Авторы

  • Saidjon Yarkinboyev
    Namangan davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.132852

Ключевые слова:

Markazlashtirilgan ogohlantirish tizimi favqulodda vaziyatlarni ogohlantirish real vaqtda monitoring sensor tarmoqlari meteorologik ma'lumotlar SMS xabarnoma push bildirishnoma

Аннотация

Ushbu maqolada markazlashtirilgan ogohlantirish tizimi favqulodda vaziyatlarni erta aniqlash, ma'lumotlarni markaziy baza orqali yigʻish va aholini tezkor, aniq hamda muvofiqlashtirilgan tarzda xabardor qilish imkonini beruvchi kompleks texnik-tashkiliy yechimdir. Tizim real vaqtda sensorlardan, meteorologik xizmatlardan, telekommunikatsiya operatorlaridan va ijtimoiy media manbalaridan kelayotgan ma'lumotlarni birlashtirib tahlil qiladi hamda avtomatlashtirilgan qoʻngʻiroq, SMS, mobil ilova bildirishnomalari, jamoat sirenalari va ommaviy axborot vositalari orqali tarqatadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

76

MARKAZLASHTIRILGAN OGOHLANTIRISH TIZIMI

Yarkinboyev Saidjon Olimjon o‘g‘li

Namangan davlat universiteti

E-mail: Yarkinboevaaidjon@gmail.com

Tel raqam: +998 99 220 45 44

https://doi.org/10.5281/zenodo.16785116

Annotatsiya:

Ushbu maqolada markazlashtirilgan ogohlantirish tizimi favqulodda

vaziyatlarni erta aniqlash, ma'lumotlarni markaziy baza orqali yigʻish va aholini tezkor, aniq
hamda muvofiqlashtirilgan tarzda xabardor qilish imkonini beruvchi kompleks texnik-tashkiliy
yechimdir. Tizim real vaqtda sensorlardan, meteorologik xizmatlardan, telekommunikatsiya
operatorlaridan va ijtimoiy media manbalaridan kelayotgan ma'lumotlarni birlashtirib tahlil
qiladi hamda avtomatlashtirilgan qoʻngʻiroq, SMS, mobil ilova bildirishnomalari, jamoat
sirenalari va ommaviy axborot vositalari orqali tarqatadi.

Kalit so‘zlar:

Markazlashtirilgan ogohlantirish tizimi, favqulodda vaziyatlarni

ogohlantirish, real vaqtda monitoring, sensor tarmoqlari, meteorologik ma'lumotlar, SMS
xabarnoma, push bildirishnoma

Abstract:

In this article, a centralized warning system is a complex technical and

organizational solution that allows for early detection of emergency situations, collection of
data through a central database, and rapid, accurate, and coordinated notification of the
population. The system combines and analyzes data from sensors, meteorological services,
telecommunications operators, and social media sources in real time, and distributes it through
automated calls, SMS, mobile application notifications, public sirens, and mass media.

Keywords:

Centralized warning system, emergency warning, real-time monitoring,

sensor networks, meteorological data, SMS notification, push notification.

Аннотация:

В данной статье рассматривается централизованная система

оповещения – это комплексное техническое и организационное решение, позволяющее
осуществлять раннее обнаружение чрезвычайных ситуаций, сбор данных в
централизованной базе данных и оперативное, точное и скоординированное
оповещение населения. Система объединяет и анализирует данные с датчиков,
метеорологических служб, операторов связи и социальных сетей в режиме реального
времени и распространяет их посредством автоматизированных звонков, SMS,
уведомлений в мобильных приложениях, сирен и средств массовой информации.

Ключевые слова:

Централизованная система оповещения, оповещение о

чрезвычайных ситуациях, мониторинг в реальном времени, сенсорные сети,
метеорологические данные, SMS-оповещения, push-уведомления.

Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatdan muhofaza qilishda tegishli vazirlik va

idoralarining aloqa va xabar berishni tashkillashtirishda markazlashtirilgan ogohlantirish
tizimi bo‘yicha quyidagi vazifalari belgilab berilgan jumladan, Vazirlik va idoralarga favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida: favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida mahalliy xabar berish
tizimlarini yaratishlari va ularni doimo shay holatda saqlab turishlari; aholining va
hududlarning muhofazalanish holati to‘g‘risida belgilangan tartibda axborot berishlari,
shuningdek tarmoq xodimlarini favqulodda vaziyat tahdidi borligi to‘g‘risida xabardor
qilishlari majburiyati yuklatilgan.

Unga binoan,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

-

respublika va mahalliy darajalarda hamda FVDT faoliyat ko‘rsatishining barcha rejimlarida


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

77

aloqa va markazlashtirilgan xabar berish tizimlarining ishonchli va barqaror ishlashini
ta’minlash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish. Favqulodda vaziyat oqibatlarini
tugatishga rahbarlikni amalga oshiruvchi FVDT boshqaruv organlarini davlat va idora aloqalari
vositalari va kanallaridan birinchi galda ta’minlash.

Favqulodda vaziyat to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va FVDT boshqaruv

organlariga uzatishni texnik ta’minlash.

Xabar berish, aloqa va axborot bilan ta’minlashning turg‘un vositalariga foydalanish,

texnik xizmat ko‘rsatishni shartnomaviy asosda amalga oshirish.

FVDT quyi tizimini tashkil etishga va uning faoliyatiga, xabar berish va aloqa xizmatiga

rahbarlik qilish ishlarini amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy Teleradio kompaniyasi

aholini radioeshittirish

stansiyalari va televideniye orqali favqulodda vaziyatlar xavfi va yuzaga kelganligi to‘g‘risidagi
axborot bilan ta’minlaydi.

Mahalliy hokimiyat organlari, manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar

bilan birgalikda aholi o‘rtasida favqulodda vaziyat zonasida qolgan odamlarning birinchi
navbatdagi harakatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini tashkil etadi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, fuqaro muhofazasi boshliqlari -Qoraqalpog‘iston

Respubliksi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimligining
buyurtmanomalariga binoan aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
masalalariga oid teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va Qizil yarim oy jamiyati bilan birgalikda aholini dastlabki

tibbiy o‘zaro va o‘z o‘ziga yordam ko‘rsatishga o‘qitish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan
eshittirishlarni tashkil etish vazifalarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

FVDT boshqaruv organlari va aholini

favqulodda vaziyatlar zonalaridagi sanitariya epidemiologik ahvol to‘g‘risidagi axborot bilan
ta’minlash ishlarini bajarishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi

Suv omborlari, daryolar va kanallardagi

gidrotexnik inshootlardan foydalanish xavfsizligini, ularda avariyalar va halokatlarning yuzaga
kelishi ehtimollarini bashoratlaydi.

Suv xo‘jaligi ob’yektlarining ish rejimini o‘zgartirish yoki keyinchalik foydalanish

zaruriyatini belgilash, suv omborlaridagi suvni avariyani oldini olish maqsadida chiqarib
yuboradi va suv omborlarida signalizatsiya va xabar berishning mahalliy avtomatik tizimlarini
yaratadi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, viloyatlar shaharlar,

tumanlar xokimligi va aholini favqulodda vaziyatlar zonalaridagi sanitariya-veterinariya va
agrokimyoviy axvol, kutilayotgan toshqinlar hamda suv omborlari va boshqa suv
manbalarining urib ketishi bilan bog‘liq halokatli suv bosishlar to‘g‘risidagi axborot bilan
ta’minlash kabi ishlarni bajaradi.

Yuqoridagi tegishli vazirlik va idoralarning aloqa vositalari va xabar berish tizimining

asosiy vazifalarini to‘g‘ri bajarilishi va ularga qo‘yilgan quyidagi talablarni:

-aloqani o‘z vaqtida o‘rnatish, axborotlarni tezda va aniqlik bilan uzatish, mustaxkamligi

va yashirinliligini, aloqa vositalarining ishini o‘z vaqtida rejalashtirish va amalga oshirish;

-shaxsiy tarkib va aloqa vositalarni zararlanishdan saqlash;
-aloqa bo‘yicha kuch va vositalar rezervini tashkil etish;


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

78

-shtab boshliqlari, shaxsiy tarkib va xizmatchilarning aloqa texnik vositalarini ishlata

bilishni fuqaro muhofazasiga ma’sul bo‘limlari ta’minlab beradilar.

Fuqaro muhofazasi kuchlarini boshqarishni yashirinliligini ta’minlash uchun aloqa texnik

vositalarida ishlovchi shaxsiy tarkib aloqa vositalarini o‘rnatilgan ish tartiblariga aniq rioya
qilishlari hamda belgilangan tartib-qoidalar asosida amalga oshiriladi.

Tinchlik davrda halokatli suv bosish va boshqa tabiiy hamda texnogen xususiyatli

favqulodda vaziyatlarda yashirinsiz xabar beriladi.

Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni tashkil etish bo‘yicha

tadbirlar zanjirida asosiy qismlardan biri bu mustaxkam, barqaror va o‘z vaqtida aloqa
o‘rnatish va xabar berishdir.

Respublika, viloyat hamda iqtisodiyot ob’yektlarida aloqa va xabar berish xizmatining

tashkil etilishi hamda ularning kuch va vositalari tarkibi:

Aloqa fuqaro muhofazasi kuchlarini boshqarishning asosiy vositasi hisoblanib, u kuch va

vositalardan kelib chiqqan holda fuqaro muhofazasi boshlig‘i qarori, shtab boshlig‘i
ko‘rsatmalariga muvofiq boshqaruv punktlarda tashkil etiladi.

Aloqa va xabar berishni tashkil etishga fuqaro muhofazasi boshlig‘i ma’suldir. Aloqa va

xabar berish tizimining doimiy tayyorgarligini bevosita fuqaro muhofazasi xabar berish va
aloqa xizmati boshlig‘i ta’minlaydi.

Fuqaro muhofazasi aloqa tizimi ko‘chma boshqaruv punktlarining aloqa uzellari bazasiga

hamda davlat aloqa tarmog‘iga tayangan holda tinchlik davrida oldindan tashkil etib qo‘yiladi.

Respublika, viloyat, shahar aloqa tizimi asosini FVDT boshqaruv punktlarining aloqa

uzellari tashkil etadi va O‘zbektelekom filiallari aloqa uzellari yordamida axborot boshqaruv
tizimini ta’minlaydi.

Boshqaruv punktlarining aloqa uzeli boshqaruvni ta’minlash uchun ishlatilgan aloqa

kuchlari va vositalarning tashkiliy texnik birlashmasi hisoblanadi.

Aloqa tarmoqlari stasionar (muhofaza qilingan va muhofaza qilinmagan) hamda ko‘chma

holda tashkil qilinadi.

Stasionar aloqa uzellari respublikaning, viloyat, shahar, tuman, vazirlik va idoralar

boshqaruv punktlarida jihozlanadi. Ko‘chma aloqa uzellari avtomobillarda, vertoletlarda va
temir yo‘l vagonlarida jihozlanib, muqum aloqa uzellari ishdan chiqqanda, qidiruv- qutqaruv
ishlarini o‘tkazishda va boshqa to‘satdan paydo bo‘lgan vazifalarni bajarishda aloqalarni
ta’minlab turishga mo‘ljallangan bo‘ladi.

Fuqaro muhofazasi tizimida radioaloqa, simli va signal beruvchi aloqa vositalaridan

foydalaniladi.

Xulosa o‘rnida shuni alohida ta’kidlash joizki, aholini hozirgi kunda mavjud ogohlantirish

va xabar berish tizimini tahlil qilish va o‘rganish jarayonida tizimning texnik vositalari
eskirganligi, zamonaviy raqamli aloqa tarmoqlarida ishlashga mo‘ljallanmaganligi, zamonaviy
operasion va texnik talablarga javob byermaydigan texnik vositalar komplekslaridan
foydalanish, Respublika ogohlantirish tizimlarining ishonchliligini yo‘qotishga sabab
bo‘lmoqda.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

79

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Nigmatov A., Muxamedov Sh. “Inson hayot faoliyati xavfsizligi”.- Toshkent “Navro‘z”,

2014. 99-byet
2.

Opoveщyeniye i informirovaniye naseleniya [Elektronnыy resurs] – svobodnыy rejim

dostupa:

http://89.mchs.gov.ru/document/468213

3.

Poryadok ispolzovaniya sistem opoveщyeniya [Elektronnыy resurs]– svobodnыy rejim

dostupa:

http://volga.mchs.ru/document/487988

4.

Sovremennыye texnologii informirovaniya [Elektronnыy resurs] – svobodnыy rejim

dostupa:

http://studepedia.org/index. php?vol=1&post=7078

5.

Sredstva opoveщyeniya [Elektronnыy resurs] – svobodnыy rejim dostupa:

http://studepedia.org/index.php?vol=1&post=7077

6.

Xarakteristika chrezvыchaynыx situasiy, proisshedshix na territorii Rossiyskoy Federasii

za

2017

god

[Elektronnыy

resurs]

svobodnыy

rejim

dostupa:

http://www.mchs.gov.ru/activities/stats/ CHrezvichajnie_situacii/2017_god

7.

Щyepin P.A., Metlushin S.V., Urvanseva S.V., Shirobokov S.V., Merzlyakova D.R. “Yedinaya

gosudarstvennaya sistema preduprejdeniya i likvidasii chrezvыchaynыx situasiy (RSCHS):
Uchebno-metodicheskoye posobiye / Ijevsk: Izd-vo FGBOU VPO Udmurtskogo
gosudarstvennogo universiteta, 2011.C.112.
8.

Rekomendasii “Po voprosam grajdanskoy zaщitы, predupurjdeniya i likvidasii

chrezvыchaynыx situasiy prirodnogo i texnogennno xaraktera” Tashkent-2007 C.56

Библиографические ссылки

Nigmatov A., Muxamedov Sh. “Inson hayot faoliyati xavfsizligi”.- Toshkent “Navro‘z”, 2014. 99-byet

Opoveщyeniye i informirovaniye naseleniya [Elektronnыy resurs] – svobodnыy rejim dostupa: http://89.mchs.gov.ru/document/468213

Poryadok ispolzovaniya sistem opoveщyeniya [Elektronnыy resurs]– svobodnыy rejim dostupa: http://volga.mchs.ru/document/487988

Sovremennыye texnologii informirovaniya [Elektronnыy resurs] – svobodnыy rejim dostupa: http://studepedia.org/index. php?vol=1&post=7078

Sredstva opoveщyeniya [Elektronnыy resurs] – svobodnыy rejim dostupa: http://studepedia.org/index.php?vol=1&post=7077

Xarakteristika chrezvыchaynыx situasiy, proisshedshix na territorii Rossiyskoy Federasii za 2017 god [Elektronnыy resurs] – svobodnыy rejim dostupa: http://www.mchs.gov.ru/activities/stats/ CHrezvichajnie_situacii/2017_god

Щyepin P.A., Metlushin S.V., Urvanseva S.V., Shirobokov S.V., Merzlyakova D.R. “Yedinaya gosudarstvennaya sistema preduprejdeniya i likvidasii chrezvыchaynыx situasiy (RSCHS): Uchebno-metodicheskoye posobiye / Ijevsk: Izd-vo FGBOU VPO Udmurtskogo gosudarstvennogo universiteta, 2011.C.112.

Rekomendasii “Po voprosam grajdanskoy zaщitы, predupurjdeniya i likvidasii chrezvыchaynыx situasiy prirodnogo i texnogennno xaraktera” Tashkent-2007 C.56