GEOGRAFIYA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY VA INNOVATSION TA’LIM MUHITINI TASHKIL ETISH

Annotasiya

Ushbu maqolda innovatsion o‘qitish usullarini ta’lim muassasalarida qo‘llashning nazariy va uslubiy jihatlari ko‘rib chiqilib, geografiya fanini o‘qitishda simulyatsion modellashtirish, kadr texnologiyasidan foydalanishning muhim xususiyatlari va imkoniyatlari ochib berilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
80-84

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Toshimova , . Z. (2025). GEOGRAFIYA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY VA INNOVATSION TA’LIM MUHITINI TASHKIL ETISH. Молодые ученые, 3(29), 80–84. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/135669
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolda innovatsion o‘qitish usullarini ta’lim muassasalarida qo‘llashning nazariy va uslubiy jihatlari ko‘rib chiqilib, geografiya fanini o‘qitishda simulyatsion modellashtirish, kadr texnologiyasidan foydalanishning muhim xususiyatlari va imkoniyatlari ochib berilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

80

GEOGRAFIYA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY VA INNOVATSION TA’LIM

MUHITINI TASHKIL ETISH

Toshimova Z.Q.

Qarshi davlat universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.16949405

Annotatsiya:

Ushbu maqolda innovatsion o‘qitish usullarini ta’lim muassasalarida

qo‘llashning nazariy va uslubiy jihatlari ko‘rib chiqilib, geografiya fanini o‘qitishda simulyatsion
modellashtirish, kadr texnologiyasidan foydalanishning muhim xususiyatlari va imkoniyatlari
ochib berilgan.

Kalit so‘zlar

: innovatsion o‘qitish, simulyatsiya usuli, zamonaviy texnologiyalar,

multimedia vositalari, muammolarni o‘rganish.

ОРГАНИЗАЦИЯ СОВРЕМЕННОЙ И ИННОВАЦИОННОЙ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ СРЕДЫ В ПРЕПОДАВАНИИ ГЕОГРАФИИ

Тошимова З.К.

Каршинский государственный университет

Аннотация:

В данной статье рассмотрены теоретико-методические аспекты

применения инновационных методов обучения в образовательных учреждениях,
раскрыты существенные особенности и возможности применения имитационного
моделирования, кадровой технологии в преподавании географии.

Ключевые слова:

инновационное обучение, метод моделирования, современные

технологии, мультимедийные инструменты, проблемное обучение.

ORGANIZATION OF A MODERN AND INNOVATIVE EDUCATIONAL

ENVIRONMENT IN THE TEACHING OF GEOGRAPHY

Toshimova Z.Q.

Karshi State University

Annotation:

this article examines the theoretical and methodological aspects of the

application of innovative teaching methods in educational institutions, reveals the important
features and possibilities of simulating, using frame technology in the teaching of geography.

Keywords:

innovative teaching, simulation method, modern technologies, multimedia

tools, problem learning.

Geografiya - bu Yerning inson sayyorasi sifatida yaxlit ko‘rinishini ta’minlaydigan yagona

o‘quv fani deb hisoblash mumkin. U shuningdek umumiy madaniyatni, shu jumladan ekologik
madaniyatni shakllantiradi; barcha darajalarda boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun
zaruriy majmuadir.

Ta’lim sohasini axborotlashtirish natijasida qator atama va tushunchalar vujudga keladi.

Ammo maktablarda kompyuterlarni paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan tushuncha va atamalar
bilan bir tekisda va mazmunda emas. Bu so‘z "kompyuterlashtirish" va "Axborotlashtirish"
tushunchalari haqida beriladi. Ba’zi hollarda ikkala atamadan u yoki bunisi shakllanadi.
"Kompyuterlashtirish" yoki "Axborotlashtirish" deganda umumta’lim maktablarini, akademik
litsey va kasb-hunar kollejlarini kompyuterlar bilan ta’minlash hamda turli ma’lumotlarni
uzatish va olish tushuniladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

81

XX asrning 80-yillaridan boshlab har bir maktabda kompyuter xonalari tashkil qilina

boshlandi. Kompyuter xonalarida 10 tadan ortiq bo‘lgan, ammo ularning sifati ya’ni
ko‘rsatkichlari past bo‘lgan. Ammo olib borilgan tadqiqot ishlarini umumta’lim maktablarini
kompyuterlashtirish natijasida ta’lim-tarbiya jarayonida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lmadi.
Mazkur hol quyidagi holatlarda namoyon bo‘lgan: a) o‘qitishni va mustaqil o‘quv faoliyatini
texnologiyasini motivatsiyasi o‘zgarmadi; b) o‘qituvchi faoliyatining motivatsiyasi o‘zgarmadi;
v) o‘quv jarayonini boshqarish texnologiyasi o‘zgarmadi; g) bu yerda gap XX asrning 80-
yillaridagi ommavity maktablar haqida ketmoqda. Chuqurlashtirilgan maxsus maktablarda esa
ta’lim jarayonida katta o‘zgarishlar sodir bo‘lgan.

Keyinchalik amaliy pedagogikada kompyuterlarni qo‘llash bo‘yicha ustivor yo‘nalishlar

shakllandi. Ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

informatika va hisoblash texnikasi asoslarini o‘rganish;

ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini qo‘llash;

axborot texnologiyalari yordamida ta’lim muassasalarini va mintaqaviy ta’lim
tizimlarini boshqarish.

Bu esa axborot texnologiyalarni qo‘llashni birinchi darajali ishlar qatoriga qo‘shimcha

imkon

beradi.

Ushbu

sohada

olingan

samaralar

umumta’lim

maktablarini

kompyuterlashtirishga ketgan harajatlarni qoplashi mumkin.

Ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishda yangi ta’lim texnologiyalari katta samaraga

ega. Yangi ta’lim texnologiyalari quyidagilarga imkon beradi: a) har bir maktab o‘quvchisida
o‘zining shaxsiy ta’liminlanishi rivojlantiriladi; b) o‘quv jarayonini tubdan o‘zgartirishga va
uning tizimli tafakkurlash tomoniga loyihalashga imkon beradi; v) o‘quvchilarni bilish
faoliyatini samarali tashkil qilishiga imkon beradi. Bunday yondashish kompyuterni bilish
vositasiga aylantiradi. Maktablarda kompyuterni o‘rni qanday bo‘lishi degan savol ta’limni
kompyuterlashtirish dastlabki bosqichlardayoq qo‘yilgan edi. Ammo kompyuterni
o‘rganishdan undan foydalanishga o‘tish juda qiyinchilik bilan amalga oshmoqda. Ko‘p hollarda
geografiya va boshqa fanlardan ishlab chiqarilgan kompyuter texnologiyalari talabsiz qolib
ketadi. Buning asosiy sabablaridan biri odatiy darslarni davomi bo‘lib qolishidadir. Elektron
darsliklar ko‘p hollarda darsliklarni bir nusxasiga (kopiyasiga) aylanib qolmoqda. Shuning
uchun ularga talab kamroq bo‘lib qolmoqda. Ularni samaradorligi tajribali o‘qituvchi
samaradorligidan yuqori bo‘lmayapti.

Elektron darsliklarni yoki kompyuter texnologiyalaridan foydalanishga talabni kamayib

borishining asosiy sabablardan biri o‘quvchilarni zamonaviy ta’lim talablari va zamonaviy
ta’lim talablari bilan shaxsga yo‘naltirilgan yondashish va sinf-dars tizimida faollanishiga
yo‘naltirilgan bir-biriga mos kelmasligidir. Kompyuterlarni yangi avlodini yaratishi bilan yangi
texnologiyalar ishlab chiqariladi, shu bilan birga ta’lim texnologiyalari ham ishlab chiqiladi.
Kompyuterda matn, chizma, audio va video ma’lumotlarni birlashtirilishi o‘quv ma’lumotlarini
sifatini keskin oshirib yuboradi.

Kompyuterlar industriyasini rivojlantirishi pedagogik jarayonlarda inqilobiy

o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Uning asosida esa o‘quvchini individual faoliyatini
ta’minlaydigan texnologiyalarga o‘tish yotadi. Bunday texnologiyalarga o‘tish dasturiy
vositalarni yaratish bilan bog‘liq yaxlit kompyuterlashtirilgan predmetli kurslarda odatiy
dasturiy asosnomalarning ayrim qismlari saqlanib qolinadi, ular esa maktab darsliklarini turli
darajada qaytarishadi. Shuning uchun mazkur kurslar quyidagicha yo‘naltirilgan bo‘lmog‘i
lozim; a) ixcham (Kompyuter) mavjud bo‘lishi, u o‘quvchilarni mustaqilligini yuqori darajada


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

82

ta’minlashi lozim; b) turli sohadagi bilimlarni yuqori darajadagi integratsiyasi mavjud bo‘lgan
predmetlarni o‘rganishda; maktablarda o‘quvchilarni qisman yoki to‘la kompyuterlar bilan
almashtirish; v)sinf-dars tizimiga asoslanmagan eksperimintal ta’limiy texnologiyalarni
yaratish; g) o‘quv jarayonida kompyuterlardan foydalanishni yangi yondashuvlarini ishlab
chiqish; d) shaxsga yo‘naltirilgan dasturiy asoslarni ishlab chiqish.

Ta’lim muassasalarida kompyuterlardan samarali foydalanish qator tashkiliy-pedagogik

ishlarni yechish bilan bog‘liq.

O‘qituvchilarni kompyuterli maktablarda ishlashga tayyorlash muhim muammo bo‘lib

hisoblanadi. Kompyuter texnologiyalarini maktablarda dastlabki davrlarda kam talab etilishi
oliy ta’limda ushbu soha bo‘yicha yetarli bilim berilmaganligidir. Elektron pochta
imkoniyatlaridan foydalanishni dars va darsdan tashqari vaqtlarda jahon kommunikatsion
tarmog‘idan foydalanish maxsus metodik tayyorgarlikni talab qiladi. Maktablarni zamonaviy
axborot texnologiyalari bilan ta’minlash ham dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Geografiya
fani va geografiya ta’limida informatsion texnologiyalar keng qo‘llanilmoqda.

Geografiya ta’limida informatsion texnologiyalardan foydalanishni quyidagi shart-

sharoitlarini ta’kidlab o‘tish lozim:

geografiya o‘qituvchisi informatsion texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmasiga ega
bo‘lishi shart;

maktab o‘quvchilari kompyuterlardan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi shart;

maktabda kompyuter sinflari bo‘lishi shart.

Geografiya ta’limida informatsion texnologiyalarni qo‘llash quyidagi sohalarda olib

borilmoqda: elektron darsliklardan foydalanish; elektron xaritalardan foydalanish; internet
imkoniyatlaridan foydalanish; video filmlardan foydalanish; masofaviy o‘qitish
texnologiyalaridan foydalanish.

Hozirgi davrda juda ko‘p darsliklarning elektron versiyalari yaratilmoqda. Shu

munosabat bilan o‘quvchilar berilgan mavzuni elektron darslikdan topib uni o‘qituvchi
yordamida, yoki mustaqil o‘rganishi mumkin. Darsni o‘qituvchi boshqarib turishi mumkin.
Bunda o‘qituvchi matnni o‘rganishda izohlar berib boradi. Matndagi chizmalar, rasmlar,
xaritalar, jadvallar alohida tushuntiriladi. Darsni oxirida o‘qituvchi kompyuter orqali
o‘quvchilarga savollar berishi mumkin. O‘quvchilar esa kompyuter orqali javob berishadi.
Ularning bergan javoblari o‘qituvchi tomonidan baholanadi.

Geografiya ta’limida xaritalar asosiy o‘quv vositasi bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun

xaritalar bilan mustaqil ish bajarayotganda elektron xaritalardan foydalanish mumkin.
Elektron xaritalar orqali quyidagi ishlarni bajarish mumkin:

elektron xaritalar orqali tabiiy va iqtisodiy geografik tavsiyalar tuzish; masalan, iqlim
xaritalaridan foydalanib ma’lum bir materik yoki xudud iqlimi tavsifini tuzish, yoki
iqtisodiy geografik xaritalardan foydalanib ayrim mamlakatlarga yoki xududlarga
iqtisodiy ta’rif berish va h. k.;

internet imkoniyatlaridan foydalanib geografiyaning turli sohalari bo‘yicha yangi-yangi
ma’lumotlar olish mumkin. Masalan, kundalik iqlim haqida, aholi haqida, xo‘jalik va
geosiyosiy sharoit haqida va h.k;

geografiya ta’limida video filmlar juda katta ahamiyatga. Video filmlardan quyidagi
sohalar bo‘yicha foydalanish mumkin: a) boshlang‘ich tabiiy geografiya kursida; b)
materiklar va okeanlar tabiiy geografiya kursida; v) O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy
geografiyasini o‘rganish kursida; g) O‘zbekiston ijtimoiy va iqtisodiy geografiyasini


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

83

o‘rganish kursini; d) Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini o‘rganish kursida; e)
fakultativ mashg‘ulotlarda; j) geografik to‘garaklarda va h.k;

Masofaviy o‘qitish geografiya ta’limida endi rivojlanib kelmoqda. Masofaviy o‘qitish

usulidan malaka oshirish kurslarida keng foydalanish mumkin. Informatsion texnologiyalardan
foydalanish geografiya ta’limida katta imkoniyatlarga ega. Geografiya ta’limini
axborotlashtirishni to‘xtovsiz takomillashtirib bormoq zarur.

Fanning yana bir muhim jihati bir nechta manbalardan olingan ma’lumotlarni qanday

qilib birlashtirishga, ma’lum bir xalqaro aloqa tili - geografik xaritadan foydalanishga o‘rgatadi.

Geografik ta’lim insoniyat uchun umumiy uy sifatida o‘z mamlakati va sayyoramizni

o‘rganish uchun ishonchli asosdir. Aynan shu ta’lim zamonaviy dunyo va insoniyatning xilma-
xilligi va birligi bilan birligini ongli ravishda tushunishni ta’minlaydi.

O‘quvchilar o‘zlarini o‘rab turgan moddiy, ma’naviy va madaniy qadriyatlarni va

insonning kosmosda mavjud bo‘lishining ma’nosini to‘g‘ri tushunishlari uchun juda katta
geografik bilimlarni to‘plashi zarur.

O‘quv jarayonini yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etishda

maktab o‘quvchilari uchun zamonaviy o‘quv qo‘llanmalariga katta ahamiyat beriladi. Sir
emaski, o‘qitishning asosiy vositasi hanuzgacha atlas bilan jihozlangan darslikdir. Shu bilan
birga, samarali o‘qitish o‘quv-uslubiy majmuasi deb ataladigan boshqa bir qator o‘quv
qo'llanmalaridan (dasturlar, ko‘rsatmalar, o‘quv daftarlari) foydalanishni o‘z ichiga oladi.
Ammo o‘quv materiallaridan tashqari, boshqa o‘quv qo‘llanmalari ham qo‘llaniladi: audiovizual
va ekran-tovush, shuningdek turli xil interaktiv o‘quv vositalari (multimedia ensiklopediyalari
va qo‘llanmalari, moslashtirilgan dasturiy va uslubiy majmualar va shunga o‘xshash elektron
darsliklar, test dasturlari).

Har qanday yangi texnologiyani o‘zlashtirish bilan o‘qituvchining yangi pedagogik

tafakkuri boshlanadi: uslubiy tilning ravshanligi, tuzilishi, metodikada asosli me’yor paydo
bo‘lishi. Sinfda pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda, yaxshi natijalarga erishib,
geografiyani o‘qitish jarayoniga yangi nuqtai nazardan qarash mumkinligiga amin bo‘la olamiz.
Ayni paytda geografiya darslarida turli xil pedagogik yangiliklardan foydalanilmoqda. Shunga
qaramay, quyidagilar eng xarakterli innovatsion texnologiyalardir.

Mavzuni o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish usuli.

AKTni o‘quv jarayonining mazmuniga kiritish turli predmet sohalarini informatika bilan
birlashtirishni nazarda tutadi, bu esa o‘quvchilar ongini axborotlashtirishga va zamonaviy
jamiyatdagi axborotlashtirish jarayonlarini (uning professional yo‘nalishida) tushunishiga olib
keladi. Maktablarni axborotlashtirish jarayonida paydo bo‘layotgan tendensiyani anglash katta
ahamiyatga ega: maktab o‘quvchilari tomonidan informatika haqidagi asosiy ma’lumotlarni
o‘zlashtirishdan,

umumiy

texnologiyalarni

o‘rganishda

kompyuter

dasturlaridan

foydalanishgacha. Natijada maktab metodik tizimida yangi axborot texnologiyalari paydo
bo‘ladi va maktab bitiruvchilari kelgusi ish faoliyatida yangi axborot texnologiyalarini
o‘zlashtirishga o‘rgatiladi. Ushbu yo‘nalish o‘quv dasturiga kompyuter fanlari va AKTni
o‘rganishga qaratilgan yangi fanlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.

Innovatsion o‘qitish usullaridan foydalangan holda geografiyani o‘qitish jarayonida

quyidagi pedagogik paradigmalarni amalga oshirish mumkin:

- ta’limning insonparvarlik paradigmasi, bu erda asosiy qiymat ma’lum bir shaxs - uning

ichki makoni, individual bilish jarayonining o‘ziga xos xususiyati;


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

84

- ta’limning texnokratik paradigmasi - tasdiqlangan va sinovdan o‘tgan bilimlarga

asoslangan ob’ektiv haqiqat mavjudligining, shuningdek atrof-muhit bilan eksperimental
o‘zaro aloqalarning qiymat tushunchasi;

- ta’limning tarixiy paradigmasi, bu jamiyat mavjudligining o‘ziga xos tarixiy shartlarini

va ular bilan bog‘liq bo‘lgan jamiyatning yashash usullari va shakllarini o‘rganadi.

Innovatsion o‘qitishning mohiyati shundan iboratki, o‘quv jarayonida talaba uning

sub’ektiga aylanadi, ya’ni uni yonma-yon va tasodifiy natijada rivojlantirish asosiy vazifaga
aylanganda, o‘z-o‘zini o‘zgartirish uchun o‘rganadi, ham o‘qituvchi, ham o‘quvchining o‘zi. Shu
munosabat bilan, pedagogik jarayonda o‘quv jarayoni davomida talabalarning mustaqilligi va
faolligini maksimal darajada namoyon etishiga, shuningdek, intellektual va shaxsiy
rivojlanishda ilgarilashga imkon beradigan bunday psixologik yoki pedagogik sharoitlarni
aniqlash zarur bo‘ladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

J.G. Yo‘ldoshev, S.A.Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari. T: “O'qituvchi”. 2004

2.

M.T. Mirakmalov, M.M. Avezov, E.Y. Nazaraliyeva. Tabiiy geografiyadan amaliy

mashg‘ulotlar. T: “Fan va texnologiya” nashriyoti. 2015
3.

Rakhmatov, Dilmurod. "Opportunities and pedagogical importance of using e-information

educational resources in education." Web of Scientist: International Scientific Research Journal
2.04 (2021): 430-437.
4.

Rakhmatov, Dilmurod. "Mobile technologies in the higher education system." Mental

Enlightenment Scientific-Methodological Journal 2021.02 (2021): 182-196.
5.

Rakhmatov, Dilmurod, and Abduganiyev Akhror. "Digital technologies in higher

education: innovative solutions in targeted learning." Development issues of innovative
economy in the agricultural sector (2021): 83-86.
6.

Колодочка, Т. Н. Фреймовая педагогическая технология в дисциплине «География»

/ Т. Н. Колодочка // Школьные технологии. - 2004. - № 5. - С. 203-208.
7.

Фоломейкина, Л. Н. Теория и практика модульного обучения в школьной

географии. Современное состояние и пути развития системы образования: монография
/ Л. Н. Фоломейкина [и др.] ; под общ. ред. С. В. Куприенко. - Одесса, 2012 - С. 58-71.

Bibliografik manbalar

J.G. Yo‘ldoshev, S.A.Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari. T: “O'qituvchi”. 2004

M.T. Mirakmalov, M.M. Avezov, E.Y. Nazaraliyeva. Tabiiy geografiyadan amaliy mashg‘ulotlar. T: “Fan va texnologiya” nashriyoti. 2015

Rakhmatov, Dilmurod. "Opportunities and pedagogical importance of using e-information educational resources in education." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 2.04 (2021): 430-437.

Rakhmatov, Dilmurod. "Mobile technologies in the higher education system." Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal 2021.02 (2021): 182-196.

Rakhmatov, Dilmurod, and Abduganiyev Akhror. "Digital technologies in higher education: innovative solutions in targeted learning." Development issues of innovative economy in the agricultural sector (2021): 83-86.

Колодочка, Т. Н. Фреймовая педагогическая технология в дисциплине «География» / Т. Н. Колодочка // Школьные технологии. - 2004. - № 5. - С. 203-208.

Фоломейкина, Л. Н. Теория и практика модульного обучения в школьной географии. Современное состояние и пути развития системы образования: монография / Л. Н. Фоломейкина [и др.] ; под общ. ред. С. В. Куприенко. - Одесса, 2012 - С. 58-71.