Авторы

  • Mustаqil tаdqiqоtchi, Buxоrо dаvlаt univеrsitеti, Buxоrо, О‘zbеkistоn

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.46612

Ключевые слова:

Uchinchi Renessans ijtimoiy-siyosiy Yangi O’zbekiston konstitutsiya Buxoro ma’rifatparvarlar

Аннотация

This article describes the role of the spiritual heritage of the jadids and the socio-political position of Bukhara enlighteners in the conditions of the Third Renaissance.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

7

UCHINCHI RENESSANS VA UNDA BUXORO JADIDLARI IJTIMOIY – SIYOSIY

POZITSIYASINING O’RNI

Rizаyеv Nоdir Sоbirоvich

Mustаqil tаdqiqоtchi, Buxоrо dаvlаt univеrsitеti,

Buxоrо, О‘zbеkistоn

https://doi.org/10.5281/zenodo.14011045

Аnnоtаtsiyа:

Ushbu maqolada Uchinchi Renessans sharoitida jadidlar ma’naviy

merosining o’rni hamda Buxoro ma’rifatparvarlarining ijtimoiy-siyosiy pozitsiyasining o’rni
haqida ma’lumotlar bayon qilingan.

Kalit so’zlar:

Uchinchi Renessans, ijtimoiy-siyosiy, Yangi O’zbekiston, konstitutsiya,

Buxoro, ma’rifatparvarlar

THE THIRD RENAISSANCE AND THE ROLE OF THE SOCIO-POLITICAL

POSITION OF BUKHARA JADIDS IN IT

Rizаyеv Nоdir Sоbirоvich

Lеcturеr аt thе Dеpаrtmеnt оf Sоciо-Pоliticаl Sciеncеs,

Bukhаrа Stаtе Univеrsity

Abstract:

This article describes the role of the spiritual heritage of the jadids and the

socio-political position of Bukhara enlighteners in the conditions of the Third Renaissance

.

Key words:

Third Renaissance, socio-political, New Uzbekistan, constitution, Bukhara,

enlighteners.

XIX asr oxiri- XX asrning boshlarida siyosiy, madaniy, iqtisodiy jihatdan inqiroz holatiga

tushib qolgan mustamlaka tufayli rivojlanish past darajada bo’lgan o’lkada Turkiston ziyolilari
chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmidan qutulish, o’z milliy davlatchiligini tuzish,
iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga yo’l ochish, xalqqa ziyo tarqatish choralarini ko’rdi. Bu
borada jadidchilik harakati katta rol o’ynadi. Bugungi kun Yangi O’zbekistonda jadidchilik
g’oyalarni o’rganish va hayotga tadbiq etishda ko’plab amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu esa
o’z navbatida Uchinchi Renessans jarayoninida dasturi amal bo’lib xizmat qilmoqda. Bunda
Buxoro jadid maktabi vakillarining o’rni beqiyosdir.

Buxoro jadidchilik maktabining yetuk nomoyondasi Abdurauf Fitrat o’zining

qarashlarida oila, farzand tarbiyasi, inson kamoloti, ta’lim masalalari muhim o’rin
egallanganini hammamiz bilamiz. Mamlakatamizda oxirgi yillarda saylov va saylov
qonunchiligini takomillashtirish borasidagi sa’y harakatlarni alohida qayd etish zarur. Bu
jarayon konstitutsiya darajasida olib chiqildi. Fitrat o’zining “Musulmonlar g’ofil qolmang”
sarlavhali maqolasida aynan saylov va aholining huquqiy faolligi haqida to’xtalib shunday
deydi: “Yaqinda tashkil etiladigan shahar dumasi bizu sizning ravnaqimiz uchun xizmat
qiladigan organ sifatida faoliyat ko’rsatishi uchun bo’lajak saylovda faol bo’lishlaringizni
istaymiz”. [1] Demak bu jarayonni qiyosiy tahlil qiladigan bo’lsak fuqarolik jamiyatini barpo
qilish hamda fuqarolarning ijtimoiy – siyosiy sohalarda faolliklarini oshirish hozirgi
O’zbekistonning zamonaviy boshqaruvida alohida urg’u berilayotganligini ko’rishimiz
mumkin. Bu esa jadidlar harakatining asosiy g’oyalaridan biri bo’lganligi hozirgi davr Uchinchi
Renessans sharoitida ijtimoiy – siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda .


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

8

Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida mamlakat suvereniteti, so’z

erkinligi, ijtimoiy himoya, fuqarolar haq huquqlarini ta’minlash, ta’lim olishning huquqiy
asoslarini mustahkamlash bir so’z bilan aytganda inson qadr qimmati, ijtimoiy-siyosiy
faoliyatda inson omilini yuksaltirish kabi g’oyalar ilgari surilgan. Aynan ana shunday
konstitutsiyaviy g’oyalar jadidlar siyosiy harakatida ham aks etgan. Masalan, “Yosh
buxoroliklar”ning 1917 yilgi islohot loyihasi nafaqat boshqaruvdagi islohot, balki, so‘z
erkinligi, matbuot erkinligi, qonun oldida tenglik hamda inson qadr qimmatini ulug’lash
ularning haq huquqlarini kafolatlashni ham o’rtaga tashlagan edilar.[2]

Shu o’rinda jadidlar faoliyati sud tizimini isloh qilish, qonun chiqaruvchi organ tashkil

etish, ommaviy axborot vositalari erkinligi, jamoat yig‘ilishlari, uy-joy daxlsizligi va insoniy
kamsitilmaslik singari muhim ijtimoiy – siyosiy qarorlarni tadbiq qilish faoliyatlarini
ta’kidlash zarur. Bu bilan jadidchilik harakati nafaqat ijtimoiy harakat, balki hozirgi davr
davlat boshqaruvi uchun muhim bo’lgn o’zgarishlarni g’oyaviy asoschilari sifatida ularni
siyosiy harakat vakillari deyishimiz mumkin.[3]

Uchinchi Renessans sharoitida mamlakatimizda inson qadri tamoyili asosida ijtimoiy

himoya markazlari , shuningdek konstitutsiyada belgilangan ijtimoiy davlat konsepsiyasi
asosida aholiga turli davlat xizmatlarini ko’rsatish markazlari faoliyati yo’lga qo’yildi. Bu esa
o’z navbatida fuqorolik jamiyati tashkil etishning muhim mezoni bo’lib xizmat qilmoqda. Bu
kabi faoliyat ayrim jadidlar tomonidan beg’araz amalga oshirilganligini alohida qayd
qilishimiz kerak. Jumladan, M.Abdurashidxonov tomonidan “Xalq himoyachisi” byurosi tashkil
etilgan bo‘lib, unda bepul huquqiy maslahat berishni tashkil etdi. Bu esa o’z navbatida
aholining jamiyatning ijtimoiy siyosiy faoliyatida faolligini ta’minlash bilan birgalikda ularning
huquqiy ongini shakllantishga xizmat qilishga qaratilgan edi.

Hozirgi davrda xotin qizlarning jamiyat hayotida o‘rni masalasi muhim ahamiyat kasb

etmoqda, birgina yangi konstitutsiyaning asosiy o’zgarishilaridan biri sifatida aynan gender
tengligi masalasini ko’rishimiz mumkin. Jumladan bosh qomusimizning 58-moddasida “Davlat
xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek davlat va
jamiyat hayotining boshqa sohalarida teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlaydi”, deb
belgilangan.[4] Ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda gender
tenglik masalasi barcha davlatlarda muhim masalalardan biri bo‘lib kelgan. Zero, xotin-
qizlarning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi faol ishtiroki mamlakat barqarorligi va
farovonligining kafolati hisoblanadi.

Bu borada ko’plab jadidlar faoliyatini ta’kidlab o’tish mumkin. Jumladan: Abdulla

Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Hamza va Munavvar
qori kabi ko‘plab taniqli jadidlar ayollarning mavqeyi va huquqlarini oshirishning tarafdorlari
bo‘lgan. O’sha davr mavjud konservatizmning yomon illatlaridan - ko‘pxotinlilik, majburiy
nikoh va erta turmush kabi odatlarni keskin qoraladilar.

Binobarin, ular ayollarning ta’lim olish, yosh turmushga chiqishni cheklash, saylov

huquqi kabi siyosiy huquqlari ta’minlanishi zarurligini ilgari surib, ushbu g‘oyalarni himoya
qildi. Ko‘pgina jadid yetakchilari gender tengligini insoniy, ma’naviy shart sifatida jasorat
bilan himoya qildi, “Ayollar ozodligi” kabi risolalarni nashr etdi, birdamlikni targ‘ib qilish
uchun “Ayollar uyg‘onishi” kabi jamiyatlar tuzdi. Bu esa o’z navbatida vaqt o’tishi bilan ayollar
haq huquqlarini belgilash, ularning ijtimoiy hayotda o’z o’rnilarini mustahkamlashga
qaratilgan harakatlarga mafkuraviy omil bo’lib xizmat qildi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

9

Hammamizga ma’lumki konstitutsiyamizda turli millat va ellat vakillarining ham o’zaro

haq huquqlari shuningdek ularning ijtimoiy hayotda birdek mavqega ega ekanliklari aniq
ko’rsatilgan. Turkiston jadidlari mavjud tarang siyosiy vaziyatga qaramay bu borada ham aniq
qarashlarini bayon etdilar

Jumladan Mahmudxo‘ja Behbudiy diniy bag‘rikenglik va ozchilik huquqlarini himoya

qiluvchi fuqarolik siyosiy qarashlarini ilgari surdi. Behbudiy “Xalqning buyukligi uning
bag‘rikengligidadir” deya ta’kidlagan edi.[5] Shuningdek Abdurauf Fitrat o’zining Hind
sayyohi qissasi asarida ham boshqa din vakillariga yaxshi munosabatda bo’lishlik haqida
alohida to’xtalib o’tgan.[6].

Teng huquqlilik tarafdori bo‘lgan islohotchi jadidlar diniy va etnik mansubligidan qat’i

nazar ozchilik guruhlariga nisbatan kamsitishni keskin qoraladilar. Ma’rifatparvarlar
o’zlarining ijtimoiy-siyosiy faoliyatlarini millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik ma’rifiy
tamoyillari, madaniy kichik guruhlar o‘rtasidagi o‘zaro xayrixohlik asosida olib borishga
harakat qildilar.

Jadidlar shuningdek davlat boshqaruvini isloh qilish, saylov tizimini tartibga solish,

moliya hamda o’zini o’zi boshqarish organlar tashkil etish hamda uning asosini yaratish kabi
islohotlarni amalga oshirishda huquqiy asosni yaratdilar. Bu borada Buxoro Xalq Sovet
Respublikasi konstitutsiyasida belgilangan ko’plab normalarni sanab o’tishimiz
mumkin.Aynan shu mavzu doirasida bosh qomusimizda ham bir qator o’zgartirishlar
kiritilganligi ahamiyatga molik. Buning zamirida yagona maqsad ya’ni fuqarolarga erkinliklar
yaratish, jamiyatda ularning ijtimoiy –siyosiy faolligini oshirish kabilar yotadi .

Sho‘ro davlati parchalanganidan keyin jadidlarning huquqiy va siyosiy zamonaviylik

haqidagi ilg‘or qarashlari mintaqamizda mustaqil davlatlarning paydo bo’lishiga muhim
mafkuraviy asos bo’lib xizmat qildi. Xususan, milliy mustaqillikka erishgan O‘zbekiston
boshqaruv tuzilmalari va huquqiy asoslarini loyihalashda jadidchilik fikridan ko‘p va ijodiy
foydalanildi. Masalan, fuqarolarning oliy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy
kadrlar salohiyatini oshirish, mulkiy huquqlarni ta’minlash, gender tengligiga erishish va
ayollar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish kabi islohotlar yangi tahrirdagi O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi asosiy qonunlar bilan mustahkamlanganligi , islohotlarining
jadidlar qarashlari bilan hamohangligini ko’rsatadi. Shu o’rinda faylasuf Q.Nazarov fikricha –
jadidchilik garchand fransuz ma’rifatparvarligidan bir necha asr keyin yuz bergan hodisa
bo’lsada, inqilobga qadar bo’lgan O’zbekistonning madaniy va ma’rifiy hayotida muhim rol
o’ynadi.[7]

Xulosa qilib shuni ta’kidlsh kerakki, Turkiston jadidlarining ijtimoiy-siyosiy faoliyati

hamda huquqiy qarashlari hozirgi Yangi O’zbekistonda o’tkazilayotgan islohotlarda asosiy
dasturi amal bo’lib xizmat qilmoqda. Zotan, hozirgi kunda siyosatimizning bosh mezonida
inson omili, dunyoviylik, ijtimoiy davlat, ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, fuqarolik
jamiyatini shakllantirish hamda yuksaltirishga asoslangan “yangi jadidchilik” g’oyalari bilan
yo’g’rilgan.

Bu

faoliyatlarni

huquqiy

asosi

aynan

yangi

Konstitutsiyamizda

mustahkamlanganligi jadidlar ijtimoiy – siyosiy qarashlari hozirgi davr uchun ham muhim
ahamiayt kasb etayotganligini ko’rishimiz mumkin.

References:

1.

Abdurauf Fitrat « Musulmonlar g’ofil qolmang » «Hurriyat», 1917 yil, 25 avgust, 33-son


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

10

2.

Qosimov B. Milliy uyg‘onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik. – T.: Ma’naviyat, 2002. – 238

b.
3.

Қосимов Б. Жадидчилик ва жадид адабиёти (Давра суҳбати) // “Туркистон”, 1997.

17 май
4.

Qarang. Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.T.2023. – B.58.

5.

Behbudiy M. Tanlangan asarlar. Nashrga tayyorlovchi B.Qosimov. (Tuzatilgan va

tо‘ldirilgan 3-nashr). T.: “Ma’naviyat”, 2006.
6.

Nodir Rizayev. Abdurauf Fitratning “Hind sayyohi qissasi” va undagi ijtimoiy – siyosiy

qarashlar tahlili.QarDU xabarlari.1(1) /2024.
7.

Назаров Қ. Фалсафа асослари. –Т.: Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти

нашриёти, 2012.-Б.98

Библиографические ссылки

Abdurauf Fitrat « Musulmonlar g’ofil qolmang » «Hurriyat», 1917 yil, 25 avgust, 33-son

Qosimov B. Milliy uyg‘onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik. – T.: Ma’naviyat, 2002. – 238 b.

Қосимов Б. Жадидчилик ва жадид адабиёти (Давра суҳбати) // “Туркистон”, 1997. 17 май

Qarang. Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.T.2023. – B.58.

Behbudiy M. Tanlangan asarlar. Nashrga tayyorlovchi B.Qosimov. (Tuzatilgan va tо‘ldirilgan 3-nashr). T.: “Ma’naviyat”, 2006.

Nodir Rizayev. Abdurauf Fitratning “Hind sayyohi qissasi” va undagi ijtimoiy – siyosiy qarashlar tahlili.QarDU xabarlari.1(1) /2024.

Назаров Қ. Фалсафа асослари. –Т.: Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти нашриёти, 2012.-Б.98