RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINING AKMEOLOGIK POZITSIYASINI RIVOJLANTIRISH

Аннотация

Ushbu tezisda raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining akmeologik pozitsiyasini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Akmeologik pozitsiya — pedagogning kasbiy o‘sish, shaxsiy yetuklik va ijodiy salohiyatni ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi faol hayotiy pozitsiyasi sifatida talqin qilinadi. Bu esa bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining professional tayyorgarlik darajasini oshirish va ta’lim sifati yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
52-54

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Aralova , D. (2025). RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINING AKMEOLOGIK POZITSIYASINI RIVOJLANTIRISH. Молодые ученые, 3(29), 52–54. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/135467
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu tezisda raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining akmeologik pozitsiyasini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Akmeologik pozitsiya — pedagogning kasbiy o‘sish, shaxsiy yetuklik va ijodiy salohiyatni ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi faol hayotiy pozitsiyasi sifatida talqin qilinadi. Bu esa bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining professional tayyorgarlik darajasini oshirish va ta’lim sifati yaxshilanishiga xizmat qiladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

52

RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF

O’QITUVCHILARINING AKMEOLOGIK POZITSIYASINI RIVOJLANTIRISH

Aralova Dilafruz Dushaboy qizi

Guliston davlat universiteti tayanch doktaranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.16927148

Annotatsiya

. Ushbu tezisda raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf

o‘qituvchilarining akmeologik pozitsiyasini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari
yoritilgan. Akmeologik pozitsiya — pedagogning kasbiy o‘sish, shaxsiy yetuklik va ijodiy
salohiyatni ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi faol hayotiy pozitsiyasi sifatida talqin qilinadi. Bu esa
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining professional tayyorgarlik darajasini oshirish va
ta’lim sifati yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

raqamli ta’lim muhiti, akmeologik pozitsiya, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi,

professional rivojlanish, metakognitiv tafakkur, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, pedagogik
pozitsiya, kasbiy pozitsiya, ijtimoiy mavqe, maqom va boshqalar.


Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, har qanday taraqqiy etgan

davlatning muvafaqqiyatini belgilab beruvchi omillardan biri pedagoglarning ijodkorlik
faoliyatlarini yuqori “cho‘qqi”larga olib chiqish bilan uzviy bog‘liq. Pedagoglarning tabiatini
o‘zgartiradigan, ular shaxsini tarkib topishiga ta’sir qiladigan muhim fanlardan bir – bu
pedagogik akmeologiya fanidir. Aniqlanishicha, inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir qiluvchi
kuchli omil – inson orttirgan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishi
hodisasidir. Ma’lumki, inson shaxsi juda murakkab psixologik fenomen bo‘lib, u kishining
individual hayoti davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida asta-sekin tarkib topadi.
Shu bois ham, akmeologiya – shaxsning rivojlanish va komillikka erishish jarayonini
o‘rganuvchi maxsus fan hisoblanadi.

Akmeologiya jamiyatdagi ijtimoiy hodisalarni o'rganar ekan, insonlarning turli davr va

sharoitlarda barqaror hayot yaratish uchun kurashi, mavjud qiyinchiliklami yengib o’tishi,
bunyodkorlikda o‘zini ifodalash, ezgulikka intilish va erishishning yo'nalishini, bunday
faoliyatning ichki mexanizmlarini yoritib beruvchi fandir. Ushbu ma’noda akmeologiya
insonning o'z manfaatlarini ko'zlab tutgan murakkab mashaqqatli tanlov yo’lini ifodalab beradi.

Ushbu tadqiqot mavzusidan kelib chiqqan holda, akmeologik pozitsiya haqida so‘z

yuritishdan avval pozitsiya haqida tushunchalarni bayon etish lozim.

O‘zbek tilining izohli lug‘atida pozitsiya so‘ziga quyidagicha ta’rif berilgan: pozitsiya (lot.

positio – holat, vaziyat) – har qanday kimsa yoki narsaning tutgan o‘rni, ishg‘ol qilib turgan joyi,
mavqei, holati, vaziyati[1].

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida esa quyidagicha ta’rif berilgan: pozisiya (lot. positio

— holat, vaziyat) — 1) biron narsaning joylashishi, dastlabki o‘rni (mas, shaxmat taxtasidagi
donalar pozitsiyasi); 2) biron-bir masala yuzasidan bildirilgan fikr, nuqtai nazar; dalil, voqea,
hodisaning muayyan bahosi; shu bahoga muvofiq amalga oshirilgan xatti-harakat[2].

Pedagogik va psixologik adabiyotlarda “pozitsiya” tushunchasi an’anaviy ravishda

munosabatlar nazariyasi asosida xatti-harakatlarda namoyon bo‘ladigan, haqiqatning muayyan
tomonlariga munosabatlarning murakkab, eng barqaror, integral tizimi sifatida belgilanadi
(B.R.Ananev, A.G.Kovalev, B.F.Lomov, V.N.Myasshev). Insonning pozitsiyasi inson hayotining


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

53

barcha sohalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, uning dunyoqarashi, shaxsiy prinsiplarini aks
ettiradi.

V.M.Polonskiyning ta’lim va pedagogika bo‘yicha lug‘atida “pozitsiya – bu atrofdagi

haqiqatning turli xil hodisalariga mos faoliyat va harakatlarida namoyon bo‘ladigan
odamlarning barqaror munosabatlar tizimidir”[3] - degan izoh keltirilgan.

A.L.Svensiskiyning qisqa psixologik lug‘atida “pozitsiya” tushunchasi “maqom”

atamasining ma’nosiga o‘xshash – har qanday ijtimoiy pozitsiya ma’lum bir ijtimoiy rollarni
bajarishni taqazo etadi[4].

Pedagogik va psixologik adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, “pozitsiya”

tushunchasi nafaqat shaxsning pozitsiyasi bilan bog‘liq (L.P.Bueva, A.N.Leontev,
V.N.Myasishchev, S.L.Rubinshteyn va boshqalar), balki ichki mavqe (L.I.Bozovich), ijtimoiy
mavqe (A.G.Aslamov), subektning mavqeyi (V.I.Slobodchikov, I.Y.Isaev, B.F.Lomov va
boshqalar), tashkiliy pozitsiya (O.S.Gazman), kasbiy pedagogik pozitsiya (Y.V.Bondarevskaya,
L.V.Zanina, N.Y.Shchurkova, I.A.Kolesnikova va boshqalar), kasbiy pozitsiya (N.V.Kuzmina,
V.N.Maksimova, L.M.Mitina, N.N.Nikitina, V.A.Slastyonin va boshqalar), akmeologik pozitsiya
(A.A.Derkach, V.N.Maksimova, N.M.Polataeva), pedagogik pozitsiya (S.G.Vershlovskiy,
N.K.Sergeev, V.F.Shatalov va boshqalar)lar bilan ham bog‘liqdir.

V.N.Maksimova o‘qituvchining akmeologik pozitsiyasi - bu “har bir o‘quvchining

muvaffaqiyati va sog‘lig ‘ini ta’minlashga qaratilgan gumanistik yo‘nalish, pedagogik ishning
yuqori natijalari va yutuqlariga yo‘naltirilganlik, kasbiy faoliyatning barqaror insoniy motivlari
mavjud bo‘lgan taqdirda o‘qituvchi va talaba ijodini rivojlantirish” deb ta’kidlaydi. Kasbiy
tayyorgarlikning vazifasi bo‘lgan talabalarning akmeologik pozitsiyasi - bu shaxsiyatning sifat
jihati bo‘lgan murakkab ko‘pkomponentli ta’lim. Akmeologik pozitsiya - shu bilan birga natija,
shaxsiyatni rivojlantirish va potentsial kuchga erishish, insonning keyingi rivojlanishining
motoridir, u bir vaqtning o‘zida kasbiy mahorat va talabaning shaxsiy va kasbiy fazilatlari va
kelgusi kasbiy faoliyatda uning asosiy ehtiyojlarini jamlaydi va ifodalaydi[5] - deb e’tirof etgan.

Akmeologik pozitsiya, A.A.Derkachning fikriga ko‘ra, jarayon va munosabatlar natijalari

o‘rtasidagi munosabatlar va o‘zaro ta ‘sirlarning o‘zgarishi bilan bog liq: progressiv shaxsiy
rivojlanish jarayonida munosabatlar tenglashadi va psixosotsiologik o‘ziga xoslik esa
taraqqiyotning individuallashishi tufayli kamayadi. Akmeologik pozitsiyada K.K.Platonovning
funktsional-dinamik shaxs tuzilishi va V.S.Merlinning tizimli shaxs tuzilishi konsepsiyasida
ko‘rib chiqilayotgan umumlashtirilgan tushunchalar yoki rivojlanayotgan shaxsning modellari
bilan bog‘liq xususiyatlar mavjud[6].

Bizning fikrimizcha akmeologik pozitsiya

— bu shaxsning o‘z kasbiy va shaxsiy rivojlanish

jarayonidagi ijtimoiy faol, ongli, maqsadga yo‘naltirilgan, o‘zini anglash va o‘zini
takomillashtirishga intilgan holati bo‘lib, unda bilim, qadriyat, motivatsiya, refleksiya va
ijodkorlik bir butunlikda namoyon bo‘ladi. Bu pozitsiya shaxsning akme (eng yuqori yutuq)
nuqtasiga erishish yo‘lidagi psixologik va faoliyatga doir tayyorligini ifodalaydi.

Raqamli ta’lim muhiti bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining akmeologik

pozitsiyasini shakllantirish va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Ushbu muhitda
interaktivlik, moslashuvchanlik, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv hamda tezkor axborot
almashinuvi kabi xususiyatlar pedagogning kasbiy o‘sishini jadallashtiradi, mustaqil o‘qish va
ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli vositalar yordamida o‘qituvchilarning

metakognitiv tafakkuri, axborot-kommunikatsiya savodxonligi, hamkorlikda ishlash


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

54

ko‘nikmalari va refleksiv tahlil qilish malakalari sezilarli darajada rivojlanadi. Bu esa nafaqat
shaxsiy professional yetuklikka erishishga, balki boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishga ham
xizmat qiladi.

Shunday qilib, raqamli ta’lim muhiti bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining

akmeologik pozitsiyasini rivojlantirishda innovatsion pedagogik sharoit sifatida, ularning
kasbiy va shaxsiy kamolotini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

A.Madvaiyev tahriri ostida O’zbek tilining izohli lug’ati. – T.: “O’zbekiston milliy

ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti. - 284-b
2.

“O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti. – T. – 280-b.

3.

Полонский В.М. Словарь по образованию и педагогике / М. Полонский. – М.: Высшая

школа, 2004. – 512 с.
4.

Свенцицкий A.JI. Краткий психологический словарь / A.JI.Свенцицкий. – М.: ТК

Велби: Проспект, 2008. – 512 с.
5.

Максимова В.Н. Акмеология [Текст]: новое качество образования / В.Н.Максимова

– СП. б.: РГПУ им. А. И. Герцена. – 2002. – 99 с.
6.

ДеркачА.А. Методолого–прикладные основы акмеологических исследований /

А.А.Деркач – М.: РАГС, 2000. – 391 с.

Библиографические ссылки

A.Madvaiyev tahriri ostida O’zbek tilining izohli lug’ati. – T.: “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti. - 284-b

“O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti. – T. – 280-b.

Полонский В.М. Словарь по образованию и педагогике / М. Полонский. – М.: Высшая школа, 2004. – 512 с.

Свенцицкий A.JI. Краткий психологический словарь / A.JI.Свенцицкий. – М.: ТК Велби: Проспект, 2008. – 512 с.

Максимова В.Н. Акмеология [Текст]: новое качество образования / В.Н.Максимова – СП. б.: РГПУ им. А. И. Герцена. – 2002. – 99 с.

ДеркачА.А. Методолого–прикладные основы акмеологических исследований / А.А.Деркач – М.: РАГС, 2000. – 391 с.