YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
29
BUXOROLIK JADID MIRZO SIROJIDDIN HAKIM BUXORIY FAOLIYATINING
O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI (IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL)
Rizаyеv Nоdir Sоbirоvich
Mustаqil tаdqiqоtchi, Buxоrо dаvlаt univеrsitеti,
Buxоrо, О‘zbеkistоnBuxоrо, О‘zbеkistоn
https://doi.org/10.5281/zenodo.13948830
Аnnоtаtsiyа:
Ushbu maqolada Buxoro jadidchilik maktabi vakillaridan biri Mirzo Siroj
Hakim Buxoriyning ijtimoiy-siyosiy hamda falsafiy qarashlari o’rganilgan. Yosh ma’rifatparvar
Buxoro amirligidagi o’sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatlarni tahlil qiladi va o’z tajriba
hamda qarashlari orqali o’z takliflarini bayon qilib boradi.
Kalit so’zlar:
Mirzo Siroj, jadid, ijtimoiy adolat, zamonaviy ta’lim aql, ilm, hunar.
SPECIFIC CHARACTERISTICS OF THE ACTIVITY OF JADID FROM BUKHARA
MIRZO SIROJIDDIN HAKIM BUKHORI, (SOCIAL-PHILOSOPHICAL ANALYSIS)
Rizаyеv Nоdir Sоbirоvich
Lеcturеr аt thе Dеpаrtmеnt оf Sоciо-Pоliticаl Sciеncеs,
Bukhаrа Stаtе Univеrsity
Abstract:
In this article, the socio-political and philosophical views of Mirzo Siroj Hakim
Bukhari, one of the representatives of Bukhara Jadidism school, are studied. The young
enlightener analyzes the socio-political situations of that time in the Bukhara Emirate and
presents his proposals through his experience and views.
Key words:
Mirza Siroj, Jadid, social justice, modern education, intelligence, science, craft.
Jadidlar harakati Turkistondada milliy o‘zlikni anglash va zamonaviy qarashlarga ega
bo’lish uchun muhim ahamiayt kasb etdi. Ma’rifatparvarlar o‘zbek xalqining tarixiy, madaniy va
adabiy merosini qayta tiklashga intildilar, bu esa milliy identifikatsiyani rivojlantirishga
yordam berdi. Jadidlar yangi g‘oyalar orqali zamonaviy fikrlar va ilm-fanni xalq orasida
tarqatdilar. Ular yangilanish, ijtimoiy o‘zgarishlar va innovatsion g‘oyalar bilan xalqni
tanishtirishni maqsad qildilar. An'anaviy ta'lim tizimini tanqid qilib, zamonaviy ta'lim usullarini
joriy etishga harakat qildilar va yangi maktablar ochish bilan ta'limni sifat jihatidan
yaxshilashga intildilar. Jadidlar harakati ijtimoiy adolat, ayollarning huquqlari va erkinlik
g‘oyalarini tarqatishda ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ana shunday jadidlardan biri
buxorolik savdogar, tabib, sayyoh Mirzo Sirojiddin Hakim Buxoriydir.
Mirzo Sirojiddin 1877-yil 23-oktabrda Ismoilxo‘ja otaliq mahallasida (hozirgi Mehtar
Anbar ko‘chasi) Hoji Abdurauf Mirzoxurdboy savdogar oilasida dunyoga kelgan.
Bir necha tillarda gapira oladigan va diniy-dunyoviy bilimlarni egallagan Mirzo Sirojiddin
o’z qarashlarini sayohatlari davomida ko’rgan bilganlari orqali bayon qilib bordi. Mirzo
Sirojiddin sayohatga chiqishiga asosiy sabab deb “…dunyoning obodligini, xarobalarini ko‘rib,
ilm va sanʼat taraqqiyotidan xabardor bo‘lish, sayohatlari to‘gʻrisida, butun tajriba va
maʼlumotlarini o‘z diniy va vatandosh birodarlariga taqdim qilib, xalqni safar foydalaridan
xabardor qilish”dan iborat bo‘lgan
.[1]
Mirzo Sirojiddin sayohatlari davomida Yevropa va Sharqning ko’plab shaharlarida bo‘lib,
sanoat korxonalari, universitet, muzey, kutubxona va kasalxonalar faoliyati bilan yaqindan
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
30
tanishgan. Bu yerlardagi taraqqiyotning asosiy sababi ozodlik va ilm-fan rivojida ekanligini
anglagan Mirzo Sirojiddin sayohatlari asosida yozgan memuar asari “Tuhfayi ahli Buxoro”
(Buxoro xalqiga sovgʻa)da Buxoroning Yevropa va Osiyoning bir qator davlatlaridan orqada
qolishiga haqida: “… Butun yer yuzini ular (Ovro‘po mustamlakachilari ) o‘z tasarruflariga
olganlar. Biz ularning qo‘l ostilariga qolganmiz. Biz iflos ko‘cha va bozorlarda yashab kasb
qilishimiz va quyosh issiqligida ziroat bilan shugʻullanishimiz kerak va qo‘lga kiritilgan
boyligimizni ularning sanʼatlari evaziga berib, o‘zimizni gadoy qilishimiz kerak… Bolalarimiz
libosidan boshlab to o‘liklarimizning kafanigacha Ovro‘podan keladi… Endi biz muhtoj bo‘lmay,
kim bo‘lsin. Ular biz – osiyoliklarning boyliklarini olib ketar ekanlar, boy bo‘lmay, kim boy
bo‘lsin? Axir biz ham ularday odammiz. Biz ham yaxshi uylarda yashashni orzu qilamiz”, — deb
yozadi
.[2]
Mirzo Siroj ko’plab sayohatlari davomida erishilgan yutuqlarni Buxoroni o’sha davrdagi
ahvoli bilan solishtiradi va ko’p jabhalarda orqada qolayotganligini ta’kidlaydi. Lekin Mirzo
Siroj Buxoroning kelajagiga ishonadi va taraqqiyot asosini ilm, hunar va tarbiyaga bogʻlaydi.
Taraqqiyotga erishish uchun maorif sohasini rivojlantirish va isloh qilish kerakligini taʼkidlab:
“Biz, Osiyo xalqi, ovro‘poliklardan taraqqiyot jihatidan orqada qolgan bo‘lsak ham, hali vaqt bor,
qo‘limizdan chiqib ketgan ilm va sarvatni qayta qo‘lga olishga, bugungi faqirlikdan qutulishga
imkoniyatimiz bor, taraqqiyot va obodonchilikni yo‘lini to‘sadigan biror narsa ko‘rinmaydi va
hech kim bizning yuzimizga ilm va hunar eshiklarini yopgani yo‘q. Bizning taraqqiyotimiz ilmga
bogʻliqdir. Biz maktab va madrasalarimizdagi taʼlim va tarbiyani isloh qilishimiz kerak”, — deb
o‘z fikr-mulohazalarini taqdim etadi.
Mirzo Sirojiddin o‘zining “Buxoroyi sharif” gazetasida chop qilingan “Bir oz faoliyat
lozim” nomli maqolasini: “Baʼzida ko‘zimizni ochib o‘tgan zamonlarga nazar tashlasak, biz ilm
va oliy fanlardan ilgʻor millat edik va bir necha millatlarning harakatga kelishiga hissa
qo‘shganmiz”, jumlalari bilan boshlaydi. Jahon ilm-fani rivojiga hissa qo‘shgan
mutafakkirlarimiz Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, imom Al-Buxoriy, shoir Rudakiylarni
tilga olib, ularni o‘z asrining yagonasi va durdonasi, deb ataydi. Buxoroning hozirgi ahvolidan
afsuslanib: “Bas, hozirgacha bizga nima bo‘libdiki va nima monelik qilmoqdaki, bizning
ko‘zlarimiz hozirgi ilm fanni ko‘rish u yoqda tursin avvalgi ilm fandan ham yopiq qolmoqda”,
deydi. Mirzo Siroj boshqa ma’rifatparvarlar singari Buxoroda ilm fan, sog’liqni saqlash va
ko’plab ijtimoiy sohalarni rivojlantirishni o’z qarashlarida bayon etadi.
Mirzo Sirojiddin shuningdek ijtimoiy- siyosiy qarashlari bilan birgalikda o’zining falsafiy
qarshlariniyam bayon qilib boradi. Jumladan uning 1914 yilning fevralida “Oyina” jurnalida
“Aql” sarlavhali maqolasini e’lon qilgan. Muallif “aql” ning lug‘aviy ma’nosi va falsafiy
kategoriyasiga alohida e’tibor qaratib, u insonni hayvonot olamidan ajratib turuvchi ziynat
ekani, aqlsiz shaxs jamiyatning to‘laqonli, ma’naviy barkamol a’zosi bo‘la olmasligini qayd etadi.
Insonning aql-zakovati, idroki tushunchalarini falsafiy talqin etish bilan birga, idrok va shuur
(sezish-hissiyot) kabi ziynatlarga ham ta’rif beradi. Muallif shu o‘rinda insonni ikki toifa —
noqis va komil shaxslarga ajratadi. Noqis aql insonga tug‘ilishi bilan ato etilsa, komil aqlga ko‘p
kitob o‘qish, tinglash, ilm olish va hayotiy tajriba asosida erishish mumkin. Shu bilan birga,
insonda tarbiya vositasida xulqiy aql, mehnat qilish yordamida kasbiy aql shakllanishi
yuzasidan ham fikr yuritadi. Har bir inson o‘z yurish-turishi, muomalasi, zehni bilan ajralib
turadi. Aqlli odam nodondan farqli ravishda hayotda o‘z fikri, tanlovi va maqsadiga ega bo‘ladi.
Maqola muallifi beshikdan to qabrgacha ilm olish mazmunidagi hadisi sharifni asosiy g‘oya
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
31
sifatida olib, har bir shaxs ilm olish, o‘z ustida muntazam ishlash, mehnat qilish, kasb egallash
orqali komil inson bo‘lib yetishishi mumkinligini yoqlaydi.[3]
Shuningdek Mirzo Sirojiddin ilm haqida gapirar ekan uni ikki qismga ajratadi: tana ilmi
va din ilmi. Tana ilmi – mijoz salomatligi ilmi bo‘lib, unga tib, sanʼat, tijorat, dehqonchilik va
boshqa ilmlar kiradi. Din ilmi – ilmi sharif bo‘lib, unga Tafsir, Hadis, Aqoid kiradi. Mutafakkir
dunyoviy ilmlarni o‘rganishga daʼvat etib, tijorat, sanoat, sayyohlik, kemasozlik, o‘q otish
ilmlarini o‘rganish savob ekanligini uqtiradi. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlar misolida
dunyoviy ilmlarning xalq va millatning taraqqiyotidagi ahamiyatini ko‘rsatib o‘tadi. “Butun
Ovro‘po Shveysariya millatining ilm tarbiyasi oldida bosh egadilar. Ularning maktab va
madrasalarini ko‘rganimdan keyin esimga o‘zimizning maktab va madrasalarimiz keldi va juda
afsuslandim. Nima uchun bizning millatimiz bu darajada ilmni xor qilganlar”, deb afsuslanadi.
U “Tuhfayi ahli Buxoro” asarida Sharq mamlakatlaridan Eron maorif tizimi Buxorodan
ancha ilgarilab ketganini taʼkidlaydi. “Boshlangʻich jadid maktablari juda ko‘p, dorulmuallimin,
dorulfunun, siyosiy, harbiy va tibbiy madrasalari Farangiston tartibidadir. Muallimlari
ovro‘polik yo o‘sha yerlarda taʼlim olib kelgan shaxslardir. Farang ilmlariga doir kitoblarni fors
tilida tarjima qilganlar. Fransuz va boshqa tillardan dars beradilar. Diniy ilmlarni diniy
madrasalarda o‘rganadilar. Ijtihod darajasiga yetganlar. 20 yil Najaf va Karbaloga borib
o‘qiydilar. Milliy va pulli madrasalar, xotin-qizlar madrasalari ochganlar. Rus, olmon, ingliz
madrasalari ham bor. Falohat (qishloq xo‘jaligi) maktabi ham ishga tushgan, dorulfunun
madrasasi tarkibiga kiradi. Farangiston tipidagi kasalxonalar, tashrehxonalar (diagnostika
bo‘limlar) ochganlar. Tehronda sogʻliqni saqlash sohasida anjumanlar bo‘lib turadi. Komil
tabiblar, ilmli va tajribali jarrohlar, diplomli do‘xturlar ko‘pdur”, deb taʼriflaydi va bunday
o’zgarishlarni Buxoroda ham ko’rishni istaydi.
Tarbiya va inson kamoloti haqida to’xtalib o’tar ekan Mirzo Sirojiddin bolaga tarbiya
berish uchun eng avvalo onalarning tarbiyali va ilmli bo‘lishlarini shart ekanligini taʼkidlab:
“Bola tarbiyasiga bir lahza ham gʻaflatda qolmaslik kerak. Ularda yaxshi xislat va fazilatlarni
shakllantirish zarur, yoshligidan bolaga ilm berish farz, chunki yoshlikda olgan tarbiya va bilim
nihoyatda mustahkam bo‘ladi”, — deb yozadi. Bolani erta maktabga berishni rad etib: “Farzand
yetti yoshga to‘lishi bilan unga ilm, odob va kamolot kasbini o‘rgatish kerak, unga turmush
qoidalari, odamiylik qonunlari va maosh to‘gʻrisida xabar berish shart. Har kim bolasini
tarbiyasiz qoldirsa, zotining saodat gavhari o‘smay… baxtsiz bo‘lib qoladi”, — deb
ta’kidlaydi.[4]
Mutafakkir kasb o‘rganish haqida ham fikr bildirib: “Dunyoning hamma ishlari uchun ilm
kerak. Kasb egallamoqchi bo‘lgan kishi avval o‘sha mansab yo kasb ilmini o‘rganib, imtihon
topshirib, so‘ng ishni boshlashi lozim. Hech bir shaxs ilmsiz muftiy, qozi, hokim, lashkarboshi
yo shoh bo‘lishi mumkin emas. Ilm olgandan so‘ng bilim darajasi va malakasiga qarab sohasi
bo‘yicha uni pogʻonama-pogʻona ko‘tarish kerak”, — deb taʼkidlaydi.
Mirzo Sirojiddinning masnaviy usulida yozgan “Yod bod” (“Yodda bo‘lsin”) nomli she’ri
1913 yilda “Oyina” jurnalining 2-sonida chop etiladi. Muallif o‘z chiqishlarida tarixiy tafakkurni
shakllantirish masalasiga alohida e’tibor qaratadi, allomalar yurti bo‘lgan Markaziy Osiyoda ilm
nufuzi pasayib ketgani, aholini savodli qilishdagi kamchiliklar va ta’lim tizimidagi
muammolarni jiddiy tanqid qiladi. “Biz o‘tmishda qanchalik rivojlangan edik, sivilizatsiya
bobida o‘zimizga yarasha o‘rinda edik, taraqqiyparvarlik, ilm-fan kashfiyoti, davlatchilik
rivojida ham ilg‘or edik. Biz hozir g‘aflatdamiz, ilmdan uzoqlashdik. Bizning tanazzulimiz ta’lim
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
32
va ilmni kuchsizlanganligidandir”, deb achinib yozadi. Buyuk ajdodlarimizga munosib avlod
bo‘lish uchun tarixdan to‘g‘ri saboq chiqarishimiz, ilm-fanni rivojlantirish, kitob o‘qish
lozimligini bayon etgan.[5]
References:
1.
Mirza Sirojiddini Hakim. Tuhafi ahli Buxoro. -Dushanbe: Irfon, 1984.
2.
Dilnoza Jamolova. Buxoro jadidlari homiysi va yetakchisi Mirzo Sirojiddin.
https://oyina.uz/uz/article/1032
3.
Ҳаким Бухорий (Мирзо Сирож), Ақл №16 (1914.02.08), б 286-288
4.
https://jadid-media.uz/jadids/mirzo-sirojiddin-hakim-buxoriy
5.
Ҳаким Бухорий (Мирзо Сирож) Ёд бод.№2.1913.
6.
R.N.Sobirovich. XX аsr bоshlаridа Buxоrо jаdidlаrining ijtimоiy- siyоsiy qаrаshlаri.
SCIENCEPROBLEMS.UZ.Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари.(elektron
jurnal) Toshkent:2024. № 5 (4).-B134-138.
7.
N.S.Rizayev.
Buxoro
jadidlari
falsafasining
ayrim
masalalari.
ЛУЧШИЕ
ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ ISSN: 3030-3680. Часть-22. Том-4. Июнь -2024.
PP.203-212.