YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
15
MARKAZIY OSIYO DAVLATLARINING XAVFSIZLIK SIYOSATI
Olimjonov Oyatbek Bunyodjon o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi
Jahon Iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Xalqaro munosabatlar fakulteti 1 kurs talabasi
+998946711307
https://doi.org/10.5281/zenodo.15833368
Annotatsiya:
Mazkur ilmiy maqolada Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik
siyosatidagi dolzarb muammolar, xususan, terrorizm va diniy ekstremizm, narko-biznes
hamda tashqi ta’sirlarning ahamiyati haqida qisqacha ma’lumotlar berilib, ularni bartaraf
etish choralari tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
Xavfsizlik tizimi, terrоrizm va ekstremizm, narkotrafik, geosiyosiy ta’sir,
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB), Tolibon, radikallashuv, diniy ta’lim, onlayn
radikllashuv, qochqinlar muammosi, kiberxavfsizlik.
Аннотация:
В данной научной статье представлены краткие сведения о
актуальных проблемах в политике безопасности стран Центральной Азии, таких как
терроризм и религиозный экстремизм, наркобизнес, а также о значении внешних
факторов. Проведен анализ мер по их устранению.
Ключевые слова:
система безопасности, терроризм и экстремизм, наркотрафик,
геополитическое влияние, Организация Договора о коллективной безопасности
(ОДКБ), Талибан, радикализация, религиозное образование, онлайн-радикализация,
проблема беженцев, кибербезопасность.
Annotation:
This scientific article provides brief information about the pressing issues
in the security policy of Central Asian countries, specifically terrorism and religious
extremism, narco-business, and the significance of external influences. Measures to address
these issues are analyzed.
Keywords:
security system, terrorism and extremism, narcotrafficking, geopolitical
influence, Collective Security Treaty Organization (CSTO), Taliban, radicalization, religious
education, online radicalization, refugee problem, cybersecurity.
Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik siyosati mintaqaning ichki va tashqi xavfsizlik
tahdidlariga qarshi kurashishga, davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligini himoya
qilishga, hamda xalqaro barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan. Ushbu siyosat mintaqaviy va
global xavfsizlik muammolarini hisobga olgan holda rivojlanib, ko'p qirrali yo'nalishlarda
amalga oshiriladi.
Markaziy Osiyo davlatlari uchun xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm eng jiddiy
tahdidlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, "Iroq Shom Islom Davlati" (ISHID) va boshqa
ekstremistik guruhlar mintaqaviy xavfsizlikka salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Ushbu guruh
xalqaro terroristik tashkilot bo‘lib, o‘zini sunniy jihodiy harakat sifatida ta’riflaydi. Uning
asosiy maqsadi xalifalik o‘rnatish va musulmon dunyosini yagona shariat boshqaruvidagi
davlat ostida birlashtirish edi. Tashkilotning faoliyati global miqyosda vahshiylik, zo‘ravonlik
va inson huquqlarining jiddiy buzilishi bilan bog‘langan. ISHID o‘z faoliyati davomida ko'plab
zo‘ravonliklarni sodir etgan. Ular odamlarni ommaviy qatl qilish, shafqatsiz jazo usullarini
qo‘llash, qul savdosi va madaniy yodgorliklarni yo‘q qilish kabi jinoyatlarni amalga oshirgan.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
16
ISHIDning onlayn targ‘iboti global miqyosda terrorchilik xurujlariga ilhom berdi va ko‘plab
mamlakatlarda amalga oshirildi (Parij, Brussel, Manchester va boshqalar). Tashkilot o‘zining
hududlarini yo‘qotgan bo‘lsa-da, uning yer osti yacheykalari hali ham Iroq, Suriya, Afg‘oniston
va boshqa hududlarda faoliyat yuritmoqda. Ayniqsa, ISHIDning "Khorasan viloyati" (ISKP)
Afg‘oniston va Markaziy Osiyo uchun xavf tug‘dirmoqda. Shu bilan birga, Afrika va Janubi-
Sharqiy Osiyo davlatlarida ham ISHIDga sodiq guruhlar va jangarilar mavjud. Tashkilot
terrorizm va ekstremistik g‘oyalarni onlayn platformalar orqali tarqatishda davom etyapti.
ISHID va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi munosabatlar xavfsizlik nuqtai nazaridan muhim
ahamiyatga ega. ISHIDning mintaqaga ta'siri, asosan, mintaqadagi ayrim ekstremistik
guruhlar bilan aloqalari va O‘rta Osiyodan kelib chiqqan jangarilar faoliyatiga bog'liq.
Jumladan, 2010-yillarning o‘rtalarida Markaziy Osiyoning Qozog‘iston, O‘zbekiston,
Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlaridan yuzlab odamlar Iroq va Suriyadagi ISHID safiga
qo‘shilgani ma’lum bo‘lgan. Bu jangarilar ISHID tarkibida urush olib borgan va tashkilotning
mafkurasini tarqatishda ishtirok etgan. Ularning aksariyati internet orqali radikallashgan va
o‘z mamlakatlaridan Suriyaga safar qilib, ekstremistik faoliyatga qo‘shilgan. Shu sababli ham
terrorizm Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik tizimi uchun begona tushuncha emas, balki
unga eng yaqin tahdid hisoblanadi. Biroq, bu tahdidga qarshi kurashish uchun faqat harbiy
tizmga murojaat qilish kamlik qiladi. Mintaqada ISHID va boshqa ekstremistik guruhlar
tahdidini bartaraf etish borasida avvalo yoshlar va ishsizlikka qaratilgan o'ziga xos dastur
ishlab chiqish kerak. ISHID va boshqa radikal guruhlar ko'pincha yoshlarni nishonga oladi,
ayniqsa ishsizlik yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan aziyat chekayotganlar ular uchun ajoyib o‘lja
bo'ladi. Yoshlar uchun innovatsion texnologiya va raqamli sohalarda rivojlanish
imkoniyatlarini yaratish, ularni band qilish, mahalliy ishbilarmonlarni va xalqaro
tashkilotlarni jalb qilib, yoshlar uchun iqtisodiy imkoniyatlar yaratish, yoshlarni sport va
ijodiy faoliyatga jalb qilish radikalizmdan uzoq turishga yordam beradi. Bundan tashqari,
ISHID va boshqa terroristik guruhlar o‘z mafkurasini diniy asoslarda targ‘ib qiladi. Shuning
uchun mahalliy ulamolarni bu jihodiy g‘oyalarga qarshi kurashda jalb qilish zarur. Yaqin
davrgacha, Markaziy Osiyo davlatlari siyosatida islomiy ta'lim tarbiya va madaniyatga keskin
cheklovlar qo'yildi.
Bu cheklovlardan maqsad albatta ekstremizmdan himoya edi. Biroq, bu siyosat kutilgan
natijani bermadi, balki vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Ushbu cheklovlar bir tomondan
ISHID va boshqa ekstremistik guruhlar uchun ''musulmonlar xorlanmoqda'' degan bahona
asosida o'z safini kengaytirish imkoniyatini bergan bo'lsa, ikkinchi tomondan yoshlarning
diniy savodxonlik darajasi kamaygani va bu sababli ularning terroristik guruhlar iskanjasiga
tushish ehtimolini kuchaytirdi. Masalan, 2010-yillarda O'zbekistondagi hijob va diniy
liboslarga cheklovlar yohud 2010-yillar davomida Tojikistondagi masjidlar sonini qisqartirish
uchun qilingan harakat hamda 2011-yildagi Tojikiston vijdon erkinligi haqidagi qonunda 18
yoshga to'lmagan shaxslarning masjidga kirib namoz o'qishining taqiqlanishi ushbu siyosat
namunalaridir. Ushbu cheklovlar Davlat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan
bo’lsada, ekstremizmga aloqasi bo’lmagan ayrim musulmon jamoatchilik hamda ayrim
gumanitar tashkilotlar tomonidan diniy erkinlikni cheklash deb talqin qilindi. Xususan,
Tojikistondagi diniy cheklovlar, ayniqsa masjidlarga qo’yilgan cheklovlarni Human Rights
Watch (HRW) va Amnesty International(AI) kabi tashkilotlar o’z bayonotlarida qattiq tanqid
ostiga olgan. Ushbu cheklovlar musulmon aholining hukumatga nisbatan radikal qarashlarni
shakllanishiga asos bo’lib xizmat qilgan. Bu omil esa “ISHID” kabi terroristik tashkilotlar
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
17
uchun foydali bo'ldi. Shu sababli ham Markaziy Osiyo davlatlari ushbu xatolarni qilmasligi
zarurdir.
Hukumat boshlang’ich diniy ta’limni cheklashi emas, balki uni rag’batlantirishi kerak.
Yosh avlod ISHID kabi terroristik guruhlarning yolg’on diniy asoslariga aldanmaslik uchun
ma’lum diniy bilimga ega bo‘lmog‘i darkor. Bu borada hukumat yoshlarga Islomning tub go‘zal
mohiyatini yetkaza oladigan maxsus pedagog xodimlar avlodini yetishtirishi hamda ularni
tayyorlash uchun alohida maxsus oliygohlarni tashkil etishi yoki mavjud oliygohlarda
shunday yo’nalishlar shakllantirilishi lozim. Shunday xolatda Tojikistonda bo’lganidek,
ishonchsizlik va shubxa tufayli dars o’tish yoki ma’ruza qilish uchun imomlarni ro’yxatdan
o’tkazish zarurati yuzaga kelmaydi. O’z navbatida, masjidlardagi imomlar ham musulmon
aholiga islom falsafasi mohiyatini hamda terrorizm nima-yu islom nima ekanligini
yetkazishlari kerakdir. Kiberxavfsizlik va onlayn radikalizmga qarshi kurashda yangi
texnologiyalarni qo‘llash ham ahamiyatli yo’l sanaladi. Negaki, ISHID va boshqa ekstremistik
guruhlar internet va ijtimoiy tarmoqlarni global jihod harakatini rivojlantirishda foydalanadi.
Shuning uchun Onlayn kuzatuv va tahlil texnologiyalarini takomillashtirish kerak: Sun'iy
intellekt asosidagi kuzatuv tizimlari orqali onlayn targ'ibotlarni aniqlash va ularni blokirovka
qilish choralari kuchaytirilishi lozim. Bundan tashqari, onlayn ijtimoiy kampaniyalar
yordamida yoshlarni radikalizm tahdididan ogohlantirish va sog‘lom axborot oqimini yaratish
ham samarali yechim bo’lishi mumkin. Terrorizmga qarshi kurashda reabilitatsiya va
reintegratsiya dasturlari ham muhim o'rin tutadi. Markaziy Osiyo davlatlari ushbu dasturlar
faoliyatini kengaytirmoqda.
O'zbekistonning "Mehr" va Qozog‘istonning ''Jusan" operatsiyalari buning yorqin dalili
bo'libgina qolmay, terrorizm va ekstramizm iskanjasidan qutilib, javobgarlik tufayli vataniga
qaytishdan qo'rqqan insonlar uchun ham ushbu operatsiyalar ajoyib yo'lchi vazifasini o'tadi
desak mubolag'a bo'lmaydi. Endilikda, antiterror siyosatida, ushbu mintaqa terrorizm
yo'lidan qutulgan insonlarni jamiyatga qaytarish borasida ko'plab islohotlar qilishi lozimdir.
Jumladan, ularga huquqiy, moliyaviy va psixologik yordamlar ular uchun bu borada muhim
turtki bo'la oladi. Xullas, Markaziy osiyo davlatlari o'z milliy xavfsizlik xizmatlari va ichki
ishlar organlari orqali terrorizmga qarshi kurashish choralarini kuchaytirgan. O‘zbekiston,
Qozogiston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iziston terrorizm va ekstremizmga qarshi
kurashda kuchli xavfsizlik choralarini ko'rgan va xalqaro hamkorlikni kengaytirgan. Shu bilan
birga, ular radikallashuvning oldini olishda yanada dadil choralar ko'rishi va aholini diniy
ma’rifatini oshirish orqali zarur maqsadlarga erishish uchun yanada muhim qadamlar
tashlashi lozim .
Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik siyosatida terrorizmdan boshqa muammolar ham
yo’q emas. Jumladan, Narkotrafik va giyohvand moddalar savdosi katta ahamiyatga ega.
Markaziy Osiyo davlatlari (Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, va
Turkmaniston) o‘z geografik joylashuvi tufayli narkotik savdosi va tranziti bilan bog‘liq
muammolarga duch kelmoqda. Mintaqa Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lib, bu davlat
dunyodagi eng katta opiat ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. Shu sababli, narkotik
moddalar, ayniqsa, gashish (kannabis) Afg‘onistondan Markaziy Osiyo orqali Rossiya va
Yevropaga yetkaziladi. Markaziy Osiyo davlatlari Afg'oniston bilan bevosita chegaradoshligi
mintaqani narkotik moddalarni tranzit qilish uchun muhim yo'lga aylantiradi. Afg'onistondagi
giyohvand moddalar ishlab chiqarish ayniqsa 2001-yildan keyin, Tolibonning qisman
hokimiyatdan chetlashtirilishi bilan ortdi. Afg'onistondan narkotik moddalar O'zbekiston,
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
18
Tojikiston, Qirg'iziston va Qozog'iston orqali Rossiya bozoriga, keyinchalik esa Yevropaga
yetib boradi. Bu yo‘nalish "Shimoliy yo‘nalish" deb ataladi va xalqaro narkotik savdosining
asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Narkotik savdosi Markaziy Osiyo davlatlaridagi
iqtisodiy va siyosiy barqarorlikka tahdid soladi. Ushbu savdo ko‘pincha jinoyat sindikatlari va
korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lib, davlat institutlarining zaiflashishiga olib keladi.
Buning ustiga, Markaziy Osiyoning tog‘li va keng hududlari chegaralarni nazorat qilishni
qiyinlashtiradi. Ayniqsa, Tojikiston-Afg'oniston chegarasi narkotik moddalarning o'tishi
uchun asosiy yo'l hisoblanadi, bu yerda narkotik savdosini to‘xtatish uchun xalqaro yordam
ham yetarli bo‘lmagan. Mintaqadagi ayrim davlatlar narkotik savdosi bilan bog‘liq korrupsion
jarayonlar bilan kurashish uchun kuchli boshqaruv tizimini mustahkamlashi lozim. Chunki,
Korrupsiya narkotik moddalar bilan kurashning samaradorligini pasaytiradi va
jinoyatchilikning kengayishiga yordam beradi. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo davlatlari
o‘rtasida huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanishi zarur.
Narkotik savdosini to‘xtatish uchun davlatlar o‘rtasida axborot almashinuvi va tezkor choralar
ko‘rish muhimdir.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC)
hisoboti.2004-yil.Noyabr.New York
2.
(www.unodc.org › Afghanistan_opium_survey_2004_web)
3.
BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC)
hisoboti.2010-yil.Mart. Vena; 13-b
4.
(www.unodc.org › Afghanistan_opium_survey_2009_web)
5.
U.S Department of State International Narcotics Control Strategy Report (INCSR). 2010.
Mart. Vashington. 2-Jild. 45-b
6.
The Soufan Group ‘‘Foreign Fighters in Syria and Irak’’ 2014-yil.Iyun. Nyu-York; 8-b, 17-
b, 24-b (https://thesoufancenter.org/wp-content/uploads/2017/05/TSG-Foreign-Fighters-
in-Syria-Final-with-cover-rebrand-031317.pdf)
7.
United States Comission on International Religious Freedom ‘‘Annual Report of May
2011-Tajikistan’’ 2011-yil. 26-sentabr. (
8.
World Report 2022: Tajikistan / Human Rights Watch Human Rights Watch
9.
Gazeta.UZ Mehr-5 va Jusan operatsiyalari haqida tayyorlagan bayonotidan. 2021-yil.
Apr-30. Газета.uz
10.
ISIS the State of Terror by Berger. 2015-yil. Nyu-York
11.
Fayziyev
I.
Sh.
&
Toshpoʻlatov
A.
(2022)
O`ZBEKISTONRESPUBLIKASININGMUSTAQILLIKDANOLDINGIVAKEYINGSIYOSIYHAYOTI.
British Journal of Global Ecology and Sustainable DevelopmentVolume-10, Nov., 2022 31-34b
12.
Toshpo‘latov
,
A.
(2023).
SHAXS
PSIXODIAGNOSTIKASIDA
PROYEKTIV
METODIKALARDAN FOYDALANISH. Евразийский журнал социальных наук, философии и
культуры, 3(5 Part 2), 170–178.
13.
Temirov, J. ., & Toshpo‘latov , A. (2023). TYUTOR PEDAGOGIK FAOLIYATINI TASHKIL
ETISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI. Наука и инновация, 1(28), 29–32.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
19
14.
Umarova , G. ., & Toshpoʻlatov , A. . (2024). Klaster tanqidiy fikrlash texnologiyasi
texnikasi sifatida. Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и
исследований в области управления, 1(10), 49–55.
15.
Toshpo‘latov Abdulaziz Quvondiq o‘g‘li, Ummatova Zamira Atamuradovna. (2023).
SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA SHAXS AGRESSIYA. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF
EDUCATION AND INNOVATION, 2(4), 30–31.
16.
Toshpo‘latov Abdulaziz Quvondiq o‘g‘li, Ummatova Zamira Atamuradovna. (2023).
IJTIMOIY TARMOQLARIDA "OMMAVIY MADANIYATGA" QARSHI KURASHISHNING DIDAKTIK
VOSITALARI. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION, 2(4), 27–29.
