Авторы

  • Boburjon Sulaymonov
    FarDU tarix yo‘nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.112856

Ключевые слова:

Ashtarxoniylar Buxoro ilm-fan Imomqulixon Bahr al-asror ijtimoiy-falsafiy yo‘nalish Nadr Muhammadxon diniy ilmlar Abdulazizxon Subhonqulixon ta’lim madrasa taskira.

Аннотация

Buxoro xonligi davrida (1501 – 1756) O‘rta Osiyoda madaniy hayot, ilm-fan sohasi har tomonlama rivoj topdi. Temuriylar davridagi renesansdek taraqqiy topmagan bo‘lsa-da, to‘xtab qolgani yo‘q edi. Dastlab Shayboniylar sulolasi davrida (1501-1601) XIV-XV asrlardagi O‘rta Osiyoda yuz bergan ikkinchi renesans davridagi ta’lim, ilm-fanning ma’lum bir ko‘rinishlari davom ettirilgan bo‘lsa, Ashtarxoniylar sulolasining ba’zi bir ilm-fan sohasiga qiziqqan, qo‘llab-quvatlagan hukmdorlari davrida ham bu sohada bir qancha tatqiqotlar olib boriladi. XVII asr boshlariga kelib, Buxoro xonligida hokimiyatga kelgan ashtarxoniylar sulolasi (1601 – 1756) davrida o‘zaro ichki ziddiyatlar, tinimsiz urushlar va siyosiy parokandalik avj oladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, murakkab diniy va siyosiy vaziyat ashtarxoniylar davrida maorif, ilm-fan va madaniyat rivojini davom ettirilishiga to‘iq bo‘la olmadi. Ushbu maqolada yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda mavzuni ochib beriladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

152

BUXORO XONLIGIDA ASHTARXONIYLAR SULOLASI VAKILLARINING

HUKMRONLIGI DAVRIDA TA’LIM SOHASI VA ILM-FAN RIVOJI

Sulaymonov Boburjon Dilmurod o‘g‘li

FarDU tarix yo‘nalishi talabasi

+998906336208

boburjonsulaymonov8@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15734751

Annotatsiya:

Buxoro xonligi davrida (1501 – 1756) O‘rta Osiyoda madaniy hayot, ilm-

fan sohasi har tomonlama rivoj topdi. Temuriylar davridagi renesansdek taraqqiy topmagan
bo‘lsa-da, to‘xtab qolgani yo‘q edi. Dastlab Shayboniylar sulolasi davrida (1501-1601) XIV-XV
asrlardagi O‘rta Osiyoda yuz bergan ikkinchi renesans davridagi ta’lim, ilm-fanning ma’lum bir
ko‘rinishlari davom ettirilgan bo‘lsa, Ashtarxoniylar sulolasining ba’zi bir ilm-fan sohasiga
qiziqqan, qo‘llab-quvatlagan hukmdorlari davrida ham bu sohada bir qancha tatqiqotlar olib
boriladi. XVII asr boshlariga kelib, Buxoro xonligida hokimiyatga kelgan ashtarxoniylar
sulolasi (1601 – 1756) davrida o‘zaro ichki ziddiyatlar, tinimsiz urushlar va siyosiy
parokandalik avj oladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, murakkab diniy va siyosiy vaziyat
ashtarxoniylar davrida maorif, ilm-fan va madaniyat rivojini davom ettirilishiga to‘iq bo‘la
olmadi. Ushbu maqolada yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda mavzuni ochib beriladi.

Kalit so‘zlar:

Ashtarxoniylar, Buxoro, ilm-fan, Imomqulixon, Bahr al-asror, ijtimoiy-

falsafiy yo‘nalish, Nadr Muhammadxon, diniy ilmlar, Abdulazizxon, Subhonqulixon, ta’lim,
madrasa, taskira.


Ashtarxoniylar sulolasi hokimiyat tepasiga kelgan paytda Markaziy Osiyoda murakkab

siyosiy vaziyat hukm surar edi. Bir tomondan, janubdagi kuchli Eron Safaviylari sulolasi (1502
– 1736) vakillari Xurosonga hujum uyushtirayotgan, janubi-sharqdan esa Boburiylar sulolasi
vakillari ham xonlikning janubiy chegaralarida paydo bo‘la boshlagan edi. Shimoldan esa
Qozoq xonliklarining xonlikka nisbatan bosqinchilik siyosat mavjudligi siyosiy holatning
beqarorligini ko‘rsatib berar edi. Shunday bo‘lsa ham Imomqulixon, uning ukasi Nadr
Muhammadxon va jiyanlari Abdulazizxon va Subhonqulixonlar davrida Buxoro xonligida
madaniy sohada bir qator yutuqlarga erishildi. Aniq qilib aytganda, bu sulola davrida ham ilm-
fan, me’morchilik va amaliy san’at, madaniyat taraqqiyoti davom etdi. Bu davrdagi ijtimoiy-
falsafiy fanlar ilgari asrlar an’analari asosida taraqqiy etib, bir qator davrga mos yo‘nalishlar
ham paydo bo‘ldi. Zamonaviy tadqiqotchilar bu davrdagi ijtimoiy-falsafiy fanlar rivoji ayniqsa
adabiyot, tarixnavislik, falsafiy-huquqiy hamda ijtimoiy-huquqiy yo‘nalishlarida sezilarli
bolganligini ta’kidlashadi.

Bu davrda o‘rta asrlardagi an’anaviy tarixnavislik davom ettirilib, ko‘pgina tarixiy

adabiyotlar yaratildi. Chunonchi, Mahmud ibn Valining XVI asr oxiri XVII asr boshlaridagi
Xuroson va Movarounnahr tarixiga oid «Bahr al-asror» asari, Muhammad Yusuf Munshiyning
Balx hokimi Muqimxonga atab yozilgan «Tarixi Muqimxoniy» asari, Xoja Samandar
Termiziyning «Dastur ul muluk» badiiy-tarixiy asari, Mir Muhammad Amin Buxoriyning
«Ubaydullanoma», Muhammad Vafo Karmanagiyning «Tuhfat ul-xoniy», Abdurahmon
Tolening «Tarixi Abulfayzxon» kabi tarixiy asarlarini aytib o‘tish lozim. Bu asarlaming
aksariyatida xon hokimiyatini, uning shaxsini ulug‘lash bilan birga, o‘sha davr jamiyatidagi
inqirozli holatlar siyosiy tarqoqlik va o‘zaro urushlar natijasi ekanligi to‘g‘ri anglanib, bunday


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

153

holatlarga bahram berishning asosiy chorasi hokimiyatni markazlashtirish hamda uni adolatli
boshqarishdir, degan fikrlar ham ilgari surilgan

[1;234].

Mamlakatni markazlashtirish

sulolaning uchinchi hukmdori Imomqulixon davrida yaqqol ko‘rinadi va bu turli sohalarda bu
davrda yuksalish bo‘lganligi

ko‘rsatadi. Imomqulixon ilm-fan sohasiga ham o‘z hissasini

qo‘shdi. U she’rlar bitganligi tarixiy manbalarda aks etgan. U ulamo va shoirlar suhbatidan
lazzat topib, ilm-fan ahllariga ham homiylik qildi. XVII asrning o‘rtalarida ijtimoiy-falsafiy
yo‘nalishda ijod qilgan yirik vakillardan biri Muhamadjon Yusuf Alqorabog‘iy (1563-1647)
edi. U Kavkazning Qorabog‘ qishlog‘ida tavallud topgan. Ma’lumotlarga qaraganda mavlono
Yusuf Qorabog‘iy Samarqandda ijod qilib Buxoroda vafot etgan, u adabiyot, astranomiya
fanlarini yaxshi bilishi bilan bir qatorda she’rlar ham yozib turgan. Mavlono chindan ham o‘z
davrining bilimli kishisi bo‘lganligi uchun Imomqulixonuning suhbatlarini xush ko‘rganligi
manbalarda qayd etilgan. Xon shoirlardan Turobiy va Nahliyga hurmati baland edi. Shoir
Nahliy hukmdorga atab madhiya yozadi va uning moddiy muruvvatidan bahramand bo‘ladi.
Imomqulixon davrida xattotlik va musavvirlarga ham alohida e’tibor berilgan. Masalan, Hoji
Muhammad musavvir bo‘lib, u 1642-yili Imomqulixon partretini chizgan

[2;14].

Imomqulixonning ukasi Nadr Muhammadxon davrida (1642-1645) ham ilm-fanga

homiylik ishlari davom ettirildi. Bu sohada olib borgan ishlaridan biri shu ediki, uning
tashabbusi bilan Balxda madrasa bunyod etilgan, uning atrofida chorbog‘lar, Balx arkidagi
imoratlar, hazrati Ali mozoridagi gumbaz hamda boshqalarni aytish mumkin. Bundan tashqari
u Balx hokimi davrida tarixchi, olim, sayohatchi Mahmud ibn Valiga asar yozish topshirig‘ini
beradi. O‘rta asrlardagi xonliklar, hukmdor va sulolalar, joy nomlari haqida mufassal
ma’lumot beruvchi, yetti qismdan iborat “Bahr ul-asror” asarini Mahmud ibn Vali 1634 –
1641-yillarda yozadi

[3;57].

Nadr Muhammadxonning 12 o‘g‘lidan biri bo‘lgan, otasidan so‘ng taxtni egallagan

Abdulazizxonning davrida (1645-1683) ham ilm-u marifatni yuksaltirish maqsadida bir qator
ishlar amalga oshiriladi. Uning davrida ma’naviy-madaniy hayotda ijobiy siljishlar yuz beradi.
Olimlarga hurmat , shoirlarga iltifot , tasavvuf ahliga muruvvat ko‘rsatish xonga xos xislat
bo‘lgan. O‘z davrining diniy ilmlaridan xabardor bo‘lgan Abdulazizxon Buxoroning taniqli
faqihlaridan biri Mavlono Nasriddin Buxoriydan musulmon huquqshunosligi bo‘yicha saboq
olgan. Shuning natijasi o‘laroq u fatvo berish huquqiga ham ega bo‘lgan. Abdulazizxon ilm –
fan ravnaqiga hissa qo‘shish maqsadida 1652-1654-yillarda Buxoroda 84 hujradan iborat
yirik madrasa barpo etgan. Ulug‘bek madrasasi (1417) ning ro‘parasida joylashgan bu ilm
maskani me’moriy jihatdan o‘z davrining nodir obidasi hisoblangan. Uning me’mori
Mimxoqon ibn Xoja Muhammadamin bo‘lgan

[4;400-401]

Abdulazizxon aniq fanlardan

matematika sohasining ham o‘tkir bilimdoni bo‘lgan. Bu haqida o‘sha davrda Eronga tashrif
buyurgan polyak elchisi quyidagicha fikr bildirib o‘tgan: “Abdulazizxon turli fan sohalarida,
ayniqsa, matematika sohasida olim odam bo‘lgan. Xon hatto adabiy ijod bilan ham
shug‘ullanib turgan. Shu o‘rinda yana bir ma’lumot, qolgan ashtarxoniy hukmdorlar singari
Abdulazizxon ham ijod kishisi sanalgan. Jumladan, u “Aziziy” taxallusi bilan she’rlar bitgan.
Shuningdek, u nasx va nasta’liq xatida yozishni, maktub va insho mashqini zamonasining eng
sara allomalaridan o‘rgangan edi. Keyinchalik oliy hukmdor darajasiga etishganda, Hindiston,
Eron va Rumga xoh turkiy, xoh forsiyda bo‘lsin, noma bitilarkan, ularni o‘zi tahrir qilib,
yoqmasa boshqatdan o‘zi yozar edi

[5;175].

Abdulazizxonning ukasi va undan so‘ng xonlikni boshqargan Subhonqulixon ham o‘z

hukmronligi davrida (1683 – 1702) boshqa suloladoshlari singari ilm-fanga homiylik qildi. U


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

154

ashtarxoniy hukmdorlar orasida o‘zining ma’rifatliligi, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanganligi va
ilm bilan shug‘ullanuvchilarga himoylik qilganligi bilan ajralib turadi. Ma’lumotlarga
qaraganda, Subhonqulixon davriga kelib ilm-fan taraqqiyotida katta o‘zgarishlar ro‘y bergan.
Subhonqulixon qobiliyatli hukmdor bo‘lib, u tibbiyotdan, astranomiya va she’riyatdan xabari
bor shaxs edi. Subhonqulixon tibbiyot ilmini haqiqatdan ham yaxshi bilgan, tibbiyot ilmiga oid
asarlar ham yaratgan. Xususan, uning tibbiyotga oid ikkita asari mavjud. Birinchisi asari
turkiy (o‘zbek tili) da yozilgan bo‘lib, “Tibbi Subhoniy” deb ataladi. Bu asarda turli xil
kasalliklarni aniqlash va davolash usullari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Uning ikkinchi
asari 8 qismdan iborat bo‘lib, “Subhonning hayotbaxsh tibbiyoti” deb nomlangan. Bu asar ham
tabobat sohasidagi muhim asarlardan biri hisoblanadi. Jumladan, uning har bir qismida
dorilarning sifatli tayyorlanishi va ishlatilishiga oid masalalar yoritilgan. Bundan tashqari,
Subhonqulixon turli xil kasalliklarni davolash maqsadida 1697-yilda Buxorada 2 qavatli 18
hujradan iborat “Dor ush-shifo” nomli madrasa-kasalxona qurdirganligi haqida ma’lumotlar
keltirilgan. Kasalxona qoshida tashxisxona, dorixona, kutubxona va boshqa yordamchi binolar
bo‘lgan. Dor ush-shifo harajatlariga vaqf mulklaridan keladigan 40 ming tanga miqdorda pul
ham ajratilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, madrasada o‘qiydigan talabalarga vaqf mulkidan
keladigan daromad evaziga stipendiya ham berilgan

[6;880].

U birgina Buxoro shahrining

o‘zida o‘nta madrasa bunyod ettirgan. Subhonqulixonning tibbiyotga oid kitoblar jamlangan
nodir kutubxonasi boʻlgan. Subhonqulixonning adabiyotga ishtiyoqi kuchli boʻlganligini bir
qator manbalar tasdiqlaydi. U “Nishoniy” taxallusi bilan she’rlar bitib, saroyda o‘tkazilgan
mushoiralarda o‘zi ham she’rlar aytgan. Shuningdek, u Jaloliddin Rumiyning masnaviylariga
fors tilida “Risola dar ma’niyi bayti “Masnaviy” nomli sharh yozgan. Mazkur sharh Abu Rayhon
Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar xazinasida saqlanmoqda

[3;85].

Ashtarxoniylar ilm-fan sohasini mamlakat bo‘yicha keng targ‘ib qilishda ta’limga ham

e’tibor berishadi. XVII-XVIII asrlar birinchi yarmida ta’lim tizimi ham o‘ziga xos tarzda boigan.
Bu davrda shahar va qishloqlarda ko‘plab maktablar (maktabxonalar) ham mavjud bo‘lgan.
O‘g‘il bolalar masjid, madrasa, qorixonalar qoshidagi yoxud xususiy maktablarda tahsil
olishgan. Ularga masjid imomi, mulla, o‘qimishli boshqa shaxs ham o‘qituvchi sifatida saboq
berishgan. Qizlar xonadonlarda ayol o‘qituvchilar (otinoyi, otinbibi, bibiotin, bibixalifa)
tomonidan o‘qitilgan. Bolalar 5-7 yoshdan maktabga berilgan. Maktab xarajatlari va domlalar
maoshi vaqf mulkidan tushgan daromadlar va ota-onalar tomonidan to‘lanadigan haq evaziga
qoplangan. Yetimlar bepul o‘qitilgan. Maktabdagi ta’lim 5-8-yil davom etgan

[1;234].

Qizlar

maklablarida uy-ro‘zg‘or tutish, pazandachilik, odob-axloq, pokizalik sirlarini o‘rganishga
ko‘proq o‘rin berilgan. Bolalar o‘qishni to‘liq o‘zlashtirib olganlaridan keyingina yozishga
o‘tganlar. Bolalarga kitoblardan ko‘chirib yozish, mustaqil ravishda duoyi salom xati, ish
yuzasidan turli ma’lumotlar yozish malakalari o‘rgatilgan. Maktablarda imtihonlar bo‘lmagan,
o‘quvchilarga maktabni bitirgani to‘g‘risida hujjat ham berilmagan. Bolaning ravon o‘qishi,
to‘g‘ri yoza olishi, hisob-kitobni bilishi maktabni bitirganligiga guvoh bo‘lgan. Madrasa o‘rta
va oliy o‘quv yurti hisoblangan. Madrasaga maktabxonalarni tugatgan tolibi ilmlar qabul
qilingan. Madrasa ta’limi talabalar iqtidoriga qarab 7-12 yil davom etgan. Buxoro xonligi
shaharlarida 150 dan ortiq madrasa bo‘lgan

[7;199]

. Qo‘shimchasiga, XVII asrda ijod qilgan

olim-u fozillar, shoirlar, tarixchilar soni oldindagilardan kam bo‘lmagan. Chunonchi, 1692-yili
Muhammad Badi Samarqandiy tomonidan bitilgan tazkirada shu asrda yashagan 165 ta
ijodkorning nomi tilga olingan. Tarixiy manbalarda ham bunga doir guvoliklar bor. Soqiy,


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

155

Yusuf Qorabog‘iy, Turobiy, Naxliy, Muhammad Balxiy, Turdiy, Sayido Nasafiy, Qosimxo‘ja
Samarqandiy, Fitrat, Mulg‘om, So‘fiy Olloyor, Mashrab shular jumlasidandir

[8;272].

Xulosa o‘rnida aytamanki, Ashtarxoniylar sulolasi vakillari ham o‘z davrida, munosib

ravishda o‘zidan oldingi, Temuriylar va Shayboniylar davridagi ilm-fan sohasiga bo‘lgan
homiyliklarni davom ettirishdi. Birinchidan, o‘zlari ham ilm sohasida faoliyat olib bordi va
saroyda ilm-u ma’rifat egalarini to‘plashga doimo harakat qilishdi. Natijada, katta yutuqlarga
erishilmagan bo‘lsa-da, ilm-fan sohasi to‘xtab qolmadi. Lekin, haligacha Ashtarxoniylar
sulolasi davridagi bu sohaning to‘liq o‘rganilmaganligi tufayli, ma’lum bir sohada to‘liq ijod
etgan olimlar va ularning ilmiy faoliyati haqida ma’lumotlar uzuq-yuluq bo‘lib qolmoqda.
Kelajakda biz buni bartaraf etish uchun tatqiqodlar olib bormog‘ligimiz zarur.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Eshov B. J., Odilov A. A. O‘zbekiston tarixi II ( XIV asrning o‘rtalaridan – XIX asr ikkinchi

yarmigacha). – Toshkent: “DONISHMAND ZIYOSI”, 2020. – 409 b.
2.

Nasrilloyev K. Ashtarxoniy hukmdorlarning ilm ahillari bilan munosabatlari // Builders

of the future. №2. 2022. – B. 13-17.
3.

Zamonov A. Buxoro xonligining Ashtarxoniy hukmdorlari [Matn]: monografiya /

Zamonov A. – Toshkent: “BAYOZ”, 2021. – 137 b.
4.

Isomiddinova N., Bobojonova F. Ashtarxoniy hukmdorlar davrida ta’lim tizimiga e’tibor

// Modern education and development. №25. 2025. – 398-404.

5.

To‘raev H. Buxoro tarixi [Matn] : o‘quv qo‘llanma / To‘rayev H. – Buxoro: “Sadriddin

Salim Buxoriy” Durdona nashriyoti, 2020. – 320 b.

6.

Nasrilloyev K. Ashtarxoniy hukmdor Subhonqulixonning ilmiy-ijodiy faoliyati //

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. №5. 2022. – B. 878-
882.

7.

Ro‘ziqulov O., Shodiyorov A. Ashtarxoniylar davrida ilm-fan, madaniy hayot //

Inovation in the modern education system. №5. 2024. – B. 198 – 202.

8.

Зиëев А. Ўзбек давлатчилиги тарихи: (Энг қадимги даврдан Россия босқинига

қадар) // Масъул муҳаррир: Б. Аҳмедов. – Тошкент: “Шарқ”, 2000. – 187 б.

Библиографические ссылки

Eshov B. J., Odilov A. A. O‘zbekiston tarixi II ( XIV asrning o‘rtalaridan – XIX asr ikkinchi yarmigacha). – Toshkent: “DONISHMAND ZIYOSI”, 2020. – 409 b.

Nasrilloyev K. Ashtarxoniy hukmdorlarning ilm ahillari bilan munosabatlari // Builders of the future. №2. 2022. – B. 13-17.

Zamonov A. Buxoro xonligining Ashtarxoniy hukmdorlari [Matn]: monografiya / Zamonov A. – Toshkent: “BAYOZ”, 2021. – 137 b.

Isomiddinova N., Bobojonova F. Ashtarxoniy hukmdorlar davrida ta’lim tizimiga e’tibor // Modern education and development. №25. 2025. – 398-404.

To‘raev H. Buxoro tarixi [Matn] : o‘quv qo‘llanma / To‘rayev H. – Buxoro: “Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona nashriyoti, 2020. – 320 b.

Nasrilloyev K. Ashtarxoniy hukmdor Subhonqulixonning ilmiy-ijodiy faoliyati // Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. №5. 2022. – B. 878-882.

Ro‘ziqulov O., Shodiyorov A. Ashtarxoniylar davrida ilm-fan, madaniy hayot // Inovation in the modern education system. №5. 2024. – B. 198 – 202.

Зиëев А. Ўзбек давлатчилиги тарихи: (Энг қадимги даврдан Россия босқинига қадар) // Масъул муҳаррир: Б. Аҳмедов. – Тошкент: “Шарқ”, 2000. – 187 б.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)