Авторы

  • Boburjon Sulaymonov
    FarDU tarix yo‘nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.112855

Ключевые слова:

Imomqulixon Boburiylar Ivan Xoxlov tashqi aloqalar elchilik munosabatlari Xiva xonligi Sibir Jahongir Mirzo Ahmad I Eron ittifoq.

Аннотация

XVI asrda tashkil etilgan Buxoro xonligi (xonlik sifatida 1533-yil) o‘zbek davlatchiligida muhim o‘rin egallaydi. Davlatni dastlab Shayboniylar sulolasi (1501-1601), so‘ng Ashtarxoniylar (1601-1756) sulolasiga mansub hukmdorlar boshqarishdi. Ular ichida Shayboniyxon (1501-1510) va Abdullaxon II (1556-1598) kabi shayboniy hukmdorlar, Ashtarxoniylardan esa Imomqulixon (1611-1642) hukmronligi davrida xonlik yirik markazlashgan davlatga aylanadi. Ashtarxoniylardan Imomqulixonning olib borgan siyosati natijasida davlat hududi kengayib, markaziy hokimiyat kuchaydi va madaniy taraqqiyotga erishildi. Quyida shu haqida to‘xtalib, ilmiy faktlar bilan mavzu yoritib beriladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

156

IMOMQULIXON HUKMRONLIGI DAVRIDA BUXORO XONLIGINING TASHQI-

DIPLOMATIK ALOQALARI

Sulaymonov Boburjon Dilmurod o‘g‘li

FarDU tarix yo‘nalishi talabasi

+998906336208

boburjonsulaymonov8@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15734800

Anotatsiya:

XVI asrda tashkil etilgan Buxoro xonligi (xonlik sifatida 1533-yil) o‘zbek

davlatchiligida muhim o‘rin egallaydi. Davlatni dastlab Shayboniylar sulolasi (1501-1601),
so‘ng Ashtarxoniylar (1601-1756) sulolasiga mansub hukmdorlar boshqarishdi. Ular ichida
Shayboniyxon (1501-1510) va Abdullaxon II (1556-1598) kabi shayboniy hukmdorlar,
Ashtarxoniylardan esa Imomqulixon (1611-1642) hukmronligi davrida xonlik yirik
markazlashgan davlatga aylanadi. Ashtarxoniylardan Imomqulixonning olib borgan siyosati
natijasida davlat hududi kengayib, markaziy hokimiyat kuchaydi va madaniy taraqqiyotga
erishildi. Quyida shu haqida to‘xtalib, ilmiy faktlar bilan mavzu yoritib beriladi.

Kalit so‘zlar:

Imomqulixon, Boburiylar, Ivan Xoxlov, tashqi aloqalar, elchilik

munosabatlari, Xiva xonligi, Sibir, Jahongir Mirzo, Ahmad I, Eron, ittifoq.


Buxoro xonligi Imomqulixon hukmronligi davrida har tomonlama taraqqiy topdi. Shu

o‘rinda davlatning tashqi aloqalari, mavqeyi va diplomatiyasida ham yirik o‘zgarishlar
kuzatildi. Xonlik bu davrda o‘zi tashqi aloqalar olib borgan har bir davlat bilan tengma-teng
siyosat yurgizdi. Ashtarxoniylar sulolasiga mansub Imomqulixon ham o‘z hukmronligi davri
(1611 – 1642) da ham Shayboniylar davridagidek tashqi aloqalarni asosan Eron, Hindiston,
Turkiya, Rossiya va Qozoqlar bilan olib borildi. Albatta, har bir davlat bor ekan, u o‘ziga
qo‘shni hududlar bilan aloqa olib boradi. Bunda, asosan, siyosiy va iqtisodiy masala asosiy
o‘rin egallab, bu mamlakatning rivoji uchun katta ahamiyat kasb etadi. Buxoro xonligida
Shayboniy hukmdor Abdullaxon II davridagidek (1556 – 1598) ashtarxoniy hukmdor
Imomqulixon ham faol tashqi siyosat olib bordi. Bular ichida Rossiya bilan olib borilgan
aloqalar muhim ahamiyatga ega.

Mamlakat shimoli bilan yaxshi munosabat olib borish muhim edi. Shuning uchun

Imomqulixon savdogar va hunarmandlarning Astraxandan Qozongacha va u yerdan,
Sibirgacha bo‘lgan yerlar bilan aloqasini kuchaytirishga alohida e‘tibor beradi. Uning
hukmronlik davrida Buxoro xonligidan Rus davlatiga to‘qqiz marotaba elchi yuboriladi.
Elchilarning yettitasi bevosita Astraxan, ikkitasi esa Sibir orqali jo‘natilgan. Imomqulixon
Rossiyaga birinchi marotaba 1613-yilda Navro‘z xoja boshchiligida elchi yuboradi. Bu elchi
300 kishidan iborat savdo karvonlari bilan Qozonda, Samarada va boshqa joylarda mahalliy
hokimiyat tomonidan qabul qilinadi. Imomqulixon o‘z yorlig‘ida har ikki mamlakat o‘rtasidagi
savdo va elchilik munosabatlarini davom ettirishni rus hukumatiga taklif etadi. Bundan
tashqari, Navro‘z xojaning sovut, mo‘yna va xon ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan boshqa rus
mollarini sotib olishini, xon mollarini rus yerlarida bojsiz sotishga ijozat berishini rus
podshosidan so‘ragan edi

[1;44].

Ikkinchi elchilik 1620-yil Odambiy boshchiligidagi elchlik missiyasini rus podshosi

Mixail Fyodorovich (1613 – 1645) yoniga yuborish orqali bo‘ldi. Rus podshosining
Imomqulixonga yozgan javob xatida ikki tomon o‘rtasida qaror topgan azaliy do‘stlik,


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

157

madaniy va savdo aloqalari gurkirab rivojlanishiga astoydil harakat qilishi aytib o‘tilgan.
Xonning taklifi bilan Buxoroga yuborilgan elchilar missiyasiga Ivan Danilovich Xoxlov
boshchilik qildi. 1621-yilda u Samarqandda boʻlib, Imomqulixon bilan uchrashgan hamda rus
podshohi topshirig‘iga asosan, Ivan Xoxlov xondan 27 ta rus asirlarini ozod etishni iltimos
qilgan. Imomqulixon esa bu iltimosni qondirgan. Aslida, Ivan Xoxlov ayg‘oqchi sifatida tashrif
buyurgan edi. Unga, avvalo, Buxoro xonini Rossiya bilan savdo va doʻstona aloqalar
oʻrnatishga koʻndirish, Buxorodagi rus asirlarini ozod etish, Buxoro xonligining Turkiya, Eron,
Gruziya, Xiva xonligi bilan aloqalari qanday ekanligi, Buxoroning harbiy qudrati haqida maxfiy
maʼlumotlar toʻplash vazifalari yuklatilgan

1

. U bu hudud haqida yetarlicha ma’lumot yig‘a oldi.

Lekin uning Xiva xoni tomonidan yaxshi kutib olinmaganligi rus hukumatining o‘zbek
xonliklariga nisbatan munosabatini yomonlashtirdi. Lekin Xiva xonlari bo‘lgan Habash va
Elbarslar Xoxlovga yomon munosabatda bo‘lishiga qaramay, rus podshohi bilan do‘stona
munosabat olib borishga harakat qilishgan. Elbars 13 ta Moskvalik asirni ozod etib, podshoga
yuboradi

[2;215]

. Habash ham podsho bilan yaxshi munosabat olib borishga intilgan. Chunki

Elbars bilan o‘rtasida munosabat buzilgan edi. Ular qayta-qayta hujum qilgan Erondan ham,
Imomqulixondan ham yordam kuta olmasdi. Chunki Imomqulixon qozoqlar bilan
kurashayotgan paytda ular Buxoroni ikki marta talagan edi. Imomqulixonning qozoqlar bilan
band bo‘lganligi uchun o‘ch ola olmadi. Agar shunday bo‘lganda, Xivaga juda katta zarar
yetardi. Chunki Buxoroda Xivadan o‘n baravar ko‘p qo‘shin bor edi. Aynan, Xoxlov Buxoro
qo‘shini 100 ming atrofida deb hisoblagan

[3;157].

Ivan Xoxlovning Xivada yaxshi kutib

olinmaganligi natijasida Imomqulixon 11 yil, Mixail Fyodorovich esa 20 yil davomida bir-
birlariga elchi yubormaganlar. Vaqt o‘tib, 1634-yil bahorida Imomqulixonning elchisi Xoʻja
Otaquli podsho Mixail Fyodorovichga xon sovg‘alari va maktubini yetkazgan. Muzokaralar
natijasida ikki mamlakat bir-biri bilan soliqlarsiz savdo qilish huquqiga ega bo‘ladi. Rus
davlatiga yuborilgan keyingi elchilik missiyalariga Xo‘ja Ibrohim boshchilik qilib, u ikki marta
1638-yil va 1642-yillarda Rossiya safarida bo‘lgan. Bu elchiliklar davomida Buxoro va Rossiya
o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stlik va savdo munosabatlarini yanada mustahkamlashga hissa
qo‘shgan

[1;46-47]

. Buning natijasida savdogarlarning ikki davlat o‘rtasidagi savdosi rivoj

topib, xonlikka katta miqdorda daromad kira boshlagan. Masalan, 1635-yilda yuborilgan
Imomqulixonning chopari Behbud Rossiya shaharlarida 3788 so‘mlik mollarni sotib qaytgan

[4;289]

. Hatto Imomqulixon Sibir bilan aloqani kuchaytirishga erishish uchun rus podshosiga

juda katta sovg‘a yuboradi. Sovg‘a shu darajada katta bo‘lganki, ma’lumotlarga ko‘ra uni 37
kishi ko‘targan. Bundan maqsad Sibirdan muhim bo‘lgan savdo mollarining olib kelinishi edi.
Bundan tashqari, 1641-yilda Imomqulixon Astraxanga ham elchi yuboradi. Shu tariqa,
Imomqulixon o‘z davrining yirik hukmdori sifatida Rus podsholigi bilan teng savdo va
diplomatik aloqalar olib bora oldi.

Shu o‘rinda Imomqulixonning Boburiylar davlati bilan aloqalari ham muhim ahamiyatga

ega. Imomqulixon davrida Hindistonda Jahongir Mirzo (1605 – 1627) va Shoh Jahon Mirzo
(1627 – 1658) lar hukmronlik qiladi va ular bilan yaxshi munosabat olib borishga harakat
qilindi. Jahongir Mirzo bilan aloqalari haqida bir necha ma‘lumotlar mavjud. Xon 1614-yilda
o‘z elchilarini hind shohi Jahongir saroyiga yuborgan. Elchi orqali Abdullaxon va Akbarshoh
zamonidagidek aloqalarni tiklash so‘raladi. Unga javoban, Oradan bir qancha vaqt o‘tgach,

1

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Xoxlov_elchiligi


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

158

1625-yilda Jahongir o‘z elchisi Hakim Hoziq (Mir Baraka) boshchiligidagi elchilik
delegatsiyasini Imomqulixon saroyiga yuboradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u yirik olim, shoir va
tabib bo‘lgan va bu ikki mamlakatning aloqalarini yaxshilashda muhim rol o‘ynagan

[1;47].

1625-yili Hindiston elchisi Mir Barakani vataniga kuzatish vazifasi yangi xon elchisi sifatida
tayinlangan Hoji Abdulrahim zimmasiga yuklanadi. Joʻybor shayxlaridan boʻlgan Hoji
Abdulrahim Hindiston podshohi Jahongirshohga ko‘plab noyob va qimmatbaho sovg‘a-
salomlar taqdim etadi. Sovg‘a-salomlar ichida qiymati bir viloyat xirojiga teng bo‘lgan
qimmatbaho la’l toshi ayniqsa ajralib turar edi. Hindistonga elchi sifatida yuborilgan Hoji
Abdulrahim Jahongirshohga Xurosonni Buxoro xonligi va Hindiston o‘rtasida bo‘lib olish
rejasini ham taqdim etadi. Lekin tez orada Jahongirshohning vafoti (1627-yil) Buxoro xonligi
bilan o‘zaro munosabatlarning birmuncha vaqt uzilib qolishiga sabab bo‘ladi

[5;216].

Usmoniylar bilan aloqalar ham muhim ahamiyatga ega edi. Usmoniylarda Mehmed III

vafot etgach (1603), taxtga Ahmad I o‘tiradi. U 1603-yil Eronga yurish boshlaydi va Boqi
Muhammadxondan yordam so‘raydi. Boqi Muhammadxon Balx masalasida Eron bilan kurash
olib borayotgani uchun yordam beradi. Imomqulixon ham 1611-yil Hoji Umar orqali Ahmad I
ga elchi yuboradi va xatda xonlik taxti yangi ekanligini yozib, do‘stlik aloqalarini bog‘lashni
so‘raydi

[6;81].

Javoban, tarixiy hujjatlarda 1624 – 1625-yillarda Buxoroga ikkita usmoniylar

elchisi kelganligi haqida ma‘lumotlar mavjud. Bu elchlik asosan, Eronga qarshi birgalikda
kurashish maqsadida edi. Birinchi elchining nomi saqlanmagan. Ikkinchi elchi esa
Imomqulixoning o‘g‘li Ali Muhammad bo‘lib, u Eronda 8 yil tutqunlikda yashagan. Ali
Muhammad Eron hukmdori shoh Abbos Bag‘dodni qamal qilish paytida qochishga muvaffaq
bo‘lgan. U keyinchalik, Istambulga kelib, usmoniylar hukmdori saroyida bir necha oy
yashagan. Elchilikdan ko‘zlangan maqsad Erondan Bag‘dod shahrini qaytarib olish edi.
Bundan tashqari, Usmoniylar Buxoro hukmdoridan safaviy va mo‘g‘ul hukmdorlariga qarshi
birgalikda kurashishga umid qilgan. Ali Muhammad aftidan 1627-yilda turklarni Bag‘dodni
qaytarib olishga urinishi barbod bo‘lganidan so‘ng, Buxoroga yetib borgan. Ammo Shoh Abbos
va Buxoro hukmdori o‘rtasida tinchlik o‘rnatilib, harbiy harakatlar olib borilmagan.
Usmoniylarning keyingi hukmdori Sulton Murod IV (1623-1640) 1638-yilda yana Bag‘dodni
qaytarib olish uchun kurash boshladi va o‘zbek hukmdorlariga murojaat qildi. U
Imomqulixonga xat yuborib, ittifoq tuzish muhim ekanligini aytgan. Biroq bu paytda
Imomqulixon Eronga qarshi urushishdan manfaatdor emas edi. Chunki Eron bilan aloqalar
yaxshi va tinchlikni istagan Imomqulixon Eron bilan munosabatlarning yomonlashuvini
xohlamas edi. Shuning uchun Imomqulixon Istambulga xat yubormagan va uni bu
qiziqtirmagan bo‘lishi mumkin

[1;48].

Xulosa o‘rnida shuni aytishjoizki, Buxoro xonligi Imomqulixon davrida har tomonlama,

shu o‘rinda, harbiy holat, tashqi aloqalar sohasida ham qo‘shni hududlar bilan teng
munosabat olib bora oldi va hatto, yirik mavqega ega bo‘lgan Usmoniylar davlati ham bu
davrda Buxoro xonligi bilan yaqin qo‘shnichilik aloqalarini o‘rnatishga intilishlari davlat
mavqeyini ko‘rsatib beruvchi omillardan biridir. Bu mavzuni boyitish uchun kelajakda qo‘shni
Eron bilan, va bo‘lgan bo‘lsa Xitoy bilan aloqalar qanday kechganligi borasida ilmiy izlanishlar
olib borilsa, tariximizning bir bo‘shliq qismi to‘lgan bo‘lar edi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

159

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Zamonov A. Buxoro xonligining Ashtarxoniy hukmdorlari [Matn]: monografiya /

Zamonov A. – Toshkent: “BAYOZ”, 2021. – 137 b.
2.

Arslonzoda R.A. Manbashunoslik: Bаkаlаvriаtning 5120300 – “Tаriх (Mаmlаkаtlаr vа

mintаqаlаr bo‘yichа) yo‘nаlishi tаlаbаlаri uchun darslik / Mas’ul muharrir M. M. Is’hoqov. –
Farg‘ona: Classic, 2022. – 348 b.
3.

Audrey Burton. The Bukharans a dynastic, diplomatic and commercial history 1550 –

1702. – London: “Routledge”, 2019. – 713 p.
4.

Asqarov A. va boshq. O‘zbekiston tarixi. (O‘zbekiston diplomatiyasi tarixi) VII jild Jamoa.

– Toshkent: “Ma’naviyat”, 2023. – 641 b.
5.

Eshov B. J., Odilov A. A. O‘zbekiston tarixi II ( XIV asrning o‘rtalaridan – XIX asr ikkinchi

yarmigacha). – Toshkent: “DONISHMAND ZIYOSI”, 2020. – 409 b.
6.

Şeyda Duman. Buhara Hanlığı'nda İmamkulikhan dönemi (1611-1642). Tarih alanında

Doktora (PhD) derecesi için sunulan tez. – Afyonkarahisar, 2023. – 185 s.
7.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Xoxlov_elchiligi

Библиографические ссылки

Zamonov A. Buxoro xonligining Ashtarxoniy hukmdorlari [Matn]: monografiya / Zamonov A. – Toshkent: “BAYOZ”, 2021. – 137 b.

Arslonzoda R.A. Manbashunoslik: Bаkаlаvriаtning 5120300 – “Tаriх (Mаmlаkаtlаr vа mintаqаlаr bo‘yichа) yo‘nаlishi tаlаbаlаri uchun darslik / Mas’ul muharrir M. M. Is’hoqov. – Farg‘ona: Classic, 2022. – 348 b.

Audrey Burton. The Bukharans a dynastic, diplomatic and commercial history 1550 – 1702. – London: “Routledge”, 2019. – 713 p.

Asqarov A. va boshq. O‘zbekiston tarixi. (O‘zbekiston diplomatiyasi tarixi) VII jild Jamoa. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2023. – 641 b.

Eshov B. J., Odilov A. A. O‘zbekiston tarixi II ( XIV asrning o‘rtalaridan – XIX asr ikkinchi yarmigacha). – Toshkent: “DONISHMAND ZIYOSI”, 2020. – 409 b.

Şeyda Duman. Buhara Hanlığı'nda İmamkulikhan dönemi (1611-1642). Tarih alanında Doktora (PhD) derecesi için sunulan tez. – Afyonkarahisar, 2023. – 185 s.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)