YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
94
AHOLINI YUZAGA KELISHI MUMKIN BO‘LGAN FAVQULODDA
VAZIYATLARDAN O‘Z VAQTIDA OGOHLANTIRISH VA XABAR BERISH TIZIMI
Yarkinboyev Saidjon Olimjon o‘g‘li
Namangan davlat universiteti
E-mail: Yarkinboevaaidjon@gmail.com
Tel raqam: +998 99 220 45 44
https://doi.org/10.5281/zenodo.16809885
Annotatsiya:
Ushbu maqolada aholini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda
vaziyatlardan o‘z vaqtida ogohlantirish va xabardor qilish tizimlarini nazariy va amaliy jihatdan
o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot maqsadi — tezkor, ishonchli va ko‘pkanalli axborot
yetkazish mexanizmlarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar
ishlab chiqishdir.
Kalit so‘zlar:
favqulodda vaziyat, ogohlantirish tizimi, xabardor qilish, kommunikatsiya
kanallari, monitoring, xavfni boshqarish.
Abstract:
This article is devoted to the theoretical and practical study of systems for
timely warning and informing the population of possible emergency situations. The purpose of
the research is to develop rapid, reliable and multi-channel information delivery mechanisms
and develop recommendations for their implementation in practice.
Keywords:
emergency, warning system, notification, communication channels,
monitoring, risk management.
Аннотация:
Статья посвящена теоретическому и практическому исследованию
систем своевременного оповещения и информирования населения о возможных
чрезвычайных ситуациях. Цель исследования — разработка механизмов оперативной,
надежной и многоканальной доставки информации и разработка рекомендаций по их
внедрению на практике.
Ключевые слова:
чрезвычайные ситуации, система оповещения, оповещение,
каналы связи, мониторинг, управление рисками
Favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi haqida aholiga xabar berish va
ma’lumot yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimi respublika, mahalliy va ob’yekt axborot
markazlari, terminal majmualari va bo‘lingan avtomatlashtirilgan quyi tizimlardan iborat
bo‘ladi. Markazlashgan xabar berish tizimi
tinchlik va xarbiy harakatlar davrida fuqaro
muhofazasiga mas’ul xodimlarga hamda respublika aholisiga signal va kerakli axborotlarni
tezlikda yetkazib berishga mo‘ljallangan texnik vositalar, aloqa kanali, radio va televideniye
majmuasi hisoblanadi. Markazlashgan xabar berish tizimi respublika, viloyat, tuman, shahar,
inshoot miqyosida tuziladi. Aholiga markazlashgan holda xabar berish tizimining maxsus
jihozlangan texnik vositalari Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari
tasarrufida bo‘ladi. Bu texnik vositalar qoida bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashkilotlarida joylashtiriladi.
Xabar berish vositalari favqulodda vaziyatlar shahar (tuman) bo‘limlarida o‘rnatiladi. Agarda
bunday bo‘limlar mavjud bo‘lmasa kechayu-kunduz tezkor navbatchilik tashkil qilingan
joylarga o‘rnatiladi. Markazlashgan xabar berish tizimi sirenaning ovozi shahar, tuman,
viloyatning barcha aholisi etiborini jalb qilish imkoniyatiga egaligi; uni ham tinchlik davrida -
tabiiy ofat, avariyalar sodir bo‘lganda, ham xarbiy davrda ko‘llash
mumkinligi; aloqa va radio
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
95
tarmoqlari orqali og‘zaki axborotlar olish imkoniyatiga egaligi bilan qulay sanaladi. Respublika
va mahalliy xabar berish tizimi: shaharlarda, tumanlarda, iqtisodiyot ob’yektlarida va qishloq
joylarda yirik aholi punktlarida markazlashgan va markazlashmagan tarzda « Diqqat
barchaga!» signalini berish;
simli eshittirish tarmoqlari va mahalliy radio eshittirish stansiyalarida og‘zaki axborot
berish yo‘li bilan aholini xabarlash;
signallar va axborotlarni Respublika, viloyat, shahar, tuman, vazirlik va idoralarning
shaharlardagi boshqaruv punktlariga, shahar, tuman ichki ishlar bo‘limlariga yetkazish;
rahbar xodimlarning xonadon va xizmat telefonlari orqali doimiy (sirkulyar) xabar
berish;
Fuqaro muhoqazasi xabar berish signallarini iqtisodiyot ob’yekt ishchilari
xizmatchilariga, Fuqaro muhoqazasi tuzilmalariga va O‘zbekiston Respublikasining barcha
aholisiga yetkazishni ta’minlashi zarur.
Lokal xabar berish tizimlari.
Potensial xavfli ob’yektlar va kimyoviy xavfli ob’yektlarda
aholiga tezda xabar berish mahalliy tizimlari yaratish masalasiga alohida qaror bilan belgilab
berildi. Bunday xabar berish tizimlari yordamida avariya sodir bo‘lgan ob’yektlardagi ishchi va
xizmatchilar zaharlanish, vayron bo‘lish yoki halokatli suv bosish ehtimoli mavjud zonadagi
aholi punktlari ham o‘z vaqtida ogohlantirilishi belgilangan. Chernobil voqeasidan keyin, Xabar
berishning lokal tizimlari yaratish masalasiga alohida e’tibor beriladigan bo‘ldi. Bunday
tizimlar yordamida avariya sodir bo‘lgan ob’yektdagi ishchi xizmatchilargagina emas, balki
zaharlanish, vayron bo‘lish yoki halokatli suv bosish ehtimoli bor hududga tushib qoladigan
aholiga ham vaqtida xabar berish mumkin bo‘ladi.
Lokal tizimlar odatda, signal beruvchi qurilmalar(datchiklar)dan foydalanish orqali
amalga oshiriladi. Ular kimyo inshootlarga “to‘g‘onlar korpusiga o‘rnatib qo‘yiladi.
Aholini favqulodda vaziyatlardan ogoxlantirishda xabar berish aholiga tushunarli,
avvaldan belgilangan shartli signallardan (sirena ovozi, korxona va muassasalardan
beriladigan signallar) boshlanadi .
Aloqa vositalari va xabar berish usullari avvaldan rejalashtirilgan va tashkil qilingan
bo‘lishi kerak. Fuqaro muxofazasi tadbirlarini o‘gkazishning barcha rejimlarida aloqa va xabar
berish vositalari asosiy o‘rinni egallaydi. Xar qanday xavf-xatar holatida elektr sirenalari ishga
tushiriladi. Fuqaro muhofazasi sohasida S-40 elektrosirena yordamida «Diqqat barchaga!»
nomli signali orqali hamda harakatdagi boshqaruv punktlari tarkibidagi Ko‘chma aloqa
tarmog‘ining aloq vositalari, ovoz kuchaytirgichlar, elektron tablolar (monitor) hamda
avtomobillar, motosikllar va vertolyotlardan foydalanish mumkin.
bo‘lishi ehtimolida va sodir bo‘lganda o‘z vaqtida qaror qabul qilishi hamda aholiga va
rahbarlar tarkibiga signalni yetkazishni ta’minlashi lozim.
Mahalliy tizimlar odatda, signal beruvchi qurilmalardan (datchiklardan) boshlanadi. Ular
kimyo inshootlariga yoki to‘g‘onlar korpusiga o‘rnatib qo‘yiladi. Signal datchiklardan navbatchi
dispetcherlar tomonidan inshootda ro‘y bergan favqulodda vaziyat haqida elektron qurilmalar,
inshootdagi sirkulyar chaqirish qurilmalari hamda telefonlar va radiokarnaylar orqali e’lon
qilinadi.
Aholiga xabar berish mahalliy tizimi P-160 apparaturasi orqali ovozli signallarini va
boshqa maxsus uskunalar orqali elektr sirenalarini va ko‘chadagi radiokarnaylarni ishlatishi.
Respublika, viloyat va shaharlardagi boshqaruv punktlaridagi FM aloqasi:
-
yuqori FM boshqarmasi va harbiy qo‘mondonlik boshqaruv organlari;
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
96
-
o‘z tasarrufidagi boshqarmalar, bo‘limlar va xizmatlar;
-
hamkorlik qiluvchi boshqarmalar;
-
harbiy garnizonlar;
-
ko‘chma va yordamchi boshqaruv punktlari;
-
vazirliklar, idoralar, birlashmalar, uyushmalar boshqaruv punktlari bilan aloqa
tashkil qilinadi.
Shahar (qishloq) tumanlari boshqaruv punktlari aloqaning barcha mavjud kuch va
vositalarini qo‘llab:
-
yuqori FM boshqarmalari;
-
tuman FM hizmatlari;
-
evakuatsiya organlari;
-
transport tashkilotlari;
-
inshootlar boshqaruv punktlari;
-
tuman shahardan tashqari zonalari;
-
o‘zaro hamkorlik qiluvchi tumanlar;
-
mahalliy tuzilmalar;
-
tuman FM vazifalarini hal etish uchun ajratilgan xarbiy qismlar va bo‘linmalar
bilan aloqa tashkil etadi.
Aloqa va xabar berishning markazlashtirilgan va lokal tizimlarini tuzish va doimiy shay
holda saqlab turish aholiga favqulodda vaziyatlar xavfi yoki yuzaga kelishi xaqidagi signal va
axborotlarni o‘z vaqtida yetkazish imkoniyatini beradi, hamda boshqaruv punktlari va
barqaror aloqaning borligi rahbarlikni muvaffaqiyatli olib borish, favqulodda vaziyatlarda
oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni tashkil qilishga sharoit yaratib beradi .
Favqulodda vaziyatlarda aholiga axborotlar (ma’lumot) uzatish tartibi
fuqaro muhofazasi
xavf - xatar haqida yoki uning yuz berishi mumkinligi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar va ma’lumot
berishdan boshlanadi. Xabar berish aholiga tushunarli avvaldan belgilangan shartli
signallardan (sirena ovozi, korxona va muassasalardan beriladigan signallar) boshlanadi.
Maqsad aholini e’tiborini insonlar hayoti va salomatligiga xavf soluvchi qandaydir vaziyat
sodir bo‘lishi mumkinligiga qaratish va bunday vaziyatlarda harakat tartibini tushuntirishdan
iborat.
Aloqa vositalari va xabar berish usullari oldindan rejalashtirilgan va tashkil qilingan
bo‘lishi kerak. Fuqaro muhofazasini tadbirlarini o‘tkazishning barcha rejimlarda aloqa
va xabar berish vositalari asosiy o‘rinni egallaydi.
Har qanday xavf-xatar holatida elektr sirenalari orqali Fuqaro muhofazasida «Diqqat
barchaga!» signalidan foydalaniladi.
Masalan; kimyoviy xavfli ob’yektda avariya bo‘lganda mana bunday axborot beriladi:
«Diqqat barchaga!!! Viloyat MTRKdan gapiramiz favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan
ma’lumotga ko‘ra, Hurmatli Fuqarolar! Kimyo kombinatida kuchli ta’sirchan zaharli modda -
xlor chiqib ketib, avariya sodir bo‘lganligi tufayli zaharlangan havo buluti “...” yo‘nalishida
tarqala bormoqda va shaharning quyidagi kvartallari va viloyat aholi punktlari kimyoviy
zaharlanish zonasida qolish ehtimoli mavjud shuning uchun sizlardan zaharlanish zonasiga
tushib qolgan kishilar uylaridan, muassasa, korxona, o‘quv yurtlaridan darhol chiqishlari
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
97
hamda shamol yo‘nalishiga perpendikulyar ravishda eng qisqa yo‘l bilan xavfsiz joylarga
o‘tishlarini so‘raymiz.
Tashqariga chiqishdan oldin ho‘llangan yoki 2% li ichimlik soda eritmasi shimdirilgan
paxtali doka bog‘ich taqib olishingiz maqsadga muvofiq bo‘lishini agar zaxarlangan havo yetib
kelguncha uyingizdan chiqib ulgurmagan hollarda o‘z joyingizda yashirinib, deraza- eshiklarni
zichlab yopishingiz va xonaga tashqaridan havo kirmaydigan qilib olishingizni so‘raymiz.
Yerto‘lalar va uylarning pastki qavatlariga yashirinmang xlor havodan og‘ir bo‘lgani
uchun, hamma pastqam joylarga, jumladan, yerto‘lalarga oqib kiradi. Keyin esa favqulodda
vaziyatlar boshqarmasining (bo‘limining) ko‘rsatmasiga binoan harakat qiling. Avariyani
bartaraf qilish choralari ko‘rilmoqda. Xabarlarimizni kuzatib boring» kabi ma’lumotlar bir
necha marotaba uzatilishi mumkin.
Favqulodda vaziyatlar xavfi tug‘ilganda xavf darajasini ko‘rsatadigan uchta xabar berish
rejimi belgilangan:
1. Kundalik faoliyat rejimi.
2. Yuqori tayyorgarlik rejimi.
3. Favqulodda vaziyat rejimi
Axborot manbalari (datchiklar) bevosita ko‘chki (sel) xavfi bor joylarga o‘rnatiladi.
Axborot kuzatish postiga keladi, kuzatish posti navbatchisi telefonda mahalliy hokimiyatlarni
va xavf ostidagi muassasalarning bevosita xabardor etadi, shuningdek sirenalarni va yorug‘lik
signallarini markazlashgan hamda lokal holatda ishlatadi. Shu bilan bir vaqtda kuzatish
stansiyasi navbatchisiga ro‘y bergan hodisa xaqida axborot beradi, tuman favqulodda
vaziyatlar bo‘limini, tuman xokimiyatini, Bunday hollarning hammasida hokimiyatlarga,
Favqulodda vaziyat struktura tuzulmalariga, huquq- targ‘ibot organlari (IIB, prokratura)ga, tez
tibbiy yordam xizmatga, yong‘inga qarshi kurash xizmatiga va FVDT ning barcha xizmatlariga
xabar beriladi.
Elektrosirenaning («Diqqat barchaga!!!» signali), aholiga ya’ni xabar berish tizimida o‘z
afzalliklari mavjud. Birinchidan, sirena ovozi shahar, tuman, viloyatdagi barcha aholi e’tiborini
qaratish imkonini beradi. Ikkinchidan, ushbu tizimni tinchlik davrida tabiiy ofatlar va texnogen
xususiyatli avariyalarda hamda harbiy harakatlarda paytida qo‘llash mumkin. Bundan tashqari,
aholi aloqa va maxsus tarmoqlari asosidagi markazlashgan xabar berish, radio va televideniye
orqali ovozli axborot oladi. Axborotlarni barcha aloqa vositalari orqali uzluksiz uzatilishning
texnik imkoniyatlari mavjud.
Favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi haqida O‘zbekiston Respublikasi
aholisiga xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimidir.
Xulosa:
aholini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan o‘z vaqtida
ogohlantirish va xabardor qilish tizimining samarali ishlashi uchun zarur bo‘lgan asosiy
tamoyillar va tavsiyalarni aniqladi. Tizim ko‘pkanalli kommunikatsiya, redundant aloqa yo‘llari,
avtomatik monitoring va real vaqtda ma'lumotlarni qayta ishlash imkonini beruvchi
texnologiyalar asosida tashkil etilishi lozim. Huquqiy-me'yoriy baza, institutsional hamkorlik
va doimiy mashqlar tizimning ishonchliligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.
Jamoatchilikni o‘qitish, xabardorlikni oshirish va ma'lumotlarni mahalliy tillarda yetkazish
aholini himoya qilish samaradorligini oshiradi. GIS integratsiyasi va risk-assessment metodlari
hududiy xususiyatlarni hisobga olib xatarlarni minimallashtirishga yordam beradi. Moliyaviy
barqarorlik va texnik xizmat ko‘rsatish rejasi tizimni uzoq muddat funksional saqlash uchun
zarur. Oxir-oqibat, kompleks yondashuv va doimiy modernizatsiya asosida yaratilgan
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
98
ogohlantirish tizimi insonlar hayoti va mol-mulkini saqlashda sezilarli ijobiy natija berishi
mumkin.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Vidyayev I.G, Serikova A.N, “Finansovыy menedjment, resursoeffektivnosti
resursosberejeniye: uchebno-metodicheskoye posobiye”. Moskva-2003.
2.
Gavrikova
N.A.
“Uchebno-metodicheskoye
posobiye”
Izd-vo
Tomskogo
politexnicheskogo universiteta, Tomsk- 2014. – S 36.
3.
Ikromov E.J. “Favqulodda vaziyatlar va jamoatchilik fikri”. Toshkent “ Adolat” 2004. 18-
byet
4.
Alatorsev.P.V, Cheremisov.N.S, Shevchenko.V.V, “Organizatsiya rabotы komissii po
chrezvыchaynim situatsiyam rayona (goroda)” Moskva-1999. C.28
5.
Turagalov T.J. “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish” o‘quv
qo‘llanma 2016 y. - 68 -byet
6.
Konsepsiya sozdaniya kompleksnoy sistemы informirovaniya i opoveщyeniya naseleniya
pri ugroze i vozniknovenii chrezvыchaynыx situasiy [Elektronnыy resurs] – svobodnыy rejim
dostupa:
http://gochs.info/download/Koncepcija-sistemy-opovecshenija-o-ChS.pdf
7.
Koordinatsiya i kontrol deyatelnosti kompleksnыx sistem bezopasnosti i OKSION
[Elektronnыy resurs] – svobodnыy rejim dostupa:
http://southern.mchs.ru/folder/133578
8.
Qudratov O. Ganiyev T. “Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi”. Toshkent-2005.
73-byet
9.
Qurbonov A, va boshqalar.–“Hayotiy faoliyat xavfsizligi”. Toshkent-2005.