YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
33
ULUG‘BEK HAMDAMNING “YO‘L” ROMANIDA RUHIYAT TALQINI
Abdurashidova Ma’mura Komiljon qizi
Samarqand davlat universiteti 1-kurs magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.16916917
Adabiyot turfa xil olamni, insonning ruhiy-ma’naviy qiyofasini talqin etar ekan, uning
zamirida shaxs qismati, taqdiri, hayoti uzviy birlikda o‘z ifodasini topadi. Bu esa, har qanday
badiiy asardagi qahramonlar olamini, ruhiy qiyofasini yuzaga chiqaradi. Ana shu
xususiyatlarning yaxlitligi obrazlar olami, uning o‘ziga xosliklarini ham namoyon etadi.
Keyingi yillar o‘zbek adabiyotining taraqqiyotida iste’dodli shoir va nasrda ijod etuvchi
adib Ulug‘bek Hamdamning o‘rni beqiyosdir. Adibning bir qator she’riy to‘plamlari, nasrdagi
asarlari “Muvozanat”, “Isyon va itoat”, “Sabo va Samandar”, “Namatak”, “Ota”, “Yo‘l”, “To‘rt
ko‘cha” kabi qator nasriy asarlari keng kitobxonlar ommasi tomonidan juda yaxshi kutib olindi.
Ulug‘bek Hamdam ijodi yangilikka, yangilanishlarga boy. Bu haqda adabiyotshunos
olimlar, tanqidchilar ham alohida e’tirof etadilar. Uning romanlarida davr yangilanishidagi
o‘zgarishlar, qahramonlar surati va siyratini aks ettirishdagi o‘ziga xos jihatlar, ruhiy talqinlar
o‘zining badiiy in’ikosini topgan. Hayot kabi ijodiy jarayon ham shunchalik poyonsiz, betakror
va ko‘p qirraliki, unda har bir yozuvchining ehtiyojiga, iqtidoriga yarasha voqelikni badiiy aks
ettirish an’anasini namoyon etib boradi.
Ijod mahsuli bo‘lgan badiiy adabiyot fikr ommasi, qalb hislari bilan doimo
sayqallanadigan, to‘xtashni bilmaydigan, borgan sari nurlanishi, chaqnashi oshib boradigan
yog‘du sifatida ham e’tirof etilishi bejiz emas. Zero, badiiy adabiyot ijtimoiy ong shakli sifatida
tarixiy taraqqiyot qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Jamiyatda yuz bergan o‘zgarishlar badiiy
adabiyotda ham o‘zgarishlarni, yangicha ifoda shakllarini keltirib chiqaradi.
Adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov qayd qilganidek:
“Adabiyot inson tuyg‘ulariga, dardiga, hayot yo‘liga kirib borishi kerak. Odam nima uchun
shunday turmush kechirayapti. Inson hayotining mazmuni nima, u inson sifatida qanday
xususiyatlarga ega, uning o‘ziga xos tomonlari qanday – asarda shular to‘liqligicha aks ettirilishi
shart... Bugungi adabiyot, badiiy tafakkurimizda erishishimiz kerak bo‘lgan eng muhim – jihat
– voqelikka, dunyoga munosabatda yangi aspektlarga chiqish, dunyoni yangicha, chuqurroq,
yuksakroq indrok qilishga o‘tish. Binobarin, dunyoning, jamiyatning, insonning mohiyatini
kengroq ochishga harakat qilishimiz kerak” [1, 247-bet].
Darhaqiqat, asosli ta’kidlanganidek, adabiyot ijtimoiylashish uchun emas, inson qalb
kechinmalaridagi istirobu quvonchlarni talqin etishi, bu esa uning ruhiy-ma’naviy olamini
ochib berishga xizmat qilishi kerakligini ta’kidlash zarur. Shu jihatdan, iste’dodli adib Ulug‘bek
Hamdam romanlarida insonnigina emas, uning butun borlig‘ini, hatto tiriklik sabaini anglashga
qaratilgan talqinlarning birlamchi darajaga ko‘tarilishida ham qayd qilingan qarashlar, o‘zining
badiiy in’ikosini topganl;igi bilan alohida ajralib turadi.
Zamonda turib zamonni ko‘rish qiyin, uning biror jihatini baholash yanada mushkul.
Shuning uchun istiqlol davri adabiyoti, unga xos belgilar haqida gapirish g‘oyat mas’uliyatlidir.
Chunki davr va inson, shaxs va jamiyat, olam va odam doimo o‘zaro uyg‘unlikda, dialektik
birlikda yashashga mahkum etilgan. Bu esa, insonni olam va odam nuqtaiy nazardan inglash
imkonini beradi.
Adabiyotshunos olim H. Karimov qayd qilganidek: “...”Muvozanat” romani juda vaqtida
yozilgan asardir. Haqiqatdan ham, mustaqillikning dastlabki arafasida odamlar ham zohiriy,
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
34
ham botiniy muvozanatini yo‘qotib, ancha afgor holga tushib qolishgandi, roman xuddi shuning
mohiyatini ochib beradi” [2, 279-bet].
Ta’kidlanganidek, adibning turga xil janrdagi asarlarida eng avvola insonni anglashga
intilish, uning estetik qiyofasini talqin etishga qaratilgan ifodalar birlamchi darajaga
ko‘tarilgan. Yozuvchining shu jihatdan olib qaraladigan “Yo‘l” romani hayot va inson, o‘lim va
odam kabi qator falsafiy qarashlarni badiiy ifoda etganligi bilan ham alohida ajralib turadi.
Ijodkorning bu romani ham bir qaragada, inson hayoti bilan uzviy bog‘liqligi va aynan, hayot,
yashash, kurash, anglash kabi kabi mulohazalarni yuzaga chiqaradi.
Yozuvchining romanlarida qahramon ruhiyatini anglash, talqin etish asosida uning
ma’naviy qiyofasini ochib beradi: “Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eshitayabsizmi, g‘oyibdan bir ovoz
keldi! Dunyolarni to‘ldirib emas, yo‘q, balki yo‘l kabi uzun, yo‘l kabi sirli-sehrli ovoz keldi.
Baqirgan emas, shivirlagan ovoz! Lekin shundayki, men uni eshitdim” [3, 10-bet].
Asar qahromnoni bejizga ma’lum bir ovozni eshitganidan xursand bo‘lmayabdi, bu
ovozda uning hayoti, hayot yo‘li mujassamlashganligini his etganligini anglash mumkin. Yo‘l
majoziy manoda, yo‘l inson hayoti, umri bilan dialektik birlikda namoyon bo‘lmoqda. Yo‘l obrazi
badiiy makon va zamonda o‘ziga xos funksiyani bajaradi. Shuning uchun ham “Yo‘l” deb
nomlanish zamirida inson xarakteri, uning ruhiy olami o‘zaro uyg‘unlikda namoyaon bo‘lishini
ham anglatadi.
Yozuvchi va adabiyotshunos Xurshid Do‘stmuhammad qayd qilib o‘tganidek:
“Ulug‘bekning qalamiga mansub hikoyalarda hech bir narsani tashqaridan o‘rganish bilan
kifoyalanaydi, aksincha gap nima haqida bormasin, hamisha bosh maqsad – mohiyat, asl
mohiyat bo‘lib qolaveradi muallif uchun… Biroq adib tanlagan usulning o‘zi murakkab, bu
murakkab badiiy maydonda samarali Qalam tebratish undan-da murakkab” [4, 237-bet].
Darhaqiqat, qayd qilinganidek, adibning barcha janrlardagi asarlarining o‘ziga xos
mahiyati, kitobxon qalbini larzaga soladigan ifoda shakllari, ramzlar, bo‘yoqdorlik, hissiy
ifodalarning barchasi asarning mohiyatini anglashga imkon beradi. O‘z navbatida “Yo‘l”
romanida ham kitobxon, hayotni, o‘zlikni anglashga intilayotgan shaxs timsolini kuzatadi. Bu
tushunchalarning asosida inson qismati, ruhiy olami, uning kechinmalarida paydo bo‘lgan
ziddiyatlarning sabablarini anglashga harakat qiladi.
“Ko‘rganim tush ekanligini vaqtlar o‘tib, qayta-qayta tush ko‘ravergach, anglay boshladim.
Birinchi safar esa men tushimni hayotimning davomi deb anglabman. Ehtimol, qachonlardir
yana shunday o‘ylashga moyil bo‘larman, lekin hozir uning tush, naqd hayotimning bir soyasi
deb bildim. Chunki tushumda menga ayon bo‘lgan voqelik o‘ngimdagiga ko‘p-da o‘xshamas edi.
Xullas, men qaydadir, uzoq-uzoqlarda uchib yurgan ekanman” [3, 11-bet]. Badiiy qahroman
xayolidan kechayotgan kechinmalarning zamirida, hayot va insonni anglashga, yashashning
mohiyatini izlashga intilayotgan shaxs qismati o‘zining badiiy ifodasini topganligini kuzatish
mumkin.
Romandagi voqealar rivojiga nazar tashlar ekanmiz, uning zamiridagi voqelik olamni,
odamni anglashga, ya’ni o‘zlikni his etishga kengroq imkon beradi. Yo‘l badiiy unsure asosida,
inson qalbidagi istiroblarni, tuyg‘ularini anglashga, talqin etishga keng imkon berganlaigini
teranroq his etamiz. Har bir badiiy unsurning zamirida o‘zifa xos ma’nolar
mujassamlashganligini alohida qayd etish lozim. Chunki badiiy unsurlar ma’no ifodalash bilan
birgalikda, insonning ruhiy olamine ochib berishga asos bo‘ladi.
Adabiyotshunos A.Nasirov qayd qilganidek: “Ma’lumki, sharoit inson xarakterining
shakllanishida asosiy omillardan biridir. Badiiy adabiyotdagi personajlar ham bundan
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
35
mustasno emas” [5, 13-bet]. Ta’kidlanganidek, “Yo‘l” romanida ham muhit, sharoit, inson,
tafakkur, ruhiyat talqinlarining o‘ziga xos tamyillari mavjudki, buning zamirida olam va odamni
anglashga kengroq imkon beradi.
Ulug‘bek Hamdamning “Yo‘l” romanida inson ruhiyati, uning ziddiyatlarga boy qiyofasi,
murakkab taqdiri juda go‘zal badiiy ifodalarda namoyon bo‘lgan. Psixologik vositalardan biri
tush talqinidan ham unimli foydalanganki, bu esa shaxs olamidagi o‘ziga xos bo‘lgan anglash
tamoyillarini yuzaga chiqarishga asos bo‘lib xizmat qilgan. Bu xususiyatlarning zamirida inson
qismati, taqdiri azal hukmi bilan uyg‘un holda namoyon bo‘lishi, kitobxonni fikrlashga undaydi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Шарафиддинов О. Ижодни англаш бахти. – Тошкент, Шарқ, 2004. – 640 бет.
2.
Каримов Ҳ. Истиқлол даври адабиёти. – Тошкент, “Янги нашр”, 2010. – 368 бет.
3.
Hamdam Ulug‘bek. Yo‘l. Roman. Qarang: Yaxshiyam, sen borsan. Roman va hikoyalar.
Toshbitiklar. – Toshkent, Akademnashr, 2023. – 240 bet.
4.
Do‘stmuhammad Xurshid. Mohiyatni izlayotgan hikoyalar. Qarang: Yaxshiyam, sen
borsan. Roman va hikoyalar. Toshbitiklar. – Toshkent, Akademnashr, 2023. – 240 bet.
5.
Nasirov A. Badiiyat va tarixiy haqiqat. – Toshkent, “Fan” nashriyoti, 2001. – 134 bet.
