XALQARO SANKSIYALAR SHAROITIDA EKSPORT OPERATSIYALARINI HUQUQIY HIMOYA QILISH

Аннотация

Ushbu tezisda xalqaro iqtisodiy sanksiyalar sharoitida O‘zbekiston eksport faoliyatining barqarorligini ta’minlash, sanksiyalar bilan bog‘liq xavf-xatarlarni huquqiy mexanizmlar orqali boshqarish zarurati tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor eksport bitimlarida yuridik himoya vositalaridan foydalanish, kontragent tekshiruvlari, bank kafolatlari, arbitraj muhofazasi va davlat tomonidan ko‘rsatiladigan huquqiy yordam masalalariga qaratilgan. Muallif amaldagi xalqaro huquq me’yorlari, O‘zbekiston qonunchiligi va zamonaviy compliance yondashuvlar asosida aniq taklif va strategiyalarni ilgari suradi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
92-93
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Keldiyorov , S. . (2025). XALQARO SANKSIYALAR SHAROITIDA EKSPORT OPERATSIYALARINI HUQUQIY HIMOYA QILISH. Молодые ученые, 3(26), 92–93. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/124516
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu tezisda xalqaro iqtisodiy sanksiyalar sharoitida O‘zbekiston eksport faoliyatining barqarorligini ta’minlash, sanksiyalar bilan bog‘liq xavf-xatarlarni huquqiy mexanizmlar orqali boshqarish zarurati tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor eksport bitimlarida yuridik himoya vositalaridan foydalanish, kontragent tekshiruvlari, bank kafolatlari, arbitraj muhofazasi va davlat tomonidan ko‘rsatiladigan huquqiy yordam masalalariga qaratilgan. Muallif amaldagi xalqaro huquq me’yorlari, O‘zbekiston qonunchiligi va zamonaviy compliance yondashuvlar asosida aniq taklif va strategiyalarni ilgari suradi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

92

XALQARO SANKSIYALAR SHAROITIDA EKSPORT OPERATSIYALARINI

HUQUQIY HIMOYA QILISH

Keldiyorov Shohruh Ilyos o‘g‘li

“Ziraat Bank Uzbekistan” AJ Ichki Nazorat boshqarmasi
Sanksiyaviy komplaens nazorat sektori bosh mutaxassi

sh.keldiyorov@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.15956704

Annotatsiya

: Ushbu tezisda xalqaro iqtisodiy sanksiyalar sharoitida O‘zbekiston

eksport faoliyatining barqarorligini ta’minlash, sanksiyalar bilan bog‘liq xavf-xatarlarni
huquqiy mexanizmlar orqali boshqarish zarurati tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor eksport
bitimlarida yuridik himoya vositalaridan foydalanish, kontragent tekshiruvlari, bank
kafolatlari, arbitraj muhofazasi va davlat tomonidan ko‘rsatiladigan huquqiy yordam
masalalariga qaratilgan. Muallif amaldagi xalqaro huquq me’yorlari, O‘zbekiston qonunchiligi
va zamonaviy compliance yondashuvlar asosida aniq taklif va strategiyalarni ilgari suradi.

Kalit so‘zlar

: xalqaro sanksiyalar, eksport bitimi, huquqiy himoya, tashqi savdo xavfi,

compliance, kontragent tekshiruvi, bank kafolati, arbitraj.


So‘nggi yillarda jahon miqyosida geosiyosiy qarama-qarshiliklarning keskinlashuvi,

qurolli ziddiyatlar va global kuch markazlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar natijasida ko‘plab
davlatlarga nisbatan turli shakldagi iqtisodiy sanksiyalar joriy etilmoqda. Bunday choralar
nafaqat bevosita sanksiya nishoniga aylangan davlatlarga, balki ular bilan iqtisodiy aloqada
bo‘lgan uchinchi tomon mamlakatlar eksport-import munosabatlariga ham jiddiy ta’sir
ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston ham bu jarayondan chetda emas.

Mamlakatimiz jadal tarzda tashqi savdoni rivojlantirmoqda. Eksport hajmi yildan-yilga

ortib bormoqda. Biroq xalqaro sanksiyalar muhitida eksport operatsiyalarining huquqiy
xavfsizligini ta’minlash dolzarb vazifaga aylandi. Xususan, eksport qilinayotgan mahsulot
sanksiyalangan davlat orqali tranzit qilinishi, sanksiyaga uchragan tashkilotlar bilan
vositachilik munosabatlari, xorijiy banklar tomonidan to‘lovlarning bloklanishi kabi holatlar
eksportchilarga salbiy oqibatlar keltirib chiqarmoqda. Shu bois sanksiyalar risklarini
yengillashtirish va eksport faoliyatini qonuniy himoya qilish uchun kompleks huquqiy
mexanizmlar zarur.

Kontragentlar bilan ishlashda huquqiy ehtiyotkorlik (due diligence)

alohida

ahamiyatga ega. Har bir eksport bitimidan avval xorijiy xaridor yoki vositachi tashkilotning
sanksiyaviy maqomi aniqlanishi shart. OFAC (AQSh), Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, BMT
va boshqa yirik tuzilmalar tomonidan tuzilgan “SDN” (Specially Designated Nationals) yoki
“Consolidated Sanctions List” ro‘yxatlari muntazam tekshirilib borilishi lozim. Aks holda,
bevosita emas, bilvosita aloqadorlik ham eksportchining xalqaro reputatsiyasiga jiddiy putur
yetkazadi.

Bitim tuzishda

"Sanctions Clause"

— sanksiyalar holatida majburiyatlardan voz

kechish imkonini beruvchi bandni kiritish muhimdir. Ushbu shartnoma bandi sanksiyalar
sababli bitimning bajarilmasligi holatida eksportchini arbitraj yoki xalqaro sudlarda himoya
qilishga xizmat qiladi. Xususan, bitimni tuzayotgan tomonlar, yuk yetkazib berish
yo‘nalishlari, to‘lov tizimi va tovar kelib chiqishi kabi barcha parametrlar sanksiyalar
monitoringidan o‘tgan bo‘lishi kerak.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

93

Bank kafolatlari (L/C, SBLC)

va

eksport kredit sug‘urtasi

vositalaridan foydalanish

ham xavflarni kamaytirish uchun samarali huquqiy choradir. Xususan, eksport shartnomasida
bank kafolatlari orqali to‘lovlar kafolatlanadi, shart bajarilmasa, banklar o‘z zimmasidagi
to‘lovni amalga oshiradi. Bu holatda xalqaro banklar bilan ishlashda “Correspondent Banking
Risk”lar, sanksiyalar monitoringi tizimining mavjudligi, “screening” va “flagging”
amaliyotlariga e’tibor qaratish zarur.

Transport-logistika va re-eksport xavflari

ham sanksiyalar kontekstida jiddiy

muammo bo‘lib qolmoqda. Masalan, eksport tovari Yevropa Ittifoqi orqali Rossiyaga re-
eksport qilinadigan bo‘lsa, bu O‘zbekiston eksportchisining bilmasdan sanksiyani buzgan
hisoblanishiga olib kelishi mumkin. Shu bois eksportchi yukni tashish zanjirida ishtirok
etayotgan har bir bo‘g‘inni, shu jumladan ekspeditor, logistika kompaniyalari va tranzit
davlatlarni ham tekshirishi, kerak bo‘lsa, ularning sanksiyalar siyosatini huquqshunoslar
yordami bilan tahlil qilishi kerak.

Xalqaro arbitraj va nizolarni hal qilish mexanizmlari

— eksportchining huquqiy

himoyasi uchun so‘nggi chora hisoblanadi. Shartnomada arbitraj yurisdiksiyasi,
qo‘llaniladigan huquq, nizolarni ko‘rib chiqish tartibi aniq belgilanishi kerak. O‘zbekiston
Respublikasi xalqaro arbitraj organlarini tan olish va ular bilan hamkorlik qilish borasida
ko‘plab konvensiyalarga a’zo. Bu esa eksportchilar uchun huquqiy himoya doirasini
kengaytiradi.

Shuningdek,

davlat

tomonidan

eksportchilarni

qo‘llab-quvvatlovchi

mexanizmlarni

takomillashtirish zarur. Tashqi savdo organlari, eksportni rivojlantirish

agentliklari sanksiyalar bilan bog‘liq huquqiy maslahatlar, xalqaro standartlarga muvofiq
namunaviy shartnomalar, compliance metodikalari bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishi lozim.
Shuningdek, eksportga ixtisoslashgan yuristlar ishtirokida “Sanksiyalar bo‘yicha tezkor
yuridik yordam platformasi” yaratilsa, eksporterlar o‘z xavf darajasini mustaqil baholay
oladilar.

Xulosa

Xalqaro sanksiyalar bugungi tashqi savdo amaliyotida yirik huquqiy xatar manbai

sifatida shakllanmoqda. Eksportchilar ularni chetlab o‘tish emas, balki puxta huquqiy
rejalashtirish va ehtiyotkorlik asosida o‘z faoliyatini himoya qilishi kerak. Shartnomalardagi
maxsus bandlar, bank kafolatlari, kontragent tahlili, davlat ko‘magiga tayangan holda eksport
faoliyatini sanksiyalardan himoya qilish O‘zbekiston tashqi iqtisodiyotining barqarorligi
uchun strategik ahamiyat kasb etadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni.

2.

OFAC Sanctions Programs and Information – www.treasury.gov/ofac

3.

FATF Recommendations –

www.fatf-gafi.org

4.

UNCITRAL Model Law on International Commercial Arbitration.

5.

ICC Model Contracts and Sanctions Clauses.

6.

ACAMS Global Sanctions Guide (2024).

www.acams.org

7.

World-Check Risk Intelligence Platform –

www.refinitiv.com

8.

Uzbekinvest – Eksport kredit sug‘urtasi tizimi –

www.uzbekinvest.uz

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni.

OFAC Sanctions Programs and Information – www.treasury.gov/ofac

FATF Recommendations – www.fatf-gafi.org

UNCITRAL Model Law on International Commercial Arbitration.

ICC Model Contracts and Sanctions Clauses.

ACAMS Global Sanctions Guide (2024). www.acams.org

World-Check Risk Intelligence Platform – www.refinitiv.com

Uzbekinvest – Eksport kredit sug‘urtasi tizimi – www.uzbekinvest.uz