Авторы

  • Dilbar Tosheva
    Qarshi davlat universiteti, Mustaqil izlanuvchi, PhD

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.127455

Ключевые слова:

lingvistik darajalanish tipologik yondashuv pedagogik yondashuv morfologik murakkablik semantik darajalanish frazeologik birliklar til o‘rganish lug‘atshunoslik.

Аннотация

Ushbu maqolada o‘quv izohli lug‘atlarda lingvistik darajalanish kontseptsiyasining tipologik va pedagogik yondashuvlari tahlil qilindi. Tadqiqot ingliz va oʻzbek tillarining lug‘atshunoslik amaliyotidagi lingvistik darajalanishning nazariy asoslari hamda amaliy ko‘rinishlarini oʻrganadi. Maqolada lingvistik darajalanish — til birliklarini morfologik, semantik, sintaktik va pragmatik murakkablik darajasiga qarab bosqichma-bosqich tizimlashtirish jarayoni sifatida ko‘rib chiqildi. Ingliz va oʻzbek tillarining tipologik xususiyatlari, xususan ingliz tilining analitik, oʻzbek tilining esa agglutinativ til ekanligi, lug‘atlardagi lingvistik darajalanish mexanizmlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

100

ASSOTSIATIV MODELGA KO‘RA O‘QUV IZOHLI LUG‘ATLARNING LINGVISTIK

DARAJALANISHI: TIPOLOGIK VA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR (INGLIZ VA

O‘ZBEK TILLARI MISOLIDA)

Tosheva Dilbar Muzaffar qizi

Qarshi davlat universiteti, Mustaqil izlanuvchi, PhD

https://doi.org/10.5281/zenodo.16094021

Annotatsiya

: Ushbu maqolada o‘quv izohli lug‘atlarda lingvistik darajalanish

kontseptsiyasining tipologik va pedagogik yondashuvlari tahlil qilindi. Tadqiqot ingliz va
oʻzbek tillarining lug‘atshunoslik amaliyotidagi lingvistik darajalanishning nazariy asoslari
hamda amaliy ko‘rinishlarini oʻrganadi. Maqolada lingvistik darajalanish — til birliklarini
morfologik, semantik, sintaktik va pragmatik murakkablik darajasiga qarab bosqichma-
bosqich tizimlashtirish jarayoni sifatida ko‘rib chiqildi. Ingliz va oʻzbek tillarining tipologik
xususiyatlari, xususan ingliz tilining analitik, oʻzbek tilining esa agglutinativ til ekanligi,
lug‘atlardagi lingvistik darajalanish mexanizmlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega
ekanligi ta’kidlandi.

Kalit so‘zlar:

lingvistik darajalanish, tipologik yondashuv, pedagogik yondashuv,

morfologik murakkablik, semantik darajalanish, frazeologik birliklar, til o‘rganish,
lug‘atshunoslik.

Kirish

Tadqiqot davomida ingliz tilidagi o‘quv izohli lug‘atlarda lingvistik darajalanish asosan

so‘zlarning ishlatilish chastotasi va semantik soddaligi mezonlariga tayangan holda amalga
oshirilishi aniqlanadi. Shu bilan birga, oʻzbek tilida esa morfologik murakkablik, so‘z yasash
tizimi va frazeologik birliklarning darajalanishi lug‘at tuzishda asosiy omillar sifatida ko‘riladi.
Ushbu farqlar lug‘atdagi til birliklarining pedagogik jihatdan qanday taqdim etilishi va
o‘rganuvchi tomonidan qanday qabul qilinishini belgilaydi.

Lingvistik darajalanish — bu til birliklarini ularning morfologik, semantik, sintaktik va

pragmatik murakkabligi asosida tartibga solish jarayonidir. Ushbu jarayon o‘quv izohli
lug‘atlarda til o‘rganuvchilarning imkoniyatlari va darajasiga mos holda ma’lumotlarni
bosqichma-bosqich yetkazishni ta’minlaydi. Ingliz va oʻzbek tillari tipologik jihatdan sezilarli
farqlarga ega, bu esa lug‘atlarda lingvistik darajalanish mexanizmlari va ularning qo‘llanilishiga
ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur tadqiqotda til birliklarini darajalanishiga oid tipologik va pedagogik
yondashuvlar, shuningdek, lug‘atdagi amaliy tadbiqlari ingliz va oʻzbek tillari misolida tahlil
qilinadi. Til o‘rganish jarayonida o‘quv izohli lug‘atlarning o‘rni yuksak bo‘lib, ular til
o‘rganuvchilarga yangi leksik birliklarni o‘zlashtirishda, grammatik qoidalarni tushunishda va
nutq madaniyatini shakllantirishda yordam beradi. Shuning uchun lug‘atdagi materiallarning
lingvistik darajalanishi pedagogik samaradorlikni oshirishda muhim omil hisoblanadi (Nation,
2001; Schmitt, 2008). Til o‘rganish va lug‘atshunoslik sohalarida o‘quv izohli lug‘atlarning roli
beqiyosdir. Lug‘atlar til birliklarini tizimli tarzda jamlab, o‘rganuvchiga tilni maqsadli va
samarali egallash imkonini beradi. Ayniqsa, o‘quv izohli lug‘atlar — ma’nolar, grammatika va
nutq kontekstidagi qo‘llanilish nuqtai nazaridan boy, har tomonlama yoritilgan lug‘atlar — til
o‘rganuvchilar uchun muhim o‘quv vositasi hisoblanadi. Shu bilan birga, lug‘atdagi lingvistik
birliklarning qanday tartibda taqdim etilishi — ularning darajalanishi — til o‘rganish
samaradorligini belgilovchi asosiy omillardan biridir.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

101

Lingvistik darajalanish atamasi, odatda, til birliklarining morfologik, semantik, sintaktik

va pragmatik murakkablik darajalariga qarab tizimli ravishda joylashtirilishini anglatadi.
Ushbu jarayon o‘quv izohli lug‘atlarda o‘rganuvchining til bilimlarini bosqichma-bosqich
shakllantirishga xizmat qiladi, ularni murakkab va kam ishlatiladigan birliklardan oldin sodda
va keng tarqalgan birliklar bilan tanishtiradi. Bu usul til o‘rganuvchilarning tushunish
qobiliyatini oshirib, tilni o‘zlashtirish jarayonini soddalashtiradi va tezlashtiradi.

Tipologik jihatdan, ingliz va oʻzbek tillari o‘rtasida katta farqlar mavjudligi

lug‘atshunoslikda lingvistik darajalanish prinsiplarining shakllanishida va ularning pedagogik
amaliyotdagi qo‘llanilishida o‘z aksini topadi. Ingliz tili analitik tipdagi til bo‘lib, uning so‘z
shakllanishi soddaroq va morfologik jihatdan kamroq murakkabdir. Shu sababli, ingliz tilidagi
lug‘atlarda so‘zlarning ishlatilish chastotasi va semantik soddaligi asosiy darajalanish
mezonlari sifatida ko‘proq ahamiyat kasb etadi. Boshqa tomondan, oʻzbek tili agglutinativ tipga
mansub bo‘lib, uning so‘z yasash tizimi murakkab morfemalarning ketma-ket birikishi orqali
amalga oshadi. Bu esa oʻzbek tilidagi lug‘atlarda lingvistik darajalanishning morfologik
aspektlarga katta e’tibor qaratilishiga olib keladi. Pedagogik yondashuvlar nuqtai nazaridan
esa, o‘quv izohli lug‘atlarda lingvistik darajalanish nafaqat til o‘rganish jarayonini bosqichlab
tashkil qilish, balki o‘rganuvchining tilga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish, tilning kontekstual va
madaniy jihatlarini chuqurroq anglashiga yordam berish kabi vazifalarni ham bajaradi. Shu
bois, lingvistik darajalanish konsepsiyasi til o‘rgatish metodikasida muhim pedagogik vosita
sifatida qaralishi lozim.

Mazkur tadqiqotning maqsadi — ingliz va oʻzbek tillaridagi o‘quv izohli lug‘atlarda

lingvistik darajalanishning tipologik asoslarini va pedagogik qo‘llanilish xususiyatlarini ilmiy
nuqtai nazardan yoritishdir. Tadqiqot natijalari lug‘at tuzishda zamonaviy yondashuvlarni
rivojlantirish, shuningdek, til o‘rganish jarayonini yanada samarali qilishga xizmat qiluvchi
metodologik asoslarni shakllantirishga yordam beradi. Bu esa o‘z navbatida lug‘atshunoslik va
til ta’limi sohalarining uzviy bog‘liqligini yanada mustahkamlaydi hamda kelajakdagi ilmiy
izlanishlarga yangi yo‘nalishlar ochadi.

Tadqiqotning predmeti — o‘quv izohli lug‘atlarda lingvistik darajalanish tamoyillari va

ularning ingliz hamda oʻzbek tillari misolida ifodalanishidir. Lingvistik darajalanish jarayoni
lug‘atdagi til birliklarining murakkablik darajasiga ko‘ra bosqichma-bosqich tashkil etilishi
bilan bog‘liq bo‘lib, bu jarayon til o‘rganuvchilarning lug‘at boyligini samarali o‘zlashtirishiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Tadqiqotning obyekti — ingliz va oʻzbek tillarida yaratilgan o‘quv izohli lug‘atlar hamda

ularning lingvistik darajalanish tamoyillarini amalga oshirishdagi tipologik va pedagogik
xususiyatlari hisoblanadi. Bu lug‘atlar til o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning til
birliklarini tartibga solish va taqdim etish usullari tadqiq etiladi.

Tadqiqotning yangiligi ingliz va oʻzbek tillari o‘rtasidagi tipologik farqlarni hisobga olgan

holda lingvistik darajalanishning lug‘atshunoslik va pedagogika sohalaridagi integrativ
yondashuvlarini ilmiy asosda tahlil qilishda namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, lug‘atlarda
lingvistik darajalanishning amaliy qo‘llanilishi va uning til o‘rganuvchilarning o‘rganish
samaradorligiga ta’siri o‘zbek tili kontekstida chuqur o‘rganilgan bo‘lib, bu sohada mavjud ilmiy
bo‘shliqni to‘ldirishga xizmat qiladi.

Tadqiqotning dolzarbligi — bugungi kunda til o‘rganish va til ta’limi jarayonlari tez

sur’atlar bilan rivojlanayotgan bir paytda, o‘quv izohli lug‘atlarning didaktik samaradorligini
oshirish masalasi katta ahamiyat kasb etmoqda. Lingvistik darajalanish kontseptsiyasining


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

102

o‘quv lug‘atlarida qo‘llanilishi til o‘rganuvchilar uchun murakkab til birliklarini bosqichma-
bosqich egallash imkonini yaratadi. Ayniqsa, ingliz va oʻzbek tillarining tipologik farqlari
mavjud bo‘lgan sharoitda, lug‘atshunoslik va pedagogik yondashuvlarni uyg‘unlashtirish til
ta’limining sifatini oshirish va milliy tilni o‘rganish samaradorligini ta’minlash uchun dolzarb
hisoblanadi.

Asosiy qism

Tadqiqot uchun ingliz tilida Cambridge Learner’s Dictionary va oʻzbek tilida Oʻzbek tili

izohli lugʻati tanlandi. Ushbu lug‘atlar lingvistik darajalanish mezonlari va ularning til
o‘rganishdagi roli nuqtai nazaridan tahlil qilindi. Ushbu tadqiqotda ilmiy izlanish jarayonining
sifatli va samarali tashkil etilishi uchun ko‘p qirrali metodologik yondashuvlar qo‘llanildi.
Tadqiqotning asosiy metodlari lingvistik tahlil, komparativ tipologik tahlil hamda pedagogik
tadqiqot metodlarini o‘z ichiga oldi.

Tadqiqot metodlari quyidagilardan iborat:

Taqoslash-metodik tahlil: Ingliz va oʻzbek lug‘atlaridagi so‘z birikmalari, morfologik va

semantik birliklar darajasi o‘rganildi.

Lingvistik tipologiya: Har ikkala tilning morfologik va semantik xususiyatlari aniqlanib,

darajalanishga ta’siri tahlil qilindi.

Pedagogik tahlil: Til o‘rganish jarayonida lingvistik darajalanish tamoyillarining

samaradorligi o‘rganildi.

Birinchidan, lingvistik tahlil metodidan foydalanish orqali o‘quv izohli lug‘atlardagi

lingvistik birliklarning darajalanishi morfologik, semantik, sintaktik va pragmatik o‘lchovlari
bo‘yicha batafsil o‘rganildi. Bu jarayon til birliklarining murakkablik darajalarini aniqlash,
ularning lug‘atdagi joylashuvi va izohlarining mazmun-mohiyatini chuqur tahlil qilish imkonini
berdi. Ayniqsa, ingliz va oʻzbek tillaridagi lingvistik birliklarning tuzilishi va ular orasidagi
farqlar lingvistik darajalanish mezonlari sifatida tahlil qilindi.

Ikkinchidan, komparativ tipologik tahlil metodi orqali ingliz va oʻzbek tillarining

tilshunoslik xususiyatlari, xususan, ularning morfologik va sintaktik strukturalari solishtirildi.
Bu esa lug‘atshunoslikda lingvistik darajalanish mexanizmlarini shakllantirish va pedagogik
qo‘llanilishining asosiy farqlarini aniqlashga xizmat qildi. Tipologik yondashuv lug‘atlarda
lingvistik birliklarning bosqichma-bosqich taqdim etilishi uchun muhim nazariy asos bo‘lib
xizmat qildi.

Uchinchidan, pedagogik tadqiqot metodlari, jumladan kuzatuv, so‘rovnoma va ekspert

baholashlari yordamida lug‘atlarning til o‘rganuvchilarga ta’siri o‘rganildi. Bu bosqichda ingliz
va oʻzbek tillarida ishlab chiqilgan o‘quv izohli lug‘atlar namunalarining didaktik samaradorligi,
lingvistik darajalanishning o‘rgatuvchi yondashuvlarga mosligi va foydalanuvchi talablari
nuqtai nazaridan baholandi. Ushbu metod pedagogik amaliyot bilan lingvistik nazariyani uzviy
bog‘lash imkonini berdi.

Shuningdek, tadqiqotda sifatli va miqdoriy tahlil usullari uyg‘unlashtirildi. Lingvistik va

tipologik ma’lumotlar sifatli tahlil qilinib, ular asosida umumiy xulosalar chiqarildi, pedagogik
tadqiqot natijalari esa statistik usullar yordamida qayta ishlanib, ilmiy asoslangan tavsiyalar
ishlab chiqildi. Bu metodologik yondashuv tadqiqot natijalarining ishonchliligi va amaliy
ahamiyatini ta’minladi.

Yuqorida sanab o‘tilgan metodlarning integratsiyasi tilshunoslik, lug‘atshunoslik va

pedagogika sohalarini o‘zaro bog‘lab, o‘quv izohli lug‘atlarda lingvistik darajalanishni nafaqat
nazariy, balki amaliy nuqtai


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

103

Ingliz tilida lingvistik darajalanish:
Ingliz tilidagi o‘quv izohli lug‘atlarda lingvistik darajalanish birinchi navbatda leksik

birliklarning ishlatilish chastotasi va semantik umumiyligiga qarab amalga oshiriladi.
Shuningdek, so‘zlarning morfologik soddaligi ham muhim mezon hisoblanadi. Masalan,
Cambridge Learner’s Dictionary da asosiy, keng tarqalgan va oddiy so‘zlar birinchi darajada,
kamroq ishlatiladigan murakkab frazalar va kollokatsiyalar esa keyingi bosqichlarda
joylashadi. Bu yondashuv til o‘rganuvchilarga asosiy so‘z boyligini tezda shakllantirish
imkonini beradi (Nation, 2001).

O‘zbek tilida lingvistik darajalanish:
O‘zbek tilida lingvistik darajalanish murakkab morfologik qurilish va so‘z yasash tizimiga

bog‘liq. O‘zbek tilining agglutinativligi qo‘shimchalar va so‘z yasash jarayonida darajalanishni
murakkablashtiradi. O‘zbek tili izohli lug‘ati morfemalarning funksional ahamiyati,
qo‘shimchalar orqali hosil qilingan birliklarning darajalanishi, shuningdek frazeologik va
idiomatik birliklarning o‘z o‘rniga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Bu esa til o‘rganuvchiga so‘z
yasalishini, ularning ma’nolarini va nutqdagi qo‘llanilishini bosqichma-bosqich o‘zlashtirish
imkonini beradi (Karimov, 2015).

Pedagogik ahamiyati
Lingvistik darajalanish o‘quv izohli lug‘atlarning didaktik samaradorligini oshiradi. Til

o‘rganuvchilar lug‘atdagi so‘zlar va iboralarni murakkablik darajasiga ko‘ra bosqichlab
o‘zlashtirsa, tilni o‘rganish jarayoni yanada samarali va osonlashadi. Ingliz tilida tez-tez
ishlatiladigan so‘zlardan boshlab murakkab frazeologik birikmalarga o‘tish, o‘zbek tilida esa
murakkab morfemalar tizimidan boshlanib, frazeologiyaga o‘tish yondashuvlari har ikkala til
uchun mos pedagogik metodlarni ifodalaydi. Tadqiqot davomida amalga oshirilgan lingvistik,
tipologik va pedagogik tahlillar asosida o‘quv izohli lug‘atlarda lingvistik darajalanishning
ingliz va oʻzbek tillari misolida quyidagi asosiy natijalari aniqlanib, ilmiy-amaliy xulosalarga
kelindi.

Birinchidan, ingliz tilidagi o‘quv izohli lug‘atlarda lingvistik darajalanish asosan

so‘zlarning ishlatilish chastotasi va semantik soddaligi mezonlariga tayangan holda tashkil
etiladi. Tadqiqotda so‘zlarning yuqori chastotali, keng qo‘llaniladigan shakllari birinchi
darajada taqdim etilishi, so‘ngra yanada kam ishlatiladigan, lekin ma’nosi va qo‘llanilishi
murakkabroq birliklarning bosqichma-bosqich kiritilishi aniqlandi. Bu uslub til o‘rganuvchilar
uchun oson tushunarli va qulay o‘rganish jarayonini ta’minlaydi, shuningdek, ingliz tilining
analitik xarakteri bilan uyg‘unlashadi. Shuningdek, semantik darajalanish natijasida ma’nosi
ko‘p qirrali yoki figurativ ifodalar izohli lug‘atlarga so‘nggi bosqichlarda kiritilib,
o‘rganuvchining nazariy va amaliy bilimlarini kengaytiradi.

Ikkinchidan, oʻzbek tilidagi o‘quv izohli lug‘atlarda lingvistik darajalanishning asosiy

mezoni morfologik murakkablikdir. O‘zbek tilining agglutinativ tuzilishi lug‘atdagi so‘z
birliklarini yengilroq shakllardan boshlab, murakkab, qo‘shimcha morfemalar bilan boyitilgan
shakllarga qadar tartibga solishni taqozo etadi. Shu bilan birga, frazeologik birliklar va
idiomatik ifodalar ham lug‘atda alohida bosqichda taqdim etiladi, bu o‘rganuvchilarga tilning
madaniy va kontekstual o‘ziga xosliklarini chuqurroq anglash imkonini beradi. Tadqiqot shuni
ko‘rsatdiki, oʻzbek tilidagi lug‘atlarda lingvistik darajalanish nafaqat morfologik, balki semantik
va pragmatik elementlarning integratsiyasini ham o‘z ichiga oladi.

Uchinchidan, ikki tilning tipologik farqlari lingvistik darajalanish mexanizmlarining

tuzilishida sezilarli o‘zgarishlarga olib keladi. Ingliz tilidagi lug‘atlar ko‘proq so‘zlarning leksik


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

104

va semantik xususiyatlariga e’tibor qaratgan holda darajalanishga asoslanadi, oʻzbek tilida esa
morfologik tarkib va frazeologik birliklarning o‘ziga xosligi lingvistik darajalanish tizimini
shakllantiradi. Bu farqlar lug‘atlarning pedagogik samaradorligini oshirish uchun
moslashtirilgan yondashuvlarni ishlab chiqish zaruratini yuzaga keltiradi.

To‘rtinchidan, pedagogik tadqiqotlar natijasida o‘quv izohli lug‘atlardagi lingvistik

darajalanish til o‘rganuvchilarning bilim olish jarayonini bosqichma-bosqich, tizimli va
mantiqiy tarzda tashkil etishga yordam berishi aniqlandi. Bu nafaqat lug‘at boyligini samarali
o‘zlashtirishni ta’minlab qolmay, balki o‘rganuvchilarning tilga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, til
o‘rganish jarayonini motivatsion jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, darajalanishning
didaktik jihatdan to‘g‘ri amalga oshirilishi o‘quv materialining qabul qilinishini osonlashtiradi
va til o‘rganuvchining nutq faoliyatida mustahkam ko‘nikmalarni shakllantiradi.

Natijalar shuni ko‘rsatadiki, o‘quv izohli lug‘atlarda lingvistik darajalanishning tipologik

va pedagogik yondashuvlari o‘rtasidagi uyg‘unlik lug‘atlarning mazmuniy to‘liqligini
ta’minlashda va til o‘rgatishda sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilishida muhim ahamiyatga
ega.

Xulosa

Ingliz va oʻzbek tillarida o‘quv izohli lug‘atlarda lingvistik darajalanish til

o‘rganuvchilarning til bilimlarini tizimli va samarali mustahkamlash uchun muhim vositadir.
Ushbu tadqiqot o‘quv izohli lug‘atlarda lingvistik darajalanish jarayonini ingliz va oʻzbek tillari
misolida tipologik va pedagogik yondashuvlar asosida batafsil tahlil qilishga qaratildi. Tadqiqot
natijalari tilshunoslik va lug‘atshunoslik sohalarida lingvistik darajalanish konsepsiyasining
nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliy qo‘llanilishida ham katta ahamiyat kasb etishini ko‘rsatdi.
Ingliz tilida lingvistik darajalanish ko‘proq leksik va semantik mezonlarga tayangan holda
so‘zlarning ishlatilish chastotasi va ma’nosining murakkabligi asosida shakllantiriladi. Bu esa
lug‘atlarni til o‘rganuvchilar uchun qulay va samarali o‘rganish vositasiga aylantiradi. O‘zbek
tilida esa lingvistik darajalanish morfologik murakkablik, frazeologik birliklar va pragmatik
kontekstga alohida e’tibor qaratgan holda amalga oshiriladi. Bu tilning o‘ziga xos tipologik
xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘rgatuvchi lug‘atlar yaratishda muhim omil hisoblanadi.

Tadqiqot shuningdek, lug‘atlarda lingvistik darajalanishning pedagogik ahamiyatini ochib

berdi. Lingvistik darajalanish til o‘rganuvchilarning bilimlarini bosqichma-bosqich, tizimli
ravishda shakllantirishga xizmat qilib, til o‘rganish jarayonini yengillashtiradi va uning
samaradorligini oshiradi. Bu jarayon o‘quvchilarni murakkab lingvistik birliklarga
tayyorlashda didaktik vosita sifatida muhim rol o‘ynaydi. Tipologik farqlar esa lug‘atshunoslik
va til o‘rgatish metodikalarida moslashtirilgan yondashuvlarning zarurligini ko‘rsatadi. Ingliz
va oʻzbek tillarining lug‘atlarda lingvistik darajalanish mexanizmlaridagi farqlar o‘zaro
tilshunoslik va pedagogika yondashuvlarini yanada boyitishga imkon yaratadi.

Xulosa qilib aytganda, o‘quv izohli lug‘atlarda lingvistik darajalanishning tipologik va

pedagogik yondashuvlari tilshunoslik, lug‘atshunoslik va pedagogika fanlarining uzviy birligida
joylashgan bo‘lib, til o‘rgatishda samaradorlikni oshirish hamda til boyligini chuqurroq
o‘zlashtirish uchun muhim ilmiy va amaliy poydevor yaratadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

105

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Bybee, J. (2010). Language, Usage and Cognition. Cambridge University Press.

2.

Ellis, N. C. (2008). The Dynamics of Second Language Emergence: Cycles of Language Use,

Language Change, and Language Acquisition. Modern Language Journal, 92(2), 232-249.
3.

Karimov, O. (2015). O‘zbek tili grammatikasi. Toshkent: Fan.

4.

Nation, I. S. P. (2001). Learning Vocabulary in Another Language. Cambridge University

Press.
5.

Levelt, W. J. M. (1989). Speaking: From Intention to Articulation. MIT Press.

6.

Crystal, D. (2008). A Dictionary of Linguistics and Phonetics (6th ed.). Wiley-Blackwell.

7.

Schmitt, N. (2008). Review article: Instructed second language vocabulary learning.

Language Teaching Research, 12(3), 329-363.
8.

Ur, P. (1996). A Course in Language Teaching: Practice and Theory. Cambridge University

Press.

Библиографические ссылки

Bybee, J. (2010). Language, Usage and Cognition. Cambridge University Press.

Ellis, N. C. (2008). The Dynamics of Second Language Emergence: Cycles of Language Use, Language Change, and Language Acquisition. Modern Language Journal, 92(2), 232-249.

Karimov, O. (2015). O‘zbek tili grammatikasi. Toshkent: Fan.

Nation, I. S. P. (2001). Learning Vocabulary in Another Language. Cambridge University Press.

Levelt, W. J. M. (1989). Speaking: From Intention to Articulation. MIT Press.

Crystal, D. (2008). A Dictionary of Linguistics and Phonetics (6th ed.). Wiley-Blackwell.

Schmitt, N. (2008). Review article: Instructed second language vocabulary learning. Language Teaching Research, 12(3), 329-363.

Ur, P. (1996). A Course in Language Teaching: Practice and Theory. Cambridge University Press.