9 (57) с 81-83

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)