YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
36
RIVOJLANGAN DAVLATLAR TA’LIM TIZIMIDA KOGNITIV FAOLLIKNI
OSHIRISHGA QARATILGAN DASTURLAR MAZMUNI (AQSH VA SINGAPUR
MISOLIDA)
Ismoilova Nozimaxon Umaraliyevna
NamDU tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15867406
Annotatsiya
: Ushbu maqolada AQSh va Singapur ta’lim tizimida boshlang’ich ta’lim
bosqichida o‘quvchilarning individual salohiyatini erta aniqlash, ularning intellektual
qobiliyatlarini rivojlantirish va kognitiv faolligini rag‘batlantirishga qaratilgan dasturlar
mazmuni haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar
: iqtidorlilik konsepsiyasi, kognitiv faollik, individual yondashuv, “mastery
learning”, mustaqil ta’lim, o‘zini boshqaruvchi o‘qish, o‘quvchiga yo‘naltirilgan model.
Аннотация:
В статье рассматривается содержание программ, направленных на
раннее выявление индивидуального потенциала учащихся на этапе начального
образования, развитие их интеллектуальных способностей и стимулирование
познавательной активности в образовательных системах США и Сингапура.
Ключевые слова
: концепция одаренности, познавательная активность,
индивидуальный подход, «мастерское обучение», самостоятельное обучение,
самонаправленное обучение, личностно-ориентированная модель.
Abstract
: This article discusses the content of programs aimed at early identification of
individual potential of students at the primary education stage, development of their
intellectual abilities and stimulation of cognitive activity in the educational systems of the USA
and Singapore.
Keywords:
concept of giftedness, cognitive activity, individual approach, “mastery
learning”, independent learning, self-directed learning, student-centered model
Rivojlangan mamlakatlarning ta’lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari,
xususan Web 2.0 servislari, o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish, ularni
interaktiv, ijodiy va mustaqil o‘quv faoliyatiga jalb qilishda kuchli vosita bo‘lib xizmat
qilmoqda. Bu servislar yordamida ona tili darslarining mazmuni multimodal, uslubi interaktiv,
muhiti motivatsion, jarayoni esa kognitiv faol bo‘lishi ta’minlanadi.
Iqtidorli bolalarga individual yondashuv zarurati AQSh ta’lim tizimida ayniqsa 1970-
yillar boshida jiddiy muhokama qilina boshlandi. Bunga turtki bo‘lgan asosiy omillardan biri
— SSSRning 1960-yillar boshlarida va o‘rtalarida erishgan yuksak ilmiy-texnikaviy, ayniqsa
kosmik sohadagi yutuqlari bo‘ldi. Ushbu muvaffaqiyatlar AQSh rahbariyatini ta’lim tizimini
tubdan qayta ko‘rib chiqish va raqobatbardoshlikni ta’minlashga majbur qildi. Natijada, bir
qator yetakchi amerikalik olimlar ta’limni modernizatsiya qilishga qaratilgan turli ilmiy-
nazariy konsepsiyalarni ilgari surdilar. Shular ichida S.Marland, J.Renzulli, J.Gilford kabi
olimlar tomonidan ishlab chiqilgan “iqtidorlilik konsepsiyasi” alohida e’tibor qozondi.
Mazkur yondashuv, ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning individual
salohiyatini erta aniqlash, ularning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish va kognitiv
faolligini rag‘batlantirishga qaratilgan edi. Bunday yondashuvlar asosida maktabgacha va
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tafakkur doirasini kengaytirish, ularning muammoli
vaziyatlarga nisbatan mustaqil fikrlash, izlanishga kirishish va bilimlarni chuqur anglab
olishga bo‘lgan ichki ehtiyojini rivojlantirish ustuvor maqsad sifatida belgilandi. Shunday
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
37
qilib, AQShda iqtidorli bolalar bilan ishlash konsepsiyasi nafaqat maxsus sinf yoki
muassasalarda, balki umumta’lim maktablarining boshlang‘ich bosqichida ham qo‘llanila
boshlandi. Bu esa, kognitiv faollikni rivojlantirishni butun ta’lim tizimi uchun ustuvor
yo‘nalish sifatida qarashga imkon berdi.
1972-yilga kelib AQSh Davlat departamentiga taqdim etilgan rasmiy hisobotda
psixologlar iste’dodli bolalar umumiy ta’lim maktablarida ko‘pincha salbiy psixologik muhitga
duch kelishlarini, o‘z tengdoshlari orasida ajralib turadigan aqliy darajasi sababli ijtimoiy
izolyatsiyaga uchrashlarini yoki o‘z salohiyatlarini to‘laqonli namoyon eta olmasliklarini qayd
etdilar. Ta’lim tizimining “o‘rtacha” o‘quvchiga moslashtirilganligi, standartlashtirilgan va
“konveyer”ga asoslangan yondashuvlar kognitiv faollik darajasi yuqori bo‘lgan
o‘quvchilarning intellektual o‘sishiga jiddiy to‘siq bo‘lgan.
Biroq, iqtidorli bolalar ta’limi sohasida olib borilgan tadqiqotlar natijalarini amaliyotga
tatbiq etish jarayoni AQShda deyarli 15 yillik tanaffus bilan kechdi. Bunga sabab, bir
tomondan, o‘qituvchilarning iste’dodli bolalar o‘z yo‘lini o‘zi topadi degan noto‘g‘ri qarashlari,
ikkinchi tomondan esa, ko‘plab hududlarda pedagogik va psixologik tayyorgarlikning yetarli
darajada emasligi bo‘ldi. Ayniqsa, boshlang‘ich maktablarda o‘qituvchilarning kognitiv
jihatdan murakkab bo‘lgan o‘quvchilarga individual yondashuv bilan ishlash salohiyati past
bo‘lgan.
Faqat 1980-yillarning o‘rtalariga kelib iqtisodiy inqirozdan chiqish boshlanganidan
so‘ng, davlat tomonidan iste’dodli bolalar bilan ishlashga jiddiy e’tibor qaratila boshlandi.
Indiana, Konnektikut, Kaliforniya, Florida kabi shtatlardagi universitetlar huzurida iqtidorli
bolalarni aniqlash va ularni o‘qitishga oid ilmiy markazlar tashkil etildi. “Gifted child today”,
“Gifted education international”, “Educational researcher” kabi maxsus ilmiy jurnallar nashr
etila boshlandi. Shu bilan birga, boshlang‘ich sinf darajasida o‘quvchilarning kognitiv faolligini
rag‘batlantirishga qaratilgan strategiyalar ishlab chiqildi va mahalliy ta’lim muassasalari bu
yo‘nalishga faol jalb etildi.
1991-yilda prezident Jorj Bush-otasining “Amerika-2000. Ta’lim strategiyasi” nomli
dasturida yangi avlod maktablarini tashkil etish g‘oyasi ilgari surildi. Bu maktablar Amerika
yoshlarining ijodiy salohiyatini maksimal darajada ochib berishga qaratilgan edi. Ushbu
tashabbus doirasida iqtidorli bolalarga yo‘naltirilgan alohida sinflar, maxsus dasturlar va
“differensial o‘qitish” tizimi joriy qilindi. Aynan shu tizim o‘quvchilarning ta’limga
tayyorgarlik darajasi va motivatsiyasiga qarab ularni guruhlarga ajratishga asoslanadi. Bu esa,
yuqori kognitiv faollikka ega boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yanada moslashtirilgan
o‘quv sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.
Umumiy ta’lim maktablarida “o‘rganish darajalari” modeli joriy etilgan bo‘lib, bu orqali
har bir o‘quvchi o‘z imkoniyatiga mos murakkablik darajasidagi materialni o‘zlashtiradi.
Iqtidorli o‘quvchilar eng yuqori darajadagi topshiriqlar bilan shug‘ullanadilar, ularga o‘zlari
tanlagan fanlar bo‘yicha mustaqil tadqiqot olib borish uchun umumiy dars vaqtining 20
foizigacha ajratiladi. Masalan, Kaliforniyada 20 tagacha o‘rganish darajalari mavjud.
Bunday tizim boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv faolligini oshirishda muhim
ahamiyatga ega. Ular murakkab muammolarni hal qilish, tadqiqot olib borish, mustaqil o‘qish
va o‘zini baholash ko‘nikmalarini erta bosqichdanoq shakllantiradilar. O‘quv dasturlari
ko‘pincha maxsus pedagogik kengashlar tomonidan ishlab chiqiladi va ular odatiy
dasturlardan mazmun, metod va o‘qitish texnologiyalari jihatidan farq qiladi. Mashg‘ulotlarda
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
38
guruhiy faoliyat, mustaqil izlanishlar, ochiq metodlar, erkin tanlov va ilg‘or konseptual
tahlillar qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, AQSh maktablarida individual yondashuv alohida o‘rin tutadi. Bu
yondashuvlar “mastery learning” (to‘liq o‘zlashtirish usuli) tamoyiliga asoslanadi. Unda har
bir o‘quvchining bilim darajasiga moslashtirilgan holda o‘quv maqsadlari, materiallar va
baholash tizimi ishlab chiqiladi. O‘quvchilar bilimni o‘ziga qulay usullar orqali o‘zlashtiradi,
o‘qituvchi esa individual maslahatchi sifatida faoliyat yuritadi.
Kognitiv faolligi yuqori bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan
shaxsga yo‘naltirilgan dasturlar quyidagi shakllarda qo‘llaniladi:
Mustaqil ta’lim – o‘quvchi o‘zi mavzu va metodni tanlaydi, o‘qituvchi esa yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatadi;
O‘zini boshqaruvchi o‘qish – mavzu va maqsadni pedagog belgilaydi, metodni o‘quvchi
tanlaydi;
O‘quvchiga yo‘naltirilgan model – o‘quvchi mavzuni va vaqtni tanlaydi, metodika
pedagog tomonidan belgilanadi.
Umuman olganda, AQShdagi iqtidorli bolalarni o‘qitish tizimi nafaqat ularning bilim
olish jarayonini osonlashtirishga, balki kognitiv mustaqillik, ijodiy tashabbuskorlik va
intellektual izlanishga bo‘lgan ichki ehtiyojni rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, bu jihatlar
boshlang‘ich ta’lim bosqichidayoq barpo etiladi.
Singapur – bu ta’lim tizimi ikki xil mantiqni bir vaqtning o‘zida uyg‘unlashtirgan noyob
mamlakatdir. Uning ta’limi mustahkam milliy asoslarga, an’anaviy qadriyatlar va madaniy
normalarga tayanadi, shu bilan birga, global mehnat bozoriga yo‘naltirilgan va xalqaro
darajadagi malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. So‘nggi o‘n yilliklarda
Singapurda yuz bergan jadal ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot fonida ta’lim sohasi davlatning eng
konservativ institutlaridan biri bo‘lib qolgan
1
. Biroq aynan shu institut dunyodagi agrar va
industrial inqiloblarga, diniy qadriyatlar ta’sirining pasayishiga moslashishga, shuningdek,
zamonaviy bosma va audiovizual texnologiyalarni o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Shubha
yo‘qki, Singapur ta’lim tizimi bugungi globallashgan iqtisodiyot sharoitidagi yangi
chaqiriqlarga ham samarali javob bera oladi va buni amalga oshirar ekan, milliy qadriyatlarga
sodiqligicha qoladi.
Ta’lim sohasidagi mutaxassislar uchun Singapurning ta’lim tizimi, eng avvalo, dunyodagi
eng ilg‘or va samarali tizimlardan biri sifatida baholanishi bilan ahamiyatlidir. Birinchidan,
PIRLS (Xalqaro o‘qish savodxonligini baholash dasturi) tadqiqotlariga ko‘ra, Singapur aholisi
orasida funksional savodxonlik darajasi dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir.
Ikkinchidan, TIMSS (Xalqaro matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha bilimlarni baholash dasturi)
natijalariga muvofiq, 1995-yildan buyon Singapur o‘quvchilari matematika va tabiiy fanlar
bo‘yicha doimiy ravishda eng yuqori natijalarni ko‘rsatib kelmoqda
2
.
Uchinchidan, nufuzli McKinsey & Company konsalting kompaniyasi 2008-yilda Singapur
ta’lim tizimini jahonda eng samarali deb e’lon qilgan. Ayniqsa, bu bahoda o‘qituvchilarni
tayyorlash tizimining puxtaligi va mukammal tashkiliy modeli alohida ta’kidlangan.
1
Gardner H. (2004) How education changes: Considerations of history, science and values // Globalization: Culture
and education in the new millennium. / M. Suarez-Orozco, D. Qin-Hilliard (ets). Berkeley: University of California
Press.P. 213–225.
2
Singapore Ministry of Education Press Release. MOE Launches Third Masterplan for ICT in Education.
URL:http://www.moe.gov.sg/media/press/2008/08/moe-launches-third-masterplan.php
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
39
To‘rtinchidan, IMD (Xalqaro menejment rivoji instituti) tomonidan 2007-yilda o‘tkazilgan
tadqiqotlar Singapur ta’lim tizimini zamonaviy global iqtisodiyot talablariga eng yaxshi
moslasha olgan ta’lim modeli sifatida e’tirof etgan.
Bu omillar Singapurda ta’lim sifati, kognitiv salohiyatni rivojlantirish va ilg‘or o‘qitish
texnologiyalarining uyg‘unligini ta’minlash orqali boshlang‘ich bosqichdanoq o‘quvchilarning
funksional savodxonligini, mantiqiy fikrlashini va muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror
qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilayotganini ko‘rsatadi. Shu nuqtayi
nazardan, Singapur tajribasi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv faolligini rivojlantirish
yo‘nalishida o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish uchun muhim ilmiy-metodik manba
hisoblanadi.
Odatda Singapurda o‘qituvchilar 60–62 yoshda pensiyaga chiqadilar, biroq ta’lim
faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yoshi bo‘yicha qat’iy cheklovlar mavjud emas. Shunga
qaramay, amaliyotda o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi 34 yoshni tashkil etadi
3
. Bu esa ta’lim
tizimining yosh va intiluvchan kadrlar bilan doimiy ravishda to‘ldirib borilayotganidan dalolat
beradi.
Singapurda o‘qituvchilar ta’lim sohasidagi uzluksiz kasbiy rivojlanish tamoyiliga qat’iy
amal qiladilar. O‘qituvchi bo‘lish uchun milliy darajadagi tayyorgarlik muassasasi bo‘lgan
Milliy Ta’lim Instituti (National Institute of Education)ni tamomlagan pedagoglar o‘z kasbiy
faoliyatlari davomida bu muassasaga bir necha bor qaytib, malaka oshirish kurslarida ishtirok
etadilar. Ushbu tizim o‘qituvchilarning kognitiv salohiyati, kasbiy refleksiya va ta’limda
zamonaviy yondashuvlarni egallashlarini ta’minlaydi.
Malaka oshirish tizimi uch asosiy yo‘nalish bo‘yicha tashkil etilgan:
1.
Pedagogik yo‘nalish — bu yo‘nalish maktabda uzoq muddat faoliyat yuritishni, o‘z
maktabi yoki ta’lim klasteri doirasida qo‘shimcha mas’uliyatlarni o‘z zimmasiga olishni
istagan o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan. Ular malaka oshirish kurslari, yosh pedagoglarga
murabbiylik qilish, o‘quvchilarning kognitiv faolligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan
metodikalarni joriy etish bilan shug‘ullanadilar.
2.
Mutaxassislik (spetsialitet) yo‘nalishi — bu guruhda qatnashayotgan o‘qituvchilar,
odatda, Ta’lim vazirligida ishlash, ta’lim siyosatini ishlab chiqish, o‘quv standartlarini
shakllantirish va amaliyotga joriy etish kabi faoliyatlarni amalga oshiradilar. Ularning vazifasi
kognitiv kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi strategiyalarni ishlab chiqishga
yo‘naltirilgan.
3.
Liderlik yo‘nalishi — bu yo‘nalish rahbarlik lavozimlariga intilayotgan (sikllar rahbari,
o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, maktab direktori va boshqalar) pedagoglar uchun
mo‘ljallangan. Ular ta’lim jarayonini boshqarish, o‘qituvchilar jamoasi salohiyatini
rivojlantirish va maktab miqyosida innovatsion metodlarni tatbiq etish orqali kognitiv faol
muhitni shakllantirishda ishtirok etadilar.
Singapurdagi ushbu tizimli yondashuv o‘qituvchilarni nafaqat doimiy rivojlanishga, balki
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yuqori darajadagi kognitiv faollikni ta’minlay oladigan
ta’lim muhitini yaratishga ham yo‘naltiradi.
3
Redpath J. Report on the Singapore group visit 2008.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
40
Turli davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv
faolligini rivojlantirish — bu intellektual salohiyatni erta aniqlash, uni tizimli qo‘llab-
quvvatlash va istiqbolli shaxsni shakllantirishning kalit omilidir
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Gardner H. (2004) How education changes: Considerations of history, science and values
// Globalization: Culture and education in the new millennium. / M. Suarez-Orozco, D. Qin-
Hilliard (ets). Berkeley: University of California Press.P. 213–225.
2.
Singapore Ministry of Education Press Release. MOE Launches Third Masterplan for ICT
in
Education.
URL:http://www.moe.gov.sg/media/press/2008/08/moe-launches-third-
3.
Redpath
J.
Report
on
the
Singapore
group
visit
2008.
URL:www.ltscotland.org.uk/Images/JohnRedpathFR_tcm4–555580.doc
4.
College Board. Advanced Placement report to the nation 2006. N. Y., 2006.
5.
Welcome
to
Korean
Minjok
Leadership
Academy,
2007
.
Электронная
версия: http://www.minjok.hs.kr
